5-ma’ruza. Buzilishga barqaror XTni amalga oshirish misollari
.
TANDEN,
STAR, SIFT
tizimlari
.
Xozirgi vaqtda har xil buzilishga barqaror hisoblash tizimlari mavjud.
Bunday tizimlarga misol bo‘lib: «TANDEM», AS 220, Startus, STAR, SIFT,
ulangan XTlari va boshqalar hisoblanadi.
Ular har xil maqsadlarga mo‘ljallanagan bo‘lib, har xil firmalarda
yaratilgan va buzilishiga barqarorlikni ta’minlash vositalarini (BBTV) tashkil
etilishiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Ulardan birini ko‘rib chiqamiz.
«TANDEM» tizimi.
«TANDEM» tizimi apparatning bitta yoki bir nechta elementi buzilgan
holda ham uzluksiz ishlashni ta’minlovchi XT hisoblanadi. Tizim haqiqiy vaqtda
ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori darajali ishonchlilikga ega.
Tizim tarkibiga 1 dan 16 gacha protsessor moduli kirishi mumkin, ularning
har bir boshqaruv blokiga, 16-razyadli protsessorga, xotira blokiga va kiritish-
chiqarish kanaliga ega. Bu qismlarni har biri zaxiralangan. Tizim aloxida ajratilgan
«bosh» protsessorga ega emas; tizimning barcha protsessorlari boshqarish
vasifasini bajara oladi. Tizimni ishlayotgan vaqtida ta’mirlash mumkin, ya’ni
buzilgan
qismini
olib
tuzatilgandan
so‘ng
qaytarib
qo‘yiladi,
bunda
foydalanuvchining dasturi to‘xtatilmaydi. Bu bir necha protsessori borligi, kiritish-
chiqarish qurilmasini takrorlash, ma’lumotlari asoslangan zaxiralangan tizim
hisobiga erishiladi.
«TANDEM» tizimning strukturasi 27-rasmda keltirilgan, u uchta
protsessor – 1, to‘rtta kiritish-chiqarish kontrolleri – 2 dan tashkil topgan. Tizim
qanday modifikatsiyadaligiga bog‘liq holda 2 tadan to 16 tagacha protsessor
bo‘lishi mumkin. Bunda har bir protsessor xotira va kiritish-chiqarish kanalidan
tashkil topadi. Har bir protsessor SH turda va kiritish – chiqarish kontrollerlari
ikkitadan portdan (3 va 4) tashkil topgan bo‘lib, unga ikkita protsessordan ikkita
kanal orqali murojaat tashkil etilgan.
Disklarda tashkil etilgan xotira qurilmasi ham ikkitadan portga ega bo‘lib,
xar bir qurilma ikkitadan kontroller orqali murojaat etishi mumkin. Diskdagi
axborotlarga ham protsessor, ham kontroller buzilgan holda ham, murojat qilish
mumkin bo‘ladi.
Diskning yo‘lkasi buzilgan holda ham yozuvni tiklash mumkin, agar uni
boshqa diskga yozib olingan bo‘lsa. Agar disklardagi barcha yozuvlar takroran
boshqalariga yozilgan bo‘lsa tizim barcha disklarni nusxasiga ega bo‘ladi. Agar
disklar almashtirilsa ulardagi yozuvlarni asosiy tizim ishlash vaqtida tiklash
mumkin.
Barcha protsessorlar va disklarni iste’mol manbai alohida (bog‘liq emas).
Tizim ishlashga layoqatli holatda bo‘lishi uchun uning bitta protsessori va bitta
tashqi qurilmalarni boshqarish bloki ishchi holatda bo‘lsa yetarlidir. Misol uchun,
agar protsessor modullaridan biri safdan chiqsa uni o‘rnini boshqasi bosadi va u
bajaradigan vazifani o‘ziga oladi, shu sababli tizim o‘z ishini davom ettiraveradi.
27-rasm. TANDEM tizimining strukturasi
Tizimning xar bir protsessori o‘zining operatsion tizimning nusxasiga
egadir. U jadval ko‘rinishida bo‘lib, unda tizimning ruxsat etilgan barcha
qurilmalarining holatlari ko‘rsatilgan.
Nazorat nuqtalari. Ular «TANDEM» tizimni tiklashning asosiy mexanizmi
hisoblanadi. Tizimda oraliq hisoblash jarayoni uchun bir xil yarim aktiv
takrorlovchi jarayon bor.
Takrorlovchi jarayon asosiy jarayon buzilganda o‘rnini bosadi. Asosiy
jarayon takrorlovchi jarayonga “nazorat ma’lumotlarini” yuboradi, ular
hisoblashning og‘ir nuqtalarini jarayondagi holatlarini aniqlaydi.
Operatsion tizim asosiy protsessor buzilganligi haqida ma’lumotga ega
bo‘lganidan so‘ng mos keluvchi takrorlovchi jarayonni ishlatadi. Takrorlovchi
jarayon oxiriga qayd etilgan nazorat nuqtasidan boshlab jarayonni davom ettiradi.
Dasturiy ta’minot o‘zida virtual operatsion tizimni mujassam etgan va
multidasturli ishlovni amalga oshirish imkonini beradi (bo‘lingan operatsion
tizimli multidasturli ishlov strukturasi).
Ma’lumotlar tizimi “TANDEM” tizimida foydalanuvchi jarayonlariga
daxilsizlik ma’lumotlarni shakllantirish orqali ta’minlanadi. Foydalanuvchi
masalalari tizim tashkil topgan detallaridan aloxidaligi uni ishlayotgan vaqtida ham
ta’mirlashni amalga oshirish uchun katta axamiyatga ega. Bundan tashqari
daxilsizlik tizim samaradorligini doimiy oshishini ta’minlaydi.
Yana bir aktiv buzilishga barqaror tizim bu xalqali EQ tizimi hisoblanadi,
ular katta metal quyuvchi va metal prokati kombinatlarida boshqaruvchi EQ
sifatida qo‘llaniladi. Xalqadagi axborotlar uzatilishini buzilishga barqarorligini
ta’minlash xalqa bo‘ylab takrorlash hisobiga erishiladi.
Passiv buzilishga barqaror tizimlardan keng tarqalgan takrorlovchi va
kuchlangan boshqaruvli XT hisoblanadi (AS 22OH). Passiv o‘zini-o‘zi
tekshiruvchi buzilishga barqaror tizim Startusda takrorlanuvchi nazoratni
taqqoslashdan foydalanilgan, bunda barcha asosiy vazifalar to‘rt marta bajariladi.
Har bir almashtirish elementlari (AE) takrorlangan. Takrorlovchi tizimlar me’yoriy
ishlaganda qat’iy sinxiron tarzda ishlaydi. Agar birortasida xato paydo bo‘lsa shu
sistema o‘chiriladi va boshqasi ishlashni davom ettiradi.
Uchuvchisiz uchishga mo‘ljallangan kosmik kemalardagi XTlarida,
avtomat ravishdagi nazorat va yoqilgan zaxira bilan bir qatorda, telemetrik nazorat
ham o‘rnatilgan bo‘lib, tizimni rekonfiguratsiya qilish buzilish topilganda tele
boshqaruv kanali orqali amalga oshiriladi.
Protsessor matritsalaridan tashkil topgan va yerli sun’iy yo‘ldoshidan
olingan ma’lumotlarni ishlovchi maxsuslashtirilgan tasvirlarni ishlovchi XTlarida
ishonchlilikni ta’minlash masalasi aktual bo‘lib bormoqda.
Bitta protsessorning buzilish intensivligi
=10
-6
soat
-1
bo‘lgan holda ham
M protsessorlardan tashkil topgan tizim buzilish intensivligi har soatda bitta
buzilishga to‘g‘ri keladi, shu sababli ham protsessor buzilgan holda tizimni
avtomat ravishda rekonfiguratsiya qilish zarur ekanligi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |