7-Variant. Savollar



Download 24,85 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi24,85 Kb.
#247387
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)


7-Variant.

Savollar

1.Pedagogika fanining jamiyat va olam rivojidagi axamiyati.

2.Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni.

3.Ta’limda interfaol metodlarning o’rni.



1. Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr. 'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy bo‘lib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ so‘zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham Pedagogika deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy Pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublika-sida Pedagogika ga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.Õzbekiston Respublikasining «Ta’lim tõg’risida»gi qonunida (1997 y.) ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti soyasida ustuvor deb e’lon qilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli ulug’vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklanishi ularni zamon ruhi talabi bilan uyg’unlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etilib qolmasdan umumjahon ma’naviy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bõlib qõshilmoqda. Chunki jahonda hali xorijiy davlatchilik bozor iqtisodiyotiga õtish tajribalarida ma’naviyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan uyg’un holda rivojlantirilmayapti. Prezidentimiz ma’naviyatni aql, axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllanib rivojlanishi haqida gapirib:“Ma’naviyat - taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qõl bilan mehnat qilishi kerak”, degan edilar.
Har bir mustaqil fan õzining predmeti (mavzusi) va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, Pedagogika ham fan sifatida shakllanib, õzining predmetiga ega bo’ldi. Boshqa fanlar kabi Pedagogika hamfan sifatida paydo bo’lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo’ldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi, deb qarash lozim, chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin.
Mutafakkir A.Avloniy ta’kidlaganidek, “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot: yo najot, yo halokat: yo saodat, yo falokat masalasidir”. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat hammavjud bo’lgan.Insonni dunyoga kelishi, faqattug’ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug’ilgandan keyin o’z zamonasining taraqqiyotidarajasiga ko’tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o’z o’rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod õziningyashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, ya’ni yangi tug’ilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga etishi jarayoniga rahbarlik qilingan, boshqarilgan. Bu tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangani sari etuk, barkamol shaxslarni etishtirish ehtiyoji hamortib borgan hamda o’zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarni o’qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida Pedagogika fani paydo bo’la boshladi. Pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat ta’lim standartlari, ta’lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman uning qonuniyatlari haqidabilim, ma’lumot beradigan fanga aylandi.
Pedagogika atamasi hamqadimiy bo’lib, “bola etaklovchi” degan ma’noni bildiruvchi grekcha “paydogogos” so’zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning ko’rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o’z xo’jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini, ya’ni qullarni “pedagog” (bola etaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o’qitilgan va pedagoglikni o’ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.Inson yaratilishi, paydo bo’lishi zahotiyoq ilm va tarbiyaviy sifatlar uning yashashi, hayot kechirishi uchun eng zaruriy shart va vositalar ekanligini anglab boradi. Shuning uchun insoniyat jamiyatning ilk ko’rinishlaridanoq tarbiya bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarga ehtiyoj tug’ildi, desak biz tarbiyani faqatbir tomonini, ya’ni boshqalarni yana hamxususiylashtirib, agar yoshlarni tarbiyalash, desak tarbiya tushunchasiga juda hamtor qaralgan bo’ladi. Chunki tarbiya eng avvalo har bir insonni o’ziga qaratilgandir. Harbir kishi doimo hamaqliy, tarbiyaviy, jismonan takomillashib, shakllanib boradi. Ayrim kishilar bu fikrga qo’shilmasliklari mumkin. Chunki bunda jamiyatdagi o’rta, katta avlodning tarbiyasida kamchiliklar, etishmovchiliklar bor ekan-da, degan xulosa chiqarmasligi kerak. Chunki olamning moddiy-ma’naviy tuzilishi, qurilishi, uning rivoji, insonning moddiy - ma’naviy yashash sharoiti, imkoniyatlari, uning aqliy, axloqiy, jismoniy holati bilan uzviy bog’liq. Shuning uchun tabiatning inson yashashi, mavjudligi, baxtiyorligini ta’minlash imkoniyatlari, uning aqliy-axloqiy, jismoniy rivoji, o’sishiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
Tabiatdagi, jamiyatdgi muammolar insoniyatni ma’naviy-aqliy rivojlanishiga yo’naltirib unga õziningyangi-yangi xazinalarini ochib beraveradi.Tarbiyani eng avvalo insonning o’ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan, qadamba-qadam amalga oshirilayotgan “o’zbek modeli”da juda to’g’ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonni diqqat-e’tibori uni o’zligini anglashga qaratildi. O’zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug’ siymoligini anglash va o’zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bõlisa, ikkinchidan uning o’ziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Yuqorida sanab o’tilgan ikki sifat komil inson sifatning asosini tashkil etadi. Chunki komil inson sifatlarini tarbiya sohasidagi ilmlarni xulosalab, mujassamlashtirilsa, ular asosan uchta:

1. ezgu niyat, fikr:


2. ezgu so’z, xushmuomala:
3. ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.

Shu yuqoridagi uch sifat o’qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy, axloqiy-amaliy o’quv, malaka, ko’nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim, ko’nikmalar hosil qilishdan iborat bo’lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko’rsatadi.Pedagogika fanining predmeti, o’qitishning ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo’lganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg’unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.

2. O‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy xulq-atvor ko‘nikma va odatlarini tarkib toptirish. Ma'naviyaxloqiy  tarbiya  mohiyatiga  ko‘ra  inson  ongining  jamiyat  

bilan  aloqadorligi,  jamiyat oldida  burchli  ekanligi, o‘z  xulq-atvorini jamiyat  

taraqqiyoti darajasiga  bog‘liqligini  tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me'yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas'uliyatni his etishi, ma'naviy-axloqiy bilimlarning e'tiqodga aylanishi va bu e'tiqodlarning tizimliligi, mustahkamma'naviy-axloqiy his-tuyg‘u va xislatlarni shakllantirish, o‘quvchilar tomonidan

ma'naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a'zolariga bo‘lgan  hurmate'tiborni   namoyon  

etuvchi  mezonlardan  ekanligining  anglab  yetilishi,  ma'naviy-axloqiy odatlarning

shakllanishi va boshqalardan iborat. Ma'naviyaxloqiy tarbiya mazmunida milliy va

umuminsoniy qadriyatlarni tiklash masalasining kun tartibiga qo‘yish zaruriyatining yuzaga kelganligi munosabati bilan tub o‘zgarishlar yuz berdi. Eng muhim qadriyat inson omili hisoblanadi. Hayot insonga bir marta beriladi, Shuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli, o‘zgalar vao‘zining hayoti ma'nosini anglagan holda o‘tkazish kerakligi haqida ko‘plab rivoyat, hikmat va pand-nasihatlar mavjud. Bundan tashqari ta'lim muassasasida o‘quvchilarga qadriyat sifatida munosabatda bo‘lish ham dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Zero, ta'limtamoyillarida  eng  muhim,  asosiy  tamoyillardan  biri  ta'limni  insonparvarlashtirish  va demokratlashtirish bo‘lib, uning asosiy mohiyati o‘quvchi shaxsiga insoniy munosabatda bo‘lishni, ta'lim jarayonini erkinlashtirishni talab etadi. Ma'naviy-axloqiy  tarbiyada  yana  bir  eng  qimmatli  qadriyat  erkinlikdir.  Ta'limni demokratlashtirish  bilan  birga  shaxs  erki  va  huquqini  hurmat  qilish  rivojlanadi.  Bu

 esa  o‘z  navbatida o‘quvchi  shaxsida  mas'uliyatni  his  etish,  ongli  intizomga  rioya  etish  ko‘nikmalarini  tarbiyalaydi. Shuningdek, vtanparvarlik, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik, ms'uliyatni his etish, burch, or-nomus, vijdonlilik, 

tartiblilik,adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda jinsiy tarbiya, mehnat tarbiyasi yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sog‘lom turmush  tarzini  tarkib  toptirish,  ayniqsa,  zarurligini  kundalik  hayot  tarzi  yanada  yaqqol  namoyon etmoqda. Tekinxo‘rlik,  narkomaniya,  tamaki  mahsulotlari  va  spirtli  ichimliklarni  iste'mol  qilish,  fahsh, 

johillik kabi salbiy illatlar ham hayotda uchrab turadi. Bu illatlar insonning axloqiy qiyofasinigina emas, balki  o‘zini  ham  yemirib  boradi.  Inson  ham  ma'naviy,  ham  jisman  haloq  bo‘ladi.  Shu  bois  insonning ma'naviyaxloqiy  tarbiyasini  tashkil  etish  ijtimoiy  tarbiyaning  boshqa  yo‘nalishlaridan  ustun  qo‘yilishi zarur. Binobarin, ma'naviyaxloqiy tarbiya yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liqdir. Agar tarbiyaning boshqa yo‘nalishlarida muayyan tarbiya (masalan, jismoniy, huquqiy va boshqalar) u yoki bu tarbiyaviy tadbirlar tizimiga asoslansa, ma'naviy-axloqiy tarbiyada esa har bir tarbiyalanuvchining o‘ziga xos xususiyatlarini, 

shuningdek,  tarbiyaviy  vaziyatni  inobatga  olgan  holda,  yaxlit  tarbiyaviy  ishlar  rejalashtiriladi  va  unga mos metod hamda usullar tanlanadi.   

Tarbiyaviy  tadbirlar  rejasini  ishlab  chiqish,  tadbirlarni  tashkil  etishda  

ma'naviyat,  axloq  inson ongining shakli, inson madaniyatining bir qismi ekanligi haqidagi tushunga ega bo‘lish nazarda tutiladi. Ma'naviyat  va  axloqning  mohiyati uning  me'yorlari  va  tamoyillari  mazmunini  tushunish  o‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy  jihatdan  fikr  yuritishlariga  imkon  beradi.  Natijada  ular  o‘zlari  va

 boshqalarning  xattiharakatlarini  ana  shu  nuqtai  nazardan  baholaydilar.  

Ma'naviy-axloqiy  tushunchalar,  baholash  va muhokama yuritish 

asosida ma'naviy-axloqiy e'tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti-harakati va xulqi aniqlanadi.  Ma'naviyaxloqiy  e'tiqodga  ega  inson  axloqiy  me'

yorlar,  talablarni  ongli  bajaradi  va  ularga hurmat  bildiradi.  Lekin  ma'naviy-axloqiy  me'yorlar  haqida  bilimga  ega  bo‘lish  va  uni  tushunish  hali e'tiqodni

 faoliyatga  aylantiradi  degan  gap  emas,  ma'naviyaxloqiy  bilimlar  qachon  hayo

tiy  tajribalarda qo‘llanilib,  o‘quvchilar  tomonidan  ularning  faoliyatida  namoyon bo‘lgandagina  shakllangan  deyish mumkin. 

Ma'naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma'naviy-axloqiy histuyg‘ular inson 

tomonidan, uning hovea-hodisalar,  kishilar  hamda  o‘z  xulqiga  nisbatan  his-tuyg‘ularni  uyg‘otishga  rag‘bat  paydo  qiluvchi tarbiyaviy  ishlar  tizimli  tashkil  etilgandagina  samarali  kechadi.  Mazkur  tizimda  xulq-atvorni shakllantirishga

oid  tarbiyaviy  ishlar  aks  etadi.  Shunga  ko‘ra  ma'naviy-axloqiy  xulq-odobga  doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag‘bat bilan hosil bo‘ladigan faoliyat eng asosiy bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek,  o‘quvchida  ma'naviy-axloqiy  xislatlarni  shakllantirishga  nisbatan  ehtiyoj  bo‘lishi shart.  Demak,  ma'naviy-axloqiy  tarbiyani  tashkil  etish  jarayonida  uyushtiriluvchi  tadbirlar  xulq-odobga doir  xatti-harakatlar  zanjiridan iborat bo‘ladi. Ma'naviy-axloqiy  xatti-harakatlar esa  o‘quvchi tomonidan axloqiy me'yor va tamoyillar 

mohiyatini o‘rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir. Xatti-harakatlar tizimi ma'naviy axloqiy odatlarni tarkib toptiradi.  

Bu borada quyidagi talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 

ma'naviy-axloqiy  tarbiya  axloqsizlikka  qarshi  kurashdagi  «kompaniya»ga

 aylanmay, maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur; 

o‘quvchilarda ma'naviy axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyalash faol 

hayotiy vaziyatlar, 

axloqiy  me'yorlar  buzilgan  holatlarda  tarbiyalanuvchilarning  o‘z  nuqati  nazarlarini  ifodalashlari  bilan amalga oshirilishi; 

shaxsda  o‘z  idealiga  intilishiga  bo‘lgan  his-tuyg‘ularini  uyg‘otishga

 yo‘naltirilgan  xatti-harakatlarni tashkil etish borasidagi ko‘nikmalarni

 tarbiyalash;   

ma'naviy axloqiy tarbiyaga doir ishlarni tarbiyalanuvchilarning tajribasi,

 tarbiya qoidalarini qabul  qilishlari  va  bunga  tayyorliklari,  yaxshi  va  yomon  xatti-harakatlarning  mohiyatini  tushunishlarini hisobga olgan holda amalga oshirish; 

tarbiyalanuvchilarda  yuksak  ma'naviyaxloqiy  sifatlar  –  insoniylik,  insonga  hurmat,  mehrsaxovat,  xushmuomalalik,  ijtimoiy  munosabatlarni  tashkil  etishda

 muomala  madaniyati  va  axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib toptirish; 

fuqarolik madaniyati, ongli intizom, jamoani hurmat qilish va boshqa juda ko‘p 

ma'naviy-axloqiy  sifatlar  –  boshqlarga  g‘amxo‘rlik  qilish,  odamlarning  g‘am-tashvishi,  quvonchini  tushuna  olish, o‘z  manfaatidan  o‘zgalar manfaatlarini  us

tun  qo‘yish,  axloqiy  me'yorlar  hamda  mavjud  qonunlarga  zid xatti-harakatlarni to‘xtataolish, ma'lum xatti-harakatlarni amalga oshirishda 

jamoa a'zolarining fikri bilan o‘rtoqlashish, mas'uliyatni his etish kabilarga asoslanishi kerak. 

3. Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

ta’lim samarasi yuqoriroqbo’lgan o’qish-o’rganish;



  • ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;

  • ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;

  • ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;

  • ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi;

  • amalda bajarish orqali o’rganilishi;

  • ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Shunday qilib, fanlarni o’qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida  foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o’rganish va amalda qo’llash o’quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to’g’ri echimini topishlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o’quvchi-talabalarning bilim, ko’nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi.Interfaol metod-ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Inter-faol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar- o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshi-rishda o’ziga xos ahamiyatga ega. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon  qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.

Unga ko’ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan:Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni etkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash.Tushunish darajasidagi  tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni  taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish.

Qo’llash darajasidagi tafakkurda o’quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to’g’ri qo’llaydi.    Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o’rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish.

Tahlil darajasidagi tafakkurda o’quvchi yaxlitning qismlarini va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko’radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlash.



Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o’quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o’tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish, yaratish, tuzish, loyihalash.Baholash darajasidagi tafakkurda o’quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko’radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi.  Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o’lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash.Interfaol usullar ko’p turli bo’lib, ularning hammasi  ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mashg’ulot oldidan katta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi.Shu mashg’ulotlarni tashkil qilishda interfaol darsning asosiy xususiyatlarini uning an’anaviy darsga nisbatan ayrim farqlarini ko’rib chiqish orqali yaqqolroq  idrok etish mumkin. 
Download 24,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish