4-Mavzu: Kichik yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o'yinlarni o'rgatish.
7–10 yoshli bolalar (1–4-sinf o‘quvchilari) barcha tabiiy harakatlarni (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish) hali mutlaqo egallamaganlar, shuning uchun harakatli o‘yinlar tabiiy harakatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularda katta o‘rinni egallashi kerak. Shuni esda saqlash kerakki, ya’ni bu yoshda bilim va malakalarni egallash ixtiyoriga nisbatan g‘ayriixtiyoriy darajada (xususan, o‘yinda) ko‘proq samarali o‘tadi. Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalarning anatomofiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak.
O‘rab turgan turli-tuman muhitning organizmga ta’sir etishiga va tez charchab qolishi ularda ko‘proq ko‘ngilchanlik bilan kuzatiladi. Bu shu bilan bog‘liq bo‘ladiki, bu yoshdagi bolalarda yurak, o‘pka va tomirlar sistemasining rivojlanishi orqada qoladi, muskullari ayniqsa qorin pressi va orqa mushaklari hali bo‘sh bo‘ladi. Shuningdek, tayanch apparatining mustahkamligi uncha katta emas, shunday ekan, uning shikastlanish imkoniyati yuqori darajada bo‘ladi (muskullarining bo‘shlig‘i bo‘g‘inning cho‘zilishining kuchayishi qaddi-qomatning buzilish imkoniyatini oshiradi). Yugurish va sakrash bilan o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar vaqti bo‘yicha qisqa bo‘lishi kerak hamda dam olish teztez takrorlanishi bilan birga o‘tadi. Xuddi bu vaqtda bu
yoshdagi bolalar sakrash bilan o‘ynaladigan (arg‘amchida, do‘ngdan-do‘ngga sakrash va boshqalar) o‘yinlarni juda yoqtiradilar. Bu yoshdagi bolalar uchun ko‘proq qulay o‘yinlar yugurib o‘tish o‘yinlari hisoblanadi, masalan, «Chaqqon bolalar», «Bo‘ri zovurda» kabi o‘yinlarda bolalar qisqa yugurib o‘tishdan keyin dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi yoki o‘ynovchilar harakatda navbati bilan qatnashadigan o‘yinlar, masalan, «Hamma o‘z bayroqchasiga», «Uysiz quyon», «Bo‘sh o‘rin» kabi. Bu yoshdagi bolalarda mushak va bo‘g‘inlarning yetarli darajada o‘smaganligini hisobga olib, katta zo‘riqish bilan o‘ynaladigan o‘yinlarni bermaslik kerak. Bolalar bu davrda, alohida harakatlarni ajratishlari va uning alohida parametrlarini aniq boshqarishlari qiyin bo‘ladi. Bolalar tez charchaydilar, xuddi shunday harakatga tayyorgarlik tezda tiklanadi. Xususan, ularni harakatning bir xilligi charchatib qo‘yadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning diqqati yetarli darajada barqaror emas. Shuning uchun bolalar o‘yinlarga e’tiborsiz bo‘ladilar, ya’ni bunday holatda ularga ko‘proq
qiziqarsiz tuyiladi. Shu sababli, bu harakatli o‘yinlarda ulardan uzoq vaqt
e’tiborni bir yerga to‘plashni talab qilmaslik kerak. Aks holda bolalar qoidaga rioya qilishni to‘xtatib, o‘yinning borishi yoki o‘ynalishi buziladi va ularda o‘yinga bo‘lgan qiziqish yo‘qoladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda iroda va tormozlanish qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Pedagogga o‘yin qoidalarini uzoq tushintirish qiyinchilik tug‘diradi, buning oldini olish uchun o‘yinning dastlabki holatiga bolalarni joylashtirib, o‘yin elementlarini ketma-ketlikda o‘ynatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu bilan birga qiyin bo‘lmagan o‘yin qoidalari (2–3) bilan o‘ynash foydadan holi bo‘lmaydi. O‘yin qoidasining
hammasini birdaniga emas, balki o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga qarab asta-sekin berish mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalarda fikrlash (ayniqsa
1–2-sinf o‘quvchilarida), asosan, obrazli, predmetli bo‘lib, biroq o‘rgatishning ikkinchi yilida fikrlashni buyumlarni bilishi mumkin bo‘lgan va o‘rab olgan muhitdagi borliq hodisalari haqidagi tushunchalarga bo‘shatib berishni boshlaydi. Kuzatayotganlarni taqqoslash va baravarlashtirishni bilish namoyon bo‘la boshlaydi. O‘yin harakatlarida ko‘proq ongni (aql) namoyon qilish uchun imkoniyatlar kelib chiqadi.
Ularda o‘rtoqlarining qiliqlariga va harakatiga nisbatan tanqidiy munosabatlar namoyon bo‘ladi. Qobiliyatni umumiy ravishda tanqidiy fikrlash harakatini ongli ravishda nazorat qilish ko‘p sonli qoidalar bilan ko‘proq murakkab o‘yinlarni o‘zlashtirishga imkon beradi. Bolalarda maktabda o‘qishning birinchi ikki yilida obrazli fikrlash bilan bog‘liq, mazmunli o‘yinlar katta o‘rin egallaydi, u ularning o‘z ijodidan mamnun bo‘lishiga yordam beradi.
Shuni hisobga olish kerakki, bolalar bu yoshda o‘qish va yozishni biladilar, bu ularning aqliy ong-bilim darajasini birmuncha kengaytiradi. Bunga ayniqsa sinfdan tashqari o‘tkaziladigan «Boyo‘g‘li», «Bo‘ri zovurda»,«Kosmonavtlar», «Òulki», «Chaqqonlar» va boshqa o‘yinlar misol bo‘la olishi mumkin.
Bu yoshdagi bolalar uchun biror xususiyati bilan ajralib turadigan va sirli, kutilmagan elementlari bo‘lgan o‘yinlar («Ko‘z-bog‘log‘ich», «Òop, kimning ovozi bu?»), bekinish va topa olish yoki aniqlash o‘yinlari («Bekinmachoq»,
«Qorovullar») kiradi. O‘yin bu davrda xulqning asosiy poydevori – jamoat
tartibini saqlash qoidasini bajarishni bilishni tarbiyalaydi. Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar axloqning oddiy me’yor hamda qoidalari haqidagi tasavvurni tarbiyalaydi. Jamoaga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlar paydo bo‘la boshlaydi, buni har bir o‘yin qatnashchisi o‘zining jamoasi obro‘si uchun
kurashadi va «asir»ga tushgan o‘rtog‘ini qutqaradi. Jamoali o‘yinlarni o‘ynash o‘qishning birinchi yili oxiridan boshlanadi va ayniqsa 3-sinfdan boshlab keng
qo‘llaniladi. Musiqa va ashula xarakteridagi o‘yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xos bo‘ladi. Bu o‘yinlar ayniqsa 1–2-sinf o‘quvchilarining sinfdan tashqari vaqtlarida o‘tkaziladi. Ular bolalarni birgalikda kelishilgan holda harakat qilishga va ma’lum ritmda harakatni bajarishga o‘rgatadi.
Bolalar, shuningdek, alohida so‘z, jumlalari ohang bilan aytiladigan so‘zli o‘yinlarni juda yaxshi ko‘radilar, masalan, «Kosmonavtlar», «Qopqon» va boshqa ashula va ohang bilan aytiladigan o‘yinlar nutqni rivojlantiradi.
Nihoyat, bolalar bu yoshda shunday o‘yinlar bilan qiziqadilarki, ular o‘yinda epchillik va chaqqonlik namoyon qilishlari mumkin. Bunday o‘yinlarning mazmuni ma’lum harakatni faqatgina aniq bajarish bilan chegaralanadi va ularga quyidagilar kiradi: «Arg‘amchi ostida sakrash», aylanayotgan arg‘amchi
ostida xilma-xil sakrashlar. Shu yoshdan boshlab bolalar o‘rtasida xalq o‘yinlari ommalashib boradi. Kichik maktab yoshidagi bolalar hayotida harakatli o‘yinlar katta o‘rin egallashi kerak, chunki bu yosh xususiyatlariga, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy, ahloqiy tarbiya mos keladi. «Alpomish» va «Barchinoy» harakatli o‘yinlaridan test me’yorlarini topshirishga tayyorlashda keng foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |