ЎЗБЕКИСТОНРЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙВАЎРТАМАХСУСТАЪЛИМВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТМОЛИЯИНСТИТУТИ “ИҚТИСОДИЁТНАЗАРИЯСИ” КАФЕДРАСИ ИҚТИСОДИЁТ 53-2 ГУРУХ ТАЛАБАСИ
ОЛИМЖОНОВ ОБИДЖОННИНГ
“ИНСТИТУЦИОНАЛ ИҚТИСОДИЁТ” ФАНИДАН
ҚАЙТА ЎЗЛАШТИРИШ
ГУРУҲ: И-53-2 ИҚТИСОД
БАЖАРДИ: ОЛИМЖОНОВ ОБИДЖОН
ҚАБУЛ ҚИЛДИ: Проф. ЭРГАШЕВЭ.
ТОШКЕНТ–2021
FIRMA VA UNGA INSTUTSIONAL YONDASHUV.
2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika
hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va
ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev ma’ruza qildi.
Ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
boshchiligida ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ni va mamlakatni o‘rta
muddatli istiqbolda yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish
Dasturini izchil amalga oshirishni davom ettirish 2016 yilda iqtisodiy o‘sishning barqaror va
yuqori sur’atlarini saqlab qolishni va makroiqtisodiy muvozanatni, aholi hayot darajasi va
sifati oshishini ta’minlaganligi qayd etib o‘tildi.
Vazirlar Mahkamasi majlisi kun tartibiga kiritilgan muhim masalalarni muhokama
qilish davomida 2016 yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 7,8 foizga o‘sganligi qayd
etib o‘tildi. Sanoat mahsuloti hajmlari – 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari – 12,5 foizga,
chakana savdo aylanmasi – 14,4 foizga, xizmatlar – 12,5 foizga o‘sdi. Davlat byudjeti yalpi
ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Tashqi savdo
aylanmasining ijobiy saldosi ta’minlandi. Inflyasiya darajasi prognoz parametrlaridan
oshmadi va 5,7 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollari miqdorida yoki 2015 yilga nisbatan 9,6
foizga ko‘p investitsiyalar yo‘naltirildi. O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar
hajmi 11,3 foizga o‘sdi va 3,7 milliard dollardan oshib ketdi. Umumiy qiymati 5,2 milliard
dollar bo‘lgan 164 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish yakunlandi. SHu
jumladan,
“JM
O‘zbekiston”
aksiyadorlik
jamiyatida
“T-250”
modeldagi
engil
avtomobillarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, Jizzax viloyatida sement zavodi kengaytirildi,
Tolimarjon issiqlik energiya stansiyasida quvvati 900 MVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmalari
hamda Angren issiqlik energiya stansiyasida quvvati 150 MVt bo‘lgan yuqori kulli ko‘mirni
yoquvchi energiya bloki ishga tushirildi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarini mamlakatning boshqa hududlari bilan bog‘laydigan,
Qamchiq tog‘li dovoni orqali o‘tuvchi 19 kilometrlik noyob tunnelga ega bo‘lgan elektrlashtirilgan yangi Angren – Pop temir yo‘l liniyasi qurildi. Toshkent – Buxoro
marshruti va qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha yuqori tezlanishli “Afrosiyob” yo‘lovchi
tashuvchi elektropoezdlar harakati tashkil etildi.
Qishloq
xo‘jaligini
modernizatsiya
va
diversifikatsiyalash
bo‘yicha
oshirilayotgan dasturiy chora-tadbirlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmlarini 6,6
foizga, jumladan, meva-sabzavot – 11,2 foizga, kartoshka – 9,7 foizga, sabzavot
mahsulotlari etishtirish 10,4 foizga o‘sishini ta’minladi.
Xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash va himoya qilish
bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 2016 yilda 32 mingtaga yaqin yoki 2015
yilga nisbatan 18 foizga ko‘p kichik biznes sub’ektlari tashkil qilinishiga turtki bo‘ldi.
Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi 56,9 foizgacha, sanoatda esa
45 foizgacha oshdi.
Ijobiy tarkibiy o‘zgartirishlar va iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlari tufayli
aholining real daromadlari 11 foizga oshdi. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 15
foizga, pensiya va ijtimoiy nafaqalar – 12,1 foizga, aholi jon boshiga real daromadlar – 11
foizga o‘sdi, 726 ming nafarga yaqin aholining, shu jumladan, 438,5 ming kollej
bitiruvchisining bandligi ta’minlandi.
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI I. Davlat va jamiyat qurilishi
tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda
Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning
ustuvor yo‘nalishlari
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini
oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
ta’minlash:
2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish:
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini
takomillashtirish:
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:
2.6. YUridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish:
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish
sur’atlarini saqlab qolish:
3.2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi
tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini
oshirish:
3.3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya
qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
«Iqtisodiyot» fan sifatida tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga
keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil qilish va baholash
bo‘yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi.
«Korxona iqtisodiyoti» - aholi va iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan mahsulot ishlab
chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy-xo‘jalik
mexanizmlarini o‘rganuvchi va ochib beruvchi fandir. U tabiat va jamiyatning muayyan
ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishining ob’ektiv qonunlari namoyon bo‘lishi va amal
qilishiga, shuningdek, korxonalar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi davlat
miqyosida qabul qilinuvchi qoida, normativ va qonun hujjatlariga tayanadi.
«Korxona iqtisodiyoti» xuddi boshqa fanlar kabi birinchi o‘rinda o‘rganish
funksiyasini bajaradi. Uning mahsulot ishlab chiqarish moddiy-texnika resurslarini sarf
qilishni talab qilishi bilan, xodimlar mehnati ularga haq to‘lash va rag‘batlantirishning
boshqa shakllari bilan, daromad hajmi esa xarajatlar miqdori va bahoni shakllantirish bilan
bog‘liq bo‘lgan qo‘shma korxonalarda sodir etiluvchi hodisa va jarayonlarni o‘rganishi va
izohlashi mo‘ljallangan. Mazkur fanning tadqiqotlari ob’ekti turli mulk shaklidagi
mikrofirma, kichik va yirik korxonalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |