Amaliyotning birinchi kunida amaliyot rahbarlari tomonidan texnika xavfsizligi qoidalari haqida tushuntirish ishlari olib borildi



Download 11,4 Mb.
Sana09.07.2022
Hajmi11,4 Mb.
#765219
Bog'liq
Amaliyot hisobot 2


Amaliyotning birinchi kunida amaliyot rahbarlari tomonidan texnika xavfsizligi qoidalari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.Gerbariy tayyorlash qoidalari, hisobot yozish usullari, amaliyot davomida qilingan ishlarni kundalikka yozish tartibi tushuntirildi.Amaliyot rahbarlari tomonidan turli topshiriqlar berib borilishi aytildi.Uzoq hududlarda amaliyot oʻtaganimizda ba'zi zaharli oʻsimliklardan ehtiyot boʻlish haqida ogohlantirildi.
Amaliyotning ikkinchi kunida amaliyot rahbari tomonidan oʻsimliklarning morfologik tuzilishi haqida maʼlumot berildi.Oʻsimliklarning morfologik tuzilishini organografiya fani oʻrganishi aytildi.Oʻsimliklarning morfologik tuzilishi sebarga (trifolium), zubturum(plantago) kabi oʻsimliklar misolida tushuntirildi(1-2-rasm).Issiqxona oʻsimliklari haqida koʻpgina maʼlumotlar berildi.Institutimiz issiqxonasida mandarin (citrus reticulata), limon (citrus limon), apelsin (citrus sinensis) kabi oʻsimliklar oʻsadi.

1-rasm
Sebarga (trifolium) dukkakdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik.200ga yaqin turi maʼlum.Oʻzbekistonda qizil sebarga va misr sebargasi ekiladi.Ildizi oʻq ildiz.Poyasi tik,shoxlanadi.Bandi uzun boʻlib,barglari uch boʻlakli,chetlari tekis.Gullari mayda, qizil,oq.Asosan boshcha toʻpgul hosil qiladi.Bu toʻplamda 100-135 ta gul mavjud.

2-rasm
Zubturum (plantago) adir oʻsimliklaridan biri hisoblanadi.U zubturumdoshlar oilasiga mansub boʻlib, bir, ikki va koʻp yillik oʻtlar turkumiga kiradi.260 tagacha turi maʼlum.4 turi dorivor.Oʻznekistonda 6 ta turi uchraydi.Barglari ildiz boʻgʻzida toʻp boʻlib joylashgan, keng nashtarsimon yoki tuxumsimon.Gullari poya yoki shoxlari uchida boshoq hosil qiladi.Dorivor oʻsimlikdir.
Amaliyotning uchinchi kuni Chirchiq shahridagi Rosha bogʻida boʻlib oʻtdi.Amaliyot davomida amaliyot rahbari tomonidan barg morfologiyasi haqida koʻpgina maʼlumotlar berildi.Barglar tuzilishiga koʻra 2 ga boʻlinadi: oddiy va murakkab.Bundan tashqari amaliyot rahbari bargning tomirlanishi,barg mozaikasi, oʻsimlikning oʻsish davrlaridagi ya'ni maysa,yuvenil,immatur,katafill,gipsofill davrlardagi barg turlari haqida koʻpgina maʼlumotlarni aytib oʻtdi.Bargning novdada joylashishiga koʻra, ketma-ket,qarama-qarshi hamda xalqasimon boʻlib joylashadi.Tomirlanish sistemasiga qarab esa dixotomik, parallel, yoysimon, patsimon,toʻrsimon boʻladi.Barglar bandining boʻlish boʻlmasligiga qarab,bandli va bandsiz barglarga boʻlinadi.Barglar uchi,tagi(asosi),chetining tuzilishiga qarab turli shakallarda boʻlishi va shu kabi bir qancha ma'lumotlar aytib oʻtildi.
Amaliyotning toʻrtinchi kuni Gʻazalkent tumanidagi Oqsuv hududiga ekskursiya qilindi.Bu amaliyot davomida amaliyot rahbari tomonidan oʻsimliklar geografiyasi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.Talabalar oʻsimliklar geografiyasi haqida quyidagi maʼlumotlarga ega boʻlishdi: oʻsimliklar geografiyasini fitogeografiya fani oʻrganadi.Bu fan oʻsimliklarning yer yuzida tarqalish va taqsimlanish qonuniyatlari hamda sabablarini oʻrganadi. Fitogeografiya toʻrtta boʻlimdan iborat ya'ni floristik geografiya,oʻsimliklar ekologik geografiyasi, tarixiy geografiya hamda geobotanika. Amaliyot rahbari adir hamda adir oʻsimliklari haqida koʻpgina maʼlumotlar berdi.Adirlar dengiz sathidan 1200-1400 m gacha balandlikda joylashgan.Tuprogʻi boʻz tuproq.Bir va koʻp yillik oʻtlar, butalar va qisman daraxtlar uchraydi.Koʻp yillik oʻsimliklardan marmarak (solvia),shirach (eremurus),dorivor gulxayri (altheae officinalis), butalardan na'matak (rosa),bodomcha (amygdalus spinossisima),daraxtlardan doʻlana (crataegus pontica),bodom (amygdalus) kabilar tarqalganligi haqida maʼlumotlar berildi.Adirda oʻtkazilgan amaliyotda talabalar nazariy bilimlarini amaliy ifodasini koʻrishdi.Amaliyot soʻnggida amaliyot rahbari tomonidan adir oʻsimliklari qoplami haqida chuqurroq oʻrganish haqida topshiriq berildi.Beshta oʻsimlikni na'munalar yordamida tavsiflash haqida aytib oʻtildi.Adirlar oʻzining oʻsimliklarga boyligi bilan,tuprogʻining unumdorligi bilan, havosining tozaligi va tabiati bilan ajralib turadi.Bu yerda xilma-xil oʻsimliklarni uchrashini koʻrish mumkin.(3-rasm)


3-rasm
Amaliyotning beshinchi kuni institut hududida boʻlib oʻtdi.Bunda amaliyot rahbari tomonidan kurtak va novdaning xususiyatlari haqida tushuntirildi.Bu haqida talabalar quyidagicha maʼlumotlarga ega boʻldi. Daraxt, buta, yarimbutalarning bir yillik shoxi yoki urugʻidan unib chiqqan bir yillik niholga ham novda deyiladi.Novda ikki xil boʻladi:vegetativ va generativ.Novda boʻgʻim va boʻgʻim oraligʻi kabi qismlardan iborat.Boʻgʻim ikki xil boʻladi: ochiq va yopiq.Kurtak esa shakli oʻzgargan novda..U ikki xil: uchki va yon kurtaklarga boʻlinadi.Yon kurtaklar bir nechta boʻlib joylashgan boʻlsa seriali kurtak, ikkita kurtak yonma-yon joylashsa kollateral kurtak deyiladi.Tasodifiy kurtaklar adventiv kurtak hisoblanadi.Kurtak va novda haqida shu kabi maʼlumotlar amaliyot rahbari tomonidan tushuntirib berildi.


Amaliyotning oltinchi kuni ham institut doirasida boʻlib oʻtdi.Bugun amaliyot rahbari gul morfologiyasi haqida koʻpgina maʼlumotlarni aytib oʻtdi. Gul mezozoy erasining boʻr davri oʻrtalarida Angarada paydo boʻlgan.U ikki xil boʻladi: aktinomorf va zigomorf.Gul quyidagi qismlardan tashkil topadi: gul bandi, gulkosabarg,gultojbarg, changchi, urugʻchi, gulyonbargchalari hamda qoplagʻich barg(4-rasm).Amaliyot rahbari tomonidan gul oʻsimliklarning reproduktiv a'zosi ekanligi taʼkidlandi. Bundan tashqari gulni morfologik tavsiflashda gul oʻrnining shakli,gulqoʻrgʻonning boʻlishi yoki boʻlmasligi,gul simmetriyasi kabilarga eʼtibor berish kerak ekanligi aytildi.

4-rasm
Amaliyotning yettinchi kuni Toshkent shahridagi akademik Rusanov nomidagi botanika bogʻida boʻlib oʻtdi(5-rasm).Amaliyot rahbari talabalarni botanika bogʻining barcha hududi bilan tanishtirib chiqdi.Botanika bogʻi turli tuman manzarali va dorivor oʻsimliklarga boy boʻlib,u 1920-yilda tashkil etilgan.Bogʻ oʻzida juda koʻp boʻlimlarni qamrab olgan boʻlib,bularga issiqxona,dorivor oʻsimliklar oʻstiriluvchi maxsus hudud,, bundan tashqari botqoq oʻsimliklari oʻsadigan kichik koʻlni misol qilish mumkin.Bogʻda turli davlatlardan keltirilgan oʻsimliklar ham oʻrin olgan.Amaliyot rahbari dorivor oʻsimliklar bilan ham tanishtirdi.Masalan, qalampir yalpiz (mentha piperita), topinambur (heliantus tuberosus),dorivor limonoʻt (melissa officinalis) kabilarni aytish mumkin.Bu oʻsimliklardan gerbariy tayyorlash topshirigʻi ham berildi.


. 5- rasm
Amaliyotning sakkizinchi kuni institut hududida boʻlib oʻtdi.Amaliyot davomida amaliyot rahbari tomonidan meva va uning morfologiyasi haqida maʼlumot berildi.Mevalar morgologiyasiga qarab ikki xil boʻladi:hoʻl va quruq mevalar.Tarqalishiga koʻra avtoxor, alloxor, baroxor turlarga ajratiladi.Mevalar morfologiyasini tavsiflashda quyidagi xususiyatlarga e'tibor qaratiladi: quruq yoki hoʻlligiga, chin yoki soxtaligiga, tuzilishi va rangiga, tarqalishiga oid moslanishlar mavjudligiga va hokazolar.Mevalarning turlari juda koʻp (6-rasm).
. 6-rasm
Meva poʻsti yupqa boʻlib,u asosan uch qavatli boʻladi.Bular:ekzokarp,endokarp va mezokarp.Meva poʻsti perikarp deb ataladi.Tuzilishiga koʻra mevalar koʻsak,dukkak,qoʻzoq va qoʻzoqcha mevalarga boʻlinadi.Bundan tashqari qovoq meva,olma meva, rezavor meva,yongʻoq meva,don meva,uchma mevalar ham tafovut qilinadi.Mevalar barcha tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Amaliyotning toʻqqizinchi kuni Toshkent viloyati Xoʻjakent tumanining togʻli zonasida boʻlib oʻtdi.Amaliyot rahbari toʻgʻ mintaqasi haqida quyidagi maʼlumotlarni aytib oʻtdi.Togʻ mintaqasi dengiz sathidan 1500-3000 m gacha balandlikda joylashgan.Togʻ mintaqasi agroekologik xususiyatlariga qarab ikkiga boʻlinadi:1) togʻ-dasht; 2) togʻ-oʻrmon.Togʻ-dasht oʻsimliklari togʻning quyi mintaqasida uchraydi.Bu yerda koʻp yillik oʻsimliklardan bugʻdoyiq,andiz,arpabodiyon,astragal,boʻyimadaron kabilar, butalardan na'matak,uchqat,singirtak,bodomcha,zirk kabilar uchraydi.Togʻ-oʻrmon mintaqasi oʻsimliklari daraxt va butalardan iborat boʻlib, archa,doʻlana, yovvoyi olma, yovvoyi nok,togʻolcha kabilar koʻp uchraydi.Togʻ mintaqasining eng baland hududi 2700-2800 gacha boʻladi.Togʻ mintaqasi oʻziga xos oʻsimliklar qoplamiga ega (7-rasm).

7-rasm. Togʻ mintaqasi


Amaliyotning oʻninchi kuni institut hududidagi bioekologik maydonchada boʻlib oʻtdi.Amaliyot rahbari tomonidan turli zonalardagi oʻsimliklar qoplami, qizil kitob haqida koʻpgina maʼlumotlar berildi.Buyurtmaxonalar,qoʻriqxonalar haqida tushuncha berildi.Oʻzbekiston hududida 7 ta qoʻriqxona bor: Hisor, Zomin, Qizilqum, Zarafshon, Surxon, Kitob, Chotqol.
Download 11,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish