9-mavzu: yoshlik, etuklik davri psixologiyasi reja



Download 326,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.07.2022
Hajmi326,29 Kb.
#776002
  1   2
Bog'liq
9-ЕТУКЛИК (2)



9-MAVZU: YOSHLIK, ETUKLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI 
REJA 
1.
Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlar. 
2.
Etuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari. 
3.
Etuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari. 
4. 
Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha.Biologik keksayish. 
5.Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi. 
6. Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari
 
kamol topishning bu bosqichiga 28—35 yoshlardagi erkak va ayollar kiradilar. 
etuklik davrida odam o‘zining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, aql-zakovati, ichki 
imkoniyatlarini o‘z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to‘la safarbar qila 
oladi. erkak va ayollarning bu davrda mehnat va ijtimoiy faoliyatda muayyan 
tajribaga egaliga ularni istiqbol sari etaklaydi. etuk shaxsning boshqalarga 
munosabati, ularni baholashi, dinamik stereotipida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. u 
endi faqat o‘zining xatti-harakati uchun emas, balki boshqa odamlarning qilmishlari 
uchun ham javobgarligini anglay boshlaydi, ayniqsa, hayot tajribasiga ega 
bo‘lmagan yoshlarning o‘z farzandlarining xulq-atvori, yurish-turishi uchun ham 
kuyadi, ularga imkoniyat boricha erdam berishga intiladi. 
etuklik kattalik, donishmandlik, rahnamolik, g‘amxo‘rlik, homiylik davridir. 
boshqa yosh davrlaridagi kabi mazkur davrda ham muayyan darajada inqiroz 
bo‘ladi. bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, kdysi imkoniyatlardan 
foydalanmagani, ayrim xatolar, tushunmovchiliklar sababli ko‘ngilsizliklar vujudga 
kelganlishni anglay boshlaydi. o‘ziga o‘zi hisob berish shu davrning muhim 
psixoloshk xususiyatlaridan biridir. organizmdash ayrim o‘zgarishlar, umrning tez 
o‘tishi kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi. u bundan keyingi hayotninghar 
bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi. ayrim orzu-istaklarini amalga 
oshirish uchun jismoniy va ruhiy imkoniyatlari etishmaslishni anglash uning 
psixikasida "turg‘unlik" tuyg‘usini vujudga keltiradi. buning asosiy sababi 33—35 
yoshlarda mnemologik — attension majmua tubdan qayta qurilishidir. yaxlit 
mnemologik markazning mnemik (xotira) va mantiqiy (tafakkur) qismlarga ajralishi 
ro‘y beradi. attensional holatning omillari saqlanib qoladi, lekin katga yoshdagi 
inson intellekti tarkibida xotira va tafakkur muhim o‘rin tutadi. biroq o‘zgarishlar 
uning ruhiy dunyosida, kechinma- larida, his-tuyg‘ularida chuqur iz qoldirmaydi, 
etuk shaxs xotirasida illyuzion xususiyatga ega bo‘lgan tasavvur obrazlari (yoshlik 
tuyg‘usi, kayfiyati, orzusi, xom xayoli) saqlanib qolaveradi. 
etuklik bosqichida jismoniy va aqdiy imkoniyatlardan to‘laroq foydalanish 
ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. bu hol butun kuch-quvvat, aqdiy zo‘riqish, iroda kuchi, 
asab taranglashuvi hisobiga emas, balki muayyan ko‘nikma, malaka va mahorat 
asosida ro‘y beradi. 


etuklikning turli davrlarida kamol topish jabhalarining o‘zaro munosabatini 
tadqiqqilgan b.g.ananev laboratoriyasi xodimlari 29—32 yoshlarda funksional 
darajaning oshishi 46,2, barqaror lashuvi 15,8, funksional darajaningpasayishi 38,0, 
33—35 yoshlarda mos ravishda 11,2; 33,3 va 55,5 foizni tashkil qilishini 
aniqlashgan. 
yu.n.kulyutkin tadqiqotining natijasiga qaraganda, 30—35 yoshlarda diqqat 
102,8, xotira 99,5, tafakkur 102,3 birlikka baravardir. etuklik davri faoliyatining 
mahsuldorligini o‘rgangan g.leman uning cho‘qqisi kimyogarlarda 30 yosh, 
matematiklarda 30— 34, geologlar va astronomlarda 30—35 yosh ekanligini va 
o‘rtacha mahsuldorlik cho‘qqisi 37 yoshda bo‘lishini qatsd qilgan. 
psixofiziolog s.v.kravkov ko‘zning farqiash sezgirligi yoshga qarab o‘zgarishini 
4 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan odamlarda tekshirib, sezgirlikning ortishi 25 
yoshgacha, sezgirlikning barqarorlashuvi 25—50 yoshgacha davom etishi 
mumkinligini aniqlagan. 
z.f. esareva oliy maktab o‘qituvchilari aqliy faoliyatining mahsuldorligi 
muammosini tadqiq qilib, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlashni matematiklar — 
26, psixologlar — 32, filologlar — 34, tarixchilar — 31, fiziklar — 30, biologlar 32 
yoshda amalga oshirishi mumkinlishni aniqlagan. kamolotning birinchi 
bosqichidaga etuk kishilarda ijtimoiy faoliyatda qatnashish istaga 30 yoshda 18,3 
foiz, 35 yoshda 6,2 foizni tashkil etadi. demak, ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida 
qatnashish ko‘lami torayib boradi. 
bu davrda erkak va ayollarning tafovutlari namoyon bo‘ladi: jismoniy, jinsiy, 
ruhiy kamolotda ayollar ilgarilab kelgan bo‘lsalar, endi erkaklar oldinga o‘tib 
oladilar va bu hol inson umrining oxirigacha saqlanib qoladi. 
etuklik davrida ijodiy faoliyatning mahsuldorligini z.f.esareva quyidagi 
mezonlar bilan o‘lchashni lozim topadi: 1) e’lon qilingan ilmiy ishlarning miqdori; 
2) chop qilingan asarlar ichida o‘quv qo‘llanma, darslik va monografiyalarning 
mavjudligi;
3) ilmiy tadqiqotda yangi yo‘nalishning ochilishi; 
4)
ilmiy muammoni hal qilishda yangi usulning kashf etilishi; 
5)
ilmiy makgabning tashkil qilinishi; 6) boshqa mualliflarning ishlariga murojaat 
qilish va ilova berish miqsori; 7) o‘qituvchining ilmiy ma’lumotlaridan talabaning 
mustaqil ishlarida foydalanish ko‘lami; 8) o‘qituvchi rahbarligidagi diplom va 
dissertatsiya ishlarining miqdori va sifati; 9) o‘qituvchining ilmiy faoliyatdagi 
muvaffaqiyati mukofot bilan taqdirlanishi; 10) dotsent va professor degan ilmiy 
pedagogik unvonlarga sazovor bo‘lish kabilar

b.a.grekov so‘z assotsiatsiyasi metodi asosida keksalarda xotira jarayonining 


xususiyatini tekshirgan. uning ma’lumotlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 
1)
70—80 yoshlardagi keksalikda xotira (ayniqsa mexanik esda olib qolish) 
zaiflashadi; 


2)
70—89 yoshlarda mantiqiy-ma’noli xotirada miqdorning ahamiyati saqlanadi; 
3)
obrazli xotira zaiflashadi; 
4)
70—89 yoshlarda xotiraning barqarorlik negizida ma’noning ichki aloqdsi yotadi; 
5)
uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi; 
6)
90 yoshda nutqning ichki bog‘lanishi buziladi; 
7)
xotiraning obrazli, hissiy turlari nutqning tuzilishiga bo‘ysunmay qoladi. 
psixologiyada qariyalarda aqdiy faollikni o‘rganishda korrek- sion sinov va krepylin 
sinovidan foydalaniladi. kamolotning umumiy modeli u.shayening uch omilli variantlari 
yordamida yaratiladi. 

Download 326,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish