7-amal.mashg`ulot. Pul mablagi
Bank kreditlari korxonalarning qarzga oladigan mablag’larining muhim manbai
bo’lib hisoblanadi. Korxonalarning banklar bilan olib boriladigan kredit -
hisoblashish munosabatlari ixtiyoriy asosda bo’lib, ikkila tomonlarning
manfaatdorligi asosida tuziladi. Kreditlar xo’jalik hisobida turgan, mustaqil balansi
va o’z aylanma mablag’lariga ega bo’lgan korxonalarga, odatda, yiriklashtirilgan
kredit ob’ektlari uchun beriladi.
Bank kreditlar quyidagi tamoyillarga qat’iy amal qilib boradi:
kreditni qaytarib berish,
muddatlilik,
maqsadlilik,
to’lovlik
ta’minlanganlik tamoyillari.
Bank kreditlarini olish bilan bog’liq bo’lgan operastiyalar hisobi 6810
«Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari»
schetlarida aks ettiriladi. Bu schetlar passiv bo’lib, ularning qoldiqlari hisobot
davri boshiga qaytarilmagan qarzlar summasini ko’rsatadi, debet oboroti -
kreditni qaytarilishini, kredit oboroti esa olingan kredit summasini aks ettiradi.
Kredit olinganda,
Dt 5010, 5110, 5210, 5510, 6010 schetlari,
Kt 6810 va 7810 schetlari.
6810 va 7810- schetlarning debetida kreditlarni qisman yoki to’liq
qaytarilishi aks ettirilib 5110, 5210 va 5510- schetlar bilan korrespondentlanadi.
Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan qisqa muddatli va uzoq
muddatli kreditdan foydalanganligi uchun to’lanadigan foiz summasi moliyaviy
faoliyat bo’yicha xarajatga o’tkaziladi.
Demak kreditdan foydalanganligi uchun hisoblangan foiz summasiga,
Dt 9610 «Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar» scheti,
Kt 6920 «Hisoblangan foizlar» scheti.
Foiz summasi bank muassasalariga o’tkazib berilganda
Dt 6920 «Hisoblangan foizlar» scheti,
Kt 5110 «Hisob - kitob» scheti.
Bank kreditlarining analitik hisobi kredit turlari va kredit bergan banklar va
alohida muddatida qaytarilmagan kreditlar bo’yicha yuritiladi. Bank
kreditlarining hisobi 4- jurnal - orderda olib boriladi.
Korxonalarda ishchi va xizmatchilarga yakka uy - joy qurish, dalabog’
uylarini qurish, ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha savdo
tashkilotlari bilan hisob - kitob qilish uchun banklardan kredit olish keng
rivojlanmoqda. Bu operastiyalar bo’yicha xodimlar bilan olib boriladigan hisob -
kitoblar 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi» va 4720
«Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi» schetlarida yuritiladi. Bu schetlar
aktiv bo’lib, debetida xodimlarga berilgan qarzlar, kreditida ushbu qarzlarning
qaytarilishi aks ettiriladi. Bu operastiyalar quyidagi yozuvlar bilan
rasmiylashtiriladi:
Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha topshiriq - majburiyatni to’lash uchun
bankdan kredit olindi,
Dt 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi»,
Kt 6810 yoki 7810 scheti.
Ishchi va xizmatchilar kreditga olingan tovarlar bo’yicha o’z qarzlarini
qaytarganda,
Dt 5010 yoki 6710,
Kt 4710 scheti.
Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha banklardan olingan qarz qaytarilganda,
Dt 6810 yoki 7810,
Kt 5110 «Hisob - kitob scheti» scheti.
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi, dalabog’ qurilishi uchun
banklardan kredit olinganda,
Dt 5010 yoki 5110,
Kt 6810 yoki 7810 scheti.
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi va dalabog’ uylarini qurish uchun
kredit berilganda,
Dt 4720 «Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi»,
Kt 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» yoki 5110 «Hisob-kitob
scheti» schetlari. Ushbu qarzlar qaytarilganda,
Dt 5010 yoki 6710,
Kt 4720 schet.
Bankdan olingan qarz to’langanda, Dt 6810 yoki 7810, Kt 5110 schet.
Yuqorida aytib o’tilgan kreditlardan tashqari, ishchi va xizmatchilar ga
foizsiz kreditlar ham berilishi mumkin. Bu kreditlar qurilish, kapital ta’mirlash,
uy-joylarini kengaytirish uy-ro’zg’orlari bilan ta’minlanish uchun korxonaning
bo’sh mablag’lari hisobidan beriladi. Bunday kreditlar berilganda quyidagicha
buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi:
Dt 4790 «Xodimlarning boshqa qarzi»,
Kt 5010 yoki 5110 schet. Ushbu kreditlar qaytarilganda aksincha
rasmiylashtiriladi.
Korxonalar boshqa korxona va tashkilotlardan qarz olishi mumkin.
Qaytarish muddatiga qarab bu kreditlar qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga)
va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) bo’lishi mumkin. Korxonaning qarz
beruvchilar bilan bo’ladigan hisob-kitob operastiyalari 6820 «Qisqa muddatli
qarzlar» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» schetlarida hisobga olinadi.
Bu schetlar passiv bo’lib, mamlakat ichidagi va xorijdagi qarz
beruvchilardan davlat va xorijiy valyutalarda olingan kreditlar va boshqa jalb
qilingan mablag’lar bo’yicha hisob-kitoblar holati to’g’risidagi axborotni
umumlashtirish uchun tayinlangan.
Bunday qarzlar olingan vaqtda
Dt 5110, 5210 – schetlar,
Kt 6820 va 7820 schetlari. Bunday qarzlar qaytarilganda aksincha
provodkalar beriladi. Korxona tomonidan qisqa muddatli va uzoq muddatli
qimmatli qog’ozlar, xususan akstiyalar, obligastiyalar chiqarib sotish yo’li bilan
chetdan mablag’lar jalb qilish, shuningdek berilgan veksellar bo’yicha qarzlar
bilan bog’liq bo’lgan operastiyalar 6830 «To’lanadigan obligastiyalar»,
6840«To’lanadigan veksellar», 7830 «To’lanadigan obligastiyalar» va 7840
«To’lanadigan veksellar» schetlarida hisobga olinadi. Bu schetlar passiv bo’lib
qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar chiqarib sotilsa yoki veksellar berilsa,
Dt Pul mablag’larini hisobga oladigan schetlar,
Kt 6830 yoki 6840- schetlar.
Qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar summasiga
Dt 9610 «Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar» scheti,
Kt 6920 «Hisoblangan foizlar» scheti.
Ushbu foizlar to’lansa
Dt 6920- scheti,
Kt 5010, 5110- schetlari.