34# Mavzu: O'rta Osiyoning ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish



Download 29 Kb.
Sana25.01.2022
Hajmi29 Kb.
#410596
Bog'liq
34# Mavzu O\'rta Osiyo ekologik muammolari


34# Mavzu: O'rta Osiyoning ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish.

Ekologik muammolar qayerdan kelib qoldi? Ularni kim yoki nima yaratdi? Oqibatlari qanday bo'ladi? Ushbu savollar yaqin 200 yil ichida, ayniqsa bugungi zamonamizda juda ham ko'p berilmoqda. Fizik qonunlarga ko'ra tabiatda hech narsa bordan yo'q bo'lib qolmaydi yoki yo'qdan bor bo'lmaydi. Xususan, biz qadimgi organik qoldiqlar neft,gaz,ko'mirlarni o'z ehtiyojimiz uchun shu qadar ko'p ishlatdik. Natijada CO² gazi atmosferaga katta miqdorda ajralib chiqdi va bu holat afsuski davom etmoqda! Aytish joizki tabiatdagi asosiy salbiy o'zgarishlar insoniyat tomonidan amalga oshirilmoqda. Har bir fanga yoki sohaga bo'lgan e'tibor zamonga va talabga qarab o'zgarib boradi. Xususan, ekologiya fani va sohasiga bo'lgan talab 20-21 asrga kelin ortib ketdi.

Insoniyat Yer sayyorasida paydo bo'lganiga 3mln yil bo'lgan bo'lsada, oxirgi 200-300 yilda umumsayyoraviy o'zgarishlar jadallashib ketdi. Qisqasi, odamlar tabiatdan o'z manfaatlari yo'lida foydalanadigan bo'ldi. Ekologik muammolar 3turga bo'linadi. Lokal, mintaqaviy va global. Lokal ekologik muammolar ma'lum hududga yoki davlatga tegishli ekologik muammodir.Ushbu muammolar ayrim hududlar uchun xos bo'lib boshqa hududlar tabiiy sharoitiga deyarli ta'sir qilmaydi. Misol uchun kichik ko'lning yoki bir davlat hududidan oquvchi daryoning zararlanishi. Mintaqaviy ekologik muammolar bir necha davlat yoki ulkan hudud uchun xos bo'ladi. O'sha hudud aholising otadiy turmush tarziga ushbu ekologik vaziyat bevosita tasir etadi. Misol keltiradigan bo'lsak Yirik dengizlarda chiqindilar oqishi, sanoat chiqindilari va ularning gazlari atrofda smog (zaharli tutun) hosil qilishi. Global ekologik muammolar esa joylashuvidan qat'iy nazar barcha hududga ta'sir etadi. U xoh quruqlikda, xoh u okeanlarda bo'lsin birdek muammoli vaziyatlarga olib keladi. Bugungi kunda atmosfera haroratining isishi global muammolar ichida eng peshqadami. Global iqlim ishisi fonida boshqa qator salbiy muammolar hosil bo'lmoqda. Masalan, muzliklarning erishi, qurg'oqchilik ortishi, haroratda kutilmagan anomal o'zgarishlar, qor yog'adigan hududlarda uning yog'masligi yoki aksincha boshqa issiq hududlarda qor yog'ishi, epidemiya va pandemiyalarga zamin yaratilishi, tog' muzlarining erishi, suv balansining o'zgarishi, qishloq xo'jalik ekinlari nobut bo'lishi, agrar sohalar zarar ko'rishi, keksa yoshlilar va bolalarda turli xildagi kasalliklarning avj olishi, saraton xavfining ortishi, ko'llarning qurishi, cho'llashish jarayoni, o'rmon yong'inlari, havoda zararli changlar va gazlar balansi buzilishi, okeanlarda suv harorating ilishi, baliqlar va dengiz marjonlari nobut bo'lishi, sho'r suvning chuchuklashi, ob-havo va dengiz oqimlarining o'zgarib ketishi, noqulay ob-havo sabab quruqlikda ayrim o'simlik va hayvonlarning qirilib ketishi misol bo'ladi.

Bu birgina global ekologik vaziyatning oqibatlari edi. Buni yumshatmaslik yoki to'xtatmaslik yanada jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Buning uchun Jahon hamjamiyati tomonidan "Yashillar" partiyasi tuzilgan. O'zbekiston ekologik partiyasi ham bizda bejiz yaratilmadi. Har bir hududning yoki mamlakatlarning 30% hududi o'rmonzorlashtirilganida edi hozirgi global tus olgan muammolar ancha sezilmas edi. Rostan ham yaqin 5 yil ichida o'z hududimizda, atrofimizda hamda o'z jismimizda ushbu salbiy o'zgarishlarni sezib turibmiz. Jumladan o'tgan yoz havo harorati +48-50C° ga ko'tarilgani va bu bir necha kun davom etgani o'zining salbiy holatini ko'rsatdi. Yoki yaqin yillarda yog'in va qor yog'ishining keskin kamayishi, bahorda qor yog'ishini kuzatdik.



Ekologik vaziyatlar biz yashab turgan zamin O'rta Osiyo hududida juda ham katta effekt bilan ta'sir etadi. Aytish joizki insoniyat farzandlari doimiy va takroriy xatolarga qo'l urib kelmoqda. Birgina suvdan nooqilona foydalanish tufayli Buxoro viloyatidan 2 marta katta maydonga ega, suv hajmi To'dako'ldan 450-500 marta katta bo'lgan Orol dengizi bugun noyob ekotizimi bilan yo'qolib ketish yoqasida turibdi. Natija esa barchaga ayon. Bu kabi holatlar bugungi kunda har bir geografik o'lkada takrorlanib turibdi. Shu bois 2050 yilgacha vaziyatni bosqichma-bochqich tuzatish bo'yicha BTM sha'fiyligida Parij dikloratsiyasi qabul qilingan bo'lib atmosferaga chiqadigan CO² gazini kamaytirish, chiqindisiz texnologiyalarni hayotga tadbiq etish, o'rmonlarni kesishni kamaytirib ekishni ko'paytirish, benzin va dizel hamda gaz va ko'mir yoqilg'ilarini o'rnini bosuvchi vodorod yonilg'isidan foylanish, ekotizimni barqarorlashtirish belgilab berilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yurtimizda daraxtlarni noqonuniy kesish uchun javobgarlik belgilandi. Yurtimiz hududi "Yashil makon" dasturi asosida 30% o'rmonlashtirilishi belgilandi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki ekologik vaziyat har bir inson qo'lida ya'ni bevosita bog'liq. Agar Yer sayyorasida 7.9 mlrd inson yashayotganini hisobga olib 10 kunda 1kilogram maishiy chiqindi chiqaradi deb qabul qilsak bu bir yilda 290mlrd tonna chiqindi chiqarishi ma'lum bo'ladi. Buni tasavvur qilish uchun O'zbekiston yiliga 3 mlrd t. paxta xom ashyosi ishlab chiqaradi. Demak, 290-300 mlrd tonna chiqindini Yer sayyorasi 1 yil davomida o'zlashtirishi qiyin. Buning uchun har birimiz birdek harakat qilmog'imiz lozim.
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish