8-ma’ruza metrologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish tartibi Reja



Download 214,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana25.03.2022
Hajmi214,05 Kb.
#510058
  1   2
Bog'liq
maruza-8



8-MA’RUZA 
Metrologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish tartibi
Reja: 
1.Metrologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish tartibi. 
Metrologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish tartibi O’zRH 51-106:2001 
“Texnikaviy xujjatlarni metrologik ekspertizasi. Tashkil etish va o‘tkazish tartibi” 
da keltirilgan. 
Texnikaviy xujjatlarni metrologik ekspertizasini o‘tkazish davomida 
maxsulotni o‘lchanadigan parametrlarini tanlash, aniqlik meyyorlarini o‘rnatish, 
maxsulotlarni ishlab chiqish, nazorat qilish, sinash, ekspluatatsiya qilish va 
ta’mirlash jarayonlarida, ular o‘lchash vositalari va usullari bilan ta’minganligi va 
ularni amaldagi me’yoriy xujjatlar talablarga rioya qilishi tekshiriladi, taxlil qilinadi 
va baxolanadi. 
Metrologik ekspertizadan utkaziladigan texnikaviy xujjatlarning ishlab 
chiqish bosqichlarini belgilanishi – muhim tashkiliy vazifadir. 
Metrologik ekspertizadan o‘tkaziladigan xujjatlarni ishlab chiqish bosqichlari 
belgilanayotganda shuni e’tiborga olish kerakki, metrologik ekspertiza boshlangich 
bosqichlarda o‘tkazilsa samaraliroq bo‘ladi va metrologik ekspertiza natijasini 
amalga oshirishga ham kamroq xarajat sarflanadi. Texnikaviy xujjatni ishga kiritish 
bosqichida metrologik ekspertiza natijasini kiritilishi va amalga oshirilishi (agar 
avval metrologik ekspertiza o‘tkazilmagan bo‘lsa) ancha qiyin bo‘ladi. Metrologik 
ekspertizani xujjat ishlab chiqishning har bir bosqichiga (TT, texnik taklif,eskiz 
loyixa, texnik loyixa, ishchi xujjatni ishlab chiqish) o‘tkazish maqsadga muvofiq 
emas, shuning uchun har bir soha (tashkilot) optimal variant topishi kerak. Amaldagi 
sohaviy me’yoriy texnikaviy xujjalar taxlili shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha 
metrologik ekspertiza loyxalashning biror (texnik topshiriq yoki eskiz loyixa) 
bosqichida, keyin esa ishchi texnik xujjat ishlab chiqishda o‘tkaziladi. 
Har bir soha va korxona uchun metrologik ekspertizadan o‘tkaziladigan aniq 
texnikaviy xujjatlar turi belgilanishi kerak. O‘lchanadigan parametrlar, o‘lchash 
aniqligi me’yorlari, o‘lchash, nazorat, sinash usul va vositalari xaqida 
ma’lumotlarga ega texnik xujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish maqsadga 
muvofiqdir. 
Ishlab chiqarishda texnologik tayyorlashda hamma vaqt ham parametrni 
muljallanishiga, texnologik jarayonni boshqarish va nazorat qilish uchun shu 
parametrni o‘lchash vositasini ishiga hamma vakt ham e’tibor berilmaydi. 
Ishlab chiqarilatgan mahsulotni nazorat qilishda kerak bulgan texnologik 
jarayon parrametrlarini o‘lchashda texnik xujjat ishlab chiquvchining aybi bilan. 
O‘lchash vositalarini mavjud bulmasligi yoki belgilangan o‘lchash usulining 


etarlicha samarali bulmasligi texnik shart va standart talablari doirasidan chetga 
chiquvchi maxsulot ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi. Ishlab chiqish bosqichlarida 
texnikaviy xujjatning metrologik ekspertizasini o‘tkazilishi bunday kamchiliklarni 
oldini oladi. Metrologik ekspertiza xujjatni passiv tekshirish emas, balki u 
maxsulotni ishlab chikish va undpn foydalanishdagi metrologik ta’minot vazifalarini 
majmuiy echishni taklif etadi. Ekspertiza natijalari bo‘yicha maxsulotlar 
chizmalaririgava texnologik jaraenlarga o‘zgartirishlar kiritiladi, tayyorlash 
joizliklari murakkablashtiriladi, maxsus nazorat vositalari ishlab chiqiladi va 
tayyorlanadi, o‘lchash qurilmalari loyixalanadi va tayyorlanadi. 
Metrologik ekspertizani o‘tkazish vaqtida o‘lchanadigan parametrlar 
nomenklaturasini yaxshshilab tahlil qilish, ular orasida mavjud bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan korrelyasion bog‘liqlikni, hamda o‘lchamasa ham bo‘ladigan parametrlarni 
aniqlash kerak bo‘ladi. 
Barcha tekshiriladigan hujjatlarda o‘lchanadigan parametrlarni yozilish shakli 
to‘g‘riligi tekshiriladi. Xar bir me’yorlanadigan parametr ruxsat etiladigan 
munosabati ko‘rsatilgan nominal qiymat yoki chegaraviy qiymatlari yoki maksimal 
va minimal qiymatlari bilan berilishi kerak. nominal qiymat va ruxsat etilgan og‘ish 
murosabati bilan berilishi maqsadga muvofiqdir.
Metrologik ekspertizaning yana bir vazifasi o‘lchash vositalari va o‘lchashni 
bajarish va to‘liqligini belgilashdir, bunda o‘lchash xatoliliga qarab bu talablar 
belgilanadi. 
Metrologik ekspertizaga hujjat asl nusxada, meyyoriy nazoratining 
buyurtmachi vakilining va xujjatni tasdiqlovchi shaxsning imzosidan boshqa hamma 
imzolar bilan birga taqdim etiladi. Ekspertizani ikki bosqichda ham o‘tkazish 
mumkin, bunda xujjat avval original ko‘rinishda tekshirishdan utiladi, keyin esa asl 
nusxada tekshirishdan utadi. 
O‘lchash vositalarini me’yoriy hujjatlari va texnikaviy topshiriqlari 
“O‘zstandart” agentligi metrologiya bo‘linmalari yoki SMSITI (Standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti) mutaxasislari tomonidan 
ekspertiza qilinadi. Metrologik ekspertiza ishlarni olib borish bo‘yicha tashkiliy 
raxbarlikni “O‘zstandart” agentligi amalga oshiradi, ilmiy – uslubiy raxbarlik esa 
SMSITI tomonidan olib boriladi. 
Metrologik ekspertiza natijalari bo‘yicha, ularning ijobiy yoki salbiy 
bo‘lishiga qaramasdan, O’z RH -51-106:2001ning “V” ilovasi bo‘yicha ekspert 
xulosa tuziladi. Ekspert xulosani metrologik ekspertizaolib borgan tashkilot raxbari 
tasdiqlaydi. 
Hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga 
oshirilishi lozim. Birinchi bosqich – bu asl nusxalarda bajarilgan grafik va matnli 


hujjatlarni tekshirishdan iborat bo‘lib, metrologik ekspertizaga taqdim qilanadigan 
barcha asl nusxalarda ijrochilarning imzolari bo‘lishi zarur.
Hujjatga tashqi jihatdan shakl berilishini tekshirishda format o‘lchami, 
ramkalarga olinishi, asosiy yozuv shakli, hujjatning nomlanishi tekshiriladi, alohida 
grafalarning to‘ldirilishi standartlashtirishga va tasdiqlangan namunalarga qat’iy 
mos kelishi lozim.
Tashqi 
ko‘rinishi, zarur imzolarning borligi va jamlanganligi 
tekshirilgandan keyin ekspertizaga taqdim qilingan hujjatlar jamlanmasini qabul 
qilish amalga oshiriladi. Kamchiliklar aniqlangan taqdirda metrologik ekspertizani 
amalga oshiruvchi xodim ularni “Xato va kamchiliklarni qayd qilish ro‘yxati”ga 
kiritadi va tekshirilgan hujjatlar jamlanmasi bilan birgalikda ishlab chiquvchiga 
qaytaradi.
Nazoratchi tekshirilayotgan hujjatlarda to‘g‘rilanishi yoki almashtirilishi 
lozim bo‘lgan elementlarga qalam bilan shartli belgilar (doiraga olingan raqamlar) 
qo‘yadi. SHartli belgilarni “Xato va kamchiliklarni qayd qilish ro‘yxati” ga kiritish 
lozim, unda xato va kamchiliklarning mazmuni va nazoratchining takliflari qisqa va 
aniq ifodalangan bo‘lishi lozim. Hujjatlar xato va kamchiliklar ro‘yxati hamda 
takliflar bilan birgalikda tuzatishlar kiritish uchun ishlab chiquvchiga qaytariladi.
Hujjatlarga ishlab chiquvchi tomonidan “Xato va kamchiliklarni qayd qilish 
ro‘yxati”ga muvofiq tuzatishlar kiritilgandan keyin metrologik ekspertizani amalga 
oshiruvchi xodim hujjatlarning asl nusxalarini imzolaydi.
Tuzatishlar kiritilgan hujjatlar xato va kamchiliklar ro‘yxati hamda takliflar 
bilan birgalikda nazoratchiga yuboriladi, u ro‘yxatni kelgusida tahlil o‘tkazish uchun 
saqlab qo‘yadi.
Texnologiya o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xato va kamchiliklarga ega 
bo‘lgan konstruktorlik hujjatlari qayta texnologik nazoratdan o‘tkazilishi lozim.
Biror-bir kamchiliklarsiz metrologik nazoratdan o‘tgan texnologik hujjatlar 
nazoratchi tomonidan hujjatlarni tikish uchun mo‘ljallangan hoshiyada imzolanadi.
Ikkinchi bosqich – grafik va matnli hujjatlarning uzil-kesil rasmylashtirib bo‘lingan 
asl nusxalarini tekshirish va imzolashdan iborat. Metrologik ekspertizani amalga 
oshiruvchi xodim hujjatlarning asl nusxalariga texnik hujjatlarning mazmuni va 
bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan barcha xodimlarning imzolari mavjud bo‘lgan 
holdagina imzo qo‘yadi. 
Agar metrologik ekspertizaga hujjatlar boshqa korxonalardan kelgan bo‘lsa, 
u holda mazkur ekspertiza natijalari bo‘yicha ekspert xulosasi tuziladi.
O‘lchash vositalarini meyyoriy hujjatlari va texnikaviy topshiriqlari 
“O‘zstandart” agentligi metrologiya bo‘linmalari yoki SMSITI mutaxassislari 
tomonidan ekspertiza qilinadi. Metrologik ekspertiza ishlarini olib borish bo‘yicha 
tashkiliy raxbarlikni “O‘zstandart” agentligi amalga oshiradi, ilmiy – uslubiy 
raxbarlik esa SMSITI tomonidan olib boriladi. 
Metrologik ekspertiza shartnoma asosida amalga oshiriladi. 
Metrologik ekspertizani o‘tkazishga buyurtma O’zRH -51-106:2001ning “A” 
ilovasi bo‘yicha tuziladi. 


Metrologik ekspertiza natijalari bo‘yicha, ularning ijobiy yoki salbiy 
bo‘lishiga qaramasdan, O’z RH -51-106:2001ning “V” ilovasi bo‘yicha ekspert 
xulosa tuziladi. Ekspert xulosani metrologik ekspertizani olib borgan tashkilot 
raxbari tasdiqlaydi. 
 
Metrologik ekspertizani o‘tkazish tartibi quyidagi sxemada ko‘rsatilgan: 
Metrologik ekspertizaga texnikaviy shartlarni, taqdim etgan ishlab 
chiqaruvchi – mutaxassis bilan suxbatlashish. Texnikaviy xujjatlarni butligini 
tekshirish. Metrologik ekspertizaga taqdim etilgan xujjatlarni xisobga olish 
jurnalida qayd qilish. 
↓ 

Download 214,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish