AMALIY ISH № 2
Ishning
mazmuni:
Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bilan ishlash.
Qurilish korxonasi ma’lumotlar bazasini
yaratish usullari va
vositalari. Ma’lumotlar
bazasini tahrirlash, so’rovlar va
hisobotlar bilan ishlash.
Ma’lumotlar ombori (MO)-
real dunyoning konkret ob’ektlari
xaqidagi
ma’lumotlar to’plamini tushunish mumkin. Lekin ma’lumotlar xajmi oshib borishi
bilan bu masalalarni xal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muammo ob’ekt va
ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yo’li bilan hal qilinadi.
Ob’ekt
—
bu mavjud va farqlanishi mumkin bo’lgan narsadir. Ob’ektlarga tegishli bir qator
ma’lumotlar borki, ularning to’plami MO bo’la oladi. Masalan, xar bir akademik
litsey yoki kasb-xunar kolleji — bu ob’ektlar bulsa, ulardagi
ukuvchilar xakidagi
ma’lumotlar tuplami MOga misol bula oladi.