9-mavzu: O’zbekistonda turizmning rivojlanishi. Tarixiy me’morchilik inshotlari va madaniy yodgorliklar Reja



Download 276,06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.04.2022
Hajmi276,06 Kb.
#538532


9-mavzu:
O’zbekistonda turizmning rivojlanishi. Tarixiy me’morchilik inshotlari va 
madaniy yodgorliklar 
Reja: 
1. O‗lkamizda Antik davri me‘morchiligi va san‘ati 
2. Ilk o‗rta asrlar davri shaharlari va me‘moriy obidalari 
3. O‗zbekistonning XI-XIII asr boshlari me‘moriy yodgorliklari va me‘morchiligi 
4. O‗zbekistonning Amir Temur, Temuriylar va Shayboniylar davri memorchiligi asrlar 
davri me‘morchiligi 
5. Buxoro, Xiva va Qo‗qon xonligi me‘morchiligi 
 
 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
shurf, arxeolog, poleolit, mezolit, shishkin, shishkina. 
 
 
Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi - insoniyat madaniy merosini saklash va 
muhofaza qilish yoʻlidagi xalqaro, davlat va jamoatchilik tadbirlari tizimi. Tarixiy yodgorliklar, 
meʼmoriy obidalar, adabiyot, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, arxeologik topilmalar, milliy va 
xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan majmualar, muhim i.t.lar muxrfaza etiladi. T. va m.yo.m., 
asosan, Uygʻonish davridan boshlangan. Buyuk fransuz inqilobi davrida shaxs i y kolleksiyalar 
natsionalizatsiya qilingan (Luvr muzeyinm tashkil etish toʻgʻrisidagi dekret, 1793). 19—20-
asrboshlarida koʻpgina Yevropa davlatlarida tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat 
muhofazasiga olingan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng YUNESKO tashabbusi bilan 1954-yilda 
(Gaaga konferensiyasi) Xalqaro konvensiya va "Qurolli konfliktlar roʻy berganda madaniyat 
boyliklarini himoya qilish toʻgʻrisida" bayonnoma imzolangan.T. va m.yo.m. bilan Xalkaro 
muzeylar kengashi (1946), Madaniyat boyliklarini muhofaza etish va restavratsiya qilish xalqaro 
tadqiqot markazi (1959), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza etish boʻyicha 
xalqaro kengash (1965) shugʻullanadi. 
 
Oʻzbekistonda yodgorliklarni muhofaza etish, asosan, 20-asrning 20y.laridan boshlangan. 
1920-yil Maorif xalq komissarligi qoshida muzeylar, sanʼat asarlari va qad. yodgorliklarni 
muhofaza qilish Turkiston qoʻmitasi — Turkkomstaris tuzilgan, keyinchalik Sredazkomstaris bu 
ish bilan shugʻullangan. Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi 
Madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiyishlab chiqarish. Bosh 
boshqarmasi shugʻullanmoqda. Respublika hududida va chet mamlakatlarda saqlanayotgan 
noyob qoʻlyozmalar, madaniy, tarixiy yodgorliklar, hunarmandchilik, xalq ogʻzaki ijodi 
namunalari, sanʼat va badiiy asarlar, teatrmusiqa, qad. davlatchilik tarixiga oid hujjatlar, qad. 
cholgʻu asboblarini yigʻish, saklash va boshqa bilan shugʻullanish maqsadida "Oltin meros" 
xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzilgan (1999-yil 12 okt.). 
O‘zbekiston Respublikasining ―Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan 
foydalanish to‘g‘risida‖gi qonuniy ijrosini ta‘minlash hamda tarixiy madaniy va me‘moriy 
yodgorliklarning davlat muhofazasini ta‘minlash maqsadida qator ishlar bajarilmoqda. 2013-
yilgacha bo‘lgan ma‘lumotga ko‘ra, respublikamiz hududidagi 3000 dan ortiq obektlari, tarixiy 
obida va ziyorotgohlar arxealogik manzilgohlar monumental yodgorliklar YUNESKO ro‘yhatiga 
kiritilgan. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Qarshi kabi yirik shaharlarning tarixiy 
obidalari va ziyorotgohlari qayta ta‘mirlanib yurtimiz ahli, dunyo xalqlari ziyorotchilari va 
sayyohlari ko‘rib olam-olam tasavvur olib qaytadigan maskanga aylantirildi. Mustaqillik 
yillarida O‘zbekistonning o‘tmishidagi ba‘zi bir binolari va inshoatlari tarixini o‘ragnishga doir 
ilmiy ishlar, kitoblar, risola va maqolalar nashr etildi. Jumladan: Hoji Ismatuuloh Abdulloh 
o‘zining ―Markaziy Osiyoda Islom madaniyati‖ (Toshkent,2005) nomli kitobida Markaziy 
Osiyoda bunyod etilgan Islom obidalari haqida qisqacha ma‘lumotnoma berib o‘tgan. P. SH. 
Zohidov ning ―Me‘morlar san‘ati (Toshkent, 2004) kitobida ham O‘rta Osiyoning o‘tmishdagi 
memoriy obidalari haqida ma‘lumot mavjud. 
Buyuk davlat arbobi va sarkada Amir Temur aytib o‘tganidek ― Bizning qudratimizga 
shubha qilsangiz biz qurdirgan binolarga boqing ― degan satrlari ham bekorga aytilmagan. Har 
qanday davlatni tarixini bilmoqchi bo‘lsa, birinchi navbatda tarixiy obidalarining o‘rni beqiyos 


hisoblanadi.O‘zbekiston hududida joylashgan tarxiy obidalar jahon jamoatchiligi va sayyohlar 
e‘tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda.Tarixiy yodgorliklarning tarixi hali hanuz tarixchilarimiz 
tomonidan o‘rganilishi, tarixiy obidalarni qayta tiklanishi o‘zligimizni anglashda naqadar katta 
ahamiyat kasb etishi. Va bu tarixiy obidalarini o‘rganishni talab etadi. Tadqiqot mavzusining 
o‘rganilganlik darajasi.Bugun biz dunyo tamadduni rivoj topgan, infartmatsion jarayonlar 
rivojlangan XXI asrda yashamoqdamiz, biz ham butun dunyo fuqorolari singari hayotimizga har 
qanday yangiliklar kiritishimiz mumkindir, lekin milliy ma‘naviyat va qadriyatimiz o‘rniga 
emas. Yurtboshimiz ta‘kidlagani kabi hozirgi demakratik jamiyatning eng muhim voqealaridan 
biri ijtimoiy raqobatdir. Xalqimizning an‘anaviy qadriyatlari u bilan uyg‘unlashtirilmog‘i kerak. 
Bunday raqobatga marifiy, ijodiy tus berishga uni musobaqaga, bunyodkorlikka aylantirishga 
birinchi navbatta iqtisodiyot bilanbog‘liq bo‘lmagan, eng avallo, ma‘daniy – axloqiy 
mexanizimlar orqali erishish mumkin. 
Xalqimizda ziyorotgohlar, tarixiy obidalar to‘g‘risida qarashlar va ularga e‘tiqot qilish juda 
qadim tarixga ega. Sohibqiron Amir Temur davrida ham ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar 
bilan bog‘liq voqealarni o‘zida aks ettiruvchi asarlar mavjud.Jumladan Ispaniya elchisi Klavixo 
―Samarqandga sayohat kundaligi‖ nomli asarida A.Temur davridagi obodonchliklarni batafsil 
yoritib o‘tgan. 
Asrimizning ulug‘ donishmandlaridan biri‖O‘tmishni bilmay turib hozirgi zamonning 
chinakkam ma‘nosini va kelajak davrining maqsadlarini tushunish mumkin emas‖ degan ekan. 
Haqiqatdan ham tarixiy tajribani o‘rganish davrimizning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni 
chuqur idrok etish va tushininb yetishga, mustaqillik va ravnaqimizni qadrlashga. Porloq istiqlol 
yo‘lida yangi zo‘r taraqqiyot uchun katta rejalar belgilsh va ularni amalga oshirishga da‘vat 
etadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ba‘zi bir binolari va inshoatlari tarixini o‘rganishga 
doir ilmiy ishlar, kitoblar, risola va maqolalar nashr etildi. B.Valixo‘jayev Respublikamizdagi 
mavjud oliy ta‘lim tizimining tarixi ancha qadim zamonlarga borib taqalishining o‘zining 
―Samarqandda 
oliy 
ta‘lim 
madrasayioliya–
universititutitarixidanlavhalar‖(Samarqand,2003.)monografiyasida ilk bor asoslab bergan. K. 
Kattayevning Samarqand madrasalari va Shoxi Zinda maqbaralari majmuasi xususida 
izlanishlari katta ahamiyatga molikdir. S.G‘aforov esa Chor Rossiyasi istibdodi davrida 
Turkistondagi ta‘lim-tarbiya tizimi tarixini yoritib bergan. A. O‘ralov va M.Hojihonov 
―Temuriylar madaniyati-manaviyati‖(Samarqand 1996-yil) ning kitobida Temuriylar va 
Boburiylar davrida bunyod etilgan memoriy obidalar, jamoat binolari va inshoatlari haqida fikr 
yuritilgan. Mazkur qo‘llanma mualliflari O‘rta Osiyoning o‘tmishdagi ta‘lim-tarbiya va ilm-fan 
maskanlari haqidagi kitobini 2005-yilda chop ettirgan. 
Samarqand — afsonaviy shahar, har bir joy, koʻchalar, havzalari oʻz tarixiga ega.
Samarqand — jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri. Rim, Afina, Vavilonlarning 
tengdoshidir. O‗tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog‗i», 
«Yer yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi», «Sharqning 
Rim kabi shahri»… va hokazolar kabi go‗zal o‗xshatishlarni bejiz bag‗ishlamagan edilar. 
Samarqand vujudga kelgan Zarafshon daryosi vodiysining tabiiy mo‗l-ko‗lligi «Avesto» 
ning muqaddas she‗rlarida maqtalgan edi. 
Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning o‗rtalarida yunon manbalari Samarqand shahri 
haqida nomini Marokand shaklida aytib o‗tganlar, o‗rta asrlar davrida qadimiy Samarqandning 
xarobalari Afrosiyob deb nomlanadigan bo‘ldi.
Afrosiyob- Samarqandning qadimigi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi 
Samarqandga nisbatan faqat XVII asrdan boshlab uchraydi. Qadimiy Samarqand sug‘ 
manbalarida Samarkanve deb atalgan. Miloddan avvalgi IV- asrda Samarqand Aleksandr 
Maqsuniy qo‘shini tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Maqsuniy 
qo‘shini tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Maroqanda sifatida 
eslatiladi.Somoniylar hokimiyat tepasiga kelgach qadimgi Smarkanve IX- asrda boshlab 
Samarqand deb atala boshlaydi.
IX- IX asrlarda turkiy tilda bitilgan adaiyotlarda Samarqand Semizkent sifatida uchraydi.IX-


asrda forsiy va turkiy tillardagi manbalarda bir xilda Samarqand nomi ishlatiladigan bo‘ldi. 
Afrosiyob va uning topilmalariga qizish 1868-yilda Chor Rossiyasi Samarqand bosib 
olinganidan keyin boshlanadi.Afrosiyobdagi daslabki qazishma ishlarini mayor Borzenkov 
(1874)podpolkonov V.V.Krestovskiy (1883) sharqshunos olimlar N.I.Veselovskiy (1884-1885) 
V.V.Bartold, Masson va V.L.Vyatkin tadqiqot ishlarini olib boradilar.Afrosiyobda qazishma 
ishlari ayniqsa Samarqandda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxelogiya insituti tashkil 
topgach,keng ko‘lamda kuchaydi.
Y.G‘ulomovdan so‘ng Afrosiyobdagi arxeologik qazishmalarga G.V.Shishkina, Sh. 
Toshxo‘javelar rahbar qildi. Samarqandning yoshi miloddan avvaligi VIII- asr o‘rtalariga oid 
ekanligi isbotlaydi. 
Shaharning arki a‘lo qismidan milodiy VIII asrga oid murabba (70x70) shaklidagi 
Samarqand ixshidlarining mahobatli saroyi qoldiqlari ochildi. Afrosiyobda arxelogik tadqiqot 
ishlari davom etmoqda. 
Qadimiy Samarqandga tashrif buyurgan sayyohlar bu muazzam shaharning yuragi 
bo‗lmish Registon maydoni va unda qad rostlagan uch madrasaning ko‗rki, salobatidan hayratga 
tushadilar. Uning nafis go‗zalligini soatlab tomosha qiladilar, sehrli oqshomlaridan taraladigan 
sukunat qo‗shig‗ini tinglaydilar. Registon. Bu nom har bir samarqandlik uchun bag‗oyat tanish 
nom. Registon maydoni qadim-qadimdan boshlab, Samarqandning boshidan kechgan shodlik va 
qayg‗uli kunlarning tirik, tilsiz guvohidir.
Mirzo Ulug‗bek zamonasidan buyon bu maydon Samarqand ahli uchun Bosh maydon 
hisoblanadi. Samarqand hukmdorlarining farmonlari shu yerdan e‗lon qilinadi. Yovga qarshi erk 
jangiga otlangan jasur lashkarlar, aynan, shu maydonda qasamyod qilishib keksalardan duo-
fotiha olganlar... Registon maydonida olib borilgan arxeologik qazishmalarning ko‗rsatishicha, 
ibtidoiy jamoa davrida bu yerda ulkan changalzor bo‗lib eng qadimgi ovchilar changalzorda har 
xil yovvoyi hayvonlarni ovlaganlar.
Qazishmalar paytida Registon maydonining eng pastki qatlamlaridan ibtidoiy 
odamlarning ov qurollari topilgandir. Antik davrda esa hozirgi Registon maydonidan Afrosiyob 
shaharchasi tomonga katta ariq o‗tkazilgan ekan. VIII-X asrlarda Registon maydoni o‗rnida juda 
ko‗plab imoratlar paydo bo‗la boshlaydi, chunki, Samarqandni istilo qilgan arablar Afrosiyobdan 
bir necha minglab mahaliy aholini majburlab ko‗chirgan edilar. Aynan shu davrlarda bu yerda 
xunarmandlarning ustaxonalari, savdo rastalari bunyod etiladi.
XI-XII asrlarda hozirgi Registon maydoni o‗rni va atrofidagi mahallalar tashqi mudofaa 
devori bilan o‗ralib "tashqi shahar" nomi bilan atala boshlaydi. 1220 yili Afrosiyob Chingizxon 
tomonidan vayron qilingach, bu yerda yashashni iloji qolmaydi, tirik qolgan xalq hozirgi eski 
shahar tomonga, ya‗ni, Registon maydoni atrofiga ko‗chib o‗tadi. Bu yerdan oqib o‗tuvchi kanal 
ancha kengayib sayozlasha boshlaydi. Shundan so‗ng, kanal uchun yangi o‗zan qazilib 
jilovlanadi. Kanalning eski o‗zanida juda ko‗p qum to‗planganligi uchun bu joy Registon, ya‗ni, 
"qumloq joy" deb atala boshlandi.
Sohibqiron Amir Temur davrida Registon maydoni o‗rnida markaziy bozor joylashgan 
edi, shuningdek, bu yerda jahongirning xotini Tuman og‗a tomonidan barpo qilingan usti yopiq 
savdo timi-rastalar qurilgan edi. Registon maydonining me‗moriy tomondan shakllanishi Mirzo 
Ulug‗bek hukumronligi davridan boshlangan. Samarqandga 40 yil (1409-1449 y.) huqmronlik 
qilgan ulug‘ munajjim Mirzo Ulug‗bek bu shaharning obodonchiligi borasida hyech narsani 
ayamadi. Mirzo Ulug‗bekning farmoni bilan Tuman og‗a timining g‗arbiy tomonida hashamatli 
madrasa qurish boshlanadi.
Imom al Buxoriy yodgorlik majmuasi. Qadimgi Samarqandning me‗morchilik 
yodgorliklari bilan tanishgan sayyohlar ko‗pincha yana bir muqaddas ziyoratgohga borishni istab 
qoladilar. Bu ziyoratgoh, ayniqsa musulmon mamlakatlaridan tashrif buyurgan sayyohlar uchun 
bag‗oyat qadrlidir. Chunki, bu yerda, o‗z xizmatlari bilan islom dunyosida mashhur bo‗lgan 
ulug‗ olim Imom al-Buxoriy abadiy uyquda yotibdilar. Imom al-Buxoriy dafn etilgan joy 
Chelak tumanidagi Xartang kishlog‗i bo‗lib, bu yerda Buxoro xoni Abdullaxon tomonidan 
qurilgan masjid ham saqlangandir. Bir necha o‗n yillardan buyon qarovsiz bo‗lib yotgan bu ulug‗ 


joy 1974 yildan so‗ng obodonlasha boshlagan edi, negaki, o‗sha yili Imom al-Buxoriyning 
tavalludiga 1200 yil to‗lishi munosabati bilan dunyodagi musulmon davlatlarining yirik olimlari 
bu yerga kelish istagini bildirgandilar. Xorijiy meh¬monlarga bu xarob joyni ko‗rsatishga 
uyalgan Moskvalik «xo‗jayin»lar maqbarani obodonlashtirishga ruxsat berishga majbur 
bo‗ldilar. Shundan so‗ng bu tabarruk ziyoratgohda katta obodonchilik ishlari bajarildi.
Hozirda Imom Buxoriyning qabri O‗zbekistonga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun 
tabarruk ziyoratgohga aylangandir. O‗zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1992 yilning aprel 
oyida Saudiya Arabistonga tashrif buyurganda podshoh Fahd ibn Abdul Aziz al Saud hazrati 
oliylari kamoli extirom ifodasi sifatida Prezidentimizga Ka‗batullohga yopiladigan 
ka‗bapushning katta bir bo‗lagini hadya qilgan edi. Prezidentimiz I.Karimov ushbu ka‗bapushni 
lutfan Al-Buxoriy maqbarasi majmuyiga sovg‗a qildi. Shu o‗rinda, Imom al Buxoriyning 
xotirasiga bu darajada katta ehtirom ko‗rsatilishiga sabab nima ? – degan savol tug‗ilishi 
mumkin. Bu savolga javob berish uchun gapni sal oldinroqdan boshlamoq lozimdir.
Alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Al-Mug‗ayra ibn 
Bardazbeh Al-Jufariy Al-Buxoriy hijriy 194 yilning shavvol oyini 13 kunida (810 yil 20 iyul) 
Buxoro shahrida tavallud topgan. Yoshilgidanoq ilmga ehtiyoji zo‗r, zehni o‗tkir bo‗lgan Al 
Buxoriy, ayniqsa payg‗ambarimiz hadislarini alohida mehr va ixlos bilan o‗rgangan. 825 yili Al-
Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan haj safariga jo‗naydi. Haj ibodatini ado etganidan keyin esa 
olti yil Hijozda qolib hadis ilmi bo‗yicha astoydil ta‗lim olish uchun Damashq, Qohira, Basra, 
Kufa va Bag‗dod kabi shahar¬larda bo‗lib mashhur hadisshunos olimlar bilan uchrashadi. Imom 
al Buxoriy o‗n olti yil davomida olti yuz ming hadisni ajratib, ularni tartibga solib ―Al-Jome, 
As-Sohiyh‖ nomli ulkan asarni yaratadi. ―Sohiyh Al-Buxoriy‖ nomi bilan mashhur bu asarni 
islom dini uchun ahamiyati g‗oyatda kattadir. Negaki, islom dinining dastlabki asrlarida noaniq, 
chala va har-xil g‗arazli maqsadlarda ataylab to‗qilgan soxta hadislar ham xalq orasiga tarqalgan 
edi. Bu g‗arazli va soxta hadislar el orasida tarqalib islom dini va uning Payg‗ambarining 
obro‗siga katta ziyon yetkazmoqda, ishonchsizlik tug‗dirmoqda edi. Imom al-Buxoriy to‗plagan 
haqiqiy hadislar esa o‗zining to‗g‗riligi va mantiqliligi bilan barchaga manzur bo‗ldi. Natijada 
islom dinining dushmanlari o‗z niyatlariga yeta olmadilar. Shu sababli Imom al Buxoriy 
to‗plagan ―Al-Jome As-Sohiyhning obro‗si juda oshib ketdi va uni to‗plovchisini ham shonu-
shuhrati islom olamiga yoyildi. Imom al-Buxoriy xorijiy ellardan qaytgach o‗z ona shahri 
Buxoroda yashay boshladi va ko‗plab tolibi ilmlarga ta‗lim bera boshladi. Ammo, hasadchilar 
allomani tinch qo‗ymadilar, ular Al-Buxoriyni Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az Zuhayliyga 
yomonladilar.
Amir Xolid ibn Ahmad Al-Buxoriyga saroyimga kelib bolalarimga ta‗lim berasan, deb 
buyruq qiladi. Al-Buxoriy hokimning xabarchisiga: ―Men ilmni xor qilib uni hokimlar eshigi 
oldiga olib bormayman, kimga ilmga kerak bo‗lsa o‗zi izlasin‖ – deb javob beradi. Allomaning 
bu javobi hokimga yoqmaydi va unga shaharni tark etishni buyuradi. Shundan so‗ng Al-Buxoriy 
Samarqand tomonga yo‗lga chiqib, shahar yaqinidagi Xartang qishlog‗iga yetib kelib 
qarindoshlarinikida bir oz yashaydi va kasallanib 62 yoshida hijriy 256 yili (870 yil 1 sentyabr) 
vafot etadi. Uni katta izzat-ikrom bilan Xartang qishlog‗idagi qabristonga dafn etadilar. Uning 
qabriga hashamatli maqbara quradilar.
Imom al-Buxoriyning maqbarasini o‗z ko‗zlari bilan ko‗rib ziyorat qilganliklarini XII 
asrda yashagan tarixchi Samaniy va XIV asrlarda yashagan sayyoh Ibn Battutalar yozib 
qoldirganlar. Imom al Buxoriy ―Al-jome, As-Sohiyh» dan tashqari yana o‘nlab kitoblar 
muallifidir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan Samarqanda Xartang 
qishloqida, hashamatli Imom Buxoriy majmuasini barpo etadi. Imom Buxoriy yodgorlik 
majmuasining umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etadi. Bu majmua maqbara, masjid, 
miyonsaroy va anjumanlar zalidan iborat. Majmuada jami 24 ta eshik, 11 ta gumbaz, hamda, 74 
ta ustun mavjud. Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga kirgandan so‗ng muhtasham maqbara 
ko‗zga tashlanadi. Maqbara murabba uslubida qurilgan bo‗lib, eni 9 m, bo‗yi 9 m, qubbasining 
ustigacha balandligi 18 metr. Maqbaraning quyi qismi qora tog‗ jinslaridan ishlangan. Maqbara 
devorlariga zangori yashil rangli naqshlar, koshinkor bezaklarga alohida e‗tibor berilgan. Ular 


orasida hadislar, oyatlar bitilgan. Majmuadagi masjid binosiga 3 ta eshik orqali kiriladi. Masjid 
peshtoqlarida sopoldan ishlangan milliy bezaklar, Qur‗on oyatlari mavjud. Masjidning bitta katta 
va 4 ta kichik gumbazlari mavjud. Bu yerda 1,5 mingga yaqin kishi namoz o‗qish imkoniyatiga 
ega.
Amir Temur maqbarasi:Amir Temur maqbarasining qurilishi 1403-yildan boshlangan 
bo`lib, ushbu maqbarani Sohibqiron bobomiz Amir Temur Samarqandda suyukli nabirasi 
Muhammad Sultonga atab qurdirgan. Maqbarada Sohibqironning piri Mir Sayyid Baraka va 
Sayyid Umarning qabri ham bor. Amir Temurning ustozlaridan bo‗lgan Mir Sayyid Baraka 1404 
– yilda Mozandaronda vafot etgan va Afg‗onistonning Andxud shahrida dafn etilgan. Amir 
Temur vasiyatiga ko‗ra jasadi Samarqandga Shohruh Mirzo tomonidan keltirilgan. Buyuk 
Sohibqiron o‗z jasadini uning oyog‗i uchiga qo‗yishlarini vasiyat qiladi. Bundan tashqari, 
maqbaraga A. Temurning o‗g‗illari Umarshayx, Mironshoh va SHohruh, nabiralari Muhammad 
Sulton, Mirzo Ulug‗bek va boshqalar dafn etilgan. Amir Temur maqbarasining ichki ko‗rinishi 
to‗rtburchak, uning tashqi ko‗rinishi esa sakkiz tomonli prizma shaklida. Prizma ustida ko‗p 
qovurg‗ali gumbazni ko‗tarib turuvchi slindr shakldagi qurilma ishlangan1. Ziyoratxona 
o‗rtasidagi hazira sahniga qator qabrtoshlar qo‗yilgan. Maqbara binosi va uning oldidagi 
peshtoqli darvozasi bor hovli saqlangan. Maqbaraning janub va g‗arb tomonidagi g‗ishtdan 
ishlangan bezaksiz katta peshtoqli gumbaz qay vaqtda qurilganligi aniq emas.
Bibixonim jome‘ masjidi : Samarqandning ko‗hna qismida, Amir Temur jome‗ 
masjidining kunchiqar tomonida, bundan olti asrlar ilgari barpo qilingan, mo‗jazgina, asrlar 
yukidan beli bukchayib qolgan bir me‗moriy obida qad rostlab turibdi. Bu obidaning gumbazi 
ostida Amir Temurning suyukli xotini, u bilan ko‗plab issiq-sovuqlarni birga baham ko‗rgan, 
zukko, tadbirkor, oqila Katta xonim-Saroymulkxonim-Bibixonim abadiy uyquda yotibdi. Har xil 
ofatlar, qarovsizlik va asrlarning zalvorli yukidan uning gumbazi yiqilib tushdi, ammo butunlay 
yo‗q bo‗lib ketmadi. Bibixonim maqbarasi haqidagi ilk tarixiy ma‗lumotlarni biz 1404 yili 
Samarqandga tashrif buyurgan, Kastiliya qiroli Hyenrix III ning elchisi Rui Gonsales de 
Klavixoning kundaliklaridan o‗qishimiz mumkin. Ispan elchisi bu yodgorlik haqida: – 
―Dushanba, yigirma to‗qqizinchi sentyabr kuni janob (ya‗ni, Amir Temur) Samarqand shahriga 
jo‗nadi va shaharga kirish yo‗lining ustida joylashgan bir uyga to‗xtadi. Bu uyni janob xotini 
Kan‗oning (Bibixonimning onasi) uchun qurdirgandi.
Uning onasi shu uyning ichidagi sag‗anaga dafn etilgan. Uy juda hashamatli bo‗lib ichi ajoyib 
bezatilgan. Ularda uylarni juda hashamatli bezatish odati bo‗lmasa-da, bu uy hashamatli, u hali 
bitmagan, har kuni ish bormoqda» – deb yozgan edi. Bu yerda gap Saroymulkxonim-Bibixonim 
madrasasi va unga yondosh qilib Amir Temur tomonidan qaynonasi, ya‗ni, Bibixonimning onasi, 
amir Qozonxonning xotini uchun qurdirgan maqbara haqida borayotgani yirik tarixchilar 
tomonidan tan olingan. Bibixonim maqbarasi qurilgan davrda juda hashamatli va mahobatli 
bo‗lgan, uning devorlari rang-barang koshinlar, naqshlar hamda Qur‗ondan keltirilgan oyatlar 
bitilgan yozuvlar bilan bezatilgan. Maqbaraning ichki tuzilishi, xuddi Go‗ri Amir maqbarasidek 
ikki, qavatli, pastda sag‗ana, tepada esa ziyoratxona bo‗lgan. Maqbaraning gumbazi yiqilganidan 
so‗ng unig ichiga qor-yomg‗irlar tushib sag‗ananing tomi ham yiqilib tushgan.
1941-yilning iyun oyida Ya.G‗ulomov boshchiligidagi arxeologlar maqbaradagi qabrlarni 
ham ochib o‗rgandilar. Shuni aytish lozimki, ushbu maqbaraga dafn etilganlar, 
marmartoshlardan yo‗nilgan tosh tobutlarga kumilganlar. Ushbu tosh tobutlar dastlab 
maqbaraning pastiga, ya‗ni, sag‗anaga qo‗yilgan edi, sag‗ananing tomi yiqilib tushganidan so‗ng 
esa tosh tobutlar tokchalar ichiga joylashtirilgandir. Arxeologlar dastlab shimoliy tokchada 
turgan tosh tobutni ochishga kirishdilar. Tosh tobutni yopib turgan tosh qopqoq ko‗tarib 
olingach, uning ichida paxta, gazlamalarga aralashib yotgan suyaklar ko‗rindi. Mumiyolangan 
suyaklar shu darajada aralashtirib tashlanganki, oyoq suyaklari bosh suyaklari bilan birga 
yotardi. Antropolog M.Gerasimovning aniqlashiga ushbu suyaklar 25-30 yoshli ayol kishiga 
tegishli ekan. Tosh tobutning qopqog‗ida hyech qanday yozuvlar bo‗lmaganligi uchun 
malikaning shaxsiyatini aniqlab bo‗lmadi. Shundan so‗ng olimlar, shimoliy tokchaga qo‗yilgan 
ikkinchi tosh tobutni ochishga kirishdilar. Bu tobutning uzunligi 1 m 90 sm, eni 47-66 sm, 


balandligi 37sm, bo‗lib u ham yaxlit, kulrang marmartoshdan yasalgan edi. Tosh tobutning 
qopqog‗i ochilgach, uning ichida aralash quralash bo‗lib yotgan suyaklar, tuproq, paxta va 
gazlama qoldiqlari ko‗rindi.
Tobut ichidagi suyaklar shu darajada ezilib ketgan ediki, uni yoshini aniqlashni iloji bo‗lmadi, 
faqatgina antropolog M.Gerasimov ushbu suyaklar keksa ayol kishiga tegishli ekanligini 
aniqladi. Shundan so‗ng, maqbaraning sharqiy tokchasida tur¬gan tosh tobutlarni ochishga 
kirishildi. Bu yerda uchta tosh tobut yonma-yon qo‗yilgan bo‗lib, ular ham yaxlit 
marmartoshlarning ichini yo‗nib tayyorlangan edi. Sharqiy tokchadagi uchala tosh tobutning 
ikkalasi bo‗m-bo‗sh bo‗lib, faqat bittasining ichida jasad saqlangan ekan. Bu jasadni 
mo‘myolashgan, oldin mo‗miyolangan, jasadnig yonidan bir necha taqinchoq, rayhon barglari va 
kafanning qoldiqlari topildi.
1941 yilda ushbu tosh tobut ochilayotganda, uning qopqog‗i ustida hyech qanday 
yozuvlar uchratilmadi, ammo, tarixchi S.A. Lapinning yozishicha, u 1889 yili maqbaraga 
kirganida, ushbu tobutning usida yozuv bitilgan tosh qopqoqni ko‗rganligini yozib qoldirgan. 
Uning yozishicha, qopqoqning ustida, Qur‗ondan ko‗chirilgan oyat va pastroqda esa: 
―Majnunning o‗limidan so‗ng ming yil o‗tsa hamki, uning kafanidan hamon ishq dardi taraladi‖ 
degan yozuv bo‗lgan. 1926 yili rassom I.Mrachkovskiy maqbarada tadqiqot o‗tkazganida, bu 
yozuvli taxta o‗g‗irlanib, uning o‗rniga oddiy, yozuvsiz qopqoq qo‗yilganligini yozgan edi. Shu 
o‗rinda, nega toshtobutlardagi jasadlar titib tashlangan, uni kimlar, qachon qilishgan? – degan 
savol tug‗ilishi mumkin. Bu savolga javob topish uchun gapni ilgariroqdan boshlamoq lozimdir. 
Samarqand me‗morchilik yodgorliklarni o‗rgangan arxeolog M.Ye.Massonning arxeolog 
Ya.Fulomovga aytishicha, Bibixonim maqbarasidagi tosh tobutlar dastlab 1871 yili Samarqand 
Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinganidan so‗ng ochilgan. Ammo, tobutlar qanday 
maqsadda ochilganligini M.Ye.Masson ham bilmagan. Tosh tobutlar ikkinchi marta 1926 yili 
bir guruh o‗g‗rilar tomonidan ochilgan. O‗g‗rilar tobutlarni titib marhumlarni taqinchoqlarini va 
boshqa bezaklarini o‗g‗irlaganlar. Shu tufayli, toshtobutlar 1941 yili uchinchi marta ochilganida 
uning ichidagi suyaklar ag‗dar-to‗ntar bo‗lib yotardi. Bibixonim maqbarasidagi tosh tobutlarning 
qopqoqlarida hyech qanday yozuvlar bo‗lmaganligi uchun bu yerga dafn etilgan marhumlarning 
shaxsiyatlarini aniqlash ancha mushkul bo‗ldi.
Olimlar birinchi bo‗lib ochilgan tosh tobutdagi malikaning shaxsiyatini aniqlay 
olmadilar, ammo, uni temuriylar xonadoniga mansub oliy martabali malika bo‗lganligini e‗tirof 
etdilar. Shimoliy tokchadagi ikkinchi tosh tobutga dafn etilgan marhumani Bibixonimning 
onasiga tegishli ekanligi aytildi. Sharqiy tokchada joylashgan, uchinchi bo‗lib ochilgan 
maqbaradagi eng yirik tosh tobutga dafn etilgan jasadning shaxsiyati haqida ancha bahslar 
bo‗ldi. Shuning uchun ko‗plab tarixiy manbalar o‗rganildi, har xil taxminlar farazlar tahlil 
qilindi, antropologlar O‗sha davrda yashagan bir shoir Bibixonimning go‗zalligi haqida: 
―Uning go‗zalligini so‗z bilan anglatish mushkul, chunki ul har qanday go‗zal so‗zdan-da 
go‗zaldir‖-deb yozgan ekan. Bibixonimni aql-farosati, mehribonchiligini Amir Temur yuksak 
baholar edi, shu sababli, sohibqiron oqila malikaga temuriy shahzodalarning tarbiyasini ishonib 
topshirgan edi. Bibixonimga tabiat ona bo‗lish baxtini bermagan edi, u bor mehr-muhabbatini 
Mirzo Ulug‗bek, Muhammad Sulton, Xalil Sulton kabi suyukli nabiralariga baxsh etdi. 
Bibixonim o‗z sarmoyasidan Samarqandda ulug‗vor madrasa bunyod qildi, olimlar shoirlar va 
me‗morlarga g‗amxo‗rlik qildi. Arab tarixchisi Ibn Arabshohning yozishicha, uni Xalil 
Sultonning xotining jasadning yoshini aniqladilar. Skulptor M.Gerasimov marhumaning hujjatli 
portretini yaratdi. Barcha dalillar, taxminlar va ilmiy xulosalar jamlanib muhokoma etilgach, 
tadqiqotchilar bu suyaklar Amir Temurning suyukli xotini Katta xonim-Bibixonimniki, degan 
qarorga keldilar. Shu o‗rinda Bibixonim shaxsiyati haqida ham ozgina to‗xtalmoq lozimdir.
Tarixchilarning yozishlaricha, Bibixonim, XIV asrning 40yillarida Movorounnahrga 
xonlik qilgan Chig‗atoy xonadoniga mansub amir Qozonxonning qizi bo‗lgan. Taxminlarga 
ko‗ra u 1341 yili hozirgi Qashqadaryo vohasidagi Zanjirsaroyda tavallud topgan. Amir 
Qozonxon davlatda tartib o‗rnatish yo‗lida har xil qarshiliklarga uchrab 1346 yili bir guruh 
beklar tomonidan o‗ldiriladi. Bu fojea yuz berganida Bibixonim 5-6 yoshlarda edi. U balog‗atga 


yetgach amir Qozog‗onning nabirasi Husayn¬ga turmushga beradilar. 1370 yili amir Xusayn 
Xuttalon amiri Kayxusrav tomonidan uldirilgach, Bibixonimga Amir Temur uylanadi. U 
xonning qizi bo‗lganligi tufayli Amir Temurning haramida Katta xonim degan unvonga ega 
bo‗ladi. Bibixonimning go‗zalligi, aql-farosati, nozik didi, keng va shafqatli qalbi haqida xalq 
orasida necha-necha afsonalar saqlanib qolgan. O‗sha davrda yashagan bir shoir Bibixonimning 
go‗zalligi haqida: ―Uning go‗zalligini so‗z bilan anglatish mushkul, chunki ul har qanday 
go‗zal so‗zdan-da go‗zaldir‖-deb yozgan ekan. Bibixonimni aql-farosati, mehribonchiligini Amir 
Temur yuksak baholar edi, shu sababli, sohibqiron oqila malikaga temuriy shahzodalarning 
tarbiyasini ishonib topshirgan edi. Bibixonimga tabiat ona bo‗lish baxtini bermagan edi, u bor 
mehr-muhabbatini Mirzo Ulug‗bek, Muhammad Sulton, Xalil Sulton kabi suyukli nabiralariga 
baxsh etdi. Bibixonim o‗z sarmoyasidan Samarqandda ulug‗vor madrasa bunyod qildi, olimlar 
shoirlar va me‗morlarga g‗amxo‗rlik qildi.
Arab tarixchisi Ibn Arabshohning yozishicha, uni Xalil Sultonning xotini Shodimulk 
yashirin ravishda zaharlab o‗ldirgan. Hozirgi kunlarda Bibixonim mangu uyquda yotgan 
maqbara ta‗mirlanmoqda, yana o‗z asliga qaytmoqda, bu yerga ziyoratga kelayotganlarning soni 
kundan kunga oshib bormoqda. Maqbara interyerining sosi havorang, devorlariga esa naqshlar 
berilgan. Maqbaraning tashqi gumbazi qovurg‗ali baland doira asos poyasiga o‗rnatilgan. Amir 
Temur maqbarasining bugungi ko‗rinishi XV asrdagi majmuaning saqlanib qolgan bir qismidir. 
Bu me‗moriy ansambl O‗rta Osiyoning noyob me‗moriy durdonalari orasida alohida o‗rin 
egallaydi. Mustaqillik yillarida ko‗plab tarixiy obidalarimiz singari Amir Temur maqbarasi ham 
qayta ta‗mirlandi. O‗zining serhasham, mahobatli ko‗rinishi qaytadan tiklandi.
Toshkent. Toshkent ham O‘rta Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. U turli 
davrlarda Choch,Shosh, Binkat kabi nomlar bilan atalgan.IX asrdan boshlab hozirgi nom bilan 
atalib boshlanadi. Haqli ravishda ― Sharq darvozasi‖ nomiga musharraf bo‘lgan Toshkent – 
nafaqat Markaziy Osiyo, dunyo silizatsiyasi rivojiga o‘z munosib hissa qo‘shgan. Toshkent o‘z 
tarixida turli vaqtlarda yurtimizga bostirib kirgan davlatlarga qaramlik davrlarini boshdan 
kechirdi. 1503-yildan esa Shayboniyxonlar davlat tarkibiga kirgan. Toshkent XIX asr boshlariga 
kelib Qo‘qon xonligi hududiga kiritilib, xonlikning asosiy shaharda 12 ta darvozasi bo‘lgan.XIX 
asr o‘rtalariga qadar shahar asosini Ko‘kcha, Sebzor,Beshyog‘och va Shayxontohur dahalari 
tashkil etilgan. Shahar hududidagi masjidlar soni 1889-yil 180 tani, 1912-yil kelib madras 16 tani 
tashkil etgan. Toshkent shahri 1865 –yil Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilganidan so‘ng, 
Bo‘zsuv kanali chap sohilida ― yangi ― shaharga asos solidi. Sovet humrnonligi davriga kelib, 
shahar quilishi tizimiga g‘oyaviy – mafkuraviy jihatdan yondashuv ustun bo‘lib qoldi. Aksariyat 
shaharlardagi joy nomlari, mavze va ko‘chalar mahalliy xalq tarixiga aloqasi bo‘lmagan, 
kommunistik partiya va sovet davlati rahbarlari nomi bilan atala boshlanadi.Asosan mahalliy 
aholi istiqomat qiladigan ― eski shahar‖ qismi imperiya davridan deyarli farq qilmaydigan holda 
o‘zgarishsiz qolaveradi. 
Toshkentda mavjud bo‗lgan Abulqosim, Ko‗kaldosh, Baroqxon, Beklarbegi, Eshonguzar 
madrasalari ma‘lum va mashhur bo‗lgan ilm markazlari safidan joy olgan edilar. Toshkent shahri 
1865 yili Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilganidan so‗ng, Bo‗zsuv kanali chap sohilida 
―yangi‖ shaharga asos solindi. Shaharning bu qismida mustamlaka ma‘muriyati joylashgan 
hamda Rossiyadan ko‗chib kelgan aholi yashaydigan joyga aylangan edi. 
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida shaharning ―yangi‖ qismida qurilgan eng mashhur 
binolardan o‗sha davrdagi Davlat banki, ayollar gimnaziyasi (hozirgi Toshkent davlat yuridik 
instituti), Toshkent erkaklar gimnaziyasi, Kadetlar korpusi (hozirgi I Toshkent tibbiyot 
akademiyasi hududi), Knyaz Nikolay Konstantinovich saroyi (hozirgi Tashqi ishlar vazirligining 
qabulxonasi), Real bilim yurti, Kaplan dorixonasi, Toshkent shimoliy vokzali, Turkiston davlat 
palatasi va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Imperiya ma‘muriyati ―yangi‖ qismga 
rivojlanish uchun mablag‗ ajratgan holda, aksariyat tub aholi yashaydigan ―eski‖ qismga deyarli 
hech qanday mablag‗ ajratmadi. Shaharning ―eski‖ qismi o‗rta asrlar qiyofasida, pastqam, egri – 
bugri ko‗cha va hovlilardan iborat holda saqlanib qoldi. 
Sovet hukmronligi davriga kelib, shahar qurilishi tizimiga g‗oyaviy – mafkuraviy 


jihatdan yondashuv ustun bo‗lib qoldi. Aksariyat shahardagi joy nomlari, mavze va ko‗chalar 
mahalliy xalq tarixiga aloqasi bo‗lmagan, kommunistik partiya va sovet davlati rahbarlari nomi 
bilan atala boshlandi. Mahalliy xalq an‘analari, jug‗rofiy va iqlim hususiyatlari e‘tiborga 
olinmagan holda shaharda strukturaviy o‗zgarishlar amalga oshirildi. Asosan mahalliy aholi 
istiqomat qiladigan ―eski shahar‖ qismi imperiya davridan deyarli farq qilmaydigan holda 
o‗zgarishsiz qolaverdi. Bu qismda yashovchi aholi ichimlik suvi, gaz, isitish tarmog‗i, 
kanalizatsiya tizimidan bebahra holatda yashashni davom ettirdi.
XX asr 20-30-yillarida boshlangan dinga va diniy e‘tiqodga qarshi kurash kampaniyasi 
shahardagi mavjud me‘moriy obidalar taqdiriga ham salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. Masjid, madrasa, 
cherkov, ibodatxona, sinagog va boshqa diniy inshootlar yopilib, ular o‗rniga omborxona, 
do‗kon, yotoqxona, turli sexlar va hokazolar tashkil etildi. Bu holni alohida olingan sobiq 
dahalar misolida ko‗rsak yanada yorqin tasavvur paydo bo‗ladi. Beshyog‗och dahasida hozirgi 
Respublika o‗quvchilari saroyi atrofida bo‗lgan Muhammadkarimhoji madrasasi ehtiyoj 
bo‗lmagan holda 1924 yili buzib tashlangan. Hozirgi Milliy bog‗ darvozasi o‗rnida bo‗lgan 
Halimtoy madrasasi esa 30-yillar boshida buzib tashlanib, uning g‗ishtlari turli maqsadlarga 
ishlatilib yuborilgan. Dahadagi mashhur Abulqosim madrasasi 1919 yili yopib qo‗yilib, o‗n 
yildan so‗ng, 1929 yili Samaraqanddan ko‗chib keltirilgan, ocharchilikdan aziyat chekkan 70 
oila bu yerga joylashtirilib, tarixiy yodgorlik yotoqxonaga aylantirilgan. 1974 yili esa binoga 
Toshkent o‗yinchoq fabrikasining filiali joylashtirilib, bino qiyofasi butkul o‗zgarib ketadi. 1946 
yilgi Chotqol zilzilasi bir qator tarixiy inshootlarga salbiy ta‘sir ko‗rsatib, jumladan madrasa 
binosi ham yarim vayrona holatiga kelgan edi. Shunday taqdir XVI asr tarixiy yodgorligi bo‗lgan 
Ko‗kaldosh madrasasiga ham tegishli bo‗lgan. Xoja Ahror jome masjidi, Xayrobod Eshon 
kompleksi, Cho‗ponota masjidi va boshqalar ham xaroba holatga kelib qolgan bo‗lib, ulardan 
turli maqsadlarda foydalanilgan. 
Ko‗kcha dahasida ko‗zga ko‗ringan yodgorliklardan biri Shayx Zayniddin bobo 
maqbarasi bo‗lgan. XII asrda yashagan ushbu mashhur diniy arbob qabri ustida XIV asr 
oxirlarida Amir Temur muhtasham maqbara barpo etgan edi. Mazkur maqbara atrofida qabriston 
va masjid bo‗lib, sho‗rolar davrida maqbara butkul qarovsiz ahvolga tushib qolgan edi. 
Qabristonga tutash tarzda kichik masjid yonida kinoteatr ochilib, ko‗ngilochar muassasa o‗yin-
kulgilari bilan qayg‗u-alamga cho‗kkan qabriston yonma-yon turar edi. Dahadagi Hofiz 
Ko‗hakiy masjidi yog‗och ombori, To‗xtaboy masjidi shisha omborxonasiga, Qo‗shtut masjidi 
bog‗chaga aylantirilgan. Shuningdek, XIX asr arxitektura yodgorligi bo‗lgan. 
Beklarbegi madrasasi 30-yillar boshida buzib tashlanib, uning o‗rniga sovet davlati 
rahbarlaridan biri bo‗lmish M. Kalinin haykali o‗rnatilgan maydon tashkil etilgan.Sebzor 
dahasidagi mashhur yodgorlik – bu Hazrati Imom (Xastimom) majmuasi hisoblanadi. Majmua 
sovet davrida mutlaqo qarovsiz qolib, undagi barcha masjidlar yopib qo‗yilib, madrasa faoliyati 
to‗xtatilgan edi. XVI asr yodgorligi bo‗lmish Qaffoli Shoshiy maqbarasi nurab, ayanchli holatga 
tushib qolgan. Namozgoh masjidi keyinchalik shofyorlar o‗qitiladigan maktabga, Baroqxon 
madrasasi esa Ateizm muzeyiga aylantirilgan. Keyinchalik majmua o‗rtasida kinoteatr va maktab 
qurilib, bu shundoq ham ayachli ko‗rinishiga ega bo‗lgan majmua qiyofasiga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatdi. Hazrati Imom (Xastimom) maydoni faqat mustaqillik davriga kelib, tom ma‘noda o‗z 
obro‗ va mavqyeini qayta tikladi. Respublika Prezidenti I. Karimovning tashabbusi va 
rahbarligida Xastimom majmuasi 2007 yili qayta qurilib, o‗zining yangi, muhtasham 
ko‗rinishiga ega bo‗ldi. Jumladan, maydonda yangi qurilgan Hazrati Imom jomemasjidi noyob 
arxitektura yodgorligi qatoridan joy oldi.
XX asr boshida Toshkent me‘moriy yodgorliklari ichida Shayxontohur ziyoratgohi 
alohida o‗rin tutgan. Shayxontohur shaharning eng gavjum va fayzli joylaridan biri bo‗lib, bu 
yerda bir necha me‘moriy obidalar, shifobaxsh buloqli Langar hovuzi, savdo rastalari o‗rin olgan 
edi. Ziyoratgoh Hayit va Navro‗z bayramlarida xalq sayli bo‗ladigan yerga aylanar, keng xalq 
ommasi to‗planadigan maskan hisoblanar edi. Keyinchalik ushbu ziyoratgoh 1924 yili yopib 
qo‗yildi.Toshkentning saqlanib qolgan Shayxontohur darvozasi XX asr 40-yillarida Navoiy 
ko‗chasining kengaytirilishi munosabati bilan olib tashlangan edi . Yuqorida qayd etilganidek, 


Shayxontohurning ko‗cha bo‗ylab kirish joyida XIX asr 40-yillarida qurilgan Eshonguzar 
madrasasi bo‗lgan. Sovet davrida bu yerga kinostudiya joylashtirilib bir qator, jumladan, 
―Alisher Navoiy‖, ―Tohir va Zuhra‖, ―Nasriddin Buxoroda‖ nomli filmlar aynan shu studiyada 
yaratilgan. Madrasa Navoiy ko‗chasining kengaytirilishi bahonasi bilan 60-yillarda buzib 
tashlandi. Majmuadagi Xotin masjid o‗zining noyob o‗ymakorligi va naqshlari bilan ajralib 
turardi, u keyinchalik bolalar kutubxonasiga aylantirilgan. 1967 yili Xotin masjidi va Zanjirlik 
masjidi, 1975 yili Ovrat masjidi turli bahonalar, chunonchi obodonlashtirish bahonasida buzib 
tashlangan. Undan avvalroq esa, arxitektura jihatidan katta ahamiyatga ega bo‗lgan G‗aribboy va 
Saidazimboy masjidlari 30-yillardagi dinga qarshi kurash kampaniyasi vaqtida buzib tashlangan 
edi. XX asr 80yillariga kelib Shayxontohur majmuasida atigi 3 ta me‘moriy inshoot – Yunusxon, 
Shayx Hovandi Tohur hamda Qaldirg‗ochbiy maqbaralari saqlanib qoldi, xolos. Undan tashqari 
shaharda mavjud bo‗lgan o‗nlab mahalla masjidlari, ziyoratxona, honaqoh va boshqalar turli 
sabab va bahonalar ostida buzib tashlangan edi. Toshkentdagi bir qator xristian va boshqa dinlar 
ibodatxonalari ham sovet diniy siyosatining salbiy oqibatlarini boshidan kechirganlar. Masalan, 
1888- yili qurilgan Spaso-Preobrajenskiy cherkovi 1930 yili buzib tashlanadi. Shahardagi 
katolik, Lyuteran cherkovlari ham nochor ahvolda bo‗lgan. Jumladan, XIX asrda qurilgan 
yevangel-lyuteran cherkovi 1937 yili yopilib, 1990 yilga qadar omborxona, geologiya 
boshqarmasi, itboqarlar jamiyati va boshqa muassasalar ixtiyorida bo‗lgan. Bino bir necha 
marotaba yong‗inga uchrab, 1966 yilgi zilziladan so‗ng buzib tashlash ham rejaga kiritilgan. 
Ushbu xaroba cherkov faqat mustaqillik sharofati bilan qayta tiklanib, Respublika Prezidenti I.A. 
Karimovning 1993- yil 3 -maydagi farmoni bilan yevangellyuteran cherkovi ixtiyoriga berildi. 
1991- yildan boshlab mustaqil O‗zbekiston poytaxti bo‗lmish Toshkent, istiqlol sharofati bilan 
qadimiylik hamda zamonaviylik uyg‗unlashgan, jahondagi ilg‗or shaharsozlik an‘analariga mos 
ravishda rivojlanayotgan shahar darajasiga erishdi. 
Mustaqillika erishgan dastlabki yillarimizdoq tarixiy obidalar, qadamjolar va tarixiy 
shaxslarning nomlari qaytda tiklandi. Bu borada katta ishlar amalaga oshirilib kelinmoqda. 
Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, Qo‘qon, Shahrisabz, Jizzax kabi 
shaharlardagi tarxiy qadamjolar, obidalar o‘zining haqqiqiy qadr qiymatini topdi, ularni 
ta‘mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyoatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. 
Ulug‘ allomalarimiz, din olimlarining qabrlari qayta bunyod etilib muqaddas ziyoratgohlardan 
biriga aylantirildi. 
Mustaqillik yillarida qayta tiklangan muqaddas qadamjolardan biri bo'lgan Oqmasjid 
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan. Bu masjidni ulug' zotlardan biri Sayyid ota 
bunyod etganlar. Qariyalarning aytishiga ko'ra, 1380-1390 yillarda bunyod etilgan Oqmasjid 
istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik 
va osoyishtalikka. O'zaro ahil va hamjihat bo'lishga xizmat qilmoqda.Masjid 1920 yillargacha 
musulmonlarning eng sevimli maskaniga aylangan. Bu masjidda Buxoro madrasalarini 
tamomlab kelgan mudarrislar, ulamolar dars berganlar, namozxonlarga shariat va tariqat 
yo'llaridan sabok berganlar, ularni halollik va poklikka, tinchlik va osoyishtalikka da'vat 
etganlar. Birok, o'sha mustabid sovet tuzumi boshlangandan keyin mullalar, namozxonlar 
qatagon kilindi. Masjidlar yopib qo'yildi. Biri "quloq", biri "Xalq dushmani", biri "Ruxoniy", biri 
"Bosmachi", deb ayblangan xalqimiz masjidlarga borishdan uzoqlashdilar. Urush yillarida esa 
boshqa masjidlar kabi Oqmasjid xam omborxonaga aylantirildi. Sayyid ota qabrlari xam, masjid 
xam qarovsiz qolib, ko'rimsiz bir joyga aylanib qolgan edi. 1980 yillar atrofida xam namozxonlar 
kommunistik mafkura siyosatchilaridan qo'rqa-pisa masjidga kelib-ketar edilar. 1981 yil 1 
sentyabrda tuman markazidagi Shayx Gadoy Selkin masjidining faoliyat ko'rsatishiga ruxsat 
berildi. Shu jumladan, Oqmasjidga xam.Shundan so'ng din peshvolari, namozxonlar hashar 
uyushtirib, darhol obodonlashtrish ishlarini boshlab yuborishdi. 2003 yil 5 sentyabr kuni 
Oqmasjidning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Masjid yana faoliyat yurita boshladi.Bugungi kunda 
Xatirchi tumanini o'zining mahobatli ko'rinishi bilan bezab turgan bu masjid kishilarni ezgulikka 
chorlab, namozxonlarga sharoit yaratib bermoqda. 
O'tmishimizni avaylash, tarixiy obidalarni e'zozlash, asori-atiqalarni, qolaversa, 


xalqimizning buyuk o'tmishi, yashayotgan ijtimoiy hayoti va kelajagi bilan bevosita bog'liqdir. 
Bu xususiyatlar millatimiz va xalqimizning milliy qadriyati bo'lib, azaldan ularning qon-qoniga 
singib ketgan. Mustaqillikning birinchi kunidanoq mamlakatimizda azaliy va avvaliy milliy 
qadriyatlarimizga, qadimiy madaniy obidalarimizni ta‘mirlashga, buyuk allomalarimizning 
nomlarini qayta tiklashgaa alohida e‘tibor berila boshlandi. Hozir O‗zbekistonda 74 ta qadimiy 
ziyoratgoh mavjud. Ular mamlakatimizda yashab o‗tgan allomalarning nomlari bilan bog‗liq. 
O‗zbekistonda asrlar mobaynida yaratilgan, rivojlantirilgan g‗oyat katta ilm, mo‗jizakor ijodiy 
mehnat bor. Jahon ilm durdonasiga behisob hissa qo‗shgan buyuk o‗g‗lonlari, o‗z zamonasining 
ilm olamining sultonlari yashab o‗tgan! Bugungi kunda jahon bo‗yicha ishlatilayotgan 1 dan 
9gacha bo‗lgan matematik raqamlariga nolni qo‗shib, XX asr fani – kibernetikasiga asos solgan 
olim deyarli 1200 yil avval yashab o‗tgan bizning ajdodimiz – al-Xorazmiy! Algebra fani, 
mashhur allomaning ismi bilan bog‗liqligi, ya‘ni al-Jabr bora-bora algebraga aylanganini, 
Algaritm so‗zi Al-Xorazmiy so‗zining assimiliatsiyaga uchragan shakli ekanligini va bizning 
avlod uni o‗qib matematikani o‗rganayotganligini bugungi kunda jahon ahli tan olyapti.Yerning 
dumaloq shaklda ekanligini isbotlab, dunyo xaritasini tuzgan va uni globus shaklida birinchi aks 
ettirgan ensiklopedik olim ham Al Xorazmiyga zamondosh. yurtdoshimiz Abu Rayhon Beruniy 
ekanligini o‗quvchilar ongi-shuuriga qayta-qayta quyish an‘anaga aylanganligi kishida iftixor 
tuyg‗usini yuksaltiradi.Mukammal tibbiyot qonunlarini yaratgan Beruniy va Xorazmiylarning 
zamondoshi Abu Ali ibn Sino kitoblaridan jahon tibbiyotida hamon dasturulamal sifatida 
foydalanilmoqda. Agar e‘tibor bersak, ―Tib qonunlari‖da murakkab jarrohlikdan tortib, oddiy 
ovqatlanish madaniyatigacha o‗rgatilgan. Inson salomatligini avaylash avvalo o‗zidan, oddiy 
ovqatlanish madaniyatidan boshlanadi, degan o‗gitlari bugungi kunda har bir farzandga 
singdirilmoqda! 
O‘zbekiston Respublikasining ―Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan 
foydalanish to‘g‘risida‖ gi, ― Arxelogiya merosi obyetlarini muhofaza qilish va ulardan 
foydalanish to‘g‘risida ― gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasining 2002 – yil 29-iyuldagi ― 
Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish yanada takomillashtirish 
chora tadbirlari to‘g‘risida‖ gi qarori bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Xalqimizning boy tarixdan dalolat beruvchi ushbu arxeologik va me‘moriy yodgorliklar, 
san‘at asrlari, diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish,ta‘mirlashva qayta tiklash,ularni kelajak 
avlodlarga asl holicha yetkazish borasida barcha viloyatlarda salmoqli ishlar olib borilmoqda. 
Bugungi kunda birgina Andijon viloyatini oladigan bo‘lsak, viloyatda tarixiy obida va madaniy 
yodgorliklarni asrab avaylash, obodonlashtirish borasida zarur ishlar olib borilmoqda.
―Kim bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa, biz qurgan binolarga boqsin‖ degan edi 
buyuk davlat arbobi Amir Temur.Insoniyat uchun barcha e‘zozda bo‘lgan omillar qadriyat 
sanalib kelinadi. Uning tarkibida millatning ma‘naviy boyliklari hisoblanmish axloqiy qoidalar, 
an‘ana-yu bayramlar, udumlar bilan bir qatorda moddiy qadriyatlari ham hurmatga musharraf 
hisoblanadi. Ammo davr, tuzum nuqtai nazaridan ularga doim ham bir xil munosabat 
bildirilmaydi. Ajdodlarimizdan me‘ros qolgan tarixiy inshootlar: madrasa-yu maqbaralar, 
masjidlar ham asrlar davomida turli sinovlardan o‘tdi. Mustamlakachilik yillarida xalqning 
ma‘naviy qadriyatlari bilan barobar ushbu moddiy qadriyatlarning qimmati bir muncha tushirildi. 
Noloyiq munosabatlar sabab ularning ba‘zilari yarim xaroba holatiga kelib qoldi, ba‘zilari esa 
umuman yo‘qolib ketdi.Inson uchun qadrli tushunchaning nechog‗lik ulug‗vorligi haqida bir 
tarixiy voqea ham guvohlik beradi. 1956-yil. Samarqand. SSSR rahbarining buyrug‘i ostida 
―Islom olami bilan do‘stlik‖ shiori niqobida arab davlatlari bilan diplomatik aloqa o‘rnatish 
boshlangan edi. Shunday harakatlar avj olgan bir davrda Livandagi jamoat arbobi, mamlakat 
parlamenti deputati, ―Jaridat Tarabul‖ gazetasining egasi Shayx Nadim al-Jisr Sovet Ittifoqiga 
tashrif buyurishga roziligini bildiradi. Rejaga ko‘ra u Moskva, Kiyev, Yalta, Sochi shaharlariga 
borishi kerakligiga qaramay, Imom al-Buxoriy qabrini ziyorat qilishini qat‘iy talab qiladi. 
Qutlug‘ qadamjolar toptalgan o‘sha paytda hukumat uchun qabr qayerda joylashganligini aniqlab 
topish ham ancha vaqtni oladi. Qabr Xartang qishlog‘ida ekanligi ma‘lum bo‘ladi. Ammo 
maqbara vayrona, yonidagi masjid esa kimyoviy moddalar saqlanadigan omborxonaga 


aylantirilgandi. Bu ahvoldagi joyga mehmonni olib kelib bo‘lmasligini o‘ylagan tashkilotchilar 
Moskvadan Toshkentga to`rt soatda uchib keladigan samolyot o‘rniga Samarqandgacha 
poyezdda to`rt kunda olib borish mumkinligini chamalashadi… Ungacha maqbara atrofini 
tozalashga katta kuch sarflanadi. Ammo shunga qaramay ziyoratgohchalik epaqaga keltirib 
bo‘lmaydi. Shayx Nadimga bir kun davomida Toshkentni ko‘rsatib, Samarqandni ham kuni 
bo‘yi aylantirib, kechasi Xartangga olib kelishadi. Shayx Nadim al-Jisr qabrga yetib borgach tiz 
cho‘kib, yerni o‘padi, ko‘zda yosh bilan Qur‘oni Karim oyatlarini o‘qiydi. Ziyoratdan qaytgach, 
rahbarlardan atrofdagi tuproqlari bilan Buxoriy xokini o‘shancha og‘irlikdagi tilla evaziga 
berishlarini so‘raydi. 
Xalqimizning eng tabarruk go‘shalari – masjidlar, ilm ziyosi taralib turgan madrasalar, 
ulug‘larga ehtirom ramzi sifatida qad rostlagan maqbaralar – bularning bari millatning kim 
ekanligidan dalolat berib turuvchi ulkan boylik. Ularga nisbatan bepisandlik, muborak yerlarni 
oyoqosti qilish hech bir mantiqqa, odamiylikka to‘g‘ri kelmas harakat edi, albatta. Mustaqillik 
bizga nafaqat erkni, tilni, dinni qaytarib berdi, balki u bizga tarix zarvaraqalarida yashirin yotgan 
ayrim haqiqatlar va obidalarimiz qadrini ham tiklab berdi.Istiqlol yillarida yuqorida tilga olingan 
muhaddis olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning ilm, din yo‘lida qilgan 
ulkan ishlari munosib baholandi. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 
29-apreldagi «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‗yicha 1225 yilligini 
nishonlash to‗g‗risida»gi qarori asosida maqbara o‗rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida 
yodgorlik majmui Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon, Namangan, Qo‗qon, 
Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998-yilda qurildi. Maqbara markazida oniks toshdan 
ishlangan sag‗ana o‗rnatildi. Maqbaraning o‗ng tomonidan daxmaga tushish yo‘li qilindi. 
Sag‗ananing aynan ostida joylashgan Imom al-Buxoriy jasadlari qo‗yilgan qabr marmartosh 
bilan qoplandi. Hovlining chap tomonida masjid bunyod etildi. Hovlining o‗ng qanotidagi 
binodan esa Qur‘oni Karimning noyob qo‗lyozmalari, turli nashrlari, Imom al-Buxoriy 
asarlarining nashrlari joy olgan kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi o‘rin egalladi. Hozirda ushbu 
qadamjoni kuniga yuzlab mahalliy aholi va sayyohlar ziyorat qiladi, majmua masjidida juma va 
hayit namozlari o‘qiladi.1992-yil aprel oyida Saudiya Arabistoniga safar qilgan Prezidentimiz 
Islom Karimovga podshoh Fahd ibn Abdulaziz al-Saud hazrati oliylari ehtirom ifodasi sifatida 
Ka‘batulloh ka‘bapushining katta bo‘lagini hadya qilgan edi. Prezidentimiz esa ushbu sovg‘ani 
al-Buxoriy maqbarasi majmuiga tuhfa qildi.XVI asr inshootlari durdonasi hisoblanmish, 
Shamsiddin Muhammad Kurtiy, Xoja Yusuf Qoshg‘ariylar singari o‘z zamonasining yetuk 
olimlari dars bergan Toshkentdagi ―Ko‘kaldosh‖ madrasasi ham turli zilzilalar, urushlar 
oqibatida o‘z jilosini yo‘qotgan edi. Rus hukumati davrida madrasa ta‘miri jarayonida yo‘l 
qo‘yilgan loqaydliklar sabab bino dastlabki ko‘rinishini yo‘qotdi. Hujralar esa omborxona va 
ustaxonalarga aylantirildi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston musulmonlari idorasi va madrasaga 
tushgan xayr-ehsonlar, shahar hokimiyati ko‘magi bilan katta ta‘mirlash ishlari olib borildi. 
Madrasa faoliyat boshlanganidan to 1999-yilga qadar ―Ko‘kaldosh madrasa masjidi‖ deb 
nomlangan edi. 1999-yilda esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yangi Nizom 
tasdiqlanib, 1999-yil 18-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida rasmiy 
ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng ―Ko‘kaldosh Toshkent islom o‘rta maxsus bilim yurti‖ deb 
nomlandi. Bilim yurti 1999 -yil 10-oktyabrda maxsus ruxsatnoma olib, 1-noyabrdan rasmiy 
faoliyat ko‘rsata boshladi. Bilim yurtida Qur‘oni Karim, Hadisi Sha‘rif, sarf, nahv, mutolaa kabi
diniy ilmlar bilan birga o‘zbek tili va adabiyoti, tabiat, geografiya, ingiliz tili, fizika, matematika, 
astronomiya, informatika va boshqa dunyoviy fanlar ham o‘qitila boshlandi.XV asrga oid Shayx 
Xovanda Tohur maqbarasi va uning shimoli-g‘arbiy tarafida joylashgan 1487-1502-yillarda 
qurilgan Toshkent hokimi va Zahiriddin Muhammad Bobur bobosi Yunusxon maqbarasi ham 
mustaqillik yillarida yana obod etildi. Ushbu maqbaralar joylashgan hududda 1999-yil O‘rta 
Osiyoda yagona hisoblanmish Toshkent islom universiteti tashkil etildi. ―Zangi ota‖ majmuasi 
ham to‘liq ta‘mirdan chiqarilib, eng so‘lim go‘shalardan biriga aylantirildi.O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-yanvaridagi farmoyishiga asosan qayta 


tiklangan va 1998-yil 16-iyulda ro‗yxatdan o‗tkazilib foydalanishga topshirilgan ―Xoja Ahror 
Valiy‖ jome‘ masjidi, 1995-1997-yillarda butunlay qayta qurilgan ―Shayx Zayniddin buva‖ 
masjidi bugun mamlakatda diniy erkinlik timsollari sifatida shahar ko‘rkiga ko‘rk 
qo‘shmoqda.Bunday bunyodkorlik ishlariga, qadimiy me‘moriy yodgorliklarni asrab-avaylashga 
yo‘naltirilgan loyihalarga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Ana shunday sa‘y-harakatlar 
evaziga 1991-yilda Xivadagi Ichanqal‘a qo‘riqxonasidagi, 1993-yilda Buxoro shahri 
markazidagi, 2000-yilda Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar YUNESKOning 
―Umumjahon madaniy merosi‖ ro‘yxatiga kiritildi.Yana shuni ham alohida ta‘kidlash lozimki, 
mustaqillik sharofati bilan nafaqat ko‘hna obidalar tiklashayapti, balki ular safiga yangidan yangi 
maqtasa arzigulik inshootlar ham qo‘shilyapti. Muhtasham ―Bunyodkor‖ stadioni, 2014-yilda 
ochilib, O‘zbekiston bo‘yicha musulmon dinining eng yirik markazlaridan biriga aylangan, 
an‘anaviy sharq uslubida qurilgan ―Minor‖ masjidi shular jumlasidandir!Xulosa o‘rnida 
aytganda, tarixiy yodgorliklarning davlat nazorati ostiga olinganligi, ajdodlar me‘rosiga chuqur 
hurmat bildirilishi va moddiy qadriyatlarga nisbatan yosh avlod qalbiga mehr urug‘ining 
sepilishi mamlakat mustaqilligini yanada mustahkam bo‘lishiga katta hissa qo‘shadi. Shu bilan 
bir qatorda ular nafaqat o‘zbek millatining, balki butun bashariyatning ulkan boyligi sifatida 
kelajakka yuz tutadi. Ular o‘zga davlatlar nigohida o‘zbek millatining kim bo‘lgani va kim 
ekanligi haqida shohidlik berib turibdi. 

Download 276,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish