9- mavzu: Oila eng muhim sotsial institut sifatida



Download 27,29 Kb.
Sana09.12.2022
Hajmi27,29 Kb.
#882678
Bog'liq
9-ma`ruza


9- mavzu: Oila - eng muhim sotsial institut sifatida

Oila va nikoh sotsiologiyasi - maxsus sotsiologik nazariya bo‘lib, alohida predmet sifatida oila va nikohning paydo bo‘lishi va amal qilishi hamda takomillashtirish yo‘llarini o‘rganishdir.


Shuning uchun Oila va nikoh sotsiologiyasi oilaviy munosabatlarga xos bo‘lgan: uning tillari, soni va tuzilishi, funksiyalarini; sotsial institut va kichik guruh sifatidagi xususiyatlarini; ajralish motivlarini; oilaviy hayotiga ta’sir qiluvchi omillarni, oilaviy mojorolarning paydo bo‘lishi va ularni xal qilish yo‘llarini, oilaning boshqa ijtimoiy jamoalar va ijtimoiy hayot sohalariga bog‘liqligini o‘rganadi.
ila va nikoh munosabatlarining tarixiy shakllari, ularning rivojlanishi hamda istiqbolli tendensiyalarini yakunlaydi.
Oila sotsiologiyasining o‘rganish ob’ekti bu olila va nikoh munosabatlaridir.
Oila - insonlarning jamoaviy hayot tarzini eng qadimgi ko‘rinishlaridan biridir.
Oila jamiyatning boshlang‘ich yacheykasi sifatida sinflar, millatlar va davlatlardan ancha ilgarigi, ya’ni ibtidoiy jamoa tizimi davrida vujudga kelgan. Ijtimoiy qadriyat sifatida unga bo‘lgan qiziqishning doimiyligi inson zotini bevosita hayotini shakllantirish, tiklash, bola tarbiyalash, kundalik ehtiyojlarini qulay usulda qondirib borish bilan bog‘liq.
Oila - bu sotsial institutdir. Oila jamiyat o‘lchovlari nuqtai nazaridan va nikoh munosabatlariga ta’siri qilishi va tashkiloti.
Oila kichik sotsial guruhlardan iborat bo‘lib, uning a’zolari nikoh yoki qarindoshlik rishtalarining ma’naviy mas’uliyati bilan o‘zaro bog‘liq. Bu esa inson avlodini yaratilishi jamiyatning ham jismoniy, ham ma’naviy tiklanishi bilan bolanadi.
Nikoh - erkak va ayol orasidagi munosabatlarning tarixan o‘zgaruvchan formasi bo‘lib, jamiyatning vositasida jinsiy hayotini tartibga soladi va uyushtiriladi, ota-onalik burchi va huqularini yo‘lga qo‘yadi. Oila va nikoh tushunchalari nima anglatadi?
Bu masalada olimlar turli fikrlarni bildiradilar. Monogomiya (yakka nikohlik) ni birlamchiligi va doimiyligini tan oluvchi olimlar, oila va nikoh orasidagi farqni faqat rasmiy darajada borligini ta’kidlashadi. Masalan, nemis faylasufi G.Gegel «Nikoh faqat oila tushunchasining bevosita ta’siridir», - deb ta’kidlanagan. Ushbu qarashning asossizligi shundan iboratki, oila va nikoh tarixan bir paytda paydo bo‘lmaganligidadir.
Rossiyalik etnograf olim L.Ya. Shterbergning yozishicha, erkak va ayol orasidagi jinsiy munosabatni (doimiy bo‘lsa) nikoh, deb atash uchun u, jamiyat tomonidan rasmiy tasdiqlangan va tomonlar to‘la teng huquqli bo‘lishi kerak. Tarixda erkak va ayol orasidagi munosabatlarning jamiyat tomonidan tan olinishi, bu «jinsiy muloqotdan ota-ona va farzandlar, shuningdek, bobo va nevaralarning ongli chiqib ketishi» bo‘ladi. Bu sanksiya odamlarning jinsiy hayoti faqat ularning tabiati aniqlangan nikohgacha holati bilan va nikoxning ijtimoiy boshqari hamda jinslararo boshqaruv orasidagi tarixiy chegarasi bo‘ldi. Nikohning paydo bo‘lishi xali oila paydo bo‘lganligini anglatmagan, chunki bu bosqichdagi nikoh, faqat erkak va ayollarning goh-goh qo‘shilib turishini anglatgan xolos.
Kishilik tarixida oila nikohdan ancha keyin paydo bo‘ldi. Bu haqida G‘arbiy Germaniyalik sotsiolog R.Kening shunday yozgan: «Oilaviy hayotga o‘tishda, uning mohiyatini tashkil etuvchi bir juftlik aloqa qiluvchilar guruhlar aloqa usuli bilan o‘zaro raqobatga kirishgan. Nikoh faqat o‘zaro munosabatni belgilovchi bo‘lgan vaqtlarda oila odamlarning ijtimoiy birligini tayanchi bo‘lib qoldi. Oila sotsial tashkilot sifatida, nikohdan nafaqat er-xotin yana birortasini kirishi, balki xotinning o‘zi bilishi bilan farqlanadi. Buning sababi shundaki, oila va nikoh o‘zaro ittifoq sifatida, miqdor o‘zgarishlariga qarab emas, balki sifat o‘zgarishlarni farqlarini ham e’tiborga olishi kerak. Oila avvalo ona va bola munosabatlaridan tuziladi. Bu er va xotin orasidagi o‘zaro munosabatni o‘zigana emas».
Shunday qilib, aytish mumkinki, oila va nikoh sotsiologiyasi bu-alohida fan. Uning predmetiga oilaning umumiy va alohida miqdor va sifat, statistika va dinamik o‘zgarishlarni aks ettiruvchi bilimlar tizimi ijtimoiy hayotning formalari boshqa bilan aloqasi, oila va nikoh munosabatlari kiradi.
Oila sotsiologiyasining shakllanishi va rivojlanishi uzoq davom etib, ko‘p tomonli jarayon bo‘lib, u turli qarashlar, fikrlar, ma’lumotlar buyuk mutafakkirlar tomonidan o‘z davrida qayta-qayta ishlanishiga asos solgan.
Oila va nikoh sotsiologiyasida qo‘yidagi ikki asosiy yo‘nalish mavjud:

  • oila va nikoh tarixi;

  • zamonaviy oila va nikoh.

Oilaning tarixiy yo‘nalishi doirasida uning turli ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalardagi shakllanish jarayoni o‘rganiladi. Amerikalik sotsiolog X.Kristian ma’lumotiga qaraganda, oilani doimiy tadqiqot qilish XIX asr oxirlaridan boshlandi. Bungacha oila va nikoh to‘risidagi qarashlarga din, mifologiya va falsafa kuchli ta’sir ko‘rsatganligi marixan ma’lum. Aflotunning ijtimoiy konsepsiyasida, jamiyat (davlat) manfaatlari shaxs manfaatlaridan ustundir. Platon «Har bir nikoh-davlat uchun foydali bo‘lishi kerak»,-deb yozgan edi. Arestotelpning fikricha, «Har bir oddiy odamning tabiati, uning siyosiy sistemaga kirishganligi bilan belgilanadi, har bir oila esa, davlatning bir qismini tashkil etadio.
Angliyalik faylasuf Tomas Gobs (1558-1679) axloq, odob va fuqarolik falsafasi muammolarini ishlab chiqish davomida va dunyoviy nikoh oilaning ma’naviy qadrini qaytarishni orzu qilib, nikohga nisbatan har qanday nopok qarashlarni rad etgan.
XVIII asrda fransiyalik buyuk ma’rifatparvar Jan Jak Russo (1712-1778) o‘zining alohida demokratik qarashlari bilan ajralib turgan va jinslar aro tengsizlikni qonuniyligini rad qilgan. Russo ular orasidagi tabiiy funksional va ijtimoiy farqlarga katta ahamiyat berib, ayol va erkakning alohida xususiyatlariga differensial yondoshishni taklif qilgan.
Nemis faylasufining klassik namoyondalari I.Kant (1724-1804) va I.Fitxe (1762-1814) ning oila va nikoh qarashlari ham katta qiziqish uyg‘otadi. Ular oila va nikoh muammolariga erkak va ayol orasidagi huquqlarining tabiiy tengsizligi nazariyasidan kelib chiqib yondoshganlar. Ular nikoh-ma’naviy, huquqiy institut, jinsiy qiziqish mutloqligi bilan oliylashgan, uni qonun bilan boshqarish kerak deb hisoblashgan.
Sotsiologiya fanining asoschisi Ogyust Kont (1798-1857) oilani o‘zgaruvchan va tarixiy kategoriya, ijtimoiy guruhlar orasida eng muhim funksiyalarni bajaradi deb hisoblaydi.
Charliz Darvinning eavlyusion nazariyasi olimlar ishiga, shu jumladan, ijtimoiy fanlar sohasida ham katta ta’sir o‘tkazdi. Bu nazariyaning tarafdorlari, jamiyatdagi barcha hodisalarni tabiat qonunlari bilan o‘xshash rivojlanadi deb hisoblaganlar. Angliyalik sotsiolog va faylasuf Gerbert Spenser (1820-1903) sotsial institut jamiyatning tashkiliy elementlari oyasini ilgari suradi. U nikoh, oila, tarbiya, oila va jamiyat tili orasida boliqliklarni o‘rganib, unga taraqqiyotning ta’siri va ichki oilaviy munosabatlarining o‘zgarishini o‘rgangan. O‘sha davrlarda har bir tadqiqot uchun evalyusiya va taraqqiyot nazariyasiga tayanish xos bo‘lib, axborot yiish metodlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan (ularning vaqtidagisi esa past bo‘lgan) edi. Tahlil qilishda tasvirlash metodi ustunlik qilgan. Bu yo‘nalish sotsial darrinizm deb nom olgan.
Fransiyalik sotsiolog Ln-Pley (1806-1882) oila nazariyasiga sezilarli hissasini qo‘shdi. Le-Pley fikricha, har qanday jamiyatda, oila mohiyatan o‘zidan keyingi avlodni yaratishda yagona «tinch» uslub bo‘lib, yangi tuilgan chaqaloqda yaxshi hislatlarni rivojlantiradi va yomonlikni bostiradi, agarda bu oila «kichik varvarlarni» bostira olmasa, o‘zi aziyat chekadi va provardida esa, «jamiyat ham boy beriladi». Le-Pley oilaning birinchi monografik tadqiqotchisidir. U tadqiqotning nazorat chiluvchi kuzatish metodlari va texnikasini rivojlantirdi.
Oila uzoq vaqt davomida taxminan, XIX asrning o‘rtalarigacha jamiyatning birlamchi monogam yacheykasi sifatida o‘rganilgan. Shu sababli ham antik, o‘rta asr, qisman yangi davrlarda olimlarni oila o‘ziga xos sotsial institut sifatida emas, balki, uning ijtimoiy tuzumga va davlatga bo‘lgan munosabati ko‘proq qiziqtirgan.
Nikoh va oila masalasida turli qarashlar ikki yo‘nalishda borgan:

  1. Oilaning o‘tmishini xususan, tuban xalqlarning oila va nikoh tizimini o‘rganishi;

  2. Oilaning turli ijtimoiy sharoitlar biloan boliq holda o‘rganish.

Shversiyalik olim Iogen Bexofen (1815-1887) asos solgan. U oilani tarixini o‘rganishga harakat qildi. U «Ona haqqi» nomli asarida (1861) ibtidoiy odamning tarixiy rivojlanish tizimi, ya’ni dastlabki tartibsiz jinsiy munosabatlar boshlab, («geterizm») onalik so‘ngra otalik huquqigacha bo‘lgan davrni o‘rgandi. U qadimgi klassik manbalarni tahlil qilib, greklarda ham, osiyoliklarda ham yakka nikohlik shunday holatda bo‘lganki, unda nafaqat erkaklar, balki ayollar ham bir necha erkaklar bilan jinsiy aloqaga kirishgan.
Shotlandiyalik olim Djon Mak-Lenon (1828-1881) baxofendan mustaqil ravishda onalik huquqini kashf etgan. Uning «Ibtidoiy nikoh» -nomli asari 1865 yili e’lon qilinib, unda oiladagi ob’ektiv tarixiy o‘zgarpishlar qonuniyatlari, uning ziddiyatliligi hamda progressiv xarakteri ochilib beriladi.
Oila va nikoh nazariyasiga rus tadqiqotchilari ham o‘z hissalarini qo‘shganlar. Tarixchi, huquqshunos, sotsiolog va etnograf olim M.M.Kovalevskiy (1851-1916) patriarxal oilaviy jamoa usulini tarixiy o‘rnini aniqlashga harakat qildi. L.Ya. Shternberg (1867-1927) Saxalin orolidagi nikohlar etnografiyasini o‘rgangan.
U urug‘ tizimi bilan qarindoshchilikning klassifikatsiya sistemasi va guruhli nikoh qoldiqlari orasidagi o‘zaro aloqalarni aniqlashga harakat qilgan.
Iqtidorli fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeym (1858-1914) ning qo‘shgan hissasini alohida ta’kidlash zarur. U oilaning kontraksiya (siqilish) qarindoshchilikning keng davrasidan torroq guruh, ya’ni er-xotin juftligi qonunini yaratdi. Biroq, keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu qonun oilada har doim amal qilishmasligi va umumiy xarakterga ega emasligini ko‘rsatadi.
«Sotsial guruhlar» nazariyasi oila sotsiologiyasiga ma’lum darajada ta’sir o‘tkazadi. Uning muallifi Amerikalik sotsiolog Charl Kuli (1864-1929) Kuli sotsiologiyasiga birlamchi ijtimoiy institutlar orasida fikrlar mavjudligi haqidagi fikrni kiritadi. Birlamchi guruhlarda (oila, qo‘shnichilik, bolalar guruhlari) jamiyatdagi asosiy ekzagom va endogom nikohlar tasvirlanadi.
Oilaning tarixiy rivojlanishi matriarxat davri haqida g‘oyalar D.J.Lebokning «Sivilizatsiyalarning paydo bo‘lishi» (1870 y)-“Nikoh totimizm va din” (1911y) nomli ishlarida har tomonlama ifodalab berildi va unda guruhli nikoh haidagi fikrlar tasdiqlandi.
Oila shakllanishida evalyusion g‘oyalarni tasdiqlashda Amerikalik olim Lpyuis Genri Margoning (1818-1881) ishlari ham muhim ahamiyatga ega. U birinchi marta ibtidoiy jamoa tuzumi tarixini ilmiy asoslab berilgan. “Qadimgi jamiyat” kitobini 40 yil mobaynida yozdi va 1817 yil nashr qildi. Bu asarda insoniy jamiyatning yagona rivojlanish yo‘li nazariyasi izohlanib, ona uruining umumiyligi tasdiqlanadi va patriarxal davr nazariyasi inkor etiladi.
Margon katta amaliy materiallar asosida turli koetsepsiya kontentrlash ham qarindoshchilik aloqalarini tahlil qilib chiqdi. Uning yaratgan sxemasi bo‘yicha nikoh munosabatlari promiskuitet tartibi, ya’ni tartibsiz jinsiy munosabatlardan tartib guruhli nikoh orqali ionogatiyagacha bo‘lgan davr tahlil qilinadi. Bu ishning eng muhim natijasi, bu-oila nikoh munosabatlari turlarining tarixiy xilma-xilligi va ularni konkret tarixiy sharoitga qaramligini isbotlashi bo‘ldi. Morganning “Qadimgi jamiyat” kitobini K.Marks (1818-1883) ham konspektlashtirib, sharxlab bergan va F.Engelsning (1820-1895) “Oila xususiy mulk va davlatning paydo bo‘lishi” (1884) asarini yaratilishiga sabab bo‘ldi. F.Engelp K.Marks vasiyatini bajarayotib Margon ishlaridan foydalangan holda hayot asoslarini ishlab chiqish bilan odamni o‘zini yaratilishi orasidagi chuqur organik o‘zaro boliqlik borligini va bu mehnat, boshqa tomondan esa oila tuzilishini isbotlab berdi.
Intim shaxsiy norasmiy munosabatlar asosida bevosita munosabatlar turganligi va kichik xajm bilan harakterlanadi. Birlamchi ijtimoiy institutlar sinflar, millatlar, partiyalar Kuli nazariyasiga ko‘ra ijtimoiy strukturani tashkil qilib, unda shaxsiy munosabatlar shakllanadi. Unga individ faqat ma’lum bir funksiya bajaruvchisi sifatida qo‘shiladi.
XX asrning birinchi yarmida Le-Pleyning emperik tadqiqotlariga asoslangan yo‘nalish ustunlik qildi. Oila sotsial muammolariga o‘tish kuzatiladi. Oilani o‘zgartirish muammosini qo‘yilishi G‘arbda XX asrning 20-30 yillaridagi buyuk inqirozlari davri bilan mos keldi. U butun ijtimoiy sistemani larzaga keltirdi. Bu muammoni ilgari surishdagi birinchi sabablardan biri bu- ijtimoiy antogonitizmlarni keskinlashish, xususan oilaning buzilish, sabab ijtimoiy fanlarning nazariy va oyaviy maqsadlardan amaliy va terapevtlik maqsadlarga qayta yo‘nalishidir.
Bu davrda oilada ijtimoiy va sotsiologik o‘zgarishning muhimligini aniqlashi ro‘y beradi, shu sababli jamiyatshunoslik fanida bundan oldingi davrda ega bo‘lgan emperik materiallar va nazariy-metodologik yo‘nalishlar asosida muammolarni yo‘lga qo‘yishga ko‘plab urinishlar bo‘ldi.
Bu davrning eng mashhur Amerikalik sotsilogi Uilyan Ogberning «O‘zgarayotgan oila» kitobi bo‘ldi. Ogbern ushbu kitobida oilaning o‘z a’zolariga ko‘rsatayotgan xizmatlar majmuasini ko‘rib chiqqan. U 6 ta muhim funksiyani topib, ularning 5 tasini qondirish oila chegarasidan chiqib ketishini isbotladi. Ogbern muammoni «oila va uning funksiyalarini yo‘qotish» sifatida ko‘rdi, uning pozitsiyasi texnologik diterminizm deb tanilgan, chunki u ijtimoiy o‘zgarishlarning asosiy faktori sifatida texnik kashfiyotlar va yangiliklar deb hisoblagan.
Texnik faktorni mukamallashtirish Ogbern zamondoshlari tomonidan tanqid qilindi, biroq uning «amerika oilasining funksional o‘zgarishi» haqidagi oyasi ijobiy qabul qilindi va uning asosida turli yangicha konsepsiyalar paydo bo‘ldi. Masalan, Karl simmerman o‘zining «Oila va sivilizatsiya» (1947) kitobida oila o‘zgarishini oila buzilishi muammosi sifatida tushunishga harakat qildi.
Asrimiz o‘rtalarida oilani o‘rganish bilan bevosita boliq bo‘lgan yangi sinaga urinishlar asosiy va qo‘shimcha nitajalar dorasida amaliy materiallar to‘plana boshladi.
Bu vaqtda statistikadan foydalanishning miqdoriy metodlarinng obro‘si orta boshladi. Sotsial psixologiya rivojlana boshladi va psixoanalitik ta’siri yoyildi. 1945 yil E.Berdjess va X.Lokkning «Oila-institutidan hamdo‘stlikka» nomli kitobi chiqdi. Unda Chikago maktabi namoyondalari, oila xizmati o‘zgarishining sababi institutdan (an’anaviy modeli) normal o‘tishi jarayoni ekanligini isbotlashga harakat qilishdi. Nikohning mustahkamligi er-xotinning psixologik harakterlariga bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda, yachaykalaridir. Ular intim shaxsiy norasmiy munosabatlar, bevosita muloqot turganligi va kichik hajm bilan xarakterlanadi. Birinchi guruhlardan shaxsning sotsiallashuvi jarayoni ro‘y beradi. Ikkilamchi ijtimoiy institutlar sinflar, millatlar, partiyalar Kuli nazariyasiga ko‘ra, ijtimoiy strukturani tashkil qilib, unda shaxsiy munosabatlar shakkalanadi, unda individ sotsial institut belgilarini yo‘qota boshlab, o‘z shaxsiy xohish va ehtiyojlarini qondiradigan, ya’ni hamdo‘stlikka o‘tganda o‘zgaradi. Ozod shaxslar sotsiologiyasiga Berdjest va Lokk oila o‘zgarishi va uning funksiyalarini yo‘qotish va tashkiliy buzilishda emas, balki qayta shakllanish uning struktura ko‘rinishi va faoliyatining o‘zgarishida «oiladan hamdo‘stlikka» shiori sotsiologik jihatdan bo‘sh bo‘lgan lekin oilaning o‘zgarishi uning qayta shakllanishi sifatida g‘oyasi darrov qo‘llandi va rivojlantirildi.
X.Kristensen «paydo bo‘layotgan fan» davri deb atagan ushbu bosqichdayoq oila nazariyasi uchun muhim muammolar paydo bo‘ldi. Oila shakllanishi er-xotinning bir-birini tushunishi nikohning omadliligi va unda qoniqish nikoh barqaqrorligi. Olimlar tarkibi bo‘yicha keyin ishlatilgan konsepsiyalarga yaqin nazariyalar ishlab chiqishdi. XX asr o‘rtalarida oila sotsiologiyasida «sistematik nazariyaning qurish davri» deb nomlangan bosqich boshlandi. Aynan shu davrdan boshlab oila-nikoh munosabatlariga boliq ko‘p aspektli amaliy ma’lumotlar to‘plana boshladi.
Elektron rivojlanish bilan olingan ma’lumotlarni yanada chuqurroq va ijodiy tahlil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Oila va nikohning ijtimoiy tahlil qilishga talab tuildi. Tadqiqot markazlari soni ortdi. Avvalo - AQSh, Angliya, Avstriya, Gollandiya, Fransiya, Shvesiya va boshqalarda.
Oilaviy jarayonlarni tahlil qilishda zarur bo‘lgan tshunchalarni aniqlab olish ular orasidagi boliqliklarni belgilash zarur bo‘lib qoldi.
Bu jarayon amerikalik sotsiolog Tolkot Personning (1902-1979) muhim o‘rinni ta’kidlab o‘tish joiz. 50-yillarda u fanlararo munosabatlar uchun yetarlicha ochiq bo‘lgan hamda maxsus vazifalarni yechishga qodir «sotsial sistema» sini tuzdi. Amerika oilasini tahlil qilish uchun Persons madaniy antropologiya va etnografiya keng tarqalgan-qarindoshlik termionologiyasini o‘rganish metodikasidan foydalandi. Persons hamkasblari bilan birinchi marta jamiyatdagi er-xotin rolini aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Persons oilaning tashkiliy jihatdan buzilish jarayonini keng ijtimoiy strukturalarining faoliyati va rivojlantirishi bilan boliq emasligi mumkin dedi.
AQSh da oila va nikoh munosabatlarining o‘ziga xosligini ijtimoiy differensiya bilan boliq holda tushuntiradi. Jamiyatdagi differensiyaning struktura darajasini o‘zgarishi munosabati bilan-deb yozadi. Persons jamiyatda har qanday qarindoshlik birliklarining muhimligi, oiladan tashqari muhimligi kamaya boshladi. Uning barcha asosiy funksiyalarining kuchayishi xusuan shaxsiy sektorda ikkitasidan tashqar bolalarning dastlabki sotsiallashuvi va kattalarning emotsional barqarorlashishi ro‘y berdi.
Person hisoblaydi-ki, - bu oila tushkunlikka tushish dalil emas, balki jamiyatdagi o‘rinning oshishi, maxsuslashishidan dalolat beradi, chunki bu hayotiy zarur funksiyalar faqat oilada amalga oshadi.
Nukleor oiladan rollar taqsimlanishini aniqlashish amerikalik M.Zildich (1955) tomonidan amalga oshirildi. Er-xotin rollariga bo‘lgan qiziqish jamiyat muvaffaqiyatli nikoh kriteriylarini aniqlash kriteriylaridan kelib chiqqan, chunki ajralishlar keng tarqalib ketdi.
Nikohning barqarorlashuvi bilan birgalikda ajralishlar va ularni oila a’zolariga ta’siri haqida tadqiqotlar tarqaldi.
Nikoh barqarorligi muammosi bilan bir vaqtda oilaviy munosabatlarni o‘rganish ham amalga oshirildi.
Endi oila va nikoh ikkinchi yo‘nalishi uning zamonaviy tahlilini ko‘rib chiqamiz, agar asrimizda nashr etilgan barcha oila sotsiologiyasi haqida arb adabiyotini oladigan bo‘lsak, uning yarmidan ortiqroi 1955 yildan keyin paydo bo‘lgan. 50% ga yaqin nashrlar nazariyalar qurishga qaratilgan. Agar nazariyani tajriba tadqiqotlarida shakllanadigan arb sotsiologiyasida bunday oila yo‘q.
Bu amerikalik analetik R.Xill fikri. Bugunda oilaning tadqiq qilishning faqatgina nazariy yondoshishlari haqida gapirish mumkin. Mashhur sovet sotsiologi M.S. Maykovskiyning ma’lumotiga ko‘ra, sobiq Sovet ittifoqida oila sotsiologiyasi rivojlangan davrda oxirgi holatiga ko‘ra bu fan sohasiga tegishli 3000 dan ortiq ish nashr qilindi. Lekin hozirgacha oila va nikoh sotsiologiyasining nazariyasini rivojlantirishga ehtiyoj sezilmoqda. Bunday nazariyani rivojlantirish uchun omillar bor. Sobiq Sovet va hozirgi mualliflar ishlarida fanga murakkab nazariy tushunchalar kiritildi, sermaxsul tipologiya va klassifikatsiyalar kiritiluvchi Konseptual sxema va modellarni ko‘rish, tushuntirish farazlarni tekshirishi va ilgari surishda sezilarli natijalarga erishildi.
Nazariy ishlardagi oila sotsiologiyasining yutuqlari haqida turli fanlarning muammolarini yaqinlashishi guvohlik qilish mumkin:
Demografiya (tuilish va tiklanish omillari yo‘nalishlari, ayniqsa, rivojlangan):
Sotsial psixologiya (oilaviy mojorolar va oilaviy guruhlarni rivojlanishi dinamikasini tadqiqot qilish):
Pedagogika (oilaning tarbiyaviy funksiyalarini o‘rganish):
Huquq (nikoh va ajralishlarning huquqiy tomonlari, oila a’zolarining milliy holatini o‘rganish):
Iqtisodiy (oila byudjeti, oilaviy iste’mol, oilaning ishlab chiqish funksiyasi):
Etnografiya (turli etnik guruhlarda oila turmushi va xususiyatlari).
Sobiq Sovet Ittifoqidagi mashhur sotsiologlar ichida - A.G.Xorchev, M.S.Maykovskiy, N.G.Yurkevich, V.V.Boyko, V.A.Sыsenko, A.I.Antonov, S.I.Golod, E.Giyt, N.Ya.Solovyov va boshqalar.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida oila sotsiologiyasi rivojlangan dehqon oilalarini o‘rganish bilan Florisi Zaneskiy (1882-1958) shug‘ullangan, etnosotsiologik tadqiqotlar bilan Lyudovik Bronislav Malinovskiy (1859-1841) jinsiy munosabatlar, oila va inkohni o‘rgangan. Polshada oila sotsiologiyasi, ayniqsa 60-70 yillarda sermaxsul rivojlandi. Mashxur olimlar nomlari orasida - A.Klasskovskiy, D.Markovskiy «Oila sotsiologiyasi» ni nashr qilgan 3 b. Tashqi sobiq Yugoslaviyada oilaning ilmiy tadqiqot qilish chuqur va boy ega edi. Oila sotsiologiyasida eng taniqli shaxslardan biri M.Mladenovich uning «Oila sotsiologiyasi», «Oila sotsiologiyasiga kirish» nomli 60 yillarda nashr qilingan diqqat markazida oila sotsiologiyasining fan sifatida asoslanishi uning predmet, metodlari, kategoriyalari oila sotsiologiyasining sotsiologik bilimlar sistemasida o‘rni turgan 1978 yil «Yugoslaviyadagi qadriyatlar sistemasida-ogila» nomli kitobni nashr etgan Yugoslaviyalik olim S.Yashing ham mashxurdir.
G‘arb sotsiologiyasini nazariy aktivida oila rivojlanishining 2 tendensiyasi aniqlangan; tashkiliy jihatdan buzilish tendensiyasi madaniy sohalarning umumiy dezintegratsiyasi jarayoni bilan paralell ravishda kechadi-R.Kening.
Oila faoliyatini «sof oilaviy» majburiyatlariga olib borish tendensiyasi (G.Shelpskiy) zamonaviy G‘arb sotsiologiyasining konseptual pozitsiyasi yetarlicha turlilik bilan «Jahon revalyusiyasi va oila namunalari» U.Gul (1965) va G.Kristenp sensor taxriri ostida Oilav anikoh sotsiologiyasi (1967) kabi kapital ishlarida aniqlangan.
Sobiq sovet sotsiologiyasida bu sohada eng muhim ishlar A.G.Xarchevning «SSJIda oila va nikoh» (1979) va M.S.Maykovskiyning «Oila sotsiologiyasi» (1989) kitoblari bor.
Oilani sotsiologik tadqiq qilishdagi asosiy yondoshish sifatida sotsial institut va kichik sotsial guruh paydo bo‘ldi. Oila o‘zgarishining ob’ektiv jarayoni uning guruhli tomonlarining rivojlanishi bilan boliq bo‘lganligiga qaramasdan oila sotsiologiyasi fan sifatida oila-nikoh munosabatlarini ko‘proq institutsional xarakterni ta’kidlay boshladi, bu sotsiologiya predmetini aniqlab olinganligi bilan bog‘liq. «Oilani tadqiq qilish; yangi bosqich ostonasida» (1986) nomli maqolada A.G.Xorchev oilaga nisbatan institutsional yondoshishni to‘riligini aniqlab, asoslab berdi. Oila tushunchasining jamiyatdagi u yoki bu ko‘rinishda qonuniylashgan huquq, ahloq, din, urf odat yordamida, insonni yaratuvchi mexanizm ekanligidan kelib chiqib muallif, oila-munosabatdan oila ijtimoiy jamoa rivojlanganligini ko‘rsatdi. O‘z-o‘zidan oila katogoriyasi tushunchasi ham murakkablasha bordi. Sotsial institut tushunchasi bizda ham, chet elda ham keng qo‘llaniladi. Oilaga qo‘llanilganda u avvalombor ma’lum bir ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi harakat va munosabatlarining murakkab sxemasi sifatida ishlatiladi yoki sotsial institut tarkibiga kiradi, kutilayotgan va mos xulq-atvorni belgilaydilar hamda bu o‘ziga ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan.
Oila institut sifatida tahlil qilinadi yoki mos ekanligini uning zamonaviy jamiyat ehtiyojlaridagi funksiyalari bilib olinganda oilaning sotsial institut sifatida modeli uning o‘zgarishini rivojlanishi va tendensiyasini prognozlash uchun g‘oyat muhimdir. Tadqiqotchilar oilani sotsial institut sifatida tahlil qilishlarida ularni avvalambor, oila xulq-atvori oila rollarining namunalari oila-nikoh munosabatlaridagi (shu jumladan oila shakllanayotgan davrda ham) sohasidagi rasmiy va norasmiy me’yor hamda sanksiyalar xususiyatlari qiziqtiradi.
Kichik sotsial guruh sifatida, oila tarkibiga kiruvchi individlar orasidagi munosabatlar o‘rnatilayotganda, ko‘rib chiqadi.
Bunday yondoshishda, nikoh qurish motivlari ajralish sabablari er-xotin, ota-ona, farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarning xarakteri va dinamikasi muvaffaqiyatli-o‘rganiladi.
Shu bilan birga guruh xulq-atvori ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy madaniy sharoit ta’sirida, bo‘lishini ham hisobga olish kerak. Hozirgi vaqtda oilani sistema sifatida o‘rganish uchun institutsional va guruh yondoshishlarining integratsiyasi savolini kun tartibiga qo‘shimcha yetarlicha an’analar bor. (M.S.Mayakovskiy). Bunday yondashish haqqoniyligi oilani tadqiq qilishda mantiqiy yondoshish mumkinligidan kelib chiqqan, ya’ni komponentlarni tashqi va ichki aloqalarini faoliyat funksiya, genezis rivojlanish buzilish maqsadlarini aniqlash.
Nazariy va amaliy jihatdan oilani tadqiq qilish muammolari uning sistema sifatida faoliyat qilishi bilan bog‘liq. Bunday muammolar orasida:

  • oila faoliyati jamiyat ehtiyojlariga mos kelmasligi (tugalishning pastligi, ajralishning yuqoriligi, oilaning tarbiyaviy potensionalini pastligi va hokazo).

  • Oilada erkak va ayol rollari kasbiy va oilaviy rollar orasidagi ziddiyatlar, oilaviy guruh birdamligining past darajasi.

  • An’anaviy nikoh obro‘sining tushishi.

Oila sotsiologiyasining oldida bugungi kunda turgan vazifalardan biri A.G.Xorgev fikricha dastavval quyidagilarni aytib o‘tish kerak:

  1. Ijtimoiy munosabatlarning qaysi tillari oilaga xosligini aniqlash, ularning qay biri birlamchi va qay biri ikkilamchi. Oila strukturasi va soni nima bilan aniqlangan. Oila boshqa ijtimoiy jamoa va ijtimoiy hayot sohalari bilan qanday bolangan.

  2. Oilaning ijtimoiy funksiyalari hamda sotsial guruh sifatida xususiyatlarini tahlil qilish, nikohlar motivatsiya va ajralishlar sababini oilaviy hayotni rivojlantirish, oila ichidagi ziddiyatlarni chetlab o‘tish, oilalarni integratsiya va biznegratsiyaning sotsial psixologik faktorlarini o‘rganish.

  3. Oila-nikoh munosabatlarining tarixiy til va formatsiyalarini, ularning rivojlanishi tendensiyalarini o‘rganish; oila rivojlanishining o‘rganish har bir bosqichda faoliyatning umumiy, alohida va individual tomonlarining dialektikasini ochish. Bunda o‘rganilayotgan hodisalarni o‘zi bilan cheklanmasdan ular orqali jamiyatning struktura va qonuniyatlarini kengroq o‘rganish kerak.

  4. Oila va nikoh sotsiologiyasining metodik va metodologik muammolarini ishlab chiqish. Bunda shuni inobatga olish joizki, xulosa va tavsiyalarning aniq va ishonchli bo‘lishi uchun umumsotsiologik metodlar tadqiqotining ob’ekti va maqsadiga moslashgan bo‘lishi lozim.

Oila-nikoh munosabatlari muammosini tadqiq qilishda kompleks yondoshishdan foydalanish kerak, chunki ularning qo‘li sotsiologiya va psixologiya va pedagogika, sotsiologiya va etnografiya, sotsiologiya va tarixlarning to‘qnash nuqtasida joylashgan. Buning uchun to‘planib bo‘lgan ma’lumotlarni ikkinchi bor tahlil qilish talab qilinadi. Intergatsional vazifani muvaffaqiyatli bajarilishi qator metodik qiyinchiliklarni hal qilishni talab qiladi. Bu oila va nikoh kabi murakkab ijtimoiy jarayonni o‘rganishda ilojsizdir.
Eng katta qiyinchilik ob’ektlarning ko‘pligi va xilma-xilligi. Oila ob’ekt sifatida turli asoslarga ko‘ra klassifikatsiyalanish mumkin: masalan:

  1. Joylanish tiliga qarab-qishloq, shahar oila. 2. Tarkibiga ko‘ra-kengaygan va nuklear. 3. Ota-onalarning borligiga qarab-to‘liq va to‘liqsiz (mono, ota-onalik). 4. Farzandlar soniga qarab farzandsiz kamfarzand, o‘rta farzandlik, serfarzand.

5. Ota-onalarning ijtimoiy ahvolga qarab - dehqonlar oilasi, ishchilar oilasi, xizmatchilar oilasi va boshqalar. 6. Hayotiy sikl davriga qarab-yosh, yetuk. 7. Oilaviy hayotni tashkil qilish prinsiplariga qarab-demokratik avtoritar, anarxik va boshqalar. Nikoh ham klassifikatsilanishi mumkin. Masalan, quyidagi asoslarga ko‘ra:

  1. Ramiylik darajasiga qarab-amaliy, huquqiy;

  2. Er-xotin ijtimoiy axvoli birxilligiga qarab-gomogen, gitorogen.

Bunda har bir ob’ektning xarakteristikasi matematik aniqlikda cheklangan sonidagina tematik aniqlikda ifolashanishi mumkin, masalan: nikoh yoshi, farzandlar soni, oila a’zolari soni.
Deyarli har bir ob’ektni ichidan kuzatish, o‘rganish mumkin. Oila va nikoh esa ijtimoiy va shaxsiy munosabatlarning eng intim ko‘rinishidir, ularning aksariyat qismi tashqaridan kuzatilmaydi, shu sababli oila nikoh munosabatlarini o‘rganishda metodlarida cheklanish vujudga keladi. Masalan: kuzatuv tajriba kabi metodlar mutloq to‘ri kelmaydi. Oila va nikoh sohasidagi umum ijtimoiy tendensiyalarning eng ishonchli manbai alohida oilaviy guruhlarni o‘rganish va tasvirlash emas, balki jamiyatdagi ayollar o‘rni, moddiy va ma’naviy axvollar darajasi, tug‘ilish, nikoh ajralishlar dinamikasining statistik va hujjatli ma’lumotlarni tahlil qilishdir.
Oila va nikoh sotsiologiyasining kategoriyalari keng.
Biz faqat asosiy kategoriyalarni ajratamiz, ularga oila-nikoh munosabatlari nazariyasiga quyidagilar kiradi.
Oila hayotiy sharoitlarda: bo‘linadi-1) makrosharoit; 2) mikrosharoit.
A) ijtimoiy, iqtisodiy sharoit; ijtimoiy-siyosiy, madaniy va mafkuraviy, axolini demografik etnik, ijtimoiy kasbiy o‘qimishligiga qarab joylanishi bilan boliq sharoitlar; ekalogik sharoitlar.
B) ijtimoiy psixologik sharoitlar bilan insonlar ongining umumiy holatini, ularning olamga, bevosita atrofga (sotsial qiziqishi qadiyatlari) munosabatini tavsifidir.
Oila strukturasi: - uning a’zolari orasidagi munosabatlar to‘plami bular:

  • qarindoshlik strukturasi;

  • hokimlik va liderlik strukturasi;

  • rollar sturukturasi;

  • aloqa strukturasi.

Oila funksiyalari-oila va uning a’zolari yashashi va faoliyatini namoyon qilish usuli, oila funksiyalari tarixidir va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan chambarchas boliq. Bu ularning xarakteri va ierarxiyaning tushuntiradi. Zamonaviy oilaga-tiklash, tarbiyalash turmush ho‘jalik iqtisodiy birlamchi ijtimoiy nazorat, ma’naviysh muloqot ijtimoiy status reaksion jinsiy funksiyalari xos.
Oila hayotining umuman institutsional va guruh xarakteristikalarini o‘rganishga odamlar nima uchun qanday yashashi, ular nima bilan bandligini tadqiq qilish, hayotning turli tomonlarining aloqasini kuzatish, shuningdek, bir xil faoliyat turini, oila a’zolari tomonidan qilinishini taqqoslashga yordam beradi. E.K.Vasileva ta’kidlaganidek, oilaning hayot tarzi-bu jamiyat tarzining o‘ziga xos ko‘rinishidir. Oila hayot tarzin tarkibini sistemalashtirish uchun oila hayoti sohasining funksiyalaridan kelib chiqish kerak.
Oila-nikoh mafkuraviy-oila nikoh sohasidagi qadriyatlar normalar yiindisi oila va nikoh munosabatlarining muvaffaqiyatligi-oila nikoh munosabatlari sifatida aks ettiruvchi integral xarakteristikasi. Unga oila faoliyatining ob’ekti baholanishi jamiyat nuqtai nazaridan oila funksiyalarning bajarilayotganligi hamda oila va nikohdan qoniqganlikning sub’ektiv baholanishi kiradi. Bu kategoriya oilaning turli tillari, turli xudad va turli vaqtda oila-nikoh munosabatlarini solishtirishga yordam beradi, hamda oila-nikoh munosabatlarining boshqarishdagi me’yoriy modellarini quradi.
Oila hayoti shaklining davrlari-oilaning shakllanishidan boshlab parchalanishigacha o‘zgarishlari dinamikasini tavsiflovchi kategoriya. Oilaning hayotiy yilining klassifikatsiyasi turli asoslarda ko‘rinishi mumkin.
Oilaning ilmiy nazariy va amaliy tadqiqotlari yo‘nalishi alohida oilalarning hayotini belgilashga emas, balki butun jamiyatdagi oila-nikoh munosabatlarining holati va rivojlanishiga bog‘liq bo‘lgan omillarni o‘rganishga hamda ma’lum bir ijtimoiy munosabatlarni yaxo‘ilash uchun amaliy yo‘llarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Bu ayollar va erkaklarning jamiyatdagi tengligiga erishish iqtisodiy va siyosiy holatni yaxshilash, turmush va das olish formalarini yuksaltirish: oila va nikohdagi munosabatlarni boshqaradigan qonunchilikni yaxshilash bilan bog‘liq.
Oila va nikoh sotsiologiyasida ko‘p narsalar qilingan kategorial apparatni oila nikoh munosabatlari sohasidagi ijtimoiy siyosatni yaxshilashga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda sezilarli siljish ko‘rinyapti, shuningdek, oila nikohni tadqiq qilishda unumli yondoshishlar bor, juda katta emperik material to‘plangan. Ishlab chiqilgan konsepsiyalar, olingan xulosalar kerakligi sistemalashtirilsa va qo‘shimchalar qilinsa, oila va nikoh maxsus sotsiologik nazariyasini butunligini mustahkamlashi va asoslashi mumkin edi.
Download 27,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish