Amaliy mashg‘ulot № 5. Cho‘kindi havzalarning neftgazli potensialini hisoblashning zamonaviy evolyutsion –katagenetik modeli
Neftgaz uyumlarini shaklanishini evolyutsion-katagenetik modeli va neftgaz potensialini baholash neft va gazni miqdoriy prognozlashning eng samarali texnologiyasi sifatida tavsiya qilinadi. MGU, VNIIYAGG, va boshqa neftchi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan bunday model neftgaz hosil qiluvchi qavatining generatsiya imkoniyatini to‘liq hisobga olingan bo‘lib, bu imkoniyat o‘z navbatida uglevodorod potensialini ilmiy asosda hisoblashga xizmat qiladi. Bu uglevodorodlarning generatsiya, akkumulyatsiya va boshlang‘ich potensial resurslarini miqyosini hisoblash ketma-ketligi ko‘zda tutilgan retrospektiv modeleni namayonlaydi. So‘ngi yillarda organik moddalar katagenezi muayyan geologo-geokimyoviy sharoitlar bilan bog‘liqligi haqidagi eng aniq ma’lumotlarga aniqlik kritilishidan foydalanib, shuningdek, katagenetik dinamotektonik ko‘rsatgichlarga kiritilgan tuzatishlardan (A.I.Dyakonov, V.A.Dedeyev, V.R. Rodigin, 1995 va boshqalar.), foydalanib tuzilgan oqilona sxema bo‘yicha evolyutsion-katagenetik modelni takomillashtirilishi gaz, neft va kontensatning boshlang‘ich potensial va prognoz resurslarini baholashni eng ishonchli mutoloqo yangi texnologiyasini namayonlaydi [6, 13].
Uglevodrod resurslarining baholashni ishonchliligini oshirish maqsadida retrospektiv tektodinamik asosda neftgazlilik istiqboligini alohida ajratib prognozlashning yagona modeliga har bir cho‘kindi kompleks uchun neftgaz potensialini hisoblash kattaliklari qo‘shimcha qilinadi. Yer qa’rida turli fazoviy sharoitda tarqalgan uglevodorodlarning vertikal geokimyoviy zonaviylikgi organik moddalar katageniz jarayoning bosqichlarini o‘zaro bog‘liqligi va neftgaz hosil bo‘lishi, ktagenezning uchta muhim bosqichi va neftgaz hosil bo‘lishi bunday hisoblash kattaliklarining nazariy ba’zasi bo‘lib xizmat qiladi. Katagenezning uchta muhim bosqichlari quyidagilar:
- organik moddalarning protokatagenez bosqichi (PK) va boshlang‘ich gaz hosil bo‘lish faza (zona) belgilab berish bosqichi;
-organik moddalarning mezokatagenez bosqichi (MK) va neftgaz hosil bo‘lishining bosh fazasi (zonasi);
- organik moddalarning apokatagenez (AK) bosqichi va gaz hosil bo‘lishining bosh fazasi (zonasi) [6].
So‘ngi yillarda neft paydo bo‘lishining cho‘kindi-migratsion nazariyasini samaraliligi o‘z tasdig‘ini topdi. UV hosil bo‘lishini zamonaviy tasavvuriga muvofiq ikkita omil bilan aniqlanadi: organik moddalarning fatsial-genetik turi va uning katagenez darajasi. Trik moddalarga boshlanadigan uglevodorodlar generatsiyasi diagenez bosqichida va jinslarning erta katagenez jarayonida neft hosil bo‘lishi bilan davom etadi, asosan yengil-izotopli uglerod (C 13 do70%) metan generatsiyasi.
Neft hosil bo‘lishini eng muhim bosqichi boshlang‘ich mezokatagenez bilan bog‘liq va neft hosil bo‘lishining bosh fazasi hisoblanadi (N.B.Vassoyevich bo‘yicha). Bu bosqichda sapropel yoki aralash turdagi neftgaz hosil qiluvchi jinslar organik moddalari termoliz va termokataliz hisobiga uning lipidliy qisimida metan gomologlarining katta miqdori past molekulyar suyuq UV generatsiyasi boshlanadi. Glinaliy minerallarning degidratatsiyasining ikkinchi bosqichi (Berstu bo‘yicha) va sloylar orasidagi suvning siqib chiqarilishi hisobiga UV hosil bo‘lish miqyosining ortishi bilan bir vaqtda UV emigratsiyasi boshlanadi. Hosil bo‘lgan mikroneft migratsiya va tutqichlarda to‘plamlar hosil bo‘lishi yo‘li bilan normal (mo‘tadil) neft beradi. Bu bosqich PKЗ – МKЗ katagenzi gradatsiyasi (BЗ – J organik moddalarning uglefikatsiyasi bosqichi), МK1 – МK3 (D – J uglefikatsiyasi) aniq-bosqichi bilan bog‘liq. МK3 katagenez gradatsiyasi boshlanishi bilan suyuq uglevodorodlarni hosil bo‘lishi pasayadi va organik moddalarni ishlashi asosan og‘ir uglevodorod izotoplari bilan metan hosil bo‘lishiga sarflanadi.
Organik moddalarning boshqa fatsial tarmog‘i – gumusli bo‘lib, bu gumislar katagenezning barcha etaplarida o‘simliklarning yuqori kondensatsiyalangan aromatik guruhlanishidan tashkil topgan. Bu organik moddalar metan hosil bo‘lishiga va kam miqdorda uglevodorod miqdori past bo‘lgan xlorofomenli bitumoidlar hosil bo‘lishiga xizmat qiladi.
Turli turdagi organik moddalarning katagenez jarayonidagi UV generatsiyasi umumiy miqyosi haqmida quyida keltirilgan. V.A. Uspenskiy, S.G. Nerucheva va YE.A. Rogozinlar tomonidan (1974, 1981)yaxshi asoslangan ma’lumotlar asosida organik moddalar katagenezining muvofiq bosqichlarida katagenez zamonaviy shkalasi bilan bog‘liqligi hisoblangan. Generatsiyalanadigan UV miqdorini amaliy baholash uchun bu materiallarni qo‘llash Sharqiy Sibir, Mang‘ishloq, Shimoliy Ustyurt o‘lkalarida bir qator bo‘sh va mahsuldor strukturalar bo‘yicha chuqur bo‘lmagan quduqlarda (500 metrdan 1000 metrgacha) gazokimyoviy neftgaz izlov ishlari o‘tkazilish jarayonida UV gaz anomaliyalarini baholashda o‘z tasdig‘ini topgan [6, 13].
Do'stlaringiz bilan baham: |