Afsonaviy boyliklarga EGA bo’lgan Hindiston sari Amir Temur yurishi



Download 26,3 Kb.
bet1/2
Sana20.07.2022
Hajmi26,3 Kb.
#826797
  1   2
Bog'liq
Amir Temur


Afsonaviy boyliklarga ega bo’lgan Hindiston sari Amir Temur yurishi
Amir Temurning boyliklari afsonaga aylangan Hindiston sari ham,boshqa davlatlarga qilgan yurishlarida ham razvedka masalasiga alohida ahamiyat beradi.
Amir Temur mavzusi ummonday cheksizdir. Bu va boshqa yurishlar davomida Amir Temur razvetka masalasiga alohida ahamiyat beradi.Amir Temurning maxfiy xizmati haqida eng xolis malumotlarni sohibqironning zamondoshi Ibn Arabshoh beradi.U bergan malumotlarga ko’ra Amir Temur maxfiy xizmati shaxsiy tarkibi xususida bebaho malumotlar mavjud.
U, - deb yozadi Ibn Arabshoh,- yerlarining barcha tomonlariga o’z ayg’oqchilarini tarqatib,qolgan mulklariga esa josuslar qoygan edi.Bu razvedkachilarning biri savdogar,biri polvon,biri dorboz,munajjim va o’z tabiatigacha ish qiladigan,gapchinoz qalandarlaru darveshlar,dengizchi mallohlaru quruqlikdagi sayyohlar edi.Ular ilm talabida mag’rib-u mashriqni kezgan,payiga tushgan maqsad yo’lida makr-u xiyla makonida kamolga yetgan,o’zining nozik firibi va dahosi bilan,suv bilan olov,to’g’rilik bilan egrilik orasida unib o’sgan makr-u xiylada Soson va Abu Ziyoddan ham o’tib ketgan, o’z hikmati bahsida Ibn Sinoni ham mulzam qilgan,ikki muxolifni bir-biriga biriktirib,ikki dushmanni bir-biriga qo’shgan uddaburon kishilar edi.”Temur Tuzuklar”ida Sohibqiron o’zining o’gitlaridan birida ichki razvetkaga doir misol keltiradi:”Podshoh majlis ahlidan ogoh bo’lsinkim,ular ko;pincha ayb axtarib uni tashqariga tashiydilar. Podshohning so’zidan ,ishidan vazirlarga,amirlarga xabar berib turadilar.Masalan,shungs o’xshash bir voqea mening o’zim bilan roy bertgandi,o’zimning xos majlisimdagi bir qancha suhbatdoshlarim vazirlar va amirlarimning josuslari ekan”.1 Amir Temur urushning aytgani-aytgan,degani-degan qattol bir zamonda yashadi,qilich-u nayzaga suyangan bu zamonning hech kimga bo’ysunmaydigan qonunlari bore di. Ularga rioya qilmaslik yoki chetlab o’tishlik mumkin emas edi.Shuni ta’kidlash joizki,Sohibqiron xudo izmidan chiqmaydigan bandalardan edi,hech qachon birinchilardan bo’lib urush boshlamasdi.Uning yurishlari barchasi zaruratdan kelib chiqardi.Eng avvalo,u urushning oldini olish chorasini izlardi.Ayrim hollarda qaysidir mamlakatda zulm ortib izdan chiqib ketgan bolsa,u joyning ulug’lari Sohibqiron Amir Temurga ko’mak so’rab murojaat qilishardi.Masalan,Eron,Iroq va boshqa mamlakatlar.Amir Temur o’z “ Tuzuklari”da davlat ishlarining to’qqiz ulushini kengashga ajratgani,bir ulushini qilichga qoldirganini yozadi.U umr boyi bunga rioya qilgan.Muxolif mamlakatlarga takror-takror elchilar yuborar,shu jumladan Hindistonga ham,quad-andachilikni yo’lga qo’yishga tirishar,qarindoshchilikni rivojlantirish yo’llarini izlardi.Buning yorqin misoli Xorazmning go’zal malikasi Xonzoda xonimning Turon saltanati valiahdi amrzoda Jahongir Mirzoga uzatilishi edi.2
Dastavval,farzandslarim amirlarimning ko’ngli,o’y-fikrlarini bilish uchun ularga maslahat soldim.Amirzoda Pirmuhammad Jahongir:”Agar Hindistonni olsak,uning oltinlari bilan butun yer yuzini egallaymiz.”-dedi.Amirzoda Muhammad Sulton esa:”Hindistonni olamiz-u,biroq bunga to’siqlar bor:daryolar,o’rmonlar,to’qaylar, sipohiylar,odamga ov qiladigan quturgan fillar va boshqa yana birqancha to’siqlar”-dedi.Amirlarim esa “Boringki Hindistonni oldik ham deylik.Biroq u yerda turg’un bo’lib qolsak,naslimiz yo’qoladi,avlodlarimiz o’z aslidan ajrab,tillari hindcha bo’lib ketadi”-deyishdi.Men bo’lsam,Hindistonga yurish uchun himmat kamarini belga bog’laganimdan o’z azm-u jazmimdan voz kechishni istamadim va shunday javob qildim:”Tangri taologa o’tinch bilan murojaat qilaylik,toki tangri taolo neni buyursa shunga amal qilamiz.Bu haqda Qur’ondan ko’raylik.”Hammalari mening taklifimni maqullashdi.3
Amir Temurning hind sari yurishidagi va umuman uning barcha qo’shinlari haqida L.Keren “Amir Temur qo’shinining har bir favjining alohida rangli o’z tug’i bo’lib,bu favj askarlari-yu otlari ham aynan shu rangdagi sovut,zirx,qalqon,yoping’ich,o’qdon va nayzalar bilan taminlangan edi.Shu alfozda oq,yashil,binafsharang yoxud qizil rangli favjlar mavjud edi”-deb yozadi.
Olim X.Dadaboyev fikrlari ham bunga hamohangdir:”Sohibqiron armiyasida muntazam qo’shinga xos bo’lgan ko’pgina belgilar mavjud edi.Qo’shin son jihatdan aniq va puhta tashkil etilgan edi.Qo’shin o’z zamonasining ilg’or qurol-yarog’i,texnikasi bilan qurollangan,har bir qism bo’linma aynan bir turdagi qurol-yarog’,aslaha-anjom bilan taminlangan,bo’linmalar,qismlar bir-biridan kiyimi,ko’targan bayrog’i,hatto minga otining tusi bilan ham farqlangan.4
Hindiston qadimgi davrlardan buyon barchani o‘ziga jalb qilib keladi. Eramizdan avvalgi to‘rtinchi asrda Buyuk Aleksandr Hindiqushdan o‘tib “Hind sori” yuzlandi. Undan keyin kelgan salavkiylar, Baqtriya, Kushon imperiyasi bu diyorda hukmronlik qildi. Buddaviylik dini Hindistondan Markaziy Osiyo orqali Kushonlar davrida Xitoy va keyinchalik uzoq sharqqacha yetib bordi. Sakkizinchi asrdan boshlab Hindistonga musulmonlar yurishlari boshlandi. Qisqa davr ichida islom hind ostonalarigacha keldi. Amudaryoning janubiy yerlarida turk sulolalaridan bo‘lgan g‘aznaviylar hukm sura boshladi. XI asrda ushbu sulolaning eng buyuk lideri Sulton Mahmud G‘aznaviy Hindistonning shimoliy qismiga yurishlar qilib turdi. G‘aznaviylar o‘rnida g‘uriylar hokimiyat tepasiga keldi. G‘uriylardan keyin mamluklarning Dehli sultonligi tashkil etildi. Mazkur davlat bir nechta musulmon sulolalarni almashgan holda 1526-yilgacha mavjud bo‘ldi. Sultonlikning eng yirik mag‘lubiyatlaridan biri esa 1398–1399-yillardagi Amir Temurning hind yurishi paytiga to‘g‘ri keladi.
Xilda Xukxemning yozishicha, Panjob vodiysi Temur uchun Chig‘atoy xonligining qonuniy hududi hisoblangan. Bundan tashqari, Sulton Muhammad Tug‘luq vafotidan keyin Dehli sultonligi zaiflashib bordi va atrofdagi kichik knyazliklar mustaqillik e’lon qildi. Uning vorisi Feruz Shoh zamonida ham bu narsa davom etdi. Sultonlik kichrayib, Dehli bilan cheklanib qoldi. Amir Temur Hindiqushgacha bo‘lgan yerlarni o‘ziga bo‘ysundirgan paytda, qochib ketgan mahalliy amirlar Dehlidan boshpana topgan edi. Tarixchilarning fikricha, Temur Hindistonni doimiy boshqarish niaytida emas, balki boylik, o‘lja ilinjida egallashni istardi. 1392-yilda bir paytlar Sulton Mahmud G‘aznaviy mulki hisoblangan yerlarni boshqarishni nevarasi Pirmuhammad ibn Jahongirga topshirgan Temur, 1397-yilda unga Hindistonga yurib, dushman hind knyazliklariga hujum qilishni buyurdi. Shu tariqa Mo‘lton Pirmuhammad tomonidan egallandi. Shu yil qishni Movarounnahr shimolida o‘tkazgan Temur 1398-yilning ilk oylarida Samarqandga qaytdi va qo‘shinni to‘pladi. Qurultoy chaqirilib, unda Hindiston yurishi haqida e’lon qilindi. Qurultoyda Temurxon quyidagicha nutq qildi:
“Feruzshohning nabirasi Dehli taxtiga o‘tirdi. Ammo bu yosh sultonning hukmi o‘z qo‘l ostidagilarga o‘tmaydi. Hatto ular unga qarshi dushmanlik qilmoqda. Shundaylardan biri Sarangxon Mo‘ltonni Sayyid Xizr xondan tortib oldi, ammo o‘zi hozir Pirmuhammadning hujumiga duchor bo‘ldi. Dehlida Sarangning birodari Malluxon raqiblarini mag‘lub etib, shaharni egalladi va sulton nomidan hukmronlik qilmoqda. Bu tartibsizliklar bizning g‘alabaga chanqoq qo‘shinimizni Hindga olib borishga majbur qilmoqda. Bundan tashqari, haq dinga Hindning ko‘p joyida amal qilinayotgan bo‘lsa-da, saltanatning katta qismida mushriklar istiqomat qilmoqda. Dehli sultonlari haq dinni himoya qilishdan ojizlik qilmoqda. Musulmon hukmdorlar faqat jizya olish bilan cheklanmoqdalar…”
Shunday qilib, Temurning 90 ming kishilik qo‘shini mart oyida Hindistonga qarab yurishni boshladi. Qo‘shinning eng yaxshi qismi chig‘atoylardan tashkil topgan edi. Bo‘linmalar qo‘mondonlari esa uning yoshlikdagi do‘stlari edi. Samarqandga Amir Temur Mironshohning o‘g‘li Umarshayxni qoldirib ketdi. Qo‘shin Termiz yaqinida Amudaryoni kesib o‘tdi va Andarobda to‘xtadi. Qo‘shinning asosiy qismi va yuklar shu yerda qoldirildi va uning o‘zi maxsus guruh bilan Kofiristonga qarab yurdi. Siyohpo‘shlar deb ataladigan xalq bu paytda musulmon emas edi va Temur ularni mag‘lub etib, asosiy qo‘shin uchun Hindistonga boradigan yo‘lni ochib qo‘ydi. O‘zi ham qo‘shinning asosiy qismiga kelib qo‘shildi. Shu orqali u Movarounnahrning tog‘lardagi potensial dushmanlarini ham yo‘q qilgan edi. Yo‘lda qal’alar va garnizonlar qurildi. 1398-yilning avgust oyida Kobul ham egallandi. Shahar yaqinida chodir tikdi va bir qancha muddat shu yerda davlat ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldi. Bir qator elchilarni ham qabul qildi. Kobulda unga Forsda qolgan qo‘mondon Shayx Nuriddin kelib qo‘shildi. U forsdan yig‘ilgan katta boylik va sovg‘a-salomlar bilan kelgan edi. Bu yerda turilgan muddatda bir qator obodonchilik ishlari ham amalga oshirildi. Qurg‘oq yerlarga kanal qazilib, suv chiqarildi. Kanal qirg‘oqlari bo‘ylab qishloqlar qurildi. Ishlar yakunlangach, Temur Saroymulkxonim bilan birga yosh nabirasi, shahzoda Mirzo Ulug‘bekni Samarqandga qaytarib yubordi.5 Temur asosiy qo‘shin va boshqa malikalar birgalikda Hindistonga yurishda davom etdi. Chig‘atoy ulusining nominal xoni Sulton Mahmudxon chap qanot bilan birga shimoliy yo‘l orqali Dehliga yurdi. Temurning o‘zi esa janubga Pirmuhammad bilan uchrashish uchun Mo‘ltonga qarab yurdi. Sentabr oyida Hind daryosiga yetib kelgan Temur qo‘shini ikki kunda daryoni kechib o‘tdi. Yo‘l bo‘yi uning huzuriga yana elchilar va bir qator amirlar keldi. Ulardan Kashmir amiri Iskandarning elchisi o‘z hukmdorining Temurga sodiqlik haqidagi qasamyodini olib keldi. Shuningdek, bir qator mahalliy rojalar qo‘shinlari tor-mor keltirildi. Yeyishga va olib ketishga yaroqsiz narsalar yoqib yuborildi. Oktabr oyida belgilangan joyda u Pirmuhammad bilan ko‘rishdi. Pirmuhammad bu paytda Mo‘ltonni qamal qilib turgan edi. Mo‘lton ham Temur kelishi bilan egallandi. Dekabr oyiga kelib, Temur qo‘shini allaqachon Dehli ostonasida turgan edi. Dehli atrofidagi barcha qal’alar va istehkomlar Temur qo‘shinlari tomonidan egallab olindi. Dehli himoyachilari tarkibida o‘n ming otliq va yigirma ming piyoda qo‘shin bor edi. Shuningdek, ularda yuzta jangovar fillar ham bor edi. Aynan mana shu fillar Temur qo‘shiniga qo‘rquv solib turgan edi. Jang boshlashdan oldin Temur Dehli atrofiga ayg‘oqchilarini yuborib, vaziyat haqida batafsil ma’lumotlar oldi. Dehli eshiklari ochilib, Sulton Mahmud va Malluxon askarlari hujum boshladi. Temur Dehlini uzoq vaqt qamal qilib turishni istamas edi va bu hujum uni xursand qildi va u Allohga sajda qilib undan g‘alaba so‘radi. Solnomachilar Dehli jangini tasvirlashda hali hech qachon bunday shovqin-suronli jang bo‘lmaganini yozadi. Jangovar fillarga qarshi tuyalarning beliga maxsus olov yoqiladigan moslama o‘rnatib, ularga qarshi yo‘lladi. Olovlarning o‘zlari tomon kelayotganini ko‘rgan fillar qo‘rquvdan ortga qarab yura boshladi. Natijada, Dehli askarlari fillar oyoqlari ostida qolib ketdi. Hindlarning chap qanotiga Pirmuhammad qattiq zarba berdi. Temur qo‘shinining chap qanoti hindlar hujumini muvaffaqiyatli tarzda qaytardi va Dehli darvozasiga qarab yurdi. Sulton Mahmud va Malluxon shaharga qochib kirdi. Chekinish vaqtida ko‘plab hind askarlari halok bo‘ldi. Fillarning katta qismi jarohatlandi, ayrimlari xartumidan ayrildi. Shahzoda Xalil Sulton Mirzo dovyuraklik bilan bir filga tashlanib, uning egasini o‘ldirdi va filni minib, bobosiga sovg‘a sifatida olib keldi. Shu kuni Temur qo‘shini g‘alaba qozondi. Askarlarining mardonavor jang qilganini eshitgan Temur xursandchilikdan yig‘lagani va yerga sajda qilgani tarixchilar tomonidan yozib qoldirildi. Jangning ertasi kuni Temur Dehli shahriga tantanali ravishda kirib bordi. Sulton Mahmud va Malluxon tundayoq oilasini ham tashlab qochib ketgan edi. Ularni ta’qib etishga buyurilgan askarlar Malluxonning ikki o‘g‘li va bir nechta qo‘mondonlarini qo‘lga oldi. Dehlining asosiy darvozasi yonida Temur shaharning taslim qilingani haqidagi noma qabul qilindi. Shahar egallangani sharafiga marosim tashkil etildi. Imperiyaning barcha hududiga g‘alaba haqida xabar berish uchun choparlar yuborildi. Juma kungi juma namozi paytida Temur nomiga xutba o‘qildi.
Shunday qilib, 1399-yilning mart oyiga qadar Hindistonning butun shimoliy qismi Temur tomonidan egallandi. Mart oyida u barcha amirlari va qo‘mondonlarini yig‘ib, ularni o‘zlarining viloyatlariga jo‘natib yubordi. Hind mulkini esa Hizr Xon Sayyidga topshirib, o‘zi Samarqandga qarab yo‘l oldi. Hizr Xon esa o‘zini Amir Temurni vassal deb e’tirof etib, uning nomini xutbaga qo‘shib o‘qittirdi va uning nomidan tangalar zarb ettirdi. Qochib ketgan Malluxon va Sulton Mahmudlar qaytib kelib, hokimiyat uchun kurashga qo‘shildi. Ammo Hizr Xon sayyid ularni mag‘lub etib, Dehlida sayyidlar sulolasiga asos soldi. Samarqandga qaytgan Temur g‘alabasi sharafiga shaharda ulkan masjid qurdirishga buyruq berdi. Bu masjid xalq orasida Bibixonim masjidi deb nomlanadi. Masjid 1399–1405-yillarda qurildi. Hind safaridan betob bo‘lib qaytgan Temur sog‘ligini tiklagach, Hindistonga chopar yubordi va fillar jo‘natishni so‘radi. Ushbu fillar unga Suriya, Kichik Osiyo yerlaridagi zafarli yurishlarda katta yordam berdi.6
Tarixdagi ulug’ zotlar Bahri Ummonda kezib yurgan bahaybat kemalarga o’xshaydi.Bir qaraganingizda bu kema ko’zingizga yaxlit taslangani bilan uning ichida va kayutalarida qanchadan qancha tilsimli hodisalar ro’y beradi.Va bu kemaning izidan mavjlangan iz qoladi.Bu iz hatto fazodan boqqanda ham ko’zga yaqqol tashlanishi mumkin.Biz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur hazratlarini dunyoda neki eng kuchli,eng jozibali,eng mahobatli bo’lsa,o’shanga qiyoslashimiz mumkin.Bu ulug’ zotning hayoti va faoliyati,jo’nroq aytganda,tarjimai holi bizga malum bolsada,biz eslatgan cho’qqi yoxud ulkan kema yanglig’,bu muhtasham siymoning nomi bilan bog’liq biz bilamgan,eshitmagan voqelar,rovoyatlar,hodisalar yer yuzi bo’ylab kezib yuripti.

Download 26,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish