5-1 TAR-20 GURUH TALABASI BOYMURODOV SHAXZODNING JAHON TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
MAVZU
Polsha XVII asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshida

Reja: 1XIX asrning so‘nggi choragida Polsha taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari.
2Polshada ijtimoiy-siyosiy harakatlar. Ishchilar harakati.
3XX asr boshlarida Polsha. Birinchi jahon urushida ishtirok etishi
XIX asrning 60-yillarida Polshada kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. Sanoat taraqqiyoti aholining shaharlarga ko‘chib kelishini tezlashtirdi.XIX asrning ikkinchi yarmida shahar aholisining salmog‘i 16%dan 33% ga qadar o‘sdi. YUqori Sileziyada esa, bu ko‘rsatgich 50%ga etgandi. Ammo sanoat korxonalari ishchilarni barchasini ish bilan ta’minlay olmasdi. Hatto, YUqori Sileziyada ham ishchilarning bir qismi Reyn-Vestfaliyaga mavsumiy ishlash uchun ketardi. XIX asr oxirida Polshada aholining emigratsiyaga ketishi ham avj oldi. Agar, 1870-1914 yillarda Polshada mavsumiy ishchilar soni yiliga 0,5 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, emigratsiyaga ketuvchilarning umumiy soni shu yillarda 3,3 mln kishini tashkil etdi. 60-80 yillarda Rossiya imperiyasi tarkibidagi Polsha qirolligida sanoat to‘ntarishi sodir bo‘lib, ayniqsa tekstil sanoati rivojlandi. Tekstil sanoati markazi Lodz shahri edi. 20 yil ichida sanoatning bu tarmog‘i 4 marotaba ortdi. Polsha qirolligida og‘ir sanoat bir qadar sekin rivojlandi. Bu tarmoqning markazi Dombrovskiy ko‘mir hududi edi. Mashinasozlik sanoatining markazi sifatida Varshava shahri rivojlandi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash Polsha qirolligida muhim sanoat tarmog‘i edi. Ayniqsa shakar etishtirish katta daromad keltirar va shakar sanoatining rivojiga Rossiya imperiyasi bilan umumiy bozorga ega ekanlik muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Prusiya qo‘l ostida bo‘lgan Polsha erlari YUqori Sileziyadan tashqari erlardan XIX asrning ikkinchi yarmida ko‘mir qazib olish 1,3 mln tonnadan 24,8 mln tonnaga qadar ko‘paydi. Temir ishlab chiqarish esa, 60 ming tonnadan 750 ming tonnaga qadar ko‘paydi. Prusiya qo‘l ostidag erlarda sanoat taraqqiyoti sun’iy ravishda to‘sqinlik qilinardi. SHunday bo‘lsada, YUqori sileziya Polsha erlarining eng sanoatlashgan hududi edi. Galitsiyada esa, sanoat asosan hunarmandchilik xarakteriga ega edi. XIX asrning 60 yillari (1869 y)da Galitsiyadagi polyak pomeshchiklari Avstriya hukumati bilan qisman muxtoriyat masalasida klishuvga erisha olgandi. Siyosiy harakatlarga etakchilik qilgan stanchiklar partiyasi polyak tilida ta’lim berish, sud, davlat ishlarini yuritishda polyak tilidan foydalanish huquqini oldi. XIX asrning so‘nggida Galitsiyada ishchilar harakati va ukrain dehqonlarining chiqishlari kuchaydi. XX asr boshlarida Galitsiya o‘z imtiyozlaridan mahrum bo‘ladi. Birinchi jahon urushi arafasida avtonomiya bekor qilinadi.