Aktiv bo‘yovchi modaalar bilan bo‘yash



Download 16,85 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi16,85 Kb.
#416023
Bog'liq
to`qimachilik mahsulotlari kimyoviy texnologiyasi


Mavzu №17 Aktiv bo‘yovchi modaalar bilan bo‘yash
Aktiv bo’yovchi moddalar bilan sellyulozali,oqsil va poliamid tolalari bo’yaladi. Bu tolalardagi gidroksil va amino guruhlar bilan bo’yovchi modda molekulasi kimyoviy reaksiyaga kirishib, suvli ishlovlarga va ishqalanishga turg’un bo’lgan ranglar hosil qiladi. Aktiv bo’yovchi moddalarni umumiy ko’rinishda
SO3Na
/
Rb - formula bilan ifodalash mumkin.
\
C1
Bu yerda: Rb –xromofor sistema, bo’yovchi moddaning rangi va nurbardoshligi belgilaydi. –SO3Na bo’yovchi moddaga suvda eruvchanlik xossasini beradi, C1-aktiv guruh. Aktiv bo’yovchi moddalar bilan sellyulozali tolalar bo’yalganda, tola bilan kovalent bog’lanish hosil qiladi, bu bog’lanish ishqoriy muhitda sodir bo’lganligi sababli bo’yash eritmasiga NaOH, Na2CO3 kabi ishqoriy agentlar qo’shiladi. Bunda ishqoriy muhit pH 10,0 - 10,5 bo’lishi maqul, chunki bunday sharoitda sellyulozaning –OH – guruhlari ionlashib reaksion aktivligi oshadi va reaksiya natijasida ajralgan vodorod xlorid neytrallanadi. Natijada tola va bo’yovchi orasidagi bog’lanishni gidrolizlanishdan saqlaydi
OHSell–OH+C1-Rb-SO3Na ® Sell -O-Rb-SO3Na+HC1
Lekin shu bilan bir qatorda aktiv bo’yovchi modda molekulasi suvning gidroksil guruhi bilan ham reaksiyaga kirishib, o’z aktivligini yo’qotadi. Gidrolizlangan aktiv bo’yovchi modda tola bilan kovalent bog’lanish hosil qilaolmaydi.
SO3Na SO3Na
/ /
ON- + Rb ® Rb + HC1
\ \
C1 OH aktiv holat gidrolizlangan noaktivholat Aktiv bo’yovchi moddalar sellyulozali, oqsil va poliamid tolalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib ularga bog’lanadi va tolaning tarkibiy qismiga aylanib qoladi, hosil bo’lgan rang yuvishga, ishqalanishga, kimyoviy tozalash sharoitiga chidamli bo’ladi. Turli guruhga mansub aktiv bo’yovchi moddalar bir-biridan tolaga moyilligi, reaksion qobiliyati, ishqorli eritmalar va bo’yoq tarkibida chidamliligi bilan farq qiladilar. Xossalariga qarab ularni uzlukli usulda qo’llanadigan, gul bosishda qo’llanadigan va oson yuviladigan guruhlarga bo’lish mumkin. «X» ko’rsatkichli aktiv bo’yovchi moddalar (dixlortriazinli) sellyulozali tolaga moyilligi yuqori, reaksion qobiliyati yuqori, uzlukli usullarda ham ishlatsa bo’ladi. Lekin ular ishqoriy eritma va bo’yoq tarkibida tez gidrolizlanadi.
Ko’rsatkichsiz (monoxlortriazinli) bo’yovchi moddalar reaksion qobiliyati va moyilligi past, uzlukli usullarga ishlatsa tejamli emas, ishqoriy eritma va bo’yoq tarkibida sekin gidrolizlanadi. Uzlukli usulda ishlatilsa ishqoriy agent va elektrolit ko’p qo’shiladi, bo’yashda va gul bosishda yuqori temperatura va uzoq vaqt talab qilinadi. Gul bosishda ishlatgan ma’qulroq. «T» -ko’rsatkichli (vinil’sulfonli) bo’yovchi moddalar oraliq o’rinda turadi. Aktiv bo’yovchi moddalar bilan sellyulozali matolar uzlukli, yarim uzluksiz va uzluksiz usullar bilan bo’yaladi. Uzlukli usul bilan bo’yash. Barcha aktiv bo’yovchi moddalar bilan sellyulozali tolalarni bo’yash sxemasi bir xil bo’lib, ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1. Neytral sharoitda elektrolit ishtirokida (30¸70 g/l) 1¸1,5 soat bo’yash; 2. Ishqoriy sharoitda (Na2CO3 , 2¸10 g/l) 30 minut yana bo’yash. Birinchi bosqichda tolaga nisbatan ma’lum moyillikka ega bo’lgan aktiv bo’yovchi moddalar eritma fazasidan tola fazasiga o’tib, unga sorblanadi. Bunda sellyulozali tola va aktiv bo’yovchi modda orasida molekulalararo bog’lanishlar sodir bo’ladi. Bu bosqichning vazifasi mumkin qadar ko’proq miqdordagi bo’yovchi moddani eritmadan tolaga o’tib, sorblanishi va unda bir tekistarqalishiga erishishdir. Agar bo’yash bir yo’la ishqoriy eritmadan boshlansa, bo’yovchi moddaning asosiy qismi hali eritmada bo’ladi va tezroq gidrolizga uchrab ketadi. 1-bosqich - neytral eritmadan bo’yovchi moddaning tolaga yutilishi harorat va bo’yovchi moddaning reaksion qobiliyatiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. X indeksli bo’yovchi moddalar 25-300C haroratda 10-60 g/l NaC1 eritmasi ishtirokida; T indeksli va indeksiz bo’yovchi moddalar 750C gacha bo’lgan harorat va elektrolit miqdori 80 g/l gacha bo’lganda; mato maqbul haroratda 30-60 minut davomida bo’yaladi. 2-bosqich - bo’yovchi modda tolaga o’tib bo’lgandan so’ng, bo’yash vannasiga ishqoriy agent (NaOH, Na2CO3) - 1-10 g/l miqdorida qo’shiladi. Harorat birinchi bosqich bo’yicha ushlab turiladi. 3-bosqich - qaynab turgan SAM ning ishqoriy eritmasida bo’yalgan matoni yuvish. Bunda, matoga kovalent bog’lanmagan bo’yovchi moddalar toladan chiqib ketadi. Bu usulda bo’yash jarayoni yuqori modul va ko’p vaqt talab qilganligi sababli bo’yovchi moddaning gidrolizlanish darajasi ancha yuqori bo’ladi. Yarim uzluklsiz usuli 2 xil sharoitda olib boriladi: shimdirish-o’rash va shimdirish-rolikli-bug’lash. Yarimuzluksiz bo’yash usullari tejamli bo’ladi, chunki shimdirilgan matoni siqish darajasi 100-120% bo’lgani uchun bo’yash moduli 1¸1,2 ni tashkil qiladi. Bunda tola ichidagi bo’yovchi moddaning ishqoriy eritmasi: ichki-elementar tola g’ovaklaridagi va tashqi tolalararo bo’shliqlardagi qismlarga bo’linadi. Bo’yovchi moddaning tolaga bog’lanishida quyidagi hodisalar sodir bo’ladi: - bo’yovchi moddaning eritmadan tola yuzasiga massa ko’chishi, uning yuzasiga sorblanishi; - tola ichiga diffuziyasi va tola aktiv markazlari bilan reaksiyasi. Bu jarayonlarning barchasi kichik modulli bo’lganligi sababli uzlukli usulga nisbatan tezroq va to’laroq o’tadi. Bo’yovchi moddaning gidrolizlanishi sekinroq bo’ladi. Yarim uzluksiz usulda bo’yashga ta’sir qiluvchi omillar - ishqoriy agent va temperaturadir. Elektrolitning ta’siri uncha yuqori emas. Shimdirish - o’rash usuli bilan bo’yash quyidagi texnologik ketma-ketlikda olib boriladi: Shimdirish-siqish-o’rash-24-48 soatga qoldirish- yuvish-quritish T=20¸300C T=25¸300C Shimdirish-rolikli-bug’lash usuli bilan bo’yash esa quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Shimdirish-siqish –qizitish-o’rash-bug’lash - yuvish -quritish
T=20¸300C T=55¸700C
2-3 soat yoki
T=80¸950C
1-2 soat
Download 16,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish