Yuzasi 1 m2 , qalinligi 0,4 m bo’lgan muz parchasi suv sirtida suzib yuribdi. Muz bo’lagini suvga to’la botirish uchun kamida qanday ish bajarish kerak (J)? Muzning zichligi 900 kg/m3, g=10m/s2
J: 8
Agar gazning haroratini –730C gacha pasaytirish natijasida uning molekulalarining o'rtacha kvadratik tezligi 2 marta kamaygan bo'lsa, gazning dastlabki temperaturasini(0C) toping?
J: 527
Chuqurligi 35 m bo'lgan suv havzasi tubidan ko'tarilayotgan havo pufakchasining hajmi, suv sirtidan 5 m chuqurlikda ko’l tubidagisidan necha marta katta bo’ladi? Atmosfera bosimi 100 kPa, g=10m/s2. Suv qatlamlaridagi harorat bir xil.
J: 3
Porshenli nasos har bir yurishida normal sharoitdagi (T0=273K) atmosferadan 10 dm3 havoni, hajmi 10 m3 bo'lgan idishga haydaydi. Idishdagi harorat o'zgarmas va har doim 364 K ga teng. Idishdagi bosimni normal(p0=1atm) qiymatdan 10 atm gacha oshirish uchun nasos porsheni nechta yurish qilishi kerak?
J: 6750
Uzunligi 42 sm bo'lgan trubachaning bir uchi yopilgan. Trubachani vertikal ravishda ochiq uchi bilan simobga shunday botirildiki bunda uning yuqori uchi simob sathi bilan tenglashdi. Shu paytda trubachadagi havo ustunining balandligi nimaga teng bo'ladi(sm)? Atmosfera bosimi 750 mm sim.us. deb oling.
J: 30
Bug' mashinasi ishlayotgan vaqtda 1 soatda 210 kg ko'mir sarflaydi. Bug' mashinasini sovutish uchun kirishidagi harorati 170C, chiqishidagi harorati 270C bo'lgan suvdan foydalaniladi. Agar suvni qizdirish uchun jami energiyaning 24% ketayotgan bo'lsa, 1s ichidagi suv sarfini aniqlang(kg)? Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200 J/(kg·K). Ko'mirning solishtirma yonish issiqligi 30 MJ/kg.
J: 10
Misdan yasalgan jism 100 0C gacha isitilib, massasi misning massasiga teng bo'lgan suvga tushurildi. Issiqlik muvozanati sharoitida harorat 30 0C bo'lgan bo'lsa, suvning dastlabki haroratini aniqlang (0C)? Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200 J/(K·kg) , misning solishtirma issiqlik sig'imi 360 J/(K·kg).
J: 24
Ma’lum bir massali ideal gaz o'zgarmas bosim ostida 150C dan 650C gacha qizdirilganda 5 kJ issiqlik miqdorini yutdi. Agar shu gaz xuddi o'shanday boshlang'ich va oxirgi haroratlargacha izoxorik qizdirilsa unga 3,5 kJ issiqlik miqdori sarflangan bo'lar edi. Shu gazning 150C haroratda va 20 kPa bosimda egallagan hajmini(litr) toping?
J: 432
Hajmi 49,8 m3, harorati 27 0C bo'lgan xonadagi nisbiy namlikni 25% dan 50% gacha oshirish uchun qanday massali suvni(g) bug'lantirib yuborish kerak? To'yingan suv bug'larining 27 0C haroratdagi bosimi 3,6 kPa, suvning molyar massasi 18 g/mol, Universal gaz doimiysi 8300 J/(kmol·K).
J: 324
Ikkita bir xil sharchalar, bir xil uzunlikdagi va bir nuqtaga qotirilgan iplarga osilgan. Sharlarni bir xil ishorali zaryadlar bilan zaryadlaganda ular bir-biridan qandaydir burchakga og'ishdi. Agar bu sharchalar zichligi 800 kg/m3, dielektrik singdiruvchanligi 9 ga teng bo'lgan suyuqlikka botirilgandan so'ng ham ular orasidagi masofa o'zgarmagan bo'lsa, sharchalar yasalgan moddaning zichligini aniqlang(kg/m3)?
J: 900
Elektron uzunligi 30 sm bo'lgan yassi kondensatorning plastinalariga paralel ravishda uchib kirdi va undan uchib chiqishda o'zining dastlabki yo'nalishiga nisbatdan 1,8 mm ga og'di. Agar kondensator qoplamalari orasidagi elektr maydon kuchlanganligi 200 V/m ga teng bo'lsa, elektronning dastlabki tezligini toping (Mm/s)? Elektronning solishtirma zaryadi 1,8·1011(C/kg).
J: 30
Tomoni 50 sm ga teng bo'lgan tetraedrning uchlarida zaryadlari 1 µC, 2 µC, 3 µC va 4µC bo'lgan to'rta zaryad joylashgan, bu zaryadlarning o'zaro tasir energiyasini hisoblang(mJ)? k=9·109(m/F)
J: 630
Yassi havo kondensatorining qoplamalari orasiga yuzasi qoplamalarning yuzasiga teng, qalinligi qoplamalar orasidagi masofaning yarimiga teng bo'lgan dielektrik (ε=4) plastina qoplamalarga parallel ravishda kiritilganda, kondensatorning sig'imi necha foizga oshadi?
J: 60
Bir jinsli silindrni vertikal ravishda bikrligi 140 N/m bo`lgan pujinaga ilindi. Agar uni qisman suvga botirilsa silindrning vertikal kichik tebranishlarning chastotasi necha foizga ortadi? Ishqalanishni hisobga olmang. Silindrning kesim yuzasi 30sm2, g=9,8 m/s2 deb oling.
J: 10
Har biri 3 V kuchlanish va 0,3 A tok kuchiga mo'ljallangan to’rtta elektr lampochkalari bir-biriga parallel ulanib EYK 5,4 V bo'lgan tok manbaidan taminlanishi kerak. Lampalarni bunday ulash uchun ularga ketma-ket ravishda qanday qo'shimcha qarshilik ulash kerak (Om)? r=0
J: 2
Do'stlaringiz bilan baham: |