REJA:
Akril kislotasi va uning xossalari.
Metakril kislotasi va uning xossalari.
Akril va metakrilning kimyoviy xosslari.
Akril kislotasi va uning xossalari 1. Poliakril kislota:
Poliakril kislota akril kislotani turli sharoitlarda po-limerlab olinadi. Akril kislotaning Uzi amalda kuyidagi usullar bilan olinadi:
etilentsiangidrindan 1750S da oksosintez usuli bilan olinadi. U maxsus sharoitda bir vaktning uzida xam gidroliz, xam degidratlanib, akril kislota xosil kiladi:
Atsetilen, uglerod (II)-oksid va suvning o`zaro birikishidan (Reppe sintezi):
2) Propilenni havo kislorodi bilan katalitik oksidlab:
Metilakrilatdan, uni chumoli kislota bilan kayta efirlab:
Akrilonitrildan, sulg‘fat kislota ishtirokida gidrolizlab:
Toza akril kislota — rangsiz va o`tkir xidli suyuklik. 1410S da kaynaydi va 13,50S da kotadi, zichligi 200S da 1047,2 kg/m3. U oddiy sharoitda barkaror va azot atmosferasida xatto 1800S da xam polimerlanmaydi. Akril kislota suvda, spirtda, xloroformda, benzolda va efirlarda yaxshi eriydi. Dilg‘s-Alg‘der reaktsiyasiga kirishadi, metall buyumlar bilan tahsirlashib korroziyaga uchratadi.
Amalda u organik peroksidlar tahsirida massada yoki erituvchilardagi (benzol, toluol, tetraxloretan) eritmasi benzoil peroksid ishtirokida kizdirilganda monomer osonlikcha polimerlanib, poliakril kislotaga aylanadi. Xarorat 1000Sdan ortsa, polimerning molekulyar massasi pasayib ketadi. Sof akril kislota massada benzoil peroksid ishtirokida 50—800C kizdirilganda xam poliakril kislota xosil bo`ladi. Xarorat 1000C dan yukori, initsiator mikdori 1% dan ortib bulsa, poliakril kislotannng xossalari yomonlashadi.
Akril kislota kuyosh nuri va ulg‘trabinafsha nurlar tahsirida xam oson polimerlanadi. U kupincha erkin radikalli mexanizm konuniyatlari asosida polimerlanadi.
Poliakril kislota ok yoki tiniq, amorf polimer. Suvda, ishkor eritmalarida, formalg‘degid va oksibirikmalarda eriydi. Kislotalar tahsiriga chidamli. Molekulyar massasi 70 000— 100000 atrofida. Poliakril kislota, asosan, turli reaktsiyalarda emulg‘gator va ion almashgich sifatida ishlatiladi. Akril kislota turli vinil monomerlar bilan sopolimerlana oladi. Uning vinil xlorid, stirol, metilmetakrilat va akrilonitrillar bilan olingan sopolimerlari sanoatda plastmassalar va tinik, sinmaydigan organik shisha sifatida ishlatiladi.
Poliakril kislota tarkibidagi karboksil gruppa turli metall ionlari bilan almashinish reaktsiyasiga kirishadi. Bundan foydalanib, poliakril kislota sopolimerlaridan ion almashgich smolalar xam tayyorlanadi. Odatda, ionalmashgich polimerning eruvchanligini yo`kotish uchun uning makromolekulalari tursimon tuzilishga o`tkaziladi. Akril kislotaning polimeri va sopolimerlariii suvdagi eritmalari flokulyantlar sifatida, qog`ozning maxsus navlarining mustaxkamligini oshirishda, neftg‘ va gaz quduklarini burg`ulashda burg`ulash eritmalari tayyorlashda keng ishlatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |