Amaliy mashg’ulot – 2
Mavzu: Harakat xavfsizligi sohasida jinoiy javobgarlik
Ishdan maqsad :
1.Harakat xavfsizligi sohasida jinoiy javobgarlik tushinchasi.
2. Harakat xavfsizligi sohasida sodir etilgan jinoyat tarkibi.
3.Harakat yoki harakatsizlikning jinoiyligi.
4.Harakat xavfsizligi sohasida jinoiy jazo turlari. Harakat xavfsizligi sohasida jinoiy jazoni tayinlash uchun asoslar.
Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning asosiy obyekti jamoat xavfsizligi va jamoat tartibi hisoblanadi. Shu bilan birga, aybdor shaxs mazkur jinoyatlarni sodir etishda, deyarli barcha hollarda, inson hayoti va solig‘i kabi qonun bilan qо‘riqlanadigan boshqa obyektlarga ham tajovuz qiladi.
О‘zbekiston Respublikasida transport harakatining huquqiy va tashkiliy asoslari, harakat tartibi va xavfsizligi quyidagilar bilan belgilanadi:
«Avtomobil transporti tо‘g‘risida»gi 1998 yil 29 avgustdagi О‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
«Temir yо‘l transporti tо‘g‘risida»gi 1999 yil 15 apreldagi О‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
«Yо‘l harakati xavfsizligi tо‘g‘risida»gi 2013 yil 10 apreldagi О‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yо‘l harakati qoidalari”;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yо‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari”;
О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) XVIII — bobida barcha turdagi transport vositalarida harakatlanish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Transport vositalariga, jumladan, temir yо‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti, shuningdek, mototsikl, moped, velosiped, ot-ulov va shu kabilarni kiritish mumkin.
Maxsus ishlarni bajarishga mо‘ljallangan transport vositalari jumlasiga yо‘l yotqizish, qurilish, qishloq xо‘jaligi va boshqa ishlarni bajarish uchun ixtisoslashtirilgan mashinalar (ekskavatorlar, greyderlar, avtokranlar, skreperlar, avtoyuklagichlar) kiradi.
Jinoyat kodeksi 263, 267-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning subyekti о‘n tо‘rt yoshga tо‘lgan, JK 260 — 262, 2631, 264 — 266, 268, 269- moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning subyekti esa, о‘n olti yoshga tо‘lgan shaxs hisoblanadi.
JK 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti sifatida transport vositasini boshqargan, ya’ni:
haydovchilik guvohnomasiga ega;
yо‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun haydovchilik guvohnomasi olib qо‘yilgan;
tegishli turdagi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan;
umuman transport vositasini boshqarish huquqiga ega bо‘lmagan;
qо‘sh boshqaruvli о‘quv (mashq) transport vositasida transportni boshqarishni о‘rgatayotgan shaxs topilishi mumkin.
Yо‘l harakati qoidalarining I bо‘limiga kо‘ra, ish hajmi 50 kub santimetrgacha bо‘lgan va yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan hamda eng yuqori harakatlanish tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositasini, moped (osma yurgizgichli (dvigatelli) velosiped) va о‘xshash tavsifga ega bо‘lgan boshqa transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs JK 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti bо‘lishi mumkin emas. Mazkur transport vositalarini yoki ot-ulov transportini boshqarib borayotgan, shuningdek, velosipedchilar, aravacha, chana, bolalar hamda nogironlar aravachalarini tortib (yurgizib) borayotgan va yо‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzishga yо‘l qо‘ygan shaxs, agar bunda ehtiyotsizlik orqasida badanga о‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilgan yoxud odam о‘lgan bо‘lsa, buning uchun asoslar mavjud bо‘lgan taqdirda, JK 268-moddasi bо‘yicha javobgar bо‘ladi.
Agar yо‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish bir necha turdagi transport vositasi haydovchilarining jinoiy harakatlari bilan sababiy bog‘lanishda bо‘lsa, bunday holda ular transport vositasi turidan kelib chiqib, tegishlicha, JK 266 yoki 268-moddasi bо‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
JK 260, 261 — 263, 266, 268, 269-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning zaruriy belgisi sodir etilgan harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish yoxud jinoyat qonunida kо‘rsatilgan boshqa qoidalarning buzilishi bilan kelib chiqqan oqibatlar о‘rtasida sababiy bog‘lanish borligi hisoblanadi. Harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi ham harakat, ham harakatsizlikda ifodalanishi mumkin.
Nazorat savollari
Jinoyat bu nima?
Harakat xavsizligidagi jinoyatlar,
Jinoyatchining jinoyatdan soʻng qilishi kerak boʻlgan ishlari (majburiyatlari)?
Harakat xavfsizligi bu nima?
Xavfsiz harakat tushunchasi?
Harakatsiz holatdagi jinoyat bu nima?
Hozirgi kunda harakat xavfsizligi sohasidagi jinoyatning kelib chiqishi sabablari?
Harakat xavfsizligida jinoyatchilarga qarshi oʻtqazilayotgan tadbirlar?
Harakat xavfsizligi sohasida yangi chiqqan qaror-qonunlar?
Oʻzbekiston respublikasida harakat xafsizligi sohasidagi yangi moddalar?
Do'stlaringiz bilan baham: |