5-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Boshlang’ich sinflarda olmoshni o‘rgatish metodikasi.
Adabiyotlar:
1. Qosimova K., Matjonov S., G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh.,
Sariyev
Sh. Ona tili o„qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.
2. G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat
va uni o„qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 70 b.
3. G„afforova T., Shodmonov E., G‟ulomova X. Ona tili (1-sinf
uchun
darslik). – T.: Sharq, 2019. – 112 b.
4.Qosimova K., Fuzailov S., Ne‟matova A. Ona tili (2-sinf uchun darslik).
–T.:Cho„lpon, 2018. -144 b.
5.Fuzailov S., Xudoyberganova M.,Yo‟ldosheva Sh. Ona tili (3-sinf
uchun darslik). –T.:O„qituvchi, 2019. -152 b.
6.Ikromova R., G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Shodmonqulova D. (4-
sinf uchun darslik). –T.:O„qituvchi, 2017. -192 b.
1. Kishilik olmoshlarining taqvim-rejasi taqdimoti. Har bir guruh o‟zining
tuzgan taqvim rejasini izohlab himoya qiladi.
2. Dars fragmentlari namoyish. Har bir guruh bittada dars fragmentini (yangi
mavzuni o„rganishga tayyorlanadigan tushuntiriladigan va mustahkamlanadigan)
Darslarning fragment muayyan izchillikda tashkil etishda 1-guruh
o‟quvchilari yangi mavzuga tayyorlansa, 2-guruh vakili yangi mavzuni o„tadi, 3-
guruh vakili uni mustahkamlaydi va hokazo.
3.
Kuzatilgan dars fragmentlarini tahlil qilish (Darsni tahlil qilish tartibi
bilan seminar mashg‟ulotida tanishilgan). Tahlilda 1-sining ishini, 2-, 2-ning ishini
3-si qanday ulab ketish mahoratini alohida e‟tibor beriladi.
4.
Darslik
materiallari, ya‟ni musthkamlovchi mashqlar ustida ishlash
usullarini ishlab chiqish. Har bir guruh bitta mashq tanlaydi va undagi topshiriqni
ishlash yo„lini ko„rsatadi, mashqni o„qituvchi tavsiya qilish ham mumkin.
Masalan, kishilik olmoshlari bo„yicha o„quvchilar bilimini mustahkamlashda
qo„llanadigan quyidagi mashqlar tavsiya qilinishi mumkin: 360-, 364-, 369-, 370-
mashqlar.
5. Kishilik olmoshlarini o„rganish bo„yicha ta‟limiy o„yinlar namoyishi.
6. Kishilik olmoshlarini o„tishda foydalaniladigan ko„rgazmalar tanlovi.
7. Kishilik olmoshlari yuzasidan o„quvchilar bilimini nazorat qilish usullarini
yoritish (test, diktant, bayon, insho kabi).
8. Talabalarning amaliy mashg‟ulot haqidagi taassurotlarini eshitish.
Insert
jadvali asosida.
9.Talabalarning (guruhlarning) to„plagan ballarini e‟lon qilish, keyingi amaliy
mashg‟ulot uchun topshiriq berish.
Darsning mavzusi: Kishilik olmoshlari haqida ma‟lumot. (341-343-
mashqlar)
ta‟limiy: o„quvchilarga kishilik olmoshlari va ularning imlosi haqida
ma‟lumot berish; FK1:
men, sen, biz, siz,u, ular
olmoshlarini qo„llab
mazmunli
gaplar tuza oladi;
tarbiyaviy: sportga bo„lgan qiziqishlarini orttirish; TK3: kun tartibiga
rioya
qilish, uni to„g„ri tashkil etish va badantarbiya bilan shug„ullanish;
rivojlantiruvchi: o„quvchilarda og„zaki va yozma nutq madaniyatini
o„stiris;
FK2: mavzuga oid yangi so„zlarni og„zaki va yozma nutqda qo„llay oladi;
yozma nutqda tinish belgilarini to„g„ri qo„llay oladi;TK2:
media vositalaridan,
didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, guruhlarda ishlash,”Bilimdon”, “ Ha va yo„q” ta‟limiy
o„yini.
Darsning jihozi:
multimedia ilovasi, mavzuga mos rasmlar,
tarqatma
materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Husnixat daqiqasi:
Xalq meniki dema, sen- xalqniki.
II. O„tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga
berilgan
vazifa
aniqlanadi,
tekshirib
chiqiladi.O„quvchilarning son -so„z turkumi bo„yicha olgan bilimlarini
“Bilimdon” ta‟limiy o„yini orqali tekshiriladi. O„quvchilar ikki guruhga bo„linadi
va nomlanadi. Sirli qutichadan guruh sardorlari savollar oladilar.
Guruhlar
birgalikda savollarni o„qiydilar, taqdimot qiladilar. Savollarga to„g„ri javob bergan
guruh g„olib hisoblanadi va “Bilimdon” nominatsiyasi bilan rag„batlantiriladi.