3-mavzu: jamiyat mafkurasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi



Download 39.5 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi39.5 Kb.
3-mavzu: JAMIYAT MAFKURASIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI

Savollar


1. Jamiyat mafkurasining davlat mafkurasidan farqlarini aniqlang.

2. Nima uchun O’zbekiston hech qaysi mafkurani davlat mafkurasi sifatida mutloqlashtirish tarafdori emas?

3. Mafkuraning funksiyalarini tushuntiring.

4. Ideologiya nima?

5. Qadriyat va meros tushunchalarining tafovutlarini ko’rsating.

6. Qadriyatlar qanday shakllarda namoyon bo’ladi?

7. Milliy g‘oyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni qanday?

8. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarda an’anaviylik va zamonaviylik munosabatini izohlang.

9. Qadriyatlarning tarix sinovidan o‘tganligi, jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta’siri, inson va xalqlarning maqsad va manfaatlariga to‘g‘ri kelishi, yangiliklarni qabul qilishga tayyorligi va jamiyat taraqqiyotida ahamiyatini tushuntiring.

10. Milliy g’oyaning umuminsoniy tamoyillarini asoslab bering.

111-17 guruh Bo'ronov Sherzod

Javoblar


1.Jamiyat mafkurasining davlat mafkurasidan farqlanishi. O‘zbekiston jamiyati hayotining g‘oyaviy mafkuraviy asoslari va uning konstitutsion prinsiplari. I.A.Karimov milliy g‘oyaning ikki negizi to‘g‘risida. Milliy va umuminsoniy tamoyillar. Milliy-ma’naviy meros va qadriyatlar. Moddiy va nomoddiy madaniyat. Xalq og‘zaki ijodi. Tarixiy meros va xotira. Urf-odat va an’analar. Til. Din. Adabiyot. Ong va dunyoqarash. Umuminsoniy qadriyatlar. Inson erkinligi, huquq va manfaatlari ustuvorligi. Qonun ustuvorligi. Adolat tamoyili. Ta’lim-tarbiya, ilm-fan rivojlanishi. Demokratiya. Bozor iqtisodiyoti tajribalariga tayanish. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarda an’anaviylik va zamonaviylik munosabati. Qadriyatlarning tarix sinovidan o‘tganligi, jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta’siri, inson va xalqlarning maqsad va manfaatlariga to‘g‘ri kelishi. yangiliklarni qabul qilishga tayyorligi va jamiyat taraqqiyotida ahamiyati.

2.O‘zbekistonda biror mafkuraning, hattoki milliy istiqlol mafkurasining ham davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekistonda milliy mafkuraning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Bu nazariy asos bugundayoq o‘z mahsulini bermoqda. Shuningdek, uni xalqqa yetkazish uchun jamiyatning ilg‘or fikrli kishilar i shoirlar, yozuvchilar, siyosatshunoslar, faylasuflar mahkam bel bog‘lab ishga kirishdilar. Umuman olganda tarix, falsafa, siyosat, adabiyot va boshqalar bu mafkurani xalqqa to‘g‘ri yetkaza bilmoqlari lozim.

Mafkuraning nazariy asoslari O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan. Mafkurani xalqqa yetkazishda uning asarlari metodologik vazifani bajarmog‘i lozim. Jumladan, davlat va jamoat arbobi Islom Karimov mafkuraning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida: “Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotish muqarrar21. Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishiga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman.

3.“Mafkura” arabcha so‘z bo‘lib, fikr yuritish, tafakkur, e’tiqod va maslaklar tizimi20 degan ma’nolarni anglatadi.

Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, elat, millat, xalq, jamiyat, davlat ehtiyoj va manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.

G'arb mamlakatlari tillarida mafkura «ideologiya» atamasi vositasida qo‘llaniladi. «Ideologiya» yunoncha «ideya» va «logos» so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, g‘oyalar haqidagi ta'limot degan ma'noni bildiradi. Bu atama ilk bor 1797 yilda fransuz inqilobi davrida faylasuf va iqtisodchi Destyut de Trasse tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. U 1815yilda yozgan “Ideologiya elementlari” nomli kitobida “ideologiya” so‘zini falsafiy tushuncha sifatida ishlatgan.

Har qanday mafkura quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi: 1) muayyan g‘oyaga ishontirish; 2) uyushtirish; 3) safarbar etish; 4) ma’naviy-ruhiy rag’batlantirish; 5) g‘oyaviy tarbiyalash; 6) g‘oyaviy immunitetni shakllantirish; 7) harakat dasturi bo‘lish. Mafkuraning mo‘ljal, xulq-atvor, emtsiya kabi elementlari mavjud.

4.Ideologiya - bu erda ifodalangan ijtimoiy manfaatlarni yashirish uchun dunyoga moyil bo'lib xizmat qiladigan tushunchalar va qarashlar tizimi va uning to'liqligi va ichki ichki mustahkamligi yopiq tizimni shakllantirishga va qarama-qarshilik yoki qarama-qarshilikka qarshi o'zini saqlashga moyildir. tajriba.Shu davrgacha mafkura faqat sinfiy xarakterga ega deb e'tirof etib kelingan. Lekin Temur davlati mafkurasi, garchi Buyuk Temur uni mafkura deb atamagan bo‘lsa-da, aholining barcha tabaqalari manfaatini ifodalagan ekan, buyuk davlat arbobi Islom Karimov tomonidan mafkura nazariyasiga kiritilgan, «jamiyat mafkurasi», «xalq mafkurasi», «milliy mafkura», «mafkuraviy immunitet» kabi tushunchalarning mohiyati aholiga tushuntirib berilishi maqsadga muvofiq bo‘lardi.

5.Qadriyat - tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo‘ladigan, odamlar tomonidan qadrlanadigan ular uchun foydali ahamiyatli, moddiy – iqtisodiy, madaniy-ma’naviy mafkuraviy, siyosiy huquqiy, diniy, milliy, ijtimoiy omillar yig‘indisidir.

Insonning insonga ibrati, tarbiyadagi ta’sirini uning o‘zi baholay olmaydi, balki boshqa inson baholaydi. Demak, qadriyat sifatidagi inson ta’sirida uning qadri, ahamiyati namoyon bo‘ladi, boshqa kishi esa ana shu bevosita ta’sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, qadriga baho beradi. Bahoda teskari munosabat, boshqa bir kishining qadriyat sifatida qaralayotgan obyekt, narsa, hodisa, ideal va boshqaga nisbatan munosabati, uni anglashning biror bir darajasi o‘z ifodasini topadi. Bu jarayonda subyekt qadriyatga munosabatini baho tarzida ifodalaydi.

6.Qadriyat biror tarzda va shaklda zohir bo‘ladigan, subyekt uchun muayyan ta’sirini namoyon qiladigan voqelikning turli-tuman shakllari, ko‘rinishlari, narsalar, hodisalar, jarayonlar, munosabatlar, turli sifatlar, xususiyat, axloq va ma’naviylik mezonlari hamda boshqalarning subyekt uchun ijtimoiy ahamiyati va qadrini ifodalaydigan umumiy aksiologik kategoriyadir.

Odamlar garchand bitta jamiyatda, bir davrda va o‘xshash sharoitlarda yashayotganliklariga qaramasdan, u yoki bu narsaning qadri turlicha anglab olinadi, tushuniladi va talqin qilinadi.

Ijtimoiy jarayonlar ta’sirida kishilarning qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvuri, qarashlari o‘zgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma’naviy qiyofasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘likdir. Turli xil jihatlar har qanday qadriyatning qarama-qarshi tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko‘ra bir-biriga mutlaqo zid ko‘rinadigan “yaxshilik” va “yomonlik”, “haqiqat” va “haqsizlik”,“baxt-saodat” va “g‘am-kulfat”, “tadrijiylik” va “inqilobiylik”, “taraqqiyot” va “tanazzul”, “borliq” va “yo‘qlik” kabi tushunchalar hayotning bir-biri bilan qarama-qarshi bog‘langan jihatlarini ifodalaydi. Qadriyatlar jamiyat rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruratga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog‘onasiga chiqadi, boshqalari xiralashgandek tuyuladi. Natijada ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot qonuniyatlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan qadriyatni barqarorlashtirishga nisbatan intilish kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganda - ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida - istiqlol, urush davrida - tinchlik, tutqunlikda - erkinlik, xastalik va bemorlik paytlarida - sihat-salomatlikning qadri ortadi, ularga intilish kuchayadi.

7.Milliy g‘oya nafaqat milliy qadriyatlarni o‘z ichiga oladi, balki umumbashariy tamoyillarning ham o‘z ichiga singdiradi. Ushbu tamoyillarni uyg’unligini ko‘rsatish mamlakatimizning jahon hamjamiyatida muhim o‘ringa chiqishida ahamiyatlidir.

Umuminsoniy yoki umumbashariy qadriyatlar insoniyat, xalqlar, millatlar erishgan oliy boylik bo‘lib, chinakam milliy g‘oyalar ham ana shu qadriyatlar tamoyiliga asoslanadi.

Qadriyatlarning turlari ko‘p va har birining ma’nosi juda keng.

Har qanday qadriyat inson faoliyatining mahsuli, uning ob’ektiv olamiga nisbatan bo‘lgan munosabatining ifodasi ,shu bilan birga inson ma’naviy kamolatining muhim omili ekanligi haqida fikr yuritishdan oldin, uning ilmiy-falsafiy ma’nosi, paydo bo‘lish va rivojlanishining ijtimoiy -iqtisodiy va ma’naviy ildizlari, shakllanishidagi shart -sharoit, imkoniyat va zaruriyatlar milliy, mintaqaviy, umumbashariy, diniy qadriyatlar singari turlari nimalardan iboratligini aniqlab olishga to‘g’ri keladi.

Qadriyatlar deyilganida jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan, faqat o‘tmish davrlar uchun muhim ahamiyat kasb etib qolmasdan, hozirgi kundagi va kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa boyliklar majmui tushuniladi.

8. Har qanday qadriyat inson faoliyatining mahsuli, uning ob’ektiv olamiga nisbatan bo‘lgan munosabatining ifodasi ,shu bilan birga inson ma’naviy kamolatining muhim omili ekanligi haqida fikr yuritishdan oldin, uning ilmiy-falsafiy ma’nosi, paydo bo‘lish va rivojlanishining ijtimoiy -iqtisodiy va ma’naviy ildizlari, shakllanishidagi shart -sharoit, imkoniyat va zaruriyatlar milliy, mintaqaviy, umumbashariy, diniy qadriyatlar singari turlari nimalardan iboratligini aniqlab olishga to‘g’ri keladi.

Qadriyatlar deyilganida jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan, faqat o‘tmish davrlar uchun muhim ahamiyat kasb etib qolmasdan, hozirgi kundagi va kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa boyliklar majmui tushuniladi.

Kishilik jamiyati taraqqiyoti va istiqboli uchun ahamiyatli bo‘lgan ijtimoiy, ma’naviy hodisalar qadriyatlar jumlasiga kiradi. Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotining zaruriy mahsulidir. Qadriyatlar muayyan bir davr sharoit va ehtiyojning mahsuli bo‘lish bilan birga uning ko‘zgusi hamdir.



9. Qadriyatlar ijtimoiy taraqqiyot jarayonida namoyon bo‘ladi, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarni o‘zida aks ettiradi, o‘zgarib, rivojlanib, boyib, takomillashib turadi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida bo‘ladigan o‘zgarishlar va rivojlanishlar qadriyatlarning mazmunida o‘z ifodasini topadi. Jamiyat taraqqiyoti doimiy ravishda o‘zgarib rivojlanib, yangilanib turgan sari qadriyatlarning ahamiyati oshib, ularni baholash mezonlari ham oldingidan boshqacha bo‘lib turadi. Barcha zamonlarda ham inson eng oliy qadriyat hisoblanib kelingan. Hamma narsani qila oladigan oliy mavjudot bu Inson oliy hazratlaridir. Tarix ham, tarixiy taraqqiyot ham inson faoliyotidan boshqa narsa emas.Insonning barcha davrlar va jamiyki ijtimoiy tuzumlarda eng oliy qadriyat deb baholanishi bejiz emas, albatta. Chunki, unda boshqa jonli mavjudotlardan farq qiladigan eng muhim belgilar-ong, aql-idrok, did-farosat, bilim, odob-ahloq, din, tafakkur, hulq, orzu-umid va baht-saodatga intilish, mas’uliyat tuyg’usi, imon-e’tiqod, maqsad va ehtiros, aqliy kamolot, or-nomus, ishq-muhabbat, g’urur, nafrat va boshqa ma’naviy javohirlar jamuljamdir

10. Milliy g`oyaning umuminsoniy tamoyillari. Milliy istiqlol g`oyasining ma'no-mazmunini va uning millat hayotidagi o`rnini mukammal tushunib еtish uchun eng avvalo, unga zamin bo`ladigan nеgizni aniqlab olish nazariy va amaliy ahamiyatga molikdir. Shu nuqtai nazardan milliy istiqlol g`oyasining tarixiy, falsafiy ildizlari uning tamoyillari ham bir-biri bilan uzviy bog`liqlikdadir. Ularning uzviy bog`liqligi nеgizida umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi yotadi. Dеmak, uning asosiy tamoyillaridan biri insonparvarlik g`oyasi bilan bog`liqdir. Darhaqiqat bugungi kunda bu so`zni juda ko`p ishlatamiz. Lеkini aslida nеga insonparvarlik milliy g`oyaning asosiy tamoyillaridan biri bo`lib qolmoqda dеgan savol ham takror-takror yodga tushadi. Buning birinchi sababi mustaqillik tufayli insonparvar va dеmokratik jamiyat barpo etish imkoniyati vujudga kеldi.
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati