Dars boshida turli muhitlarda elektr tokining o‘tish tabiati to‘g‘risida qisqacha nazariy ma’lumot beriladi. Yarim o‘tkazgichli asbob-diodning bir tomonlama elektr o‘tkazuvchanligini o‘rganish qurilmasi yig‘ilib, belgilangan tartibda tajriba o‘tkaziladi. Ishda elektr o‘quv asboblaridan foydalanilganligi uchun texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish tartibi eslatib o‘tiladi. Tajriba natijalari va xulosalari daftarga yozib olinadi.
Ishning nazariy asosi
Odatda yarimo‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligi uncha katta bo‘lmaydi, chunki ularda erkin elektronlar soni juda kam. Agar yarimo‘rkazgich tarkibiga ozgina boshqa turdagi yarimo‘tgazgich atomlari kiritilsa, yarimo‘tkazgichning elektrik qarshiligi keskin o‘zgaradi. Kiritilayotgan aralashma atomining xususiyatiga qarab o‘tkazuvchanlik turi aniqlanadi. Ikki turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan asbobni yarimo‘tkazgichli diod deb atash qabul qilingan. Yarimo‘tkazgichli diodni elektr sxemada ^| kabi belgilanadi. Yarimo‘tkazgichli diod elektr tokini faqat bir yo‘nalishda o‘tkazadi.
Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
To‘g‘ri ulash
Tok kuchi (mA)
Kuchlanish (V)
Teskari ulash
Tok kuchi (mA)
Kuchlanish (V)
Qiziqarli tajriba
Diodning bir tomonlama tok o‘tkazishini quyidagi sodda tajriba yordamida kuzatish mumkin. Tok
manbayi, elektr chirog‘i va dioddan iborat elektr zanjirini yig‘amiz (2-rasm).
1 I
b)
a)
2-rasm
Laboratoriya universal ta’minlash manbayining iste’molchiga kuchlanish beruvchi musbat qutbi kalit orqali diodning bir uchiga ulanadi. Diodning ikkinchi uchu elektr chirog‘i orqali manbaning manfiy qutbiga ulanadi. Laboratoriya universal ta’minlash manbayi tok tarmog‘iga
ulangach kalit qo‘shiladi. Diod zanjirga 2-a, rasmda ko‘rsatilgandek ulansa elektr chirog‘i yonadi. Diodning bu ulanishi to‘g‘ri ulanishdir. Diod zanjirga 2-b, rasmda ko‘rsatilgandek ulansa, elektr chirog‘i yonmaydi. Chunki, diod zanjirga teskari ulangan bo‘ladi. Kuzatilgan tajriba asosida xulosa chiqaring.
Nazorat uchun savollar
Yarimo‘tkazgichli moddalarga misollar keltiring.
Yarimo‘tkazgichli diodning tuzilishi va ishlashini tushuntiring.
Donor aralashmali yarimo‘tkazgichlar qanday turdagi o‘tkazuvchanlikka ega.
A) elektronli; B) teshikli; C) elektron-teshikli; D) ionli; Yarim o‘tkazgichlarning elektr qarshiligi temperatura ortishi bilan qanday o‘zgaradi?
A) ortadi; B) 0‘zgarmaydi; C) kamayadi; D) avval kamayib, so ‘ngra ortadi. To‘rt valentli kremniy kristaliga ozroq besh valentli mishyak atomlari qo‘shilsa, qanday turdagi o‘tkazuvchanlik hosil bo‘ladi? elektronli; B) teshikli; C) elektron-teshikli; D) ionl