Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt



Download 0,58 Mb.
Sana12.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#545243
Bog'liq
Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt

Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt


Nokia tarixida ko‘pchilik bilmaydigan yoki unutgan ko‘plab faktlar mavjud. Fin brendining taraqqiyoti bilan bog‘liq 20 ta afsonaviy faktni eslash vaqti keldi.
1.Kompaniyaga XIX asrda asos solingan.Kompaniya tarixi 1865-yil tog‘ muhandisi Frederik Idestam kichik qog‘oz fabrikasiga asos solgan paytdan boshlangan deb hisoblanadi. 1871-yilda kompaniya «Nokia Ab» nomi bilan qayta nomlangan.
2. Nokia o‘z vaqtida shippaklar ishlab chiqargan.
3. Shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarilgan.80-yillarda Nokia Data bo‘limi kompyuter bo‘limi MicroMikko shaxsiy kompyuterlarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu biznes-shaxsiy kompyuterlar bozorida birinchi qadam edi.
1967-yilda uchta kompaniya birlashdi: Finnish Rubber Works, Finnish Cable Works zavodlari va Nokia Ab. Birlashtirilgan kompaniya beshta asosiy yo‘nalishga ega bo‘ldi: rezina buyumlar, kabellar, elektronika, yog‘ochni qayta ishlash va elektr energiyasini ishlab chiqarish.
1987-yilda kompaniya Mobira Cityman 900 telefonini taqdim etdi, uni o‘zingiz bilan qo‘lda ko‘tarib yurish mumkin edi (og‘irligi 760 gramm).
Aynan shu telefonda Mixail Gorbachev Finlyandiyada turib Moskvadagi Aloqa vaziri bilan bog‘langan.
Ushbu rasmdan keyin ko‘pchilik telefonni «Gobra« deb nomlagan.
Muloqot taymeri hammada bir xil emas.Ko‘pgina Nokia telefonlarida muloqot taymeri suhbat boshlanganida emas, balki qo‘ng‘iroq vaqtida yoqilgan.
Biroq, S60 platformasidagi telefonlarning trubkani ko‘targandan keyin yoqiladigan taymeri standard hisoblangan.
Nokian shinalari.1988-yilda Nokia Renkaat kompaniyadan ajralib chiqdi, u 1967-yildan beri kompaniyaning «rezina» bo‘limi bo‘lgandi. O‘shandan beri Nokian Renkaat'ning Nokia'ga hech qanday aloqasi yo‘q.
Nokia MGTS bilan hamkorlik qilgan.
1989-yilda Nokia MGTS bilan hamkorlikda qo‘shma korxona «AMT» tashkil etgan, u Moskvada uyali aloqa, peyjing va PBX xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Keyinchalik Nokia ulushi MGTS'ga sotib yuborilgan.
Xelsinki shahridan GSM telefonlarida birinchi pullik qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan.
1991-yilda GSM standartli uyali telefonda birinchi pullik qo‘ng‘iroq amalga oshirildi.
Aytish kerakki, tarmoqning o‘zi Nokia tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalardan qurilgan.
Bu qo‘ng‘iroqni Finlyandiya Bosh vaziri Xarri Xolkeri amalga oshirgan.
1992-yilda «Connecting people» («Odamlarni birlashtirish») degan mashhur ibora kompaniyaning reklama shiori sifatida paydo bo‘lgan.
Nokia telefonlarining shu qadar mashhur bo‘lib ketganidan kompaniya ularni yetkazib berishga ulgurmagan.
Fin brendining dunyoda o‘ta ommalashib ketishi 1990-yillarning o‘rtalarida katta logistika inqiroziga olib keldi.
Kompaniya qurilmalarni yetkazib berishga ulgurmagan, yetkazib berish muddati esa cho‘zilib ketgan - bularning barchasi kompaniyaning obro‘siga putur yetkazdi.
Logistika infratuzilmasini o‘z vaqtida almashtirish kompaniyani inqirozdan saqlab qolgan.
Nokia ringtonini mashhur musiqachilar bastalashgan.
Standard ringtonlar orasida «The Village», «Stones» va «Close my eyes» larni topishingiz mumkin.
Bu qo‘shiqlar aynan Nokia sharofati bilan mashhurlikka erishgan Plain Jane Automobile Indian-rock guruhining qo‘shiqlari edi.
Nokia uzoq vaqt davomida eng yirik telefon ishlab chiqaruvchi bo‘lgan.
1998-yilga kelib, telekommunikatsiya sohasiga GSM'dagi dastlabki investitsiyalarni jalb qilgan holda, Nokia dunyodagi eng yirik mobil telefon ishlab chiqaruvchisiga aylandi.
Ushbu yetakchilik 2007-yilgacha davom etdi.
Apple Nokia texnologiyalaridan nusxa olgan.
2009-yilda Nokia Apple kompaniyasi ustidan 10 ta patentni buzganligi bo‘yicha sudda g‘alaba qozondi, ularning yutuqlari birinchi avlod iPhone'da ishlatilgan.
Natijada, Apple Nokia'ga kompensatsiya to‘ladi va yaqinda imzolangan patent bitimiga ko‘ra, u hali ham katta foiz to‘lashni davom ettirmoqda.
Nokia 8
2017-yilda korporatsiya tomonidan 10 turdagi telefon va smartfon chiqarildi. Qisqacha aytganda, Nokia brendi ulkan qadamlar bilan tobora kuchayib bormoqda.
Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish