Adabiy tanqid – ijodkor bilan o‘quvchi omma orasidagi ko‘prik. Shunga ko‘ra, boshqa fan sohalaridan farqli o‘laroq, adabiy tanqidiy asar tor mutaxassislar doirasiga emas, keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallanadi. Bu ham uning bir qator o‘ziga xos jihatlarini keltirib chiqaradi. Jumladan, ko‘pchilikka mo‘ljallangan asarning tili, uslubi ham shunga mos bo‘lmog‘i taqozo qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |