77. Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) – ma’lum
davr mobaynida mamlakatda narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror
o’sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor
iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati
qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi.
Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan
mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr
narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi takror oshib ketishi bilan bog’liq.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror
Ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir.
Narxlarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari
Inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1)Valyuta kururslarining o’zgarishi;
2)Kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o’zgarishi;
3)Kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati narxsining o’sishi.
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o’sishi, yani pullarning mikdori
O’sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:
Sokin inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda Mavjud bo’lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan
Xizmatlarga bo’lgan narx-navolar yiliga o’rtacha 3% dan 10% gacha oshishi Mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saklanib turadi va milliy pul
Birligining xarid qilish qobiliyati saklanib turadi.
Shiddatli inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iktisodiy rivojlanayotgan
Mamlakatlarda mavjud bo’lib, ushbu xolatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va
Ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx- iavolar yiliga o’rtacha 10% dan 100%
Gacha ba’zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida
Muomaladagi pul massasi ko’payadi va milliy pul birliginnng xarid qilish
Kobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o’rtasida milliy pul birligini jamg’arishi
Emas, balki oltin, ko’chmas mulk holatida jamg’arishi jarayoni kuchayadi.
Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida
Mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narxnavolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortik darajada oshadi. Ushbu
Xolatda milliy ikgisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab
Chikarish va bozor boshkaruvsiz faoliyat ko’rsatadiki, narx va ish haki o’rtasidagi
Farq ortadi. Mamlakat aholisi qo’lidagi kogoz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu
Holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan
Ta’minlanmagan ortiqcha qogoz pullarii to’lib-toshishiga olib ksladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |