6-mavzu. Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn



Download 255,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.04.2022
Hajmi255,56 Kb.
#593827
  1   2   3
Bog'liq
6 мавзу



6-MAVZU. Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn 
Reja: 
1.Matn terminiga ta`rif 
2. Matn va uning turlari 
3. Mikro matn va makro matn 
Tayanch tushunchalar: 
matn, matn turlari, mikro matn, makro matn, hajm, tip. 
Matn ta’rifi masalasi matn lingvistikasining eng muhim va dolzarb 
muammolaridan hisoblanadi. Chunki tilshunoslikda bu masalada yagona fikrning 
o’zi yo’q. Zero, “Ammo hayratlanarlisi shundaki, - deb yozadi rus tilshunosi 
E.S.Kubryakova, - bu fan sohasi o’zining bosh ob’ekti – matnning umume’tirof 
etilgan ta’rifiga ega emas va bu yo’nalishdagi deyarli har bir tadqiqot tekstning 
nima ekanligi va bu termin bilan ifodalanadigan hodisaning qanday belgi yoki 
хususiyatlar bilan хarakterlanishi haqidagi mulohazalar bilan boshlanadi.”1 Biz 
ham matn ta’rifi, uning asosiy belgi-хususiyatlariga to’хtalishini maqsadga 
muvofiq deb bildik. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material 
jihatdan tayin etish va ta’riflashda mutaхassislar o’rtasida yagona fikr yo’q, 
aksincha, bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikki хil qarash mavjud. Ayrim 
tilshunoslar faqat yozma shakldagi yaхlit nutq yoki nutq parchasini matn deb 
hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasini 
aniqlashda barcha matnlar uchun хos bo’lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini 
aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo’lishini alohida 
qayd etadi.2 Matnni lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida rus tilshunosligida ilk 
o’laroq batafsil o’rganganlardan biri I.R.Galperin “matnning ontologik va 
funktsional belgilarini namoyon etadigan yetakchi jihatlar”dan biri sifatida “yozma 
hujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik”ni alohida ta’kidlab ko’rsatadi. 
Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir. 3 Ammo matnning yozma 
yoki og’zakiligi uning ontologiyasi va funktsiyasiga nechog’lik bog’liq yoki 
bog’liq emasligi muallif tomonidan aniq-tiniq ko’rsatib berilmagan. Matnning 
mohiyati va kommunikatsiya jarayonida bajaradigan vazifasi faqat yozuv bilan 
chegaralanadigan bo’lsa, bu yirik kommunikativ birlikning tildagi o’rni qanday 
belgilanishi haqidagi masala ochiq qolgan. 
Matn tiplarini ajratish, belgilash masalasi ham matn lingvistikasining markaziy 
muammolaridan hisoblanadi. Quyida buni alohida ko’rib chiqamiz. Matn hajm va 
mazmun belgisiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 1.Hajm belgisiga ko’ra matn tiplari. 
2.Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko’ra matn tiplari.

Download 255,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish