9-sinf adabiyotdan testlar 3-chorak.
1.”Muqaddas”, “Billur qandillar”,””Tilla uzuk”asarlarining muallifi va janri to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
a) O. Yoqubov ,qissa b) O. Matjon, she`riy to’plam c)A. Oripov, drama. d)Sh. Rahmon, doston.
2.Ali Qushchi, Qalandar Qarnoqiy,Abdullatif obrazlari qaysi asarda uchraydi?
a) “Mirzo Ulug’bek”dramasi b) “Ulug’bek xazinasi “ romani c)”Sohibqiron “ dramasi d)”Navoiy “
3. “Xayol daryosi keng edi,o’qtin-o’qtin o’zicha she`r mashq qilibqo’yar, ilk she`ri texnikum gazetasida chiqqan” shoir kim?
a)Oybek b)O.Matjon c) H. Xudoyberdiyeva d)Sh. Rahmon.
4.Ilk asari “tengdoshlar” bilan el nazariga tushgan ijodkorni aniqlang.
a)Oybek b)O.Matjon c) O . Yoqubovd)Sh. Rahmon.
5.Buyuk mutafakkir shoir haqida dunyo adabiyotida yaratilgan ilk yirik nasriy asar muallifi?
a)Oybek b)O.Matjon c) H. Xudoyberdiyeva d)Sh. Rahmon.
6.A. Oripovning ilk she`riy to’plami nima deb ataladi?
a)”Qushcha” b) “Sohibqiron” c)”Xotirot” d)”Mitti yulduz’
7.Qaysi asarda shaxmat taxtasigao’yin va maydondagi jang qiyosan tasvirlangan?
a)O. Yoqubov. “Ulug’bek xazinasi” b)A. Oripov.”Sohibqiron” c) Oybek”Navoiy” d)Shekspir. “Hamlet”
Mumtoz adabiyotda nimaga nisbatan “Jallod” so’zi ishlatiladi?
a) qosh b)soch c ) ko’z d)yuz
8.Halima Xudoyberdiyeva qaysi to’plami uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan?
a)”Chaman” b) “ilk muhabbat” c) “Bobo quyosh” d)”Muqaddas ayol”
9.”Shunchaki yozmoqlik shoirga o’lim” deya yozgan shoir kim?
a)Oybek b)O.Matjon c) H. Xudoyberdiyeva d)Sh. Rahmon.
10.Shonli bobolarga munosib bo’lolmagan turkiy xalqlarga xos illatlar ayovsiz fosh etilgan asar qaysi?
a)Oybek “Tuyg’ular” b)O.Matjon” “Vatan mehri” c) H. Xudoyberdiyeva “Shunchaki” d)Sh. Rahmon.”Turkiylar”
11.Oyoqlangan qo’ziday dovdirar yelda maysa,
Ko’m-ko’k moviy osmonda kezib yurar oq bulut . Ushbu satrlarda qanday she`riy san`at qo’llangan?
a) tashbeh, tashxis b)tazod, irsoli masal c)mubolag’a, tashxis d)takrir, mubolag’a
12.Men she` r yozsam ,endi qog’ozga emas, Anov yal-yal yonayotgan o’tga yozaman…Ushbu satrlar kimniki?
a)Oybek b)O.Matjon c) H. Xudoyberdiyeva d)Sh. Rahmon.
13.”Sohibqiron” dramasida Sulton Boyazid bilan jangga kirishdan avval Amir Temur qo’shinning o’ng qanotini Mironshohga, chap qanotiniShohruh Mirzoga boshqarishni topshiradi. Obong’orni kim nazorat qiladi?
a) Shayxulislom b) Amir Temur c) Alovuddin d)Mirzo Ulug’bek
14.Omon Matjonning ‘Avvalgilarga o’xshamas” she`ri kimning g’azaliga muxammas tarzida bitilgan?
a)Alisher Navoiy b) Lutfiy c) Zavqiy d)Furqat
15.”Navoiy “romanida Husayn Boyqaro ixlos qilgan darveshning ismi nima edi?
a)Darveshali b) Bobo Xokiy c) Ahmadali d)Amir Sarbon
16.Omon Matjonning “Eng so’nggi xazina “ she`rida eng so’nggi xazina nima ?
a) milliy g’urur b)oltin konlari c) amirning xazinasi d) sog’lik va tinchlik
17.Qaysi adib o’zbek dramaturgiyasi va kinochiligi rivojiga munosib hissa qo’shgan?
a)Oybek b)O.Matjon c) Sh. Boshbekov. d)Sh. Rahmon.
18.Sh . Boshbekovning qaysi asari respublikalararo ko’rik-tanlovda sovrindor bo’lgan?
a) “Tilla bola” b)”Tushov uzgan tulporlar’c)”Temir xotin” d)Charxpalak”
19.”Onajon”, “Yillar armoni”, “Xotirot “asarlarining muallifi?
20.”Padarkush” deb nom olgan obraz?
21.”Ulug’bek xazinasi” asarida Abdullatif kimning asarini o’qib qo’rqib ketadi?
22.”Navoiy “ romanida kim Mirzo Yodgorni uyqusida yengishda jonbozlik ko’rsatadi?
23. Mubolag’a qanday san`at?
24.”Temir xotin” qanday asar? 25. Lorka she`rlarini o’zbekchaga o’girgan ijodkor?