304 guruh talabasi Xudoyshukurov Alixonning Hozirgi oʻzbek tili adabiyoti fanidan



Download 25,57 Kb.
Sana30.01.2023
Hajmi25,57 Kb.
#905419
Bog'liq
HOʻAT


304 - guruh talabasi Xudoyshukurov Alixonning
Hozirgi oʻzbek tili adabiyoti fanidan
Kurs ishi
Ajratilgan boʻlaklar va uyshuq boʻlaklar tahlili
Reja:
a Ajratilgan boʻlaklar
b) Ajratilgan boʻlaklar tasnifi
c)uyshuq boʻlaklar
g)Uyshuq boʻlaklar tasnifi
f).Xulosa
Foydalanilgan asarlar
1.Hozirgi oʻzbek tili adabiyoti Sayfullayeva, B. Mengliyev
2.Hozirgi oʻzbek tili adabiyoti Shu. Rahmatullayev.
3.Hozirgi oʻzbek tili adabiyoti. Gʻulomov

Sayfullayeva.--------Gapda ishtirok etayotgan atov birliklarining ma'nosi so'zlovchi uchun yetarli darajada ochilmagan bo'lishi mumkin. Shunda uIarning ma'nolarini muayyanlashtirish maqsadida aIohida, ta'kid ohangiga ega bo'lgan atov birlikIari nutqqa kiritiladi. Quyidagi gaplarga e'tibor bering: 1. Shavkat she'r oʻqidi. 2. Yurtim - Nurota. 3. Uning kafolati kerak bo'ladi. 4. Soy buyida uzoq turdi. 5. Seni sog'indim. Tinglovchi uchun ushbu gapIardagi ma'lum bir so'zlar ma'nolari izohlarsiz noaniq bo'lishi mumkin. Buni e'tiborga olgan holda so'zlovchi ularni muayyanIashtiruvchi so'zlar bilan qo'llaydi: 1. Shavkat, shoir, she'r o'qidi. 2. Yurtim - Nurota, tog'lar orasi. 3. Uning, Ikrom Imomzodaning, kafolati kerak ba'ladi. 4. Soy bo 'yida, qo'sh yong'oqning tagida, uzoq turdi. 5. Seni, vafodorimni, sog'indim. Birinchi gapda ega (Shavkat)ning ma'nosini shoir so'zi, ikkinchi gapda kesim (Nurota)ning ma'nosini tog'lar orasi, uchinchi gapda aniqlovchi (uning)ning ma'nosini Ikram Imomzodaning ʼsoʻzshakli, to'rtinchi gapda hol (soy bo'yida) ning ma'nosini qo'sh yong'oqning tagida so'zshakli, beshinchi gapda to'ldiruvchi (seni) ning ma'nosini vafodorimni so'zshakli izohlagan, to'ldirgan, muayyanlashtirgan. Bu so'zlar o'zi izohlayotgan so'zlar bilan bir hokim so'zga tobelanadi. Undan faqat nisbatan tor ma'noga egaligi va ta'kid ohangi bilan ajralib turadi. Bunday atov birliklari gapning ajratilgan kengaytiruvchisi deyiladi. Gapning so'z kengaytiruvchisi ham, gap kengaytiruvchisi ham ajratilishi mumkin. Yuqoridagi birinchi va ikkinchi gaplarda gap kengaytiruvchisi, 3-, 4-, 5-gaplarda esa so'z kengaytiruvchisi ajratilgan. Shu boisdan ajratilgan kengaytiruvchilarni: a) ajratilgan gap kengaytiruvchilari; b) ajratilgan so'z kengaytiruvchilari ko'rinishida ikkiga bo'lib o'rganish mumkin. Gap ajratilgan kengaytiruvchilari bilan ajratilgan bo 'laklar muqobil atamalar emas. Chunki ajratilgan bo'laklar deganda, gap konstruktiv bo'laklarining ajratilishi tushuniladi. Ajratilgan kengaytiruvchilar atamasi esa bo'lak mavqeiga ega bo'lmagan atov


birliklarini ham o'z ichiga qamrab oladi. Masalan, Men seni, vafodorimni, sog'inganimni ayta olmayman gapida vafodorimni so'zshakli ajratilgan kengaytiruvchi, lekin gap bo'lagi emas. Ajratilgan kengaytiruvchining gap struktur sxemasiga munosabati ular izohlayotgan atov birliklariniki kabi. Ajratilgan kengaytiruvchi ajralmish (muayyanlashtirilayotgan) atov birliklarining «soyasi» bo'lganligi bois, ular bilan bir butun holda bevosita
yoki bilvosita gap struktur bu qolipiga daxldor bo'ladi.
Ajratilgan kengaytiruvchi muayyanlashtiriIayotgan bo'Iakning «soyasi» bo'Iganligi bois, sof nutqiy hodisa. Shuning uchun uning mavjudligi va o'ziga xosligi sof nutqiy omil - ohang bilan ham bog'liq. O'ziga xos ohangdan mahrum qilinsa, u boshqa nutqiy
hodisa - undalmaga monand bo'lib qoladi. Masalan, Erkin, ukam, injener bo'ldi gapida ukam atov birIigi ajratiIgan kengaytiruvchiga xos ohangdan mahrum etilsa (ukam birligidan keyin ajratish pauzasi qo'llansa), u egaga va eganing atov birligi esa undalmaga aylanib qoladi. Gap va so'z kengaytiruvchilarining ajratilishida o'ziga xosliklar bor.
Gapda izohlovchining ajratilishi boshqa kengaytiruvchilarga nisbatan o'ziga xos. Izohlovchi odatda izohlanmishdan oIdin keladi: traktorchi Toshpo'lat, oshpaz Mamatqulov, professor To'rayev kabi. Izohlovchi ajratilganda, izohlanmish qanday mavqeda bo'lsa, u ham shunday mavqega ega bo'ladi. Masalan, Traktorchi Toshpo'lat aka smenani topshirdi gapida izohlovchi (traktorchl) ega (Toshpo'lat aka) ga tobe. Biroq u ajratilsa, gap egasiga tobeligi
yo'qoladi va o'zi ham egaga aylanadi. Toshpo'lat aka, traktorchi, smenani topshirdi. Bu gapda traktorchi so'zshakli o'rni o'zgargan izohlovchi emas, balki tamoman yangi mavqe (gapning konsruktiv bo'lagi - ega) olganligini izohlanmish (Toshpo 'Iat aka)ni gapning boshqa konstruktiv yoki nokonstruktiv bo'laklari vazifasiga qo'yish bilan amin bo'lish mumkin: 1) Bu kishi - Toshpo'lat aka, traktorchi; 2) Toshpo'lat akani, traktorchini, taniyman; 3) Toshpo'latning, traktorchining, obro 'yi baland, hurmati joyida. Birinchi gapda «sobiq» izohlovchi bo'lmish traktorchi kesim,
ikkinchi gapda to'ldiruvchi, uchinchi gapda qaratuvchi aniqlovchi vazifasida kelgan. Demak, bunday holda ajratilish natijasida izohlovchi o'z sifatini o'zgartiradi.
Ajratilgan sifatlovchi. Sifatlovchi aniqlovchi ajratilganda ham aniqlanmishdan keyinga o'tadi: 1. Ipaklari tillodan do 'ppi tikdim -Do 'ppi tikdim, ipaklari tillodan. 2. Yalang oyoq Qobil bobo dag'-dag' titraydi - Qobil bobo, yalang oyoq, dag'-dag' titraydi. Gapning boshqa turdagi kengaytiruvchilari ajratilganda, ajralmish va ajratilgan kengaytiruvchilar grammatik shakl va sintaktik mavqe jihatidan sifat o'zgarishi kasb etmaydi. Ajratilgan ega. Izohlovchi ta'kidlanganda, ajratilgan egaga aylanadi: 1. Dotsent Jumayev Tursunali ilmiy anjumanga jo 'nadi -Jumayev Tursunali, dotsent, ilmiy anjumanga jo 'nadi. 2. Kapitan Xudoynazarov so 'z oldi - Xudoynazarov, kapitan, so'z oldi. Quyidagi gaplarda eganing o'zi ajratilgan: Siz, yoshlar --bizning umidimizsiz. Bunda yoshlar so'zshaklini ajralmish egadan oldinga o'tkazib bo'lmaydi. Ajratilgan ega izohlovchidan oldin bo'lganda uning o'rnini almashtirish mumkin: Jumayev domla -domla Jumayev kabi. Ajratilgao hol. Bunda gapning bo'lagi ma'nosi juda ham aniq bo'lmagan, umumiy so'z shakl bilan ifodalanadi. Ajratilgan holning ma'nosi nisbatan muayyan va tor bo'ladi: Qishda, chillada, boʼrilar odamga ham hamla qiladi.
Ajralmish holsiz ajratilgan hol bo'lishi mumkin: Ikrom aka, xayolga cho'mib, bozorga qarab ketmoqda edi. Bundagi ajratilmishni ajratish-ta'kid deb atash mumkin. Ajratilgan to'ldiruvchi. Ajratilgan to'ldiruvchi odatdagi
to'ldiruvchining - olmoshning ma'nosini izohlaydi: Kecha kunduz seni, vafodorimni, oʻylayman. Ajratilgan bo'laklar tahliIida yana quyidagiga e'tibor berish lozim:

1) uyushiq bo'lakli gaplarda umumlashtiruvchi so'z yoki uyushiq so'zlar ajratilgan bo'lishi mumkin: 1. Ikrom va Otabek ,sinfdoshlar, yo'lga tushishdi. 2. Sinfdoshlar - Ikrom va Otabek yo'lga tushishdi. Birinchi gapda sinfdoshlar, ikkinchi gapda Ikrom va Otabek uyushiq so'zlari ajratilgan kengaytiruvchidir;


2) ajratilgan bo'laklarni aniqlashda tartib muhim rol o'ynaydi. Ajratilgan kengaytiruvchi keyin, ajralmish kengaytiruvchi oldin keladi: 1. U shaharga, Qarshiga, ketdi. 2. U Qarshiga, shaharga,
ketdi. Birinchi gapda Qarshiga, ikkinchi gapda shaharga so'zshakliajratilgan birlik. Ajratilgan aniqlovchi biIan aniqlanmish distant holatda bo'lganda, ularning aloqasi kuchsizlanib, aniqlovchining nisbiy
G"ulomovning fikri---
Gapning ajratilgan bo‘laklari o‘zlari aloqada bo‘lgan bo‘laklarning ma’nosini ta’kidlab, bo‘rttirib yoki izohlab, aniqlashtirib(konkretlashtirib) keladi.
Ajratilgan bo‘laklaryuqoridagi vazifalarga muvofiq ikki xil yo‘l bilan ajraladi:1) tartibni o‘zgartirish; 2) bir nomni boshqacha nomlash.
Sifatlovchi aniqlovchi, odatda, aniqlanmishdan oldin keladi. Ba’zan tinglovchining diqqati sifatlovchiga tortilganda, so‘zlovchi uning odatdagi tartibini o‘zgartirib, sifatlanmishdan keyin keltiradi. Natijada sifatlovchi gapning boshqa bo‘laklaridan boshqacha ohang bilan ajralib qoladi. Sifatlovchining ma’nosi odatdagi tartib bo‘yicha qo‘llangan sifatlovchiga nisbatan bo‘rttiriladi, alohida ta’kidlanadi. Gapdagi eng ahamiyatli, yangi axborot tashuvchi qismga aylanadi.Tartibi o‘zgartirilgan, lekin sifatlovchilik xususiyatini saqlab qolgan sifatlovchi aniqlovchilar ajratilgan bo‘lakka aylanadi: Bu o‘zbek yigiti –tanti, mehribon.Rangi o‘chgan, Umri kechgan kuz guli, Bir yoli pastroq egil gapida sifatlovchi aniqlovchilar odatdagi tartibda qo‘llangan. – Kuz guli – Rangi o‘chgan, Umri kechgan gapida esa ularning tartibi o‘zgartirilgan va ajratilgan bo‘lakka aylangan.
Ajratilgan sifatlovchi aniqlovchilar yozuvda boshqa bo‘laklardan doimo vergul bilan, agar sifatlovchi aniqlovchilarni o‘zi uyushgan bo‘lib, ichida vergul bilan ajratilgan bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak boshqa bo‘laklardan tire bilan ajratiladi.
Nutq jarayonida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan so‘zni tinglovchiga tushunarli bo‘lish uchun uning yoniga ma’lum bo‘lgan so‘zni qo‘yib bayon qilish mumkin. Bu esa bir nomni boshqacha nomlash sanaladi:Julqunboy – Abdulla Qodiriy mening eng sevimli adibim. Lingvistika – tilshunoslik mening sevgan fanim bo‘ladi.Ba’zan ma’nosi umumiyroq bo‘lgan so‘zning ma’nosini aniqlashtirish uchun uning yoniga konkretroq, aniqroq ma’no bildiruvchi so‘z keltiriladi: Bog‘chadagi do‘stimni –Qodirni ko‘rib qoldim.Ayrim hollarda esa ma’lum bir narsa boshqa narsaga o‘xshatilib, ularning nomi yonma-yon ishlatiladi: Shu farzandimni – ko‘zim qorasini –elning ardog‘ida bo‘lishini xohlayman.
Natijada bir tushunchaning ikkita nomi vujudga keladi. Ikkita nom bo‘lishi, har ikki nomning bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi, har ikkisining ham bir xil grammatik shaklda bo‘lishi bilan bunday ajratilgan bo‘laklar uyushgan bo‘laklarga o‘xshaydi.
Solishtiring: Unda, Halimning ukasida, qiziqarli kitoblar ko‘p. Bu gapdagi unda, Halimning ukasida bo‘laklariikki kishini bildirsa va sanash ohangi bilan talaffuz qilinsa, uyushgan bo‘lak, bir kishini bildirib, ikkinchisi birinchisidan biroz to‘xtamdan so‘ng pastroq ohang bilan talaffuz qilinsa, ajratilgan bo‘lak bo‘ladi.
Gapning hamma bo‘laklari ajratilishi mumkin. Qaysi gap bo‘lagining so‘rog‘iga javob bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak o‘sha gap bo‘lagining nomi bilan yuritiladi.
Ular boshqa bo‘laklardan maxsus to‘xtam bilan ajralib, gap urg‘u (mantiqiy urg‘u)sini oladi:Tursunali akaga, shunday katta olimga, kuyov bo‘lish hazil gap emas. (Bu gapda birinchi axborot Tursunali akaga kuyov bo‘lish hazil gap emasligi gapning asosiy qismi orqali, ikkinchi axborot esa Tursunali akaningkatta olimligi ajratilgan bo‘lak orqali ifodalangan). Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatga –Roziyani avvalgiday go‘zal, shod ko‘rish niyatiga– Sattor bir lahzada yetdi.Sizga, o‘rta bo‘yli qizga, atlas juda yarashibdi.
Ajratilgan bo‘laklar tuzilishiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi:
a) bir bo‘lak holida: Boyagi yigitning, Avazning, qo‘li gul ekan.
b) birikmali bo‘lak holida:Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo‘lib qoldi.
Ajratilgan bo‘lak o‘zi izohlayotgan bo‘lakdan doimo keyin keladi va yozuvda vergul, tire va ba’zan qavs bilan ajratiladi.
Ajratilgan bo‘laklar, gapdagi qaysi bo‘lakka oid ekanligiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: ajratilgan hol, ajratilgan aniqlovchi, ajratilgan izohlovchi (ega), ajratilgan to‘ldiruvchi, ajratilgan kesim.
Ajratilgan holo‘zidan oldin kelgan holning ma’nosiga aniqlik kiritadi, izohlaydi. Ajratilgan bo‘lak vazifasida ko‘pincha o‘rin, payt hollari keladi: Hu ana shu joyda, taxta ko‘prikning ostida, kichik bir buloq bor. Bundan o‘n yil oldin, 1988-yilda, o‘qishni tamomlagan edim.
Ajratilgan to‘ldiruvchio‘zidan oldin kelgan to‘ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Vositasiz to‘ldiruvchi ham, vositali to‘ldiruvchi ham ajratilgan bo‘lak sifatida qo‘llanishi mumkin: Nasihatimni, otangning so‘zini, esingda tut (vositasiz to‘ldiruvchi).Xatni uning o‘ziga, Muqaddasga, bering (vositali to‘ldiruvchi).
Ajratilgan aniqlovchishaxs yoki narsaning belgisini, kimga yoki nimaga qarashliligini ta’kidlab, ayirib ko‘rsatish uchun qo‘llanadi: Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik yonida dag‘-dag‘ qaltirardi. Bizning, o‘quvchi yoshlarning,o‘zimizga yarasha or-nomusimiz bor.
Ajratilgan izohlovchilar, asosan, izohlanmishdan keyin keladi va o‘ziga xos ohang bilan aytiladi.Ajratilgan izohlovchilar ko‘pincha egaga taalluqli bo‘ladi: O‘g‘lim, qo‘zichog‘im, orom olib uxlayapti, – dedi ona. Birozdan so‘ng Hasan aka,fizika o‘qituvchisi, kirib keldi.
Ajratilgan kesim: Uyda ko‘p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi
3--Uyshuq boʻlaklar tasniflanishi.-- Shovkat Rahmatullayev tasnifi.Sintaktik bo‘lak yakka leksemashakl bilan, yakka birikmashakl bilan ifodalanishdan tashqari o‘zaro teng aloqadagi ikki va undan ortiq leksemashakl bilan, birikmashakl bilan ham ifodalanadi. O‘zaro teng aloqadagi
bunday sintaktik birliklarga uyushiq qator deyiladi. Uyushiq qator hosil etuvchi ikki va undan ortiq a'zo (leksemashakl, birikmashakl) bir butun holda bitta sintaktik bo‘lak vazifasida keladi, shunga ko‘ra uyushiq qator bilan ifodalangan ega, sifatlovchi va h. haqida gapirish to‘g‘ri, "uyushiq bo‘laklar" terminini ishlatish noo‘rin, chunki −lar affiksi "bir necha bo‘lak" tushunchasini beradi, vaholanki sintaktik bo‘lak bitta, faqat u uyushiq qator bilan ifodalangan. Uyushiq qator a'zolari talaffuzda sanash ohangi bilan aytilib, o‘zaro qisqa
pauza (to‘xtam) bilan, yozuvda esa tirnoqcha bilan ajratiladi; uyushiq qator
a'zolari orasida bog‘lovchi qatnashishi mumkin, bunda tirnoqchani yozish−yozmaslik bog‘lovchining turiga bog‘liq. Uyushiq qator bilan ifodalanishdeyarli barcha sintaktik bo‘laklarga xos. . Eganing uyushiq qator bilan ifodalanishi

2 . Bunday uyushiq qator a'zolari bosh kelishik shaklidagi sintaktik birliklarning o‘zaro teng qo‘shilishi bilan tuziladi. Buning asosiy ko‘rinishlari quyidagicha:


I. Uyushiq qator ot leksemashakl bilan ifodalangan :
1. Uyushiq qator a'zolari oralig‘ida bog‘lovchi qatnashmagan
1) Bir xil grammatik shakllangan leksemashakl va birikmashakl bilan
ifodalangan : Sepining boyligi , turi , rang - barangligi hammani hang−mang etdi (Oybek). Doʻpi yelmi , kerosin

hidi anqib turgan suv muzdakkina edi (O‘tkir Hoshimov) kabi. Ikkinchi


misoldagi ega - gapshakl transformasi tarkibidagi (ichki) ega.
2) Uyushiq qator a'zolari grammatik son paradigmasining har xil shaklidagi leksema shakl va birikma shakl bilan ifodalangan : Kambagʻal
urugʻ- aymoq, , qoʻni- qoʻshnilar , toʻy - azada semiradigan yurimsak ayollar ... piyoda jo‘nashdi (Oybek).
Azizning ko‘z o‘ngida brigada shiyponi, lotok−ariq, yangi bog‘, qiyg‘os ochilib yotgan atirgullar, rayhonlar, to‘p−to‘p jambillar jonlandi (Hamid G‘ulom)
kabi. Bu jumlalarda uyushiq qatorning ayrim a'zolari birlik shaklida, ayrima'zolari ko‘plik shaklida ishlatilgan.
3) Uyushiq qator a'zolarining grammatik shakli umumlashtirilgan : Axir, binafsha , chuchmomo, lolalar .. ochilib, yashnab yotadi (Hamid G‘ulom). Bu misolda −lar ko‘plik affiksi, demak, undan keyinkeladigan bosh kelishik shakli ham umumlashtirilib, go‘yo qavslardan tashqariga chiqarilgan, uyushiq qatorga yaxlitligicha qo‘shilgan, uyushiq qator a'zolari esa go‘yo leksemaga teng asos holatiga o‘tgan. Buni qavslar yordamida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: [(binafsha−), (chuchmoma−), (lola−)]
2. Uyushiq qator a'zolari oralig‘ida bog‘lovchi qatnashgan
1) va bog‘lovchisi qatnashgan
a) ikki a'zoli qatorda ishlatilgan
- leksemashakllar uyushgan : Qor va shamol kuchaya bordi (Oybek).
Oqshom esa ona va oʻgʻil Nafisa haqida uzoq suhbatlashdilar (Hamid G‘ulom) kabi;
- juft leksemashakl va birikmashakl uyushgan : Boshqa uylarda qarindosh− urugʻlar va .. turli xotinlar bor edi (Oybek).
b) Ko‘p a'zoli qatorda oxirgi a'zo oldida ishlatilib, sanashning tugashini ifodalashga ham xizmat qilgan; a'zolar leksemashakl hamda birikmashakl bilan ifodalangan va ular bir xil grammatik shakllangan (2): Uyning devorlaridan nam va moʻgʻor, sovuq esadi (Oybek). Bu
ko‘zlarda turg'unlik , oliyjanoblik , koʻngilning bahoriy tozaligi , iliqligi v a qandaydir
parishon xayolchanlik jilvalanar edi (Oybek).
2) bilan ko‘makchisi bog‘lovchi vazifasida ikki a'zoli qatorda ishlatilgan
a) Leksemashakllar uyushgan : Aziz va Nafisa. maktabda birga o‘qishgan (Hamid G‘ulom). Qizi va kelinlari bilan Lutfiniso o‘tirgan oldingi soyabonli aravani .. (Oybek) kabi. Ikkinchi jumladagi ega - gapshakl transformasi tarkibidagi (ichki) ega.
b) Leksemashakl bilan birikmashakl uyushgan :: Toshkentlik yigit bilan Davlatbekov .. qaytib ketishdi (Pirimqul Qodirov).
3. Uyushiq qator a'zolari ham ta'kid yuklamasi bilan ishlatilgan (1). Quyidagi jumlada uyushiq qatorning birinchi a'zosi grammatik son paradigmasining birlik shaklida, ikkinchi a'zosi esa ko‘plik shaklida qatnashgan: Serka ham, qoʻylar ham cho‘ponning izmiga tez bo‘ysunadi (PirimqulQodirov).
4. Bir misolda uyushiq qator oxirida umumlashtiruvchi leksemashakl ishlatilgan; uyushiq qator a'zolari grammatik son paradigmasining birlik va ko‘plik shakllarida qatnashgan: Qorongʻuda soʻppayib turgan traktor , muttasil chagʻ - chagʻ. qilayotgan qargʻalar , osmonda zangori qilichdek yalt- yult qilib. oʻchayotgan chaqmoq - hammasi g‘oyib bo‘ldi (O‘tkir Hoshimov).
II. Bir misolda tasvir birliklari uyushib kelgan: Qiy − chuv , chagʻir − chugʻur quloqni kar qiladi (Oybek).
III. Uyushiq qator otlashgan birikmashakl bilan ifodalangan (3):
1. Rasm−rusum nomlari otlashib uyushiq qator hosil qilgan (1): "Soch
silash ", "Oynagaqarash", "Tugʻdi− tugʻdi " va hokazo qariyb tongga qadar ermak bo‘ldi (Oybek).
2. Qaratuvchili birikmaga transformatsiya qilingan gapshakl −gan sifatdoshi shaklida otlashib. uyushiq qator hosil qilgan (2): Shu payt allaqanday erkak kishining. .. soʻkingani Olimjonning "Qoʻyvoringlar " deb yalingani eshitildi (O‘tkir Hoshimov). .. uning hovli tomonga gup etib tushgani, .. uy tomonga borgani , "Kennayi!" deb
chaqirgani eshitildi (O‘tkir Hoshimov).
Sifatlovchining uyushiq qator bilan ifodalanishi
3- . Tahlilga jalb qilingan jumlalarda sifatlovchining uyushiq qator bilan ifodalanishiga misollarimizda uchraydi :
I. Uyushiq qator sifat leksemashakllar bilan ifodalangan.
1. Ikki a'zoli bo‘lib
1) bog‘lovchi vosita qatnashmagan ): .. yap- yangi , uzun qog‘oz aqchasini .. (Oybek). ..ogʻir , shahdam qadamlar bilan ..
(O‘tkir Hoshimov) kabi. Ketma−ket joylashgan ikki sifat leksemashakl doim uyushiq qator hosil qilavermaydi. Buni aniqlashda quyidagi amaliy usuldan foydalanish mumkin: uyushiq qator bo‘lsa, bunday sifatlovchilarni o‘zaro
o‘rin almashtirish imkoniyati bo‘ladi: yap−yangi, uzun aqchani  uzun, yap−yangi aqchani kabi (ayni predmetning teng deb qaralgan ikki belgisi).
Og‘ir, shahdam qadamlar bilan misolida ikki belgi orasidagi teng aloqa zidlash bilan (og‘ir, lekin shahdam kabi) ifodalangan. Yozuvda ba'zan uyushiq bo‘lmagan sifatlovchilar oralig‘iga tirnoqcha qo‘yilib, ular uyushiq qatorga tenglashtirib qo‘yiladi. Masalan, Mirzakarimboy
h a ya j o n l i, t i t r o q t o v u sh b i l a n qiziga fotiha berib,.. (Oybek) jumlasida ketma−ket kelgan sifat leksemashakllar asli uyushiq qator hosil
qilmaydi, ularning tovush bilan leksemashakliga bog‘lanishi tamoman boshqacha: [(hayajonli) X (titroq tovush−) bilan. Demak, hayajonli leksemashakli titroq tovush− birikmasiga sifatlovchi bo‘lib kelgan, tirnoqcha noo‘rin (ortiqcha) qo‘yilgan. Yuzimga i l i q, y i r i k t o m ch i tushdi
(O‘tkir Hoshimov) jumlasida ham asli sintaktik aloqa quyidagicha (iliq) X (yirik tomchi-);
2) bog‘lovchi vosita qatnashgan (3): a) va bog‘lovchisi (2): Kuyov u z u n v a k e n g zarbob to‘n kiyib ..
(Oybek). .. s o ch d a y q o p − q o r a v a m a y i n .. t o l a l a r ..(Pirimqul Qodirov). Ikkinchi misolda asli gapshakl (Tolalar sochday qop−qora va mayin) sifatlovchili birikmaga transformatsiya qilingan;
b) hatto ta'kid yuklamasi qatnashgan (I): U Hulkarga j u d a m a y i n, h a t t o m e h r i b o n tovush bilan gapirar edi (Pirimqul Qodirov).
2. Uyushiq qator uch a'zoli bo‘lib, ular oralig‘ida bog‘lovchi vosita qatnashmagan :Kuyov tomonda o r i q, d a r o z, ch a y i r bir xotin bel
bog‘ladi (Oybek). Mana bu misolda ikkinchi tirnoqcha ortiqcha qo‘yilib, ikki
a'zoli uyushiq qator uch a'zoli uyushiq qatorga o‘xshab qolgan: Boshqa uylarda t o‘ y p a r a s t, d -a y d i, t u r l i x o t i n l a r bor edi (Oybek).
Asli bu yerdagi sintaktik bog‘lanish quyidagicha: (to‘yparast, daydi) X (turlixotinlar).
II. Uyushiq qator mato turi ma'nosini anglatadigan ot leksemalar bilan ifodalangan : Quyidagi jumlada bunday ma'noli ot leksema sifatlovchi olib, ko‘rpani leksemashakliga uyushiq birikmashakllar sifatida tobelangan; bu uyushiq birikmashakllar oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan: .. t o‘ q q i z d u x o b a v a t o‘ q q i z h a r n a v. sh o h i ko‘rpani tomosha qildi (Oybek).

III. Uyushiq qator sifatdosh shaklidagi fe'l birikmashakllar, transformatsiyalangan gapshakllar bilan ifodalangan : I. Ikki a'zoli bo‘lib


1) bog‘lovchi vosita qatnashmagan
a) yoyiq birikmashakllar bilan ifodalangan : Q i sh i n − yo z i n. b a h o r d a g i d a y ya sh n a b t u r a d i g a n, h a m i sh a ch a sh m a n i n g sh o‘ x t o m ch i l a r i b i l a n o‘ y n a sh i b o s a d i g a n bu chiroyli giyoh – sunbul (Pirimqul Qodirov);
b) tashqi transformatsiyalangan gapshakllar bilan ifodalangan : : e t a k l a r i g‘ i j i m l a n g a n, r a n g i a y n i g a n chit ko‘ylak .. (Oybek); 2) va bog‘lovchisi qatnashgan : O‘ r t a m a k t a b n i a ' l o b a h o l a r b i l a n. t a m o m l a g a n v a sh u m a k t a b d a m u a ll i m l i k k a q o l d i r i l g a n Nafisa .. (Hamid G‘ulom). .. k o‘ p d a n b e r i x a y o l i n i b a n d q i l i b k e l g a n v a n i h o ya t b u g u n, sh u o q sh o m h a q i q a t g a a y l a n i sh i e h t i m o l b o‘ l g a n orzusi haqida .. (Hamid G‘u-lom).
2. Mana bu jumladagi uyushiq qator uch a'zoli bo‘lib, leksemashakl bilan
ifodalangan, bog‘lovchi vosita qatnashmagan : Dildor u a v v a l k o‘ rg a n, t a n i g a n, b i l g a n Dildor emas (Hamid G‘ulom).
IV. Uyushiq qator sifat leksemashakl, sifat birikmashakl bilan hamda sifatdosh shaklidagi leksemashakl, birikmashakl bilan - aralash holda ifodalangan : Ch u v a k y u z l i, s i y r a k s a r g‘ i sh m o‘ y l o v l i, i r j a y g a n quvgina yigitga bir oz tikildi−da,.. (Oybek). B o b o s i g a m e h r i b o n, o t a − o n a s i n i n g h u r m a t i n i j o y i g a q o‘ ya d i g a n, u k a l a r i -n i n g t a r b i ya s i g a b o sh − q o sh, o‘ t a m e h r i b o n, e r t a − y u k e ch t i n i b − t i n ch i m a y d ig a n qiz (Hamid G‘ulom).
3.Qaratuvchining uyushiq qator bilan ifodalanishi
Qaratuvchining uyushiq qator bilan ifodalanishiga tahlilga jalb qilingan jumlalar orasida faqat 3 misol uchradi. Bu uch misolda qaratuvchining uyushiq qator bilan ifodalanishiga xos quyidagi xususiyatlar o‘z aksini topgan:
1) T o‘ r t k a r n a y, o l t i s u r n a y n i n g shovqini ko‘kni tutdi
(Oybek). Bu jumlada uyushiq qator sifatlovchili birikmashakllar bilan ifodalangan; qaratqich kelishigi affiksi uyushiq qatorga yaxlitligicha qo‘shilgan; bu
affiks umumlashtiruvchi shakl yasovchi holatida qatnashgan, go‘yo qavslardan
tashqariga chiqarilgan, birlik son ko‘rsatkichi esa har bir uyushuvchining o‘zida saqlangan: [(to‘rt karnay ), (olti surnay )] ning. Kelishik affiksining bunday umumlashtirilishi bilan uyushiq qator a'zolari asli kelishikdan xoli, tugallanmagan grammatik shaklda bo‘ladi, lekin tashqi ko‘rinishda

bosh kelishik shaklida turgandek ko‘rinadi.


2) Kuyov .. h a v o n i t i t r a t g a n k a r n a y l a r, s u r n a yl a r sadosi bilan o‘zinikiga ketdi (Oybek). Bu jumlada uyushiq qator sifatlovchili birikmashakllar bilan ifodalangan; qaratqich kelishigi belgisiz shaklda
ishlatilgan va uyushiq qatorga yaxlitligicha qo‘shilgan: {[(havoni titratgan)
(karnaylar−, surnaylar−)] karnay- surnay sadosi bilan. Demak, bu misolda ham
uyushiq qator a'zolari to‘liq grammatik shakllanmagan, go‘yo asosga teng holatda qatnashgan.
3) .. Hulkar bilan Avazni q o‘ y l a r v a t o g‘ m a n z a r a l a r i
orasida .. suvratga oldi (Pirimqul Qodirov). Bu jumlada uyushiq qatorning
birinchi a'zosi leksema bilan, ikkinchi a'zosi qaratuvchili birikma bilan ifodalangan, ular oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan; har ikki a'zo ko‘plik shaklida ishlatilgan; ikkinchi a'zoning qaralmishiga III shaxs nisbatlovchisi
qo‘shilgan; uyushiq qator yaxlitligicha qaratqich kelishigining belgisiz shaklida orasida leksemashakliga bog‘langan: {[(qo‘ylar−) va (tog‘ manzaralari−)]
 | ning|} X {orasida}.
4. To‘ldiruvchining uyushiq qator bilan ifodalanishi
Tahlilga jalb qilingan jumlalarda to‘ldiruvchining uyushiq qator bilan ifodalanishiga 10 misol uchradi; 4 misolda vositasiz to‘ldiruvchi, 6 misolda vositali to‘ldiruvchi uyushiq qator bilan ifodalangan.
1. Uyushiq qator bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchi tushum kelishigining:
I) belgili shaklida ishlatilgan ; kelishik affiksi uyushiq qator a'zolariga:
a) alohida−alohida qo‘shilgan : uyushiq qator:
- leksemashakllar bilan ifodalangan : .. t r a k t o r n i, k o mb a y n n i puxta o‘rganib oldi (Hamid G‘ulom);
- sifatlovchili birikmashakllar bilan, gapshaklning tashqi transformasi bilan ifodalangan; uyushiq qator a'zolari oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan
: Keyin a y i q o t i l g a n u n g u r n i v a s e l k e l g a n d ar a n i borib ko‘rdi (Pirimqul Qodirov);
- uyushiq qator ikkitadan ortiq a'zoli bo‘lib, uyushiq to‘ldiruvchilar tarkibidagi sifatlovchilar gapshakl transformasi bilan, yig‘iq va yoyiq birikmashakllar bilan ifodalangan : Qiz d o m l a n i n g "o‘ t k i r n a f a s i"

t e k k a n b i r s i q i m ch o y n i, r o‘ m o l ch a g a t u g i l g a n


q a n d n i, g o‘ sh a n g a d a k i y i l a d i g a n y u p q a o q. k o‘ yl a k n i .. v a b i r p a r ch a q o g‘ o z n i n g. yu z i g a .. yo z i lg a n .. "e z i b i ch k i" n i birga qo‘shib, .. (Oybek);
b) umumlashtiruvchi affiks sifatida yaxlitligicha qo‘shilgan : Oxirida u H u l k a r b i l a n A v a z n i .. ikki qayta suvratga oldi (Pirimqul Qodirov). Bu jumlada uyushiq qator a'zolari oralig‘ida bilan ko‘makchisi bog‘lovchi vazifasida qatnashgan: [(Hulkar−) bilan (Avaz )] - ni. 2) Uyushiq qator belgisiz tushum kelishigida ishlatilgan : ..
so‘qmoqda s i m o b i ch a k m o n v a q o‘ z i t e l p a k kiygan Turdi ko‘rindi (Pirimqul Qodirov). Bu jumlada uyushiq qator a'zolari sifatlovchili
birikma bilan ifodalanib, ular oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan; tushum kelishigi shakli uyushiq qatorga bir butun holda yaxlitlovchi shakl sifatida qo‘shilgan; {[(simobi chakmon ) va (qo‘zi telpak −)] |ni|} X {kiygan}. Yuqoridagi tahlildan ayon bo‘ladiki, uyushiq qator bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchi asosan tushum kelishigining belgili shaklida ishlatiladi.
2. Uyushiq qator bilan ifodalangan vositali to‘ldiruvchi : 1) makon kelishigida shakllangan
a) chiqish kelishigida shakllanib, leksema bilan ifodalangan; kelishik
shakli uch a'zoning har biriga qo‘shilgan : Inson baxtini m e h n a t id a n, i l m i d a n, h a r a k a t i d a n topadi (Hamid G‘ulom);
b) jo‘nalish kelishigida shakllanib, birikma bilan ifodalangan; kelishik shakli uch a'zoning har biriga qo‘shilgan; oxirgi a'zodan oldin va bog‘lovchisi
qatnashgan : .. u n i n g. s e r j a n t l i k b e l g i l a r i g a, k o‘ kr a g i d a g i. g v a r d i ya n i sh o n i g a v a. q a t o r. z n a ch o kl a r i g a havas bilan tikilardi (Hamid G‘ulom). Bu jumladagi uyushiq qatorning birinchi va uchinchi a'zosi ko‘plik shaklida, ikkinchi a'zosi birlik shaklida ishlatilgan; 2) yaxlitlovchi shakl sifatida qo‘shilgan ko‘makchi bilan shakllangan :
a) bilan ko‘makchisi qatnashgan ; uyushiq qator a'zolari ko‘plik shaklida, nisbatlovchi qo‘shilgan holda kelgan, oralig‘ida bog‘lovchi qatnashmagan: .. xotinlar .. r o‘ m o l l a r i, q o‘ l l a r i. b i l a n yuzlarini yashirardilar (Oybek);
b) uyushiq qatorning birinchi a'zosi birlik shaklida, ikkinchi a'zosi ko‘plik shaklida ishlatilgan, oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan : Aziz o n a s i v a d o‘ s t l a r i b i l a n .. ko‘chib ketgan edi (Hamid G‘ulom);
d) uyushiq qator ko‘p a'zoli bo‘lib, birlik shaklida, faqat bir a'zo ko‘plik shaklida ishlatilgan, oxirgi a'zo oldida va bog‘lovchisi hamda hatto ta'kid yuklamasi qatnashgan : Dildor .. – o‘ z e r k i, i r o d a s i, m a q s a d i, h a t t o j a s o r a t i b i l a n mustaqil inson! (Hamid G‘ulom);

e) haqida ko‘makchisi qatnashgan : : uyushiq qatorning birinchi a'zosi


leksema bilan, ikkinchi a'zosi o‘z ichida uyushiq qatorli birikma bilan ifodalangan va bu qismda haqida ko‘makchisi yaxlitlovchi shakl sifatida ishlatilgan: U o‘g‘li haqida, u n i u y l a n t i r i sh. o r z u s i v a k e l i nl i k k a. N a f i s a n i t a n l a g a n i h a q i d a. og‘iz ochganida ..(Hamid G‘ulom).
Uyushiq qator bilan ifodalangan to‘ldiruvchining shakllanishi bu yerda tasvirlanganidan ko‘ra boy va rang−barang; tahlil qilingan jumlalarda bir qismi-gina namoyon bo‘lgan.
5. Hollovchining uyushiq qator bilan ifodalanishi
. Tahlilga jalb qilingan jumlalarda hollovchining uyushiq qator bilan ifodalanishiga 9 misol uchradi:
1. Asosan tarz hollovchisi uyushiq qator bilan ifodalangan
1) −b ravishdoshi shaklida uyushib kelgan a) leksema bilan ifodalangan : Lutfiniso i n q i l l a b, h a r s i ll a b qizini olib jo‘nashga kirishdi (Oybek);
b) birikmashakl bilan ifodalangan : Uning nurlarida q i sh n i n g p o y o n s i z o q k o‘ r p a s i m a y d a o l t i n u ch q u n l a t i b, h a m m a y o q n i j i m j i t l i k b i l a n. o‘ r a b yo t a r -d i (Oybek). Nuri p o ch a. p o‘ s t i n k i y i b, v a z m i n z a r. b o b p ar a n j i n i. y o p i n i b hovliga chiqqanda .. (Oybek) kabi. Keyingi misolda hollovchi uyushib kelayotganini qavslar yordamida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: [(pochapo‘stin kiyib), (vazmin zarbob paranjini yopinib)] X [hovliga chiqqanda]; bu uyushiq qatorni quyidagicha transformatsiya qilib ham tekshirish mumkin: pochapo‘stin kiygan, .. paranji yopingan holda;
2) Uyushiq qator aralash: birinchi a'zosi −ma bo‘lishsizlik shaklidan keyin qo‘shiladigan −y ravishdoshi shaklida, ikkinchi a'zosi esa bilan ko‘makchisi qo‘shilgan ot leksema shaklida qatnashgan, zidlab izohlash ma'nosini ifodalash uchun lekin bog‘lovchisi ishlatilgan : Q o‘ r q m a y, l e k i n i t o a t b i l a n gapirdi Gulnor (Oybek).
3) Uyushiq qator ravish va sifat leksemashakl bilan ifodalangan, orada
va bog‘lovchisi qatnashgan : .. o‘zini j u d a b e x a v o t i r v a o s ud a s e z a y o t g a n Hulkar .. (Pirimqul Qodirov).
2. O‘rin hollovchisining uyushiq qator bilan ifodalanishiga bir misol uchradi. Quyidagi jumlada qaratuvchili birikma va ot leksema jo‘nalish kelishigi
shaklida uyushiq qator hosil qilib, o‘rin hollovchisi vazifasida kel-gan; uyushiq qatorniig birinchi a'zosi birlik shaklida nisbatlovchi bilan, ikkinchi a'zosi esa ko‘plik shaklida ishlatilgan: H o v l i s a h n i g a, a y v o n l a r g a sep yoyildi (Oybek). Uyushiq qator bilan ifodalanadigan hollovchilarning shakllanishi boy va

rang−barang bo‘lib, tahlilga jalb qilingan jumlalarda bir qismi-gina namoyon bo‘lgan.

6 Kesimning uyushiq qator bilan ifodalanishi
Kesimning uyushiq qator bilan ifodalanishi nutqda juda ko‘p voqe bo‘ladi: tahlilga jalb qilingan jumlalar orasida 94 misol uchradi. Shulardan 87 misol fe'l kesimga, 4 misol sifat, ravish kesimga, 2 misol ot kesimga to‘g‘ri keldi; bir misolda sifat bilan fe'l uyushiq qator hosil qilgan.
I. Sifat bilan ifodalangan uyushiq qatorga (4) yaxlitligicha: 1) hozirgi zamon ko‘rsatkichi va III shaxs tuslovchisi qo‘shilgan; sifat leksemashakllar oralig‘ida bog‘lovchi vosita qatnashmagan (2): Suvi t o z a, m u z d a y (O‘tkir Hoshimov). Faqat guzardagi choyxona-gina ch a r og‘ o n, g a v j u m (Hamid G‘ulom). Bunday shakllanishni qavslar yordamida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: [Suvi] X [(toza, muzday)  VIII 
2) bo‘l− yordamchisi, −di o‘tgan zamon yasovchisi, III shaxs tuslovchisi qo‘shilgan; sifat leksemashakllar oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan Nikoh to‘yi favqulodda s u r o n l i v a t a n t a n a l i bo‘ldi (Oybek). Bunday shakllanishni qavslar yordamida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: {Nikoh to‘yi} X {favqulodda X [(suronli va tantanali)  bo‘l  di  VI]}.
3) ekan affiksoidi qo‘shilgan, uyushiq qator a'zolari gapga teng qurilishli frazemalar bilan ifodalangan, oralig‘ida bog‘lovchi vosita qatnashmagan : Demak, q a l b i s a yo z, t a b i a t i y e n g i l e k a n .. (Hamid G‘ulom). Bunday ifodalanishni qavslar yordamida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: [(qalbi sayoz), (tabiati yengil)]  ekan   VI.
2. Ot bilan ifodalangan kesim quyidagicha uyushiq qator hosil qilgan :
I) birlik, bosh kelishik shaklidagi sifatlovchili birikmashakl bilan ifodalangan birinchi a'zoga emas inkor affiksoidi qo‘shilgan; yoyiq birikma shakl bilan ifodalangan ikkinchi a'zo balki yuklamasi bilan boshlanib, qat'iy tasdiq ma'nosini ifodalash uchun yozuvda oxiriga undov alomati qo‘yilgan (1): [Dildor] j o n s a r a k. q i z e m a s, b a l k i. m u s t a q i l i n s o n ! (Hamid G‘ulom). Uyushiq qatorga bir butun holda hozirgi zamon shakli
ko‘rsatkichi va III shaxs tuslovchisi qo‘shilgan: {[(jonsarak qiz)  emas], [balki (.. mustaqil inson)]}   VIII   VI.
2) Quyidagi jumlada uyushiq qatorning birinchi a'zosi birlik, bosh kelishik shaklidagi ot leksemashakl bilan ifodalanib, faqat, −gina yuklamalari emas affiksoidi bilan shakllangan; ta'kidni kuchaytirish uchun ega bo‘lak (binafsha) ikkinchi a'zo oldida takroran ishlatilgan, uyushiq qatorning bu a'zosi tarkibida qaratuvchili birikmashakllar birlik, bosh kelishik shaklida uyushib
kelgan; uyushiq qatorga bir butun holda hozirgi zamon ko‘rsatkichi va III .shaxs tuslovchisi qo‘shilgan; ..Binafsha f a q a t g u l g i n a e m a s, binafsha – n a z o k a t, n a f o s a t r a m z i, i n s o n d i l i n i n g m u a t t a r a t r i, Aziz aka! (Hamid G‘ulom).

3. Bir jumlada sifat birikma bilan fe'l birikma uyushiq qator hosil qilgan;


birinchi a'zo bo‘l− yordamchisi bilan fe'llashtirilgan, har ikki a'zoga hozirgi−kelasi zamon (umumzamon) va III shaxc ko‘pligi affikslari qo‘shilgan: Bunaqa qizlar e r l a r i g a m e h r i b o n b o‘ l a d i l a r, o i l a l a r i n i y a sh n a t a d i l a r (Hamid G‘ulom).
7.. Fe'l kesimning uyushiq qator bilan ifodalanishi nutqda eng ko‘p
uchraydi
I. Uyushiq qator −di aniq yaqin o‘tgan zamon shaklida ishlatilgan : 1. Uyushiq qatorning barcha a'zolariga shu zamon yasovchisi qo‘shilgan.1) Uyushiq qator ikki a'zodan iborat :
a) Ular oralig‘ida bog‘lovchi vosita qatnashmagan : Tashqari hovlida hamma uylarni y i g‘ i sh t i r d i m, ko‘rpachalarni hovliga olib chiqib q o q d i m (Oybek). Aziz ertasi kun maktabga b o r d i, Nafisani k o‘ rd i (Hamid G‘ulom) kabi;
b) Ular oralig‘ida bog‘lovchi vosiga qatnashgan : va bog‘lovchisi : Gulnor tanchaga suyanib. ch o‘ q q a y d i va so‘zini d a v o m. e t t i r d i (Oybek). U .. binafshalardan besh-oltitasini
saralab u z d i va dastalab Azizga u z a t d i (Hamid G‘ulom) kabi; - −da yuklamasi qatnashgan :
kissasiga u r d i − d a, Nurining yuzini o ch d i (Oybak). Aziz eshik oldida bir nafas i k k i l a n i b t u r d i − d a, qizil tugmani b o s d i (Hamid G‘ulom) kabi; - −yu yuklamasi qatnashgan : Turdi undan tezroq chopib katta archani a y l a n i b o‘ t d i − y u, Hulkarning qarshisidan ch i q d i (Pirimqul Qodirov). .. quyosh qontalash nur sachratib bir zum o s i l i b t u r d i − y u, ufq ortiga d u m a l a b k e t d i (O‘tkir Hoshimov) kabi; - ham ta'kid yuklamasi uyushiq qatorning ikkinchi a'zosidan keyin qatnashgan (1): Dildor uning ketidan ch i q m a d i, eshikni y o p m a d i ham (Hamid G‘ulom); - lekin bog‘lovchisi uyushiq qatorning ikkinchi a'zosi oldida qatnashgan : ..bolalar ikki yerda yo‘l tutishga t i r i sh d i l a r, l e k i n e p l a y o l m a d i l a r (Oybek).
2) Uyushiq qator uch a'zodan iborat :
a) Ular oralig‘ida bog‘lovchi vosita qatnashmagan : Ana shunda Aziz.. Nafisaning yo‘lini p o y l a d i, u ch r a sh d i, s o‘ z l a sh d i (HamidG‘ulom);
b) Ular oralig‘ida bog‘lovchi vosita qatnashgan ; birinchi a'zodan keyin −da yuklamasi, ikkinchi va uchinchi a'zolar oralig‘ida va bog‘lovchisi ishlatilgan: .. quvgina yigitga biroz t i k i l d i − d a, boshini asta q u y i s o l d i va ichida x o‘ r s i n d i (Oybek). Aziz binafshani to‘yib h i d l ad i − y u , avaylab cho‘ntagiga s o l d i va avtobusga chiqdi (HamidG‘ulom) kabi.
2. Uyushiq qator a'zolaridan biri −b ravishdoshi shaklida, boshqalari −di aniq yaqin o‘tgan zamon shaklida ishlatilgan : 1) Uyushiq qator ikki a'zodan iborat bo‘lib (27), ikkinchi (oxirgi) a'zo
−di zamon yasovchisiga tuslovchi qo‘shilgan holda shakllangan; birinchi a'zo esa −b ravishdosh yasovchisi shaklida ishlatilgan; bu ravishdosh yasovchisi

bilan ikkinchi a'zoda ifodalangan zamon, shaxs-son kabi ma'nolar "yashirigan", natijada birinchi a'zoda ikkinchi a'zoga bog‘liqlik yuzaga kelgan: birinchi a'zoning zamon va shaxs−son kabi ma'nosi ikkinchi a'zo asosida belgilanadigan bo‘lgan: .. qishloq xalqi e r t a yo t i b, e r t a. t u r a d i (Hamid G‘ulom). Hulkar qo‘ylarni t o‘ p q i l i b, yana bir q a r a b ch i q d i


(Pirimqul Qodirov). Allaqayoqqa b o r i b, hozir k e l d i n g i z − k u (Oybek). Darvozaning tirqishidan yana m o‘ r a l a b, qorong‘ida hech narsani k o‘ r o l m a d i m (O‘tkir Hoshimov) kabi.
2) Uyushiq qator uch a'zodan iborat bo‘lib :
a) har uch a'zoga −di zamon yasovchisi qo‘shilgan ; ikkinchi a'zo oxirida −yu yuklamasi qatnashgan: Hulkar avval bir ch o‘ ch i d i, keyin Xolbekni ko‘rib j i l m a y i b q o‘ y d i − y u, serkasining ketidan ch o p i b k e t d i (Pirimqul Qodirov);
b) birinchi a'zoga −b ravishdosh yasovchisi, ikkinchi, uchinchi a'zoga −di zamon yasovchisi qo‘shilgan ; ikkinchi a'zo oxirida: - −da yuklamasi qatnashgan : Kuyov bir qo‘li bilan uning belidan
q u ch i b, ikkinchi qo‘li bilan ro‘molini k o‘ t a r d i − d a, sh i v i r l ad i .. (Oybek);
−yu yuklamasi qatnashgan : Avaz otni yetaklab kelib, xurjunni egarga t a sh l a d i − yu, Hulkarga boshdan oyoq bir q a r a b o l d i (Pirimqul Qodirov);
d) ikkinchi a'zoga −b ravishdosh yasovchisi, birinchi, uchinchi a'zoga −di zamon yasovchisi qo‘shilgan : birinchi, ikkinchi a'zo oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan : "Pichoq bizda ham bor!" – d e d i va kesik chilvirni o t i b t a sh l a b, belini p a y p a s l a d i (Pirimqul Qodirov); ikkinchi a'zo boshlanishida lekin bog‘lovchisi qatnashgan : Turdi g a n d i r a k l a b k e t d i, lekin darrov o‘ z i n i o‘ n g l a b, Xolbekning yuziga qulochkashlab bir. m u sh t u r d i (Pirimqul Qodirov).
II. Uyushiq qator quyidagi zamon shakllarida ham ishlatilgan ::
1. O‘tgan zamon shakllarida :
1) −gan aniq old o‘tgan zamon shaklida : a) Uyushiq qatorning har uch a'zosi −gan zamon yasovchisi shaklida III shaxs tuslovchisi bilan ishlatilgan : Aziz bilan Nafisa maktabda birda o‘ q i sh g a n, birga d a r s t a y yo r l a sh g a n, imtihonlarni ham birga. t o p sh i r i sh g a n (Hamid G‘ulom);
b) Uyushiq qatorning birinchi a'zosi zamon ma'nosini (shuningdek shaxsson ma'nosini ham) ifodalamaydigan −b ravishdoshi shaklida, ikkinchi a'zosi
−gan zamon yasovchisi va III shaxs tuslovchisi bilan ishlatilgan : Sochini gulsiz qora durra tagiga y i g‘ i b, durrani ham yigitlarning belbog‘idek tang‘ib. b o g‘ l a g a n (Pirimqul Qodirov).
2) −gan edi aniq uzoqroq o‘tgan zamon shaklida ishlatilgan :
a) Uyushiq qator ikki a'zoli bo‘lib, ular oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan, zamon yasovchisining edi qismi umumlashtirilib, uyushiq qatorga

yaxlitligicha qo‘shilgan : Qoraqand suvi Hulkarning lablarini quyuq qizil rangga b o‘ ya g a n va iyagining chuqurchasi ustiga chiroyli bir xol q o‘ y g a n. e d i (Pirimqul Qodirov);


b) Uyushiq qator besh a'zoli bo‘lib, ikkinchi, uchinchi a'zolar, shuningdek to‘rtinchi, beshinchi a'zolar oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan; uchinchi a'zo −b ravishdoshi shaklida ishlatilgan, zamon yasovchisining edi qismi umumlashtirilib, uyushiq qatorga yaxlitligicha qo‘shilgan: Bu vaqt Aziz onasi va do‘stlari bilan Mirzacho‘ldagi "Samarqand" sovxoziga k o‘ ch i b k e t g a n, paxtachilikda ekishdan terishgacha hamma ishni mukammal m a sh i n a l a sh t i r g a n va diplom ishida brigada tajribasini yo z i b, institut olimlarining tahsiniga s a z o v o r b o‘ l g a n v a sirtqi aspiranturaga q o l d i r i l g a n e d i (Hamid G‘ulom).
3) −digan bo‘ldi zamon shaklida ishlatilgan : zamon yasovchisining
bo‘lib qoldi qismi umumlashtirilgan, uyushiq qatorga yaxlitligicha qo‘shilgan: Uyga kam k e l a d i g a n, ko‘pincha brigada shiyponida yo t i b q o l a d i g a n b o‘ l i b q o l d i (Hamid G‘ulom).
4) −r edi davomli o‘tgan zamon shaklida ishlatilgan : uyushiq qatorning:
a) barcha a'zolari −r edi shaklida ifodalanib, edi qismi umumlashtirilgan : Serka qo‘ng‘irog‘ini asabiy j i r i n g l a t a r, chilviridan bo‘shamoqchi bo‘lib b o‘ g‘ i l a r e d i (Pirimqul Qodirov) kabi; b) birinchi a'zosi −mas bo‘lishsizlik shaklida, ikkinchi a'zosi −r shaklida
ifodalanib, edi qismi umumlashtirilgan; uyushiq qator a'zolari oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan (1): U ayollarni y a x sh i b i l m a s v a Hulkar to‘g‘risidagi eng behayo gaplarga ham i sh o n a r e d i (Pirimqul Qodirov); d) birinchi a'zosi −b ravishdoshi shaklida (zamon va shaxs−son ma'nosini ifodalamaydigan betaraf shaklda), ikkinchi a'zosi −r edi shaklida ishlatilgan : Ammo Turdining ko‘zlari t i n i b, Hulkarni boshqacha k o‘ r s a t a r e d i (Pirimqul Qodirov); e) uch a'zoli uyushiq qatorning ikkinchi a'zosi −b ravishdoshi shaklida
ishlatilgan, birinchi, ikkinchi a'zolar yo bog‘lovchisi bilan boshlangan : U yo o‘z−o‘zini o‘ l d i r a r d i, yo xizmatkor yigit bilan bir yurtga q och i b, kambag‘allikda non gadosi bo‘lib. y a sh a r d i (Oybek) 5) −moqda edi davomli o‘tgan zamon shaklida ishlatilgan ; uyushiq qatorning^birinchi a'zosi −b ravishdoshi shaklida ifodalangan: Qo‘ylar endi qo‘tondan ch i q i b, chodir atrofidagi yonadan o‘ r l a b. k e t i shm o q d a e d i (Pirimqul Qodirov). Tog‘ cho‘qqilarida oqish bulutlar k o‘p a y i b, pastga o q i b t u sh m o q d a e d i (Pirimqul Qodirov). 6) Uyushiq qatorning ikki a'zosi −b affiksi bilan yasalgan darak old o‘tgan zamon shaklida ishlatilgan; birinchi a'zo oxirida −da yuklamasi qatnashgan (1): Siz unga [nonga] mening to‘g‘rimdagi harom gaplarni qo‘shib y e b s i z - d a b o‘ k i b q o l i b s i z (Pirimqul Qodirov).
2. Uyushiq qator a'zolari −a/-y hozirgi−kelasi zamon shaklida ishlatilgan 1) Har ikki a'zo −a/−y affiksi bilan shakllangan (b); uyushiq qator a'zolari oralig‘ida:
a) bog‘lovchi vosita qatnashmagan (3): Kampirlar yaqin borib q a rg‘ a sh a d i, q u v l a sh a d i (Oybek). Mana endi yana sovxozga, brigadamga b o r a m a n, hosil uchun k u r a sh a m a n
b) bog‘lovchi vosita qatnashgan : - va bog‘lovchisi : Feruzdan keyin .. d o v o n o sh i l a d i v a . O‘ratepaning Shahristoniga t u sh i l a d i (Hamid G‘ulom);
- −da yuklamasi (2): Kechasi traktorni beshinchi brigadaga o l i b o‘ t a m i z − d a, ertalabdan yangi joyda i sh. b o sh l a y m i z (O‘tkir Hoshimov) kabi.
2) Uyushiq qatorning birinchi a'zosi −b ravishdoshi shaklida, ikkinchi
a'zosi −a/−y zamon yasovchisi shaklida ishlatilgan (3): Mirzakarimboy hayajonli titroq tovush bilan qiziga f o t i h a b e r i b, soqolini s i l a d i (Oybek). Axir binafsha .. Feruz atroflarida, dalalar, o‘ngirlarda gilam−gilam
o ch i l i b, y a sh n a b y o t a d i (Hamid G‘ulom) kabi. Oxirgi misolda ko‘makchi fe'l ham umumlashtirilgan. 3) Uch a'zoli uyushiq qatorning ikkinchi a'zosi −b ravishdoshi shaklida
ishlatilgan, birinchi a'zodan keyin va bog‘lovchisi qatnashgan : Ular eshik tirqishlaridan. . m o‘ r a l a y d i l a r v a q i ya o ch i b, boshlarini s uq a d i l a r (Oybek).
3. Uyushiq qator a'zolari har xil zamon shaklida ishlatilgan : 1) birinchi a'zo −r edi o‘tgan zamon shaklida, ikkinchi a'zo esa −gan edi o‘tgan zamon shaklida ishlatilgan, zamon yasovchilarining edi qismi umumlashtirilgan : Hansirab n a f a s o l a r, t e r l a b k e t g a n e d i. 2) birinchi a'zo −r ekan o‘tgan zamon shaklida, ikkinchi a'zo −di o‘tgan zamon shaklida ishlatilgan : Belbog‘ini y e ch a r e k a n, Hulkarga jilmayib q a r a b q o‘ y d i (Pirimqul Qodirov);
3) birinchi a'zo −di o‘tgan zamon shaklida, ikkinchi a'zo −moqchi bo‘ldi zamon shaklida ishlatilgan; birinchi a'zodan keyin -yu yuklamasi qatnashgan : Uning moylanganday yiltillayotgan ko‘zlarini Hulkar endi k o‘ r d i − yu,
tez yurib undan o‘ t i b k e t m o q ch i bo‘ldi (Pirimqul Qodirov). 4. Bir misolda uyushiq qatorning birinchi a'zosi −gan bo‘lsa o‘tgan zamon shart mayli shakliga ham yuklamasini qo‘shib ishlatilgan, ikkinchi a'zo esa −gan edi o‘tgan zamon shaklida kelgan: Qoraqand hali q o r a y i b
p i sh g a n b o‘ l m a s a h a m, q i z a r i b q o l g a n e d i (Pirimqul Qodirov).
F.. Yakuniy xulosalar
1. "Uyushiq bo‘laklar" deyish asosli emas, chunki sintaktik bo‘lak bitta bo‘ladi, faqat u uyushiq qator bilan ifodalanadi.
2. Uyushiq qator a'zolari asosan ikkita, ba'zan uchta va undan ortiq bo‘ladi; uyushuvchi qismlar o‘zaro teng holatda qo‘shiladi, birgalikda boshqa bir sintaktik bo‘lak bilan bog‘lanadi.
3. Uyushiq qator a'zolari odatda sintaktik vazifani ta'minlovchi ayni bir grammatik shaklda bo‘ladi. Bunday grammatik shakl vazifasini ega, qaratuvchi, to‘ldiruvchi, qisman hollovchi uyushiq qator bilan ifodalanganida kelishik

shakli, kesim uyushiq qator bilan ifodalanganida tuslovchi, sifatlovchi sifat bilan ifodalanganida "sifatlovchi" sintaktik semasi bajaradi.


4. Sintaktik vazifa ko‘rsatkichi ba'zan uyushiq qatorning har bir a'zosiga .qo‘shiladi, ko‘pincha esa umumlashtiruvchi shakl sifatida yaxlitligicha uyushiq qatorga qo‘shiladi. Bunday yaxlitligicha qo‘shilish faqat sintaktik vazifa .ko‘rsatkichida emas, balki undan oldin qo‘shiladigan grammatik ko‘rsatkichda ham voqe bo‘lishi mumkin. Uyushiq qator a'zolarining grammatik shaklida voqe bo‘ladigan bunday umumlashtirish o‘zbek tilining o‘ziga xos milliy xususiyati sifatida alohida ta'kidlashga loyiq.
5. Uyushiq qator bilan ifodalangan egada, qaratuvchida, to‘ldiruvchida kelishikdan tashqari grammatik son paradigmasining ko‘rsatkichi (qatnashsa, nisbatlovchi) ham umumlashtirilib, yaxlitlovchi grammatik shakl sifatida uyushiq qatorga bir butun holda qo‘shilishi mumkin.
6. Kesimda uyushiq qator a'zolarining grammatik shakli o‘ziga xos usulda: -b ravishdoshi yasovchisidan foydalanib umumlashtiriladi. Bu ravishdosh shakli bilan uyushiq qator a'zosi asosan zamon va shaxs−son ma'nolarini ifodalashdan chetlashtiriladi, bu ma'nolar uyushiq qator oxiriga qo‘shilgan grammatik shakl asosida belgilanadi. Uyushiq qator bilan ifodalangan kesimda amalga oshiriladigan bunday shakl umumlashtirilishi o‘zbek tilining o‘z
xos milliy xususiyati deb alohida ta'kidlashga loyiq. Grammatik shaklning
umumlashtirilishi – uyushiq qator bir butun holda bir sintaktik bo‘lak vazifasida kelishini ko‘rsatadigan eng ishonchli omil.
7. Uyushiq qator a'zolari bir xil grammatik shaklda bo‘ladi deyish bunday qator a'zolari alohida-alohida shakllanadigan holatga nisbatan ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Masalan, kelishikdan oldin qatnashadigan grammatik son ko‘rsatkichi, tuslovchidan oldin qatnashadigan zamon ko‘rsatkichi uyushiq qator a'zolariga farqli qo‘shilishi mumkin. Bir xil grammatik shaklda bo‘lish
sintaktik vazifa ko‘rsatkichiga nisbatan o‘rinli, lekin uyushiq qator bilan ifodalangan kesimning ayrim a'zosi −b ravishdoshi shaklida ishlatilishiga nisbatan..bu talab o‘z kuchini yo‘qotadi.
8. Uyushiq qator a'zolari leksemashakl bilan ham, birikmashakl bilan ham, hatto gapshakl transformasi bilan ham, shuningdek aralash holda ham ifodalanishi mumkin. Nutqda uyushiq qatorning birikmashakl bilan, ayniqsa yoyiq birikma shakl bilan ifodalanishi ko‘p uchraydi.
9. Uyushiq qator a'zolari odatda ayni bir turkum leksemalari, birikmalari bilan ifodalanadi. Uyushiq qator a'zolari har xil turkum leksemasi bilan ifodalanishi ham mumkin. Masalan, uyushiq qator bilan ifodalangan sifatlovchining a'zolari sifat, ot va fe'lning sifatdosh shakli bilan, kesim esa sifat birikmashakl va fe'l birikmashakl bilan ifodalanishi mumkin.
Sayfullayeva fikricha --,
O'zbek tilshunosligida uyushish hodisasi bilan bog'liq uchta hodisa mavjud:

1) gapda uyushgan so'zlar


2) qo'shma gapdagi uyushiq gapIar
3) uyushgan gaplar.
Uyushiqlik umumiy holat bo'lib, sodda gapga ham, qo'shma gapga ham xos. Sodda gapda so'zIar uyushib kelsa, qo'shma gapda so'z, sodda gap uyushib keladi. Aytilganidek, uyushiqlik kamida ikki birlik (unsur)dan iborat bo'ladi:
1) uyushtiruvchi unsur;
2) uyushuvchi unsur.
Bu ikki unsur barcha uyushish hodisasida mavjud. Xo'sh, uyushgan gap nima va u uyushiq gapdan nimasi bilan farqlanadi? Ma'lumki, har qanday gap grammatik yoki semantikfunksional shaklIangan bo'lishi Iozim. Shu bois u kesimga ega bo'lib, bu kesim [WPm] (kesimlik ko'rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi) yoki [WP] (semantik-funksionaI shakllangan gap)
tarzida bo'lishi lozim. Uyushgan gaplar tarkibidagi sodda gaplarning o'zaro umumiyligi (va, shu asosda, umumlashtiruvchi bo'lagi) turli xil bo'ladi: 1) hamma qismlari xususiy (farqli) bo'lib, faqat (Pm) qismi
umumiy bo'lgan uyushgan gap: Jamshid yozar, lsroil o 'qir edi; 2) hamma qismlari xususiy bo'lib, faqat kesimning lug'aviy qismi va kesimlik qo'shimchasi umumiy bo'Igan uyushgan gap:
Jamshid tez, lsroil sekin yozar edi;
3) [WPm] va uning kengaytiruvchi bo'laklari umumiy bo'lib, faqat ega va [WPm] kengaytiruvchisining kengaytiruvchisi bilan farqlanuvchi uyushgan gap: Jamshid oq, lsroil qizil gul oldi. (Pm) uyushtiruvchisi vosita sifatida: 1. Kun qaytgan va bahor kunlarining uchdan ikki qismi o'tgan edi. (S.Ahmad.). 2. Erga yog'ib o'tgan yomg'ir chang va g'uborni yuvib ketgan, daraxtlarning yaproqlari tiniq va toza edi. 3. Paxta dalalarida endi salqin kuchaygan, tungi yellar esar... edi. (Oyb.). 4. Siddiqjon o'ziga bundoq savol bermas va bundoq savol xayo/iga ham kelmas edi. (A.Qah.). 5. Sayyora birinchi, ukam ikkinchi ekan. (<6. Ahmad tikuvchi, Halim bog'da qorovul emishmi? 7. Alpomish-u Rustamlar sizga yor, Ravshanbek va Avazxonlar madadkor bo 'lsin.
8. Doklad ishning borishi, munozara esa butunlay boshqa masala haqida. (WPm) uyushtiruvchi vosita sifatida: 1. Yaxshi topib, yomon qopib so 'zlar. (Maq.). 2. Onasi o 'qisin, opasi ishlasin dedi. (M.lsm.). 3. Savr oyining bulutlari havoda 0 'kirib, sellar quyib 0 'tdi. (Oyb.).
4. Jamshid bittalab, Jahongir juftlab sanay boshladi. 5. Nilufar kitob, Feruza jurnal o 'qib o'tirardi. 6. Mehnatdan do'st, g'iybatdan dushman ortar. 7. Qiziq, lrodani Akbar, Akbarjonni Gulchehra

sevadi. 8. Seni endi kroit ham uradi, shayton ham. 9. Uning kelganini na Qurbon ota payqadi, na Siddiqjon (A.Qah.). (W) yoki (Pm) kengaytiruvchisi bilan farqlanuvchi uyushgan


gap: 1. Yerga yog'ib o'tgan yomg'ir chang va yomg'irni yuvib ketgan, daraxtlarning yaproqlari tiniq va toza edi. 2. Uyg'onganda suyaklari zirqirar, u o 'zini lanj tuyardi. 3. Ahmoq horiganini bilmas, ko'sa qariganini. 4. Ahmoq qizini maqtar, tentak o 'zini (Maq.) 5. Baland simyog'ochlardagi lampochkalar nuri ham tarvaqaylab ketgan, soyasi hovliga tushib turar edi. (S.Zun.). 6. Yaxshidan ot qoladi, yomondan dog'

Download 25,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish