3-Bo’lim Axborot va uning turlari



Download 0,52 Mb.
Sana13.09.2019
Hajmi0,52 Mb.
#22115
Bog'liq
Savollar Javoblar (2)



3-Bo’lim

  1. Axborot va uning turlari.

Axoborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma`lumotlarga aytiladi. Axborot lotincha informatio so`zidan olingan bo`lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma`lumot ma`nosini anglatadi. Axborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi a`zolarimiz (ko`z, quloq, burun, og`iz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma`lumotni tushunamiz (1.1-rasm).
Tabiatni kuzatib, insonlar bilan muloqatda bo`lib, kitob va gazetalar o`qib, televizion ko`rsatuvlar ko`rib biz axborot olamiz.

Аxbоrоt оb`еktlаr, hоdisаlаr, jаrаyonlаr hаqidаgi xаbаrlаr to`plаmidir.

Axborotlar turli-tuman ko`rinishda bo`lib, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:


  1. Matnli axborot.

  2. Grafikli axborot.

  3. Tovushli axborot.

  4. Videolavhali axborot.

  5. Belgili axborot.

  6. Raqamli axborot.

Inson sezish a`zolari, texnikada turli asboblar va xokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma`lumotlar deb ataladi. Ma`lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa - axborotga aylanadi. Demak ma`lumotlarga u yoki bu sabablarga ko`ra foydalanilayotgan yoki texnik vositalarda qayta ishlanilayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma`lumotlardan biror narsa to`g`risidagi mavxumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug`ilsa, ma`lumotlar axborotga aylanadi. Informatikada analog (uzluksiz) va raqamli (diskret) axborotlar ishlatiladi. Inson sezgi a`zolari analog (uzluksiz) axborot bilan ish ko`rishga moslashgan bo`lsa, hisoblash texnikasi esa raqamli (diskret) axborot bilan ishlaydi. Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning mazmundorligi, еtarliligi, aktualligi, o`z vaqtidaligi, aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy istе`mol sifat ko`rsatkichlari bilan bog`liqdir:

a) axborotning rеprеzеntativligi – ob`еkt xususiyatini adеkvat ifoda etish maqsadlarida uni to`g`ri tanlash va shakllantirish bilan bog`liqdir.

b) axborotning mazmundorligi - sеmantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi.

v) axborotning еtarliligi (to`laligi) - qaror qabul qilish uchun minimal, lеkin еtarli tarkibga (ko`rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To`g`ri qaror qabul qilish uchun to`liq bo`lmagan, ya`ni еtarli bo`lmagan, xuddi shuningdеk, ortiqcha bo`lgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi.

g) axborotning aktualligi (dolzarbligi) - axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan bеlgilanadi va uning xususiyatlari o`zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo`lgan vaqtdan buyon o`tgan vaqt oralig`iga bog`liq bo`ladi.

d) axborotning o`z vaqtidaligi - uning avvaldan bеlgilab qo`yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kеlishilgan vaqtdan kеchiqmasdan olinganligini bildiradi.

е) axborotning aniqligi - olinayotgan axborotning ob`еkt, jarayon, hodisa va hokazolarning rеal holatiga yaqinligi darajasi bilan bеlgilanadi.

j) axborotning ishonarliligi - axborotning rеal mavjud ob`еktlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan bеlgilanadi.

z) axborotning barqarorligi - axborotning asos qilib olingan ma`lumotlar aniqligini buzmasdan o`zgarishlarga ta`sir qilishga qodirligini aks ettiradi.


  1. Axborotni o’lchash.

Kоmpyutеr faqat raqamli ko’rinishdagi aхbоrоtni qayta ishlaydi. Barcha bоshqa turdagi aхbоrоt(оvоzlar, tasvirlar va bоshq.) kоmpyutеrda qayta ishlanishi uchun raqamli ko’rinishga kеltirilishi zarur. Kоmpyutеrda barcha raqamlar 0 va 1 оrqali ifоdalanadi. Kоmpyutеr ikkilik sanоq sistеmasida ishlaydi. Kоmpyutеrda aхbоrоt birligining o’lchоvi bo’lib bit, ya’ni 0 yoki 1 qiymatni qabul qilishi mumkin bo’lgan ikkilik razryad hisоblanadi.

Aхbоrоtning yirik birliklari:

1 Kilоbayt (Kb) = 1024 bayt

1 Mеgabayt (Mb) = 1024 Kbayt

1 Gigabayt (Gb) = 1024 Mbayt

1 Tеrabayt (Tb) = 1024 Gbayt

1 Pеtabayt (Pb) = 1024 Tbayt

Pozitsion sanoq tizimida har bir raqamning miqdoriy qiymati uning sondagi joyiga (pozitsiyasiga) bog’liq bo’ladi.

N=a­­­m-1Pm-1+ a­­­m-2Pm-2+…+ a­­­kPk+…+ a1P1+ a­­­0P0+ a­­­-1P-1++ a-2P-2+…+a­­­-5P-5 +… (1)

Hisoblash mashinalarida ikkilik sonlarni tasvirlashning ikkita shakli qo’llaniladi:

• tabiiy shakl yoki qayd qilingan vergul (nuk,ta) shaklida;

• me’yoriy shakl yoki ko’chib yuradigan vergul (nuqta) shaklida

ASCII kodi ( American Standard Code for Information Interchange-
axborotlarni almashish uchun amerika standart kodi )
asosiy standart va uning kengaytmasiga еga.

Aхbоrtning adеkvatligi – оlingan aхbоrоt yordamida yaratilgan оbrazning rеal оb’еkt, jarayon, hоdisa va shunga o’хshashlarga mоsligining ma’lum darajasi

Aхbоrоtning adеkvatligi uchta shaklda ifоdalanishi mumkin: sеmantik, sintaktik va pragmatic


  • Sеmantik (ma’nоli) adеkvatlik – оb’еktning uning оbraziga (qiyofasiga) muvоfiqlik darajasini aniqlaydi. Sеmantik nuqtai nazar aхbоrоtning ma’nоli mazmunini hisоblashni ko’zlaydi. Bunda aхbоrоt aks ettirgan ma’lumоtlar tahlil qilinadi, ma’nоlar bоg’liqligi ko’riladi.. Masalan, aхbоrоtni kоdlar оrqali ifоdalashni ko’rsatish mumkin.

  • Sintaktik adеkvatlik – aхbоrоtning mazmuniga tеgmagan hоlda, uning rasmiy-strukturaviy хaraktеristikalarini ifоdalaydi. Sintaktik darajadagi aхbоrоtni ifоdalash usulida aхbоrоt elituvchi turi, uzatish va qayta ishlash tеzligi, ifоdalash kоdining o’lchamlari, bu kоdlarni o’zgartirish aniqliligi va ishоnchliligi hisоbga оlinadi. Aхbоrоtning mazmuniga ahamiyat bеrilmaganligi sabali, bunday aхbоrоt ma’lumоt dеb ataladi.

  • Pragmatik (fоydalanuvchanlik) adеkvatlik – aхbоrоt bilan fоydalanuvchining munоsabatlarini aks ettiradi, aхbоrоtni uning asоsida amalga оshiriladigan bоshqarish sistеmasi maqsadiga muvоfiqligini ifоdalaydi. Aхbоrоtning pragmatik хususiyatlari faqat aхbоrоt (оb’еkt), fоylanuvchi va bоshqarish maqsadlarining umumiyligida namоyon bo’ladi. Adеkvatlikning ushbu shakli aхbоrоtdan amaliy fоylanish bilan bеvоsita bоg’langan.




  1. Axborot texbologiyasini fan texnika taraqqiyotida turgan o’rni

Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir. O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o’qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o’rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:

multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalasidir.



  1. C++ tili sintaqsisi va uning leksik asosi

C++ tilida programma yaratish bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi. Dastlab, matn tahririda (odatda programmalash muhitining tahririda) programma matni teriladi, bu faylning kengaytmasi «.cpp» bo‘ladi. Keyingi bosqichda programma matni yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda programmada xatoliklar bo‘lmasa, kompilyator «.obj» kengaytmali obyekt modul faylini hosil qiladi. Oxirgi qadamda komponovka (yig‘uvchi) yordamida «.exe» kengaytmali bajariluvchi fayl programma hosil bo‘ladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning nomlari boshlang‘ich matn faylining nomi bilan bir xil bo‘ladi.
Kompilyatsiya jarayonining o‘zi ham ikkita bosqichdan tashkil topadi. Boshida preprotsessor ishlaydi, u matndagi kompilyatsiya direktivalarini bajaradi, xususan #include direktivasi bo‘yicha ko‘rsatilgan kutubxonalardan C++ tilida yozilgan modullarni programma tarkibiga kiritadi. Shundan so‘ng kengaytirilgan programma matni kompilyatorga uzatiladi. Kompilyator o‘zi ham programma bo‘lib, uning uchun kiruvchi ma’lumot bo‘lib, C++ tilida yozilgan programma matni hisoblanadi. Kompilyator programma matnini leksema (atomar) elementlarga ajratadi va uni leksik, keyinchalik sintaktik tahlil qiladi. Leksik tahlil jarayonida u matnni leksemalarga ajratish uchun «probel ajratuvchisini» ishlatadi. Probel ajratuvchisiga - probel belgisi ('─'), '\t' - tabulyatsiya belgisi, '\n'- keyingi qatorga o‘tish belgisi, boshqa ajratuvchilar va izohlar (kommentariylar) kiradi.
Programma matni tushunarli bo‘lishi uchun izohlar ishlatiladi. Izohlar kompilyator tomonidan «o‘tkazib» yuboriladi va ular programma amal qilishiga hech qanday ta’sir qilmaydi.
C++ tilida izohlar ikki ko‘rinishda yozilishi mumkin.
Birinchisida "/*" dan boshlanib, "*/" belgalari bilan tugagan barcha belgilar ketma-ketligi izoh hisoblanadi, ikkinchisi «satriy izoh» deb nomlanadi va u "//" belgilardan boshlangan va satr oxirigacha yozilgan belgilar ketma-ketligi bo‘ladi. Izohning birinchi ko‘rinishida yozilgan izohlar bir necha satr bo‘lishi va ulardan keyin C++ operatorlari davom etishi mumkin. Programmaning 1-satrida #inc1ude.. preprotsessor direktivasi bo‘lib, programma kodiga oqimli o‘qish/yozish funksiyalari va uning o‘zgaruvchilari e’loni joylashgan «iostream.h » sarlavha faylini qo‘shadi. Keyingi qatorlarda programmaning yagona, asosiy funksiyasi -main() funksiyasi tavsifi keltirilgan. Shuni qayd etish kerakki, C++ programmasida albatta main() funksiyasi bo‘lishi shart va programma shu funksiyani bajarish bilan o‘z ishini boshlaydi.
Programma tanasida konsol rejimida belgilar ketma-ketligini oqimga chiqarish amali qo‘llanilgan. Ma’lumotlarni standart oqimga (ekranga) chiqarish uchun quyidagi format ishlatilgan:
cout « ;


  1. C++ dasturlash tilining tuzilishi va shakllari C++ тили алфавити ва лексемалар

C++ тили алфавити ва лексемаларига қуйидагилар киради:

  • катта ва кичик лотин алфавити ҳарфлари;

  • рақамлар-0,1,2,3,4,5,6,7,8,9;

  • махсус белгиларС {}![]() + -/ % \ ; ‘ :?<=*>_! & ~ # л . * Алфавит белгиларидан тилнинг лексемалари шакллантирилади:

  • идентификаторлар;

  • калит (хизматчи ёки заҳираланган) сўзлар;

  • ўзгармаслар;

  • амаллар белгиланишлари;

  • ажратувчилар.

  • Программалаш тилининг мухлм таянч тушунчаларвдан бири - идентификатор тушунчасидир. Идентификатор деганда катта ва кичик лотин ҳарфлари, рақамлар ва таг чизиқ (*_’) белгиларидан ташкил топган ва рақамдан бошланмайдиган белгилар кетма-кетлиги тушунилади. Идентификаторларда харфларнинг регистрлари (катта ёки кичиклиги) ҳисобга олинади. Масалан, RUN, run, Run бу хар хил идентифика-торлардир. Идентификатор узунлигига чегара қўйилмаган, лекин улар фақат бошидаги 32 белгиси билан фарқланади.

Идентификаторлар калит сўзларни, ўзгарувчиларни, функциялар- ни, нишонларни ва бошқа объектларни номлашда ишлатилади. C++ тилининг калит сўзларига қуйидагилар киради:

asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, de­lete, do, double, else, enum, explicit, extern, float, for. friend, goto, if, inline, int, long, mutable, new, operator, private, protected, public, register, return, short, signed, sizeof, static, struct, swith, template, this, throw, try, typedef, typename, union, unsigned, virtual, void, volatile, while.

Юқорида келтирилган идентифиқаторларни бошқа мақсадда ишлатиш мумкин эмас.

Процессор регистрларини белгилаш учун куйидаги сўзлар ишлатилади:

AH, AL, AX, EAX, _ВН, BL, _ВХ, _ЕВХ, CL, _СН, СХ, ЕСХ, _DH, DL, DX, EDX, _CS, ESP, EBP, FS, JGS, _DI, EDI, SI, ESI, BP, _SP, _DS, JES, _SS, FLAGS.

Булардан ташқари « » (иккита таг чизиқ) белгиларидан

бошланган идентификаторлар кутубхоналар учун заҳираланган. Шу сабабли ва « » белгиларни идентификаторнинг биринчи белгиси


  • сифатида ишлатмаган маъқул. Идентификатор белгилар орасида пробел ишлатиш мумкин эмас, зарур бўлганда унинг ўрнига ишлатиш мумкин: Cilindr radiusi, ailana diametiri



  1. Berilganlar turlari

Узгармас (литерач) - бу фиксирланган сонни, сатр ва белгини ифодаловчи лексемадир.

Ўзгармаслар бешта гуруҳга бўлинади - бутун, ҳақиқий (сузувчи нуқтали}, санаб ўтилувчи, белги (литерли) ва camp («.стринг», литерли camp}.

Компилятор ўзгармасни лексема сифатида аниқлайди, унга хотирадан жой ажратади ва унинг кўриниши ва қийматига (турига) қараб мос гурухларга бўлади.

Бутун ўзгармаслар қуйидаги форматларда бўлади:



  • ўнликсон;

  • саккизлик сон;

  • ўн олтилик сон.

Ҳақикий ўзгармаслар. Ҳақиқий ўзгармаслар - сузувчи нуқтали сон бўлиб, у икки хил форматда берилиши мумкин:

Белги ўзгармаслар. Белги ўзгармаслар қўштирноқ (‘,’- апострофлар) ичига олинган алохида белгилардан ташкил топади ва у char калит сўзи билан аникланади. Белги ўзгармас учун хотирада бир байт жой ажратилади ва унда бутун сон сифатида белгининg ASCII коди туради.

Бeрилганлар турлари ва ўзгарувчилар

Программа бажарилиши пайтида қандайдир берилганларни саклаб туриш учун ўзгарувчилар ва ўзгармаслардан фойдаланилади. Ўзгарувчи- программа объекти бўлиб, хотирадаги бир нечта ячейкаларни эгаллайди ва берилганларни сақпаш учун хизмат қилади. Ўзгарувчи номга, ўлчамга ва бошқа атрибутларга - кўриниш соҳаси, амал қилиш вақти ва бошқа хусусиятларга эга бўлади. Ўзгарувчиларни ишлатиш учун улар эълон қилиниши керак. Эълон натижасида ўзгарувчи учун хотирадан қандайдир соҳа заҳираланади, coxa ўлчами эса ўзгарувчининг конкрет турига боғлиқ бўлади. Шуни қайд этиш зарурки, битта турга турли аппарат платформаларда гурлича жой ажратилиши мумкин.

Узгарувчи эълони унинг турини аниқловчи калит сўзи билан бошланади ва ‘=’ белгиси оркали бошланғич қиймат берилади (шарт эмас). Битта калит сўз билан бир нечта ўзгарувчиларни эълон қилиш мумкин. Бунинг учун ўзгарувчилар бир - биридан белгиси билан ажратилади. Эълонлар белгиси билан тугайди. Ўзгарувчи номи 255 белгидан ошмаслиги керак.

C++ гилида қўшимча белги ўзгармаслари киритилган бўлиб, улар wide ҳарфли ўзгармаслар ва кўп белгили ўзгармаслар хисобланади.

Wide ҳарфли ўзгармаслар тури миллий кодларни белгилаш учун киритилган бўлиб, у wchar t калит сўзи билан берилади, ҳамда хотирада 2 байт жой эгаллайди.



Сатр ўзгармаслар. Иккита қўнггирноқ (“ ”) ичига олинган белгилар кетма-кетлиги сатрўзгармас дейилади:

Сатр ичида escape кетма-кетлиги ҳам ишлатилиши мумкин, фақат бу кетма—кетлик апострофсиз ёзилади.

Пробел ажратувчи билан ажратилган кетма-кет сатрлар бир- бирига уланади (конкантенация):

Программа бажарилиши пайтида қандайдир берилганларни саклаб туриш учун ўзгарувчилар ва ўзгармаслардан фойдаланилади. Ўзгарувчи- программа объекти бўлиб, хотирадаги бир нечта ячейкаларни эгаллайди ва берилганларни сақпаш учун хизмат қилади. Ўзгарувчи номга, ўлчамга ва бошқа атрибутларга - кўриниш соҳаси, амал қилиш вақти ва бошқа хусусиятларга эга бўлади. Ўзгарувчиларни ишлатиш учун улар эълон қилиниши керак. Эълон натижасида ўзгарувчи учун хотирадан қандайдир соҳа заҳираланади, coxa ўлчами эса ўзгарувчининг конкрет турига боғлиқ бўлади. Шуни қайд этиш зарурки, битта турга турли аппарат платформаларда гурлича жой ажратилиши мумкин.



Узгарувчи эълони унинг турини аниқловчи калит сўзи билан бошланади ва ‘=’ белгиси оркали бошланғич қиймат берилади (шарт эмас). Битта калит сўз билан бир нечта ўзгарувчиларни эълон қилиш мумкин. Бунинг учун ўзгарувчилар бир - биридан белгиси билан ажратилади. Эълонлар белгиси билан тугайди. Ўзгарувчи номи 255 белгидан ошмаслиги керак.

  1. C++ tilinig tayanch turlari

C++ тилининг таянч турлари, уларнинг байтлардаги ўлчамлари ва кийматларининг чегаралари

Тур номи

Байтлардаги ўлчами

Қиймат чегараси

bool

1

true ёки false

unsigned short int

2

0..65535

short int

L 2

-32768..32767

unsigned long int

4

0..42949667295

long int

4

-2147483648..2147483647

int (16 разрядли)

2

-32768..32767

int (32 разрядли)

4

-2147483648..2147483647

unsigned int (16 разрядли)

2

О..65535

unsigned int (32 разрядли)

4

0..42949667295

unsigned char

1

0..255

char

1

-128..127

float

4

1.2E-38..3.4E38

double

8

2.2E-308..1.8Е308

long double (32 разрядли)

10

3.4е-4932..-3.4е4932

void

2 ёки 4

-

Бутун сон турлари. Бутун сон қийматларни қабул қиладиган ўзгарувчилар int (бутун), short (қисқа) ва long (узун) калит сўзлар билан аниқланади. Ўзгарувчи кийматлари ишорали бўлиши ёки unsigned калит сўзи билан ишорасиз сон сифатида қаралиши мумкин

Белги тури. Белги туридаги ўзгарувчилар char калит сўзи билан берилади ва улар ўзида белгининг ASCII кодини сақлайди (таянч жадвалидаги). Белги туридаги қийматлар нисбатан мураккаб бўлган тузилмалар - сатрлар, белгилар массивлари ва ҳакозаларни ҳосил қилишда ишлатилади

Ҳакикий сон тури. Ҳақиқий сонлар float калит сўзи билан эълон килинади. Бу турдаги ўзгарувчи учун хотирада 4 байт жой ажратилади ва (ишора, тартиб, мантисса) қолипида сонни саклайди. Агар касрли сон жуда катта (кичик) қийматларни қабул киладиган бўлса, у хотиради 8 ёки 10 байтда иккиланган аниқлик кўринишида сакланади ва mos ravishda double ва long double калит сўзлари билан эълон қилинади, холат 32-разрядли аппарат платформалари учун ўринли

Мантиқий тур. Бу турдаги ўзгарувчи bool калит сўзи билан эълон қилинади. У турдаги ўзгарувчи 1 байт жой эгаллайди ва 0 (false, ёлғон) ёки 0 фаркди қиймат (true, рост) қиймат қабул қилади. Мантиқий турдаги ўзгарувчилар қийматлар ўртасидаги муносабатларни ифодалай- диган мулохазаларни рост (true) ёки ёлғон (false) эканлигини тавсифлашда қўлланилади ва улар қабул қиладиган қийматлар математик мантиқ қонуниятларига асосланади.

Математик мантиқ - фикрлашнинг шакли ва қонуниятлари ҳақидаги фан. Унинг асосини мулоҳазалар ҳисоби ташкил қилади. Мулоҳаза - бу ихтиерий жумла бўлиб, унга нисбатан рост ёки ёлғон фикрини билдириш мумкин. Мулоҳазаларнинг ростлиги ҳолатларга боғлиқ равишда ўзгариши мумкин. Масалан «бугун — чоршанба» жумласини рост ёки ёлғонлиги айни қаралаётган кунга боғлиқ, худди шундай «х<0» жумласи х ўзгарувчисининг айни пайтдаги қийматига мос равишда рост ёки ёлғон бўлади

C++ тилида мантиқий тур номи англиялик математiқ Jorj Bool шарафига bool сўзи билан ифодаланади. Mantiqiy amallar “Bool algebrasi ” deyiladi.

Мантиқий мулоҳазалар устида учта амал аниқланган:



  1. инкор - А мулоҳазани инкори деганда А рост бўлгацДа ёд

елғон бўлганда рост қиймат қабул қилувчи мулоҳазагд а1^ он ва C++ тилида инкор - ‘I’ белгиси билан берилади. Масаа1аДИ' мулоҳаза инкори «!А» кўРинишиДа ёзилади; Дн

  1. коньюкция- иккита А ва В мулоҳазалар конъюкцияс^

мантиқий кўпайтмаси «А && В» кўринишга эга. Бу ёки фақат А ва В мулоҳазалар рост бўлганда рост бўлади, акс 'Ааза ёлғон бўлади (одатда «&&» амали «ва» деб ўқилади) мЛолда «бугун ойнинг 5 куни ва бугун чоршанба» мулоҳазаси ойцСалаН куни чоршанба бўлган кун учунгина рост бўлади; Инг 5

  1. дизъюнкция - иккита А ва В мулоҳазалар дизъюнкцИЯСц мантиқий йиғиндиси «А || В» кўринишда ёзилади. Бу мул^ ёки рост бўлиши учун А ёки В мулоҳазалардан бири росд бўд^а3а етарли. Одатда «||» амали «ёки» деб ўқилади.

Мантиқий тур қийматдари устида мантиқий кўпайтириsh , qo’shish va inkor amallarini qo’llash orqali mrkkab mantiqiy ifodalarni qurish mumkin.

мантиқий амаллар учун ростлик жадвали

Мулохазалар

Мулоҳазалар уетида амаллаь

A

B

!A

A&&B

A

false

false

true

false

false

false

true

true

false




true

false

false

false

true

true

true

false

true

Чбе

void тури. void туридаги программа объекти ҳеч қандай Qiymatga эга бўлмайди ва бу турдан қурилманинг тил синтаксисiga mos kelishini taminlash uchun ishlatiladi. Масалан, C++ тили синтaksisi функция қиймат қайтаришини талаб қилади..

Агар функция qiymat кайтармайдиган бўлса, u void калит сўзи билан эълон қилинади.

int а=0,А=1;

float abc=17.5;

double Ildiz;

bool Ok=true;

char LETTER=' z' ;

void Mening_Funktsiyain();



  1. Ozgaruvchilar va ifodalar

Берилганлар қайта ишлаш учун C++ тилида амалларнинг жуда кенг мажмуаси аниқланган. Амал - бу кандайдир ҳаракат бўлиб, у битта (унар) ёки бир нечта (бинар) операндлар устида бажарилади, ҳисоб натижаси унинг қайтарувчи қиймати ҳисобланади.

Таянч арифметик амалларга қўшиш (+), айириш (-), кўпайтириш (*), бўлиш (/) ва бўлиш қолдиғини олиш (%) амалларини келтириш мумкин.

Амаллар қайтарадиган кийматларни ўзлаштириш учун қиймат бериш амали (=) ва унинг турли модификациялари ишлатилади: қўшиш, қиймат бериш билан (+=); айнриш, қиймат бериш билан (-=); кўпайтириш, қиймат бериш билан (*=); бўлиш, қиймат бериш билан (/=); бўлиш қолдиғини олиш, қиймат бериш билан (%=) ва бошқалар. Бу ҳолатларнинг умумий кўриниши:

<ўзгарувчи><амал>=<ифода>;

Қуйидаги программа матнида айрим амалларг^ мисоллар келтирилган.

# include

int main()



{int a=0,b=4,c=90







char z='\t'; a=b;

//

a=4

cout«a«z ; a=b+c+c+b; cout«a«z ;

//

a= 4+90+90+4 = 188

a=b-2;

//

a=2

cout«a«z ; a=b*3;

cout«a«z ;



//

a=4*3 = 12

a=c/(b+6);

//

a=90/(4+6) =9

cout«a«z ; cout«a%2«z ;

//

9%2=1

a+=b ;

//

a=a+b = 9+4 =13

cout«a«z ; a*=c-50; cout«a«z ;

//

a=a*(c-50)=13*(90-50)=520

a-=38;

//

a=a-38=520-38=482

cout«a«z ; a%=8 ;

//

a=a%8=482%8=2

cout«a«z ; return 0;

}








Программа бажарилиши натижасида экранга қуйидаги сонлар сатри пайдо бўлади:

4 188 2 12 9 1 482 2

Ифода тушунчаси

C++ тилида ифода — амаллар. операндлар ва пунктация белги- ларининг кетма кетлиги бўлиб, компилятор томонидан бернлганлар устида маълум бир амалларни бажаришга кўрсатма ҳисобланади. Ҳар қандай белги билан тугайдиган ифодага тил кўрсатмаси дейилади:



<ифода>;

C++ тилидаги ифодага (тил кўрсатмасига) мисол:

х=3*(у-2.45);

y=Summa(a,9,с);



  1. Amallar:Increment, decrement, sizeof, mantiqiy razryadli taqqoslash

Инкремент ва декремент амаллари

C++ тилида операнд қийматини бирга ошириш ва камайтириш- нинг самарали воситалари мавжуд. Булар инкремент (++) ва декремент (--) унар амаллардир.

Операндга нисбатан бу амалларнинг префикс ва постфикс кўринишлари бўлади. Префикс кўринишда тил кўрсатмаси бўйича иш бажарилишидан олдин амал операндга қўлланилади. Постфикс ҳолатда эса тил кўрсатмаси бўйича иш бажарилгандан кейин амал операндга қўлланилади.

Префикс ёки постфикс амал тушунчаси факат қиймат бериш билан боғлиқ ифодаларда ўринли:

х=у++; // постфикс

index =—i; // префикс

count++; // унар амал, "++count; " билам эквивалент аЬс— ; // унар амал, -abc; " билан эквивалент

Бу ерда у ўзгарувчининг қийматини х ўзгарувчисига ўзлаштири- лади ва кейин биттага оширилади, i ўзгарувчининг қиймати биттага ка- майтириб, index ўзгарувчисига ўзлашгирплади.

sizeof амали

Ҳар хил турдаги ўзгарувчилар компьютер хотирасида ҳар хил сондаги байтларни эгаллайди. Бунда, ҳаттоки бир турдаги ўзгарувчилар ҳам қайси компьютерда ва қайси операцион системада амал килишига қараб хар хил ўлчамдаги хотирани банд қилиши мумкин.

C++ тилида ихтиёрий турдаги (таянч ва ҳосилавий турдаги) ўзгарувчиларнинг ўлчамини sizeof амали ёрдамида аниқланади. Бу амални ўзгармасга, турга ва ўзгарувчига қўлланиши мумкин.

Қуйида келтирилган программада компьютернинг конкрет плат- формаси учун таянч турларнинг ўлчамларини чоп қилинади.

int main()

{

cout«"int турининг ўлчами:" «sizeof (int) <<"\n" ; cout«"float турининг ўлчами:" «sizeof (float) <<"\n" ; cout«"doubie турининг ўлчами: "«sizeof (double) «"\n" ; cout«"char турининг ўлчами:" « sizeof (char) «"\n" ; return 0;



}

  1. Программа бажарилиши натижасида sizeof амали ёрдамида мос турларнинг ўлчамлари ҳисобланади ва экранга чоп этилади.



  1. O’qish yozish oqimlari(cin, cout);

  2. Operatotlar

  3. Shart operatorlari

  4. Takrorlash operatorlari

  5. Boshqaruvni uzatish operatorlari

  6. Statok massivlar

  7. Funksiyalar elon qilsih va aniqlash main() funksiyasi

  8. Lokal va global parametrlar

  9. Rekursiv funksiyalar

  10. Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan berilganlar turlari

  11. Nomlar fazasi

  12. Standart kutibxona funksiyalari

  13. Ko’rsatkichlar va adres oluvchi o’zgaruvchilar

  14. Dinamik massivlar

  15. Standart oqimlar

  16. Berilganlarni formatlash

  17. Oqimlar bilan ishlash

  18. Fayl tushunchasi

  19. Matn va binary fayllar

  20. Fayl va satr oqimlari

  21. Formatli o’qish va yozish funksiyalari

  22. Fayldan o’ish va yozish funksiyalari

  23. Fayl ko’rsatkichini boshqarish funksiyalari

2-бўлим. Тил структураси

  1. Сўз туркимлари.

So'zlar borliqdagi nimani bildirishi (umumiy grammatik ma'nosi) yoki bildirmasligi, ma'lum so'roqqa javob bo'lishi yoki bo'lmasligiga ko'ra mustaqil so'zlar va yordamchi so'zlarga bo'linadi.

Ma'lum bir so'roqqa javob bo'lib, atash va umumiy grammatik ma'noga (masalan, predmet, belgi, miqdor, harakat-holat kabi) ega bo'lgan so'zlar mustaqil so'zlar sanaladi. Masalan, gul (nima?), chol (kim?), chiroyli (qanday?), yuztacha (nechta?), keldi (nima qildi?) kabi.

Ma'lum so'roqqa javob bermaydigan, atash ma'nosiga ega bo'lmagan, faqat grammatik ma'no ifodalovchi, lekin o'zidan oldin kelgan so'zga grammatik shakl sifatida qo'shilib, u bilan bir lug'aviy urg'u ostida birlashmaydigan so'zlarga yordamchi so'zlar deyiladi. Masalan, ammo, ham, faqat, -chi (ayt-chi), -mi (siz-mi?) kabi.

Bulardan tashqari, mustaqil so'zlarga ham, yordamchi so'zlarga ham kirmaydigan, ularning har ikkisiga xos belgini o'zida ma'lum darajada aks ettiradigan oraliqdagi so'zlar bor. Bunday so'zlar undov so'zlar, modal so'zlar, taqlid so'zlarni o'z ichiga oladi.

So'zlarning umumiy grammatik ma'nolariga ko'ra ana shunday guruhlarga bo’linishi so'z turkumlari sanaladi.

Shunday qilib, so'zlar, eng avvalo, uch guruhga bo'linadi: 1) mustaqil so'zlar; 2) yordamchi so'zlar; 3) oraliqdagi so'zlar (undov, modal, taqlid so'zlar). Mustaqil va yordamchi so'zlar ham o'z ichida bir necha turlarga bo'linadi: Mustaqil so'zlar: ot, sifat, son, fe'l, ravish, olmosh; yordamchi so'zlar: ko'makchi, yuklama, bog'lovchi kabi. So'zlarning turkumlarga bo'linishi quyidagicha bo’ladi:



  1. От.

Borliqdagi narsa va hodisalarning, afsonaviy tushunchalarning nomi ot turkumiga mansub ekanligini bilasiz. Shuningdek, otlarning turdosh va atoqli otlarga bo'linishi, son (birlik-ko'plik), egalik va kelishik shakllariga, shuningdek, ba'zan erkalash — hurmat shakllariga ega bo'lishi haqida ham o'rta umumiy ta'limda ma'lumotga ega bo'lgansiz.

Otlardagi yuqorida ko'rsatilgan grammatik shakllar nutq jarayonida turli xil uslubiy xususiyatlarga ham ega bo'ladi.

Otlar son-miqdor ma'nosiga ega va u birlik yoki ko'plik shakllari orqali ifodalanadi. Birlik nol ko'rsatkich (maxsus grammatik ko'rsatkichning yo'qligi)ga ega.

Ko'plik — lar qo'shimchasi orqali ifodalanadi. Bunga morfologik yo'l deyiladi. Masalan, uylar, do'stlar, binolar.

Shuningdek, birlikdagi ot oldidan birdan yuqori bo'lgan sanoq sonlarni yoki daraja-miqdor ravishlarini: ko'p, ancha kabi so'zlarni qo'shish yordamida ham ko'plikni ifodalash mumkin. Bunga esa sintaktik yo’l deyiladi. Masalan, kop odamlar, yigirmata maktab, ancha yillar kabi.

Shuni ta'kidlash kerakki, ko'plik shakli sanaluvchi — lar otlarga qo'shilib doimo ko'plikni bildiravermaydi. U birlik ma'nosini o'zgartirmasligi ham mumkin. Bu vaqtda — lar hurmat, tasviriylikni kuchaytirish, ta'sirchanlikni oshirish ma'nolarida qo'llaniladi. Masalan, ko'zlarimga ishonmayman. («o'tkan kunlar») Bu jumladagi ko'zlarimga so'zini birlik shaklga — ko'zimga shakliga almashtirib ko'rig. Ikkinchi holat bilan birinchi holat bir xil ma'noni — birlik ma'nosini (bir kishining ko'zini) ifodalasa ham, lekin bu ikki holat ta'sirchanlik, ifodalilik belgisiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Birinchisida yuqoridagi belgilar bor, ikkinchi holatda esa vo'q. Yana solishtiring:

Bolalarning shovqinidan boshlarim og'rib ketdi — Bolalarning shovqinidan boshim og'rib ketdi. Har ikki holatda ham bir kishining boshi haqida fikr yuritiladi, lekin birinchi gapda boshlarim so'zidagi — lar ko'plikni bildirmasdan, bosh so'zining ma'nosini kuchaytirish, ta'kidlash vazifasini bajaradi. Bunday ma'no esa ikkinchi holatda yo'q.

Donalab sanalmaydigan narsa va hodisalarni bildiruvchi otlar birlik shaklda kelsa ham, aslida jamlikni bildiradi. Masalan, Ko'chaga qum to'kilgan yoki Ariq to 'la suv, ichgani tashna, bolam.

Bunday so'zlar ko'plik shaklini olganda ko'pincha narsa va hodisaning xilma-xil ekanligini bildiradi. Suvlar (gazli suv, mineral suv kabi); bozordagi unlar. Ba'zan tasviriylik, ifodalilikni kuchaytiradi: ko'z yoshini artdi — ko'z yoshlarni artdi.

Ko'plik atoqli otlarga qo'shilganda o'zi qo'shilgan otning ko'pligini emas, balki uning boshqalar bilan birgalikda ekanligi yoki geografik nomlarga qo'shilganda shu geografik joyning kengroq, atrofdagi joylar bilan birlikda ekanligini bildiradi: Olimjonlar kelishdi (bir nechta Olimjon emas, Olimjon va uning yaqinlari); Mirzacho’llar obod bo'ldi (Mirzacho'l va unga yaqin joylar).

Qarindoshlik bildiruvchi so'zlarga ko'plik shakli qo'shilib hurmat ma'nosini bildiradi. Bunday vaqtda egalik qo'shimchasi bilan birgalikda qo'llaniladi. Qaysi shaxsdagi egalik qo'shimchasi bilan qo'llanilishiga ko'ra ko'plik va egalik qo'shimchalarining o'rinlashishi farqlanadi:

1. I shaxs egalik qo'shimchasi bilan kelganda ko'pincha egalik qo'shimchasi oldin, ko'plik qo'shimchasi esa undan keyin keladi: Masalan, Dadamlar keldilar. Opamlar salom aytdilar. Agar bu tartib o'zgarib, ko'plik shakli oldin, egalik keyin kelsa, shaxsning ko'pligini ifodalash mumkin: Qiyoslang: Opalarim kelishdi.

2. Ko'plik shakli. II shaxs egalik qo'shimchasi bilan birgalikda qo'llanilganda, ko'plik shakli oldin, egalik shakli esa keyin keladi va ko'plik shakli hurmat ma'nosini ifodalaydi. Masalan, Xayriniso, dadamning opalari bo'ladilar. Ot va otlashgan so'zlarga qo'shilib, uni boshqa so'zlarga bog'lab keladigan grammatik shakllar tizimi kelishik qo'shimchalari hisoblanadi.

Kelishik qo'shimchalarining jami kelishik uyasini tashkil etadi. Buni quyidagicha ko'rsatish mumkin:




T/r


Kelishik nomi

Kelishik shakllari

Misollar

1.

Bosh kelishik

%

O'rik gulladi

2.

Qaratqich kelishigi

-ning

O'rikning guli

3.

Tushum kelishigi

-ni

O'rikni yemoq

4.

Chiqish kelishigi

-dan

O'rikdan olmoq

5.

Jo'nalish kelishigi

-ga, -ka, -qa

O'rikka to'ymoq

6.

O'rin payt kelishigi

-da

O'rikda ko'rmoq

Yuqorida keltirilgan misollardan ko'rinib turibdiki, tobe so'z hokim so'zning ma'nosi talab etgan kelishik qo'shimchasini oladi. Masalan, o'tirmoq so'zida o'tirish joyi bilan bog'lanish imkoniyati bor. Shuning uchun unga bog'langan so'z o'rin kelishigini oladi. Yemoq so'zida esa bunday ma'no yo'q. Shuning uchun u o'rin kelishigi olgan so'z bilan bog'lana olmaydi. Yemoq so'zida yeyiladigan narsa (obyekt) ma'nosi borligi uchun xuddi shunday ma'noga ega bo'lgan tushum yoki chiqish kelishigini olgan so'z bilan bog'lana oladi.

Kelishik qo'shimchalari biri o'rnida ikkinchisi ko'pincha almashinib kelishi va birikma ma'nosiga ta'sir etishi mumkin.

Avvalo, og'zaki nutqda qaratqich kelishigi shakli bilan tushum kelishigi shakli farqlanmaydi. Har ikki kelishik uchun tushum kelishigi shakli qo’llaniladi, lekin bunday qo'llanish ma'noni o'zgartirmaydi.

Qaratqich kelishigi va tushum kelishigi shakllari bosh kelishik shakli bilan almashinishi mumkin. Masalan, o'rikning guli — o'rik guli. Uzumni yedi — uzum yedi.

Qaratqich qo'shimchasining bunday ikki xil qo'llanilishi o'rtasida quyidagicha ma'no farqlanishi bor: ikkinchi holatda umuman o'rik guli ma'nosi bildirilsa, birinchi holat, ya'ni qaratqich kelishigi bilan kelgan holatda predmetning aniqligi va bu predmetning ta'kidlanishini bildiradi. Xuddi shunday ma'no farqlanishi tushum kelishigi bilan bosh kelishik almashgan holatda ham kuzatiladi: uzumni yedi (so'zlovchi va tinglovchi ma'lum bo'lgan aniq uzum) — uzum yedi (umuman uzum).

Tushum kelishigi bilan chiqish kelishigi o'zaro almashinib kelishi mumkin. Bunday vaqtda tushum kelishigi qo'llanilgan birikma uch xil ko'rinishga ega bo'ladi:

Uzumni yedi — uzum yedi — uzumdan yedi. Birinchi va ikkinchi holatda butun (ya'ni uzumning hammasi) ma'nosi bo'lsa, uchinchi holatda qism ma'nosi (uzumning bir qismi) ifodalanadi.

Ko'rinadiki, kelishik qo'shimchalaridan o'rinli, maqsadga muvofiq foydalanish fikrni aniq ifodalashga katta yordam beradi.


  1. Сифат.

Sifatning ta'rifi va leksik-grammatik xususiyatlari

Predmetning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi?

so'roqlaridan biriga javob bo'lgan so'zlar sifat de`yiladi: pakana, ko'k, kuzgi. Sifatlarning morfologik xususiyatlari: 1) belgining darajasini ko'rsatadi: sho'x, sho'xroq, eng sho'x. 2) otlashadi: Kattalarni hurmat qiling. 3) fe'lga boglanib, ravish o'rnida keladi: Sattor chiroyli yozadi. Sifatlarning sintaktik xususiyatlari: 1) asosan aniqlovchi va kesim vazifasini bajaradi: Yoqimli shamol esa boshladi. Tabiat go'zal. 2) sifat aniqlovchi bo'lib kelganda, aniqlab kelayotgan so'zi bilan moslashmaydi: keng(-) ko'cha, baland(-) tog'.

Sifatlarning ma'no jihatdan turlari

1. Xususiyat sifatlari. Bunday sifatlar shaxs va narsalarning xil- xususiyatlarini, holatini ifodalaydi: yaxshi, yomon, aqlli, sergak, so'zamol, sho'x, kamtar, quvnoq, g'amgin, xursand.

2. Rang-tus sifatlari. Bular narsalarning turli xil rang-tusini ifodalaydi: oq, qora, sariq, kul rang;

Maza-ta'm sifatlari. Bu sifatlar narsalarning maza-ta'mini bildiradi: shirin, achchiq, nordon, sho'r, achimsiq.

Hajm-o'lchov sifatlari. Bu sifatlar narsalarning hajmini, vaznini, o’lchovini bildirib keladi: keng, tor, chuqur, katta, kichik, uzun, qisqa, baland, og'ir, engil, zildek, vazmin, yapaloq, tekis, yassi, dumaloq;

Hid sifatlari. O'z-o'zidan ma'lum, bu sifatlar narsalarning turlicha hidlarini ifodalaydi: xushbo'y, sassiq, badbo'y, muattar, qo'lansa.

Makon-zamon sifatlari. Bular narsalarning o'rin va paytga nisbatan olingan belgilarini ifodalaydi: uydagi, ko'chadagi, yozgi, qishki, avvalgi, dastlabki, bulturgi, kechki.

Asliy va nisbiy sifatlar

Narsalarning belgisini bevosita, to'g'ridan-to'g'ri ifodalay oladigan va belgini darajalab ko'rsata oladigan (ya'ni -roq qo'shimchasini qabul qila oladigan) sifatlar asliy sifatlar deb ataladi: kichik, yomon, aqlli, qora, oriq.



Narsalarning belgisini bevosita emas, balki o'rin yoki paytga nisbatan ifodalaydigan va ko'pincha daraja ko'rsata olmaydigan sifatlar nisbiy sifatlar deb ataladi. Bunday sifatlar yasovchi qo'shimchalar yordamida yasalgan bo'ladi: sharsimon, ko'chma, devoriy, yozgi, uydagi, oilaviy, toshkentlik.

  1. Сон.

Sanaluvchi predmetlarning miqdorini, son-sanog'ini, tartibini bildirgan so'z turkumlari son deyiladi. Sonlar necha? qancha, nechta? nechanchi? qancha? so'roqlariga javob bo'ladi. Masalan, o'n, ikki, besh; o'nta kitob, o'ninchi sinf, o'ntadan olma, uchala kishi kabi.

Hozirgi o'zbek tilida predmctning miqdorini, son-sanog'ini ifodalash uchun ko'proq yigirma uchta sondan foydalaniladi. Bulardan to'qqiztasi birlik sonlar: bir, ikki, uch, to'rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to’qqiz; to'qqiztasi o'nlik sonlar: o'n, yigirma, o'ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson. to'qson; beshtasi yuzlik, minglik va yuqori sonlarni bildiradi: yuz, ming, million, milliard. Bu sonlarning barchasi miqdorga egalik ma'nosini ifodalovchilar sifatida «nol»ga zidlanadi. Nol son miqdorga ega emaslikni biдdiradi. Qolgan sonlar birlik sonlarning o'nlik songa qo'shiluvidan (o'n bir, yigirma besh, to'qson to'qqiz), shuningdek, yuzlik va o'ndan yuqori son oldidan birlik, o'nlik sonlarning keltirilishidan (bir yuz ellik ming, to'qqiz milliard ikki yuz million, o'n bir ming besh yuz) hosil bo'ladi.

Sonlar ma'nosiga ko'ra sanoq so'zlar, tartib sonlar, jamlovchi sonlar, dona sonlar, taqsim sonlar, chama sonlarga bo'linadi. Sonning ma'no turlarini quyidagi chizmada ko'ring.

Bu ko'rsatilgan son turlaridan har qaysisining o'z shakllari mavjud. Bosh shakl orqali ifodalangan miqdor nomlariga sanoq sonlar deyiladi. Masalan, bir, o'n, yigirma, ming, million kabi.

Predmetning tartibini bildirgan sonlarga tartib son deyiladi.

Tarlib sonlar sanoq sonlarga -nchi, -inchi qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan hosil bo'ladi. Bulardan -nchi unli bilan tugagan, -inchi undosh bilan tugagan so'zlarga qo'shiladi. Masalan, besh — beshinchi, o'n — o'ninchi, ikki — ikkinchi.

Predmet miqdorini jamlab ko'rsatgan sonlarga jamlovchi sonlar deyiladi. Jamlovchi sonlar sanoq songa -ov, -ala ba'zan -ovlon (cski shakl) qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil bo'ladi. Jamlovchi sonlar otlashgan xususiyatga ega bo'ladi. Shuning uchun jamlovchi son qo'shimchalari ko'plik va uch shaxsdagi egalik qo'shimchalaridan birini olib keladi. Masalan, besh — beshovi — beshovlari, uch — uchalasi, uchalalari, ikki — ikkovlon, ikkalasi kabi. Misol: To'rtovlon tugal bo'lsa, ko'kdagini undirar, oltovlon ola bo'lsa, og'zidagin oldirar. Ko'rinib turibdiki, -ov, -ovlon birlik sonlarga, ikkidan yuqorisiga qo'shiladi. Bir soniga -ov qo'shimchasi qo'shilib jamlovchi «kimdir» degan ma'noda qo'llanadigan birov so'zi son ma'nosini yo'qotib, olmosh turkumiga o'tgan.

-ala qo'shimchasini olgan son egalik qo'shimchasini olmasligi ham mumkin. U vaqtda son otlashmagan bo'ladi. Masalan, ikkala kishi.

Jamlovchi son qo'shimchalari unli bilan tugagan sonlarga qo'shilganda, son oxiridagi unli tushib qoladi. Masalan: ikki — ikkovi, ikkalasi; yetti — yettovi, yettalasi kabi.

Predmet miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son deyiladi. Dona sonlar sanoq songa -ta qo'shimchasini qo'shish orqali yasaladi. Masalan, besh — beshta, o'n — o'nta. Bu qo'shimcha faqat donalab sanalishi mumkin bo'lgan predmetlarni sanash uchun qo'llaniladi. Masalan, o'nta kitob, beshta daftar, lekin o'nta kerosin, beshta benzin deb bo'lmaydi. O'nta suv deyilishi mumkin, lekin bu vaqtda o'nta soni shisha ma'nosini ham o'z ichiga oladi. O'nta suv «o'n shisha suv» ma'nosida qo'llaniladi. Shuningdek, mashinaga quyilgan benzin haqida gap ketganda, o'nta quy, o'ttizta quydim, degan jumlalarni eshitamiz. Bunday vaqtda dona son «litr» ma'no­sini ham o'z ichiga oladi. O'nta quydim jumlasi «o'n litr quydim» ma'nosini ifodalaydi.

Predmet miqdorini taqsimlab ifodalaydigan sonlarga taqsim son deyiladi. Taqsim sonlar sanoq songa –tadan qo'shimchasini qo'shish orqali hosil bo'ladi va ikkitadan ortiq predmetlarning bo'laklarga teng ajratilganini bildiradi. Masalan, ikkitadan, o'ntadan kabi.

Predmetning taxminiy miqdorini bildirgan sonlar chama sonlar deyiladi. Chama sonlar son asosiga -tacha, -lab qo'shimchalari qo'shishi orqali hosil bo'ladi. Masalan: o'ntacha, mingtab kabi.Eslatma: o'zbek tili tarixida miqdorni ifodalash uchun lak (yuz ming), tuman (ming) sonlari ham ishlatilgan.

Sonning ma'nosiga ko'ra turlari va ularni hosil qilish vositalarini quyidagi jadvaldan ko'ring:


Son asosi

Qo'shimcha

Son turi

uch

-inchi

tartib son

-ov, ala

jamlovchi son

-ta

dona son

-tacha

chama son

-tadan

taqsim son

E s la t m a: uch, yetti, to'qqiz, qirq kabi sonlar sehrli sonlar sifatida ham talqin qilinadi.



  1. Феъл шакллари.

Harakat-holat ma'nosini ifodalab, nima qildi (bo'ldi)?, nima qilyapti (bo'lyapti)?, nima qiladi (bo'ladi?) singari - so'roqlarga javob bo’luvchi so'z turkumiga fe'l deyiladi. Masalan: Talaba o'qidi (nima qildi?). Mashinalar guvullaydi (nima qiladi?) kabi.

Fe'l qanday harakat-holatni ifodalashiga ko'ra bir qancha turlarga

bo'linadi.

1. Yumush fe'llari: ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi va boshqalar.

2. Tafakkur fellari: o'ylaydi, o'qidi, kashf qildi kabi.

3. Sezgi fe'llari: sezdi, his qildi.

4. Ruhiy holat fe'llari: kuldi, xursand bo'ldi, qayg'urdi, iztirob chekdi.

5. Nutq fe'llari: gapirdi, so'zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming'irladi, do'ng'illadi.

6. Ishora fe'llari: imo qildi, labini burdi, ko'zini qisdi va boshqalar.

7. Jismoniy holat fe'llari: og'ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog'aydi, kuchaydi, charchadi kabi.

8. Tabiiy holat fe'llari: eridi, muzladi, yetdi, uxladi va boshqalar.

9. Ko'rish fe'llari: qaradi, ko'rdi, boqdi, termuldi.

Yuqoridagi fe'l turlarining har qaysisi bir necha fe'llarni o'z ichiga oladi. Bu fe'llar harakat-holat ma'nosini qanday ifodalashi bilan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi farqlanishlarni kuzatish mumkin:

1. Harakat-holatning kuchli-kuchsizligiga ko'ra farqlanishi: jilmaymoq — kulimsiramoq — kulmoq.

2. Ijobiy va salbiy bahoga ega bo'lishligiga ko'ra: kulmoq — tirjaymoq; so'zlamoq — to'ng'illamoq, ming'irlamoq.

3. Uslubiy xoslanishiga ko'ra: kulmoq (umumiste'moldagi so'z) — tabassum qilmoq (badiiy uslubga xos), so'zlamoq (umum­iste'moldagi so'z) — nutq ijod etmoq (badiiy uslubiga xos) kabi.

Yuqoridagi fe'llarning har qaysisini o'z o'rnida ishlatish nutqning ravonligi aniqligi va ifodaliligini ta'minlaydi.

Fe’llarni tahlil qilish tartibi:

Qanday so’roqqa javob bo’ladi?

Bo’lishli-bo’lishsiz shakli.

O’timli-o’timsiz shakli.

Nisbati, turi, qo’shimchasi.

Qaysi mayldaligi, qo’shimchasi.

Shaxs-son shakli.

Zarnon ma'nosining ifodalanishi.

Tuzilishiga ko’ra turi.

Yasalishiga ko’ra turi.

Vazifadosh shakllarga egaligi.

Gapdagi vazifasi.


  1. Равиш шакллари.

Harakatning belgisini (payt, o'rin, holat-tarz, miqdor, maqsad kabi belgilarni) bildirgan so'z turkumiga ravish deyiladi.

Ravishlarning ma'no turlari va ularning o'ziga xos xususiyatlarini quyidagi jadvalda ko'ring:



T/r

Ravishlarning ma'no turlari

Ma'nosi va qoidasi

Sinonimik so'rog'i, vasifasi

Misollar

1.

Holat ravishi

Harakatning qay tarzda bajarilishini bildirgan ravishlarga holat ravishi deyi­ladi.

qanday? qanaqa?

qo'qqisdan, bexosdan, se- kin, tez (-da, -dan), yayov, piyoda, darhol kabilar

2.

Payt ravishi

Harakatning bajari­lish paytini bildirgan ravishlarga payt ravi­shi deyiladi.

qachon?

qachongacha?

qachondan?


bugun, kecha, avval, hozir, doim, erta-indin, yaqinda kabilar

3.

O'rin ravishi

Harakatning bajari­lish o'rnini bildirgan ravishlarga o'rin ravishi deyiladi.

qayer?

qayerda?


qayerga?

oldinda, olisda, uzoqdan, yaqindan, yuqoriga, pastga

4.

Miqdor-daraja ravishi

Harakatning miqdor- darajasini bildirgan ravishlarga miqdor- daraja ravishiari deyiladi.

qancha? qanchacha?

ancha, picha, sal-pal kabilar

5.

Maqsad ravishi

Harakatning bajari­lish maqsadini bil­dirgan ravishlarga maqsad ravishiari deyiladi.

nimaga?

nahot?


nega?

atay, ataylab, qasddan, o'rta- cha kabilar

Holat ravishlari tarkibiga kirgan qo'qqisdan, to'satdan. birdaniga, birdan singari ravishiar harakatning kutilmagan paytda tez yuzaga kelganini ifodalaydi.

To'satdan ravishi ayrim shevalarda to'sindan holida ham talaffuz qilinadi. Bunda u dialektal variant sanaladi.

Yoki yaqinda, uzoq ravishlari harakatning bajarilish payti yoki o'rni ma'nolarini ifodalaydi. Yaqinda keldi-yaqinda joylashgan so'zlaridagi yaqinda so'zi ikkita mustaqil leksema sanaladi.

Ravishiar tub va yasama ravishlarga bo'linadi.

Hech qanday yasovchi qo'shimchalarsiz qo'llaniladigan ravishlarga tub ravishlar deyiladi.Masalan, qo'qqis, doim, birpas va boshq.

Asos qismga yasovchi vositalar qo'shib hosil qilingan ravishlarga yasama ravishlar deyiladi. Masalan, xotinchasiga, bolalarcha, mardona kabi.

Yasama ravishlar yasashga asos qismga yasovchi qo'shimcha qo'shish yordamida yoki so'zlarni bir-biriga qo'shish orqali hosil qilinadi.

Yasashga asos qism ot, sifat, olmosh, sifatdosh va ba'zan ravish bo'lishi mumkin. Quyidagi qo'shimchalar ravish yasash uchun xizmat qiladi:

-cha: yangicha, eskicha, hozircha, uningcha, shuncha, o'zbekcha kabi

-larcha: mardlarcha, do'stlarcha, qardoshlarcha

-lab: harflab, haftalab, tonnalab

-ona: itoatkorona, mardona, mag'rurona

-lay (-layin): tiriklay, tiriklayin, butunlay -n (-in, -un): ertan-kechin, qishin-yozin, ochin-to'qin, ostin-ustun

Ravish yasovchi -larcha qo'shimchasidagi -cha qismi kabi, singari ko'makchilari bilan sinonimik munosabatda bo'ladi. Shuning uchun ular ko'pincha almashtirib qo'llaniladi.

Masalan, mardlarcha — mardlar kabi, yovuzlarcha — yovuziar singari. Shuningdek, ravish yasovchi -cha qo'shimchasi otlardagi kichraytirish erkalash qo'shimchasi bo'lgan -cha bilan omonimik munosabatda bo'ladi. Masalan, yosh yigitcha — yigitcha ishladi.

Bu o'rinda -cha qo'shimchasining omonimligi asosida leksema omonimligi vujudga kelgan: yigitcha: 1. Kichkina yigit. 2. Yigit kabi.

-cha ning bu ikki vazifasi urg'u bilan ham farqlanadi. Kichraytirish-erkalash ma'nosini bildiruvchi -cha qo'shimchasi urg'u oladi. Yigitcha, qizcha, kuchukcha kabi. Ravish yasovchi -cha qo'shimchasi esa urg'u olmaydi. Urg'u so'zning bu qo'shimchadan oldingi bo'g'iniga tushadi: yigitcha, xotincha, erkakcha kabi.

-cha qo'shimchasini tushirib qoldirib, bu qo'shimchani olgan so'z oldidan kichkina so'zini qo'yish mumkin bo'lsa, -cha qo'shimchasi otning kichraytirish-erkalash shaklini hosil qiluvchi qo'shimcha sanaladi. Masalan, quticha — kichkina quti, uycha - kichkina uy kabi.

-cha o'rniga -dek, kabi, singari ko'makchilarini qo'shish mumkin bo'lsa, u ravish yasovchi qo'shimcha hisoblanadi. Masalan, yigitcha — yigit kabi (singari).

So'zlarni takrorlash va juftlash yo'li bilan ham ravish yasash mumkin. Masalan, nari-bert, hali-beri, naridan beri, erta-indin, tezrtez, juda-juda, qadam-baqadam singari ravishlarga e'tibor bersangiz, ularda bir so'zning takrorlanishini yoki o'zaro ma'nodosh va zid ma'noli ikki so'zning juft keltirilganligining guvohi bo'lasiz. Masalan, tez-tez (bir so'zning takrori), eson-omon (ma'nodosh so'zlaming juftlashishi), avval-oxir, erta-kech (zid ma'noli so'zlar juftlashishi).

Bunday ravish qismlari o'rtasiga yozuvda doimo chiziqcha qo'yib yoziladi.


  1. Олмош ва олмош шакллари

Barcha mustaqil so'z turkumlari va hatto yordamchi so'zlar hamda gap o'rnida almashinib kelgan so'zlarga olmosh deyiladi.

Olmoshlar ot, sifat, son, ravish, fe'l o'rnida va ba'zan yordamchi so'z, gap o'rnida almashinib keladi. Masalan, Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat hag'ishladi. Gullarning ko'pi pushti rangda. Ana shu rang menga juda yoqadi. Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog'bonning jahlini chiqardi. Va bog'lovchisi o'zaro teng ma'noli gaplarni boglaydi. Bu teng bog'lovchilar sirasiga kiradi. Bu gaplarning birinchisida gul (ot) o'rnida u, ikkinchisida pushti (sifat) o'rnida ana shu, uchinchi gapda uza boshladi (fe'l) o'rnida bu so'zlari, to'rtinchi gapda va bog'lovchi o'rnida bu olmoshi almashinib kelyapti.

Olmoshlar bevosita atash ma'nosiga ega bo'lmaganligi uchun «ichi bo'sh so'zlar» deb ham yuritiladi.

Olmoshlar qanday so'zlaming o'rnida ahnasbinib kelishi va qanday ma'noni ifodalashiga ko'ra bir necha ma'no turlariga bo'linadi. Buni quyidagi jadvalda ko'ring:



T/r

Olmoshlarning ma'no turlari

Ma'nolari va ta'rifi


Misol lar


1

Kishilik olmoshlari


Shaxs ma'nosini bildiruvchi otlar o'rnida almashinib keladi va ularga ishora qiladi. Shaxs ma'nosini bildiruvchi so'zlar o'rnida qo'llanib, unga ishora qiluvchi olmoshlarga kishilik olmoshlari deyiladi.

men (kamina) - biz sen - siz u — ular (alar)


2

Ko'rsatish olmoshlari


Mustaqil so'zlar yoki gaplar o'r­nida kelib, ularni ko'rsatib keladi. Mustaqil so'zlar orqali ifodalangan shaxs, prodmet belgi, harakatlarni ko'rsatib kelgan olmoshlarga ko'rsatish olmoshlari deyiladi.

u, bu, shu, o'sha, mana bu (manavi), mana shu, ushbu


3

So'roq olmoshlari

So'zlovchiga noma'lum bo'lgan shaxs narsa, belgi-xususiyatlarni so'rash ma'nosini bildiradi. Shaxs, narsa, belgi-xususiyat, harakat- holatlarni so'rash uchun ishlatila- digan olmoshlarga so'roq olmoshlari deyiladi.

kim? nima? qachon? qaysi? qancha? necha? nimaga? qani? nima qildi? nima bo'ldi?


4

Birgalik - ajratish olmoshlari


Shaxs, narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustaqil so'zlar o'rnida almashinib, ularning ma'nosini umumlashtirib, jamlab keladi. Musiaqil so'zlar o'rnida kelib, uning ma'nosini jamlab, umumlashtirib keluvchi olmoshlarga birgarlik olmoshlari deyiladi.

1) jamlik olmoshlari: hamma, barcha, bari

2) ajratish olmoshlari: har kim, har nima, har qancha, har qanday, har qaysi, har bir, har narsa




5

Bo'lishsizlik olmoshlari

Shaxs-narsa, belgi-xususiyat bil­diruvchi mustaqil so'zlar o'rnida kelib, uning inkorini bildiradi. Mustaqil so'zlar o'rnida kelib, uning inkorini bildirgan olmoshlarga bo’lishsizlik olmoshlari deyiladi.

hech kim, hech nima, hech qancha, hech qanday, hech qanaqa, hech narsa, hech bir

6

O’zlik olmoshi

Uchala shaxsdagi kishilik olmoshlari o'rnida qo'llanib, ma'nosini ta'kidlab keladi. Kishilik olmoshlari ­ o'rnida kelib, uning ma'nosini ta'kidlab ko'rsatuvchi olmoshga o'zlik olmoshi deyiladi.


o’z

7

Gumon olmoshlari

Shaxs-narsa, belgi-xususiyat bil­diruvchi mustaqil so'zlar o'rnida kelib, uning ma'nosini taxminlab, gumonlab keluvchi olmoshlarga gumon olmoshari deyiladi.

  1. allakim, allanarsa, allaqanday, allaqancha kabi

  2. kimdir, nimadir, qaysidir




Fe'ldan anglashilgan harakat-holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o'rtasidagi munosabatni ifodalovchi fe'l shakllariga nisbat shakllari, shunday shakllar tizimiga esa nisbat kategoriyasi deyiladi

  1. .Сифатдош.

Sifatdosh predmetning belgisini bildiradigan fe'l shakli hisoblanadi. Ular gapda, asosan, sifatlovchi aniqlovchi bo’lib keladi.

Sifatdosh fe'lning sifatga yaqin shakli bo’lib, xuddi sifatlar kabi otga bog’lanadi va uning belgisini aniqlab keladi.

Sifatdoshlar quyidagi qo’shimchalar yordamida hosil - qilinadi:gan (-kan, -qan) . O’qigan bola, cho’kkan kema, oqqan daryo. -digan, -yotgan. keladigan mehmon, yugurayotgan kishi.

-r, -ar (bo’lishsizi -mas). qaytar dunyo, uchar уigit, so’nmas hayot.

-ajak. Bo’lajak kuyov, qurilajak bino. -asi. kelasi киn, kelasi zamon.

-vchi, -uvchi. azon aytuvchi, kechira oluvchi.

Tarixiy asarlarda sifatdoshning -mish (kelmish mehmon), -g’lik (yasatig’lik uy, chirog’i yoqig’lik xonadon), -rlik (qorin to’ydirarlik bir kasb) kabi affikslar bilan yasalgan shakllari ham uchraydi.

Sifatdoshlar ham barcha fe'llar singari o’timli-o’timsiz, bo’lishli- bo’lishsiz va zamon ma'nosini ifodalash xususiyatiga ega: rasm chizgan qiz -o’timli, rasm chizilgan daftar - o’timsiz, o’qigan - bo’lishli, o’qimagan – bo’lishsiz, kelgan – o’tgan zarnon, kelayotgan - hozirgi zamon, bo’lajak - kelasi zamon.

Sifatdoshlar ifodalagan zamon nisbiy bo’ladi. Harakatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabatini bevosita ko’rsatmaydi. Uning qaysi zamonga tegishliligi gapning kesimi orqali anglashilgan vaqtga yoki gapning umumiy inazmuni bildirgan vaqtga nisbatan belgilanadi: Topshiriqni birinchi bajargan (bajaradigan) o’quvchini taqdirlayman. Buning ustiga, mamlakatning har yeridan sen tanimagan (tanimaydigan) odamlardan har xil xatlar, g’alati-g’alati sovg’a kelib turadi (A.Qahhor)


  1. Равшдош.

Ish-harakat belgisini bildirgan, uning qay holatda, qachon va nima maqsadda bajarilishini anglatadigan fe`l shakli ravishdosh deyiladi. Ravishdoshlar fe`lga bog`lanadi va gapda asosan hol bo`lib keladi: Sh payt chorbog`dan echki yetaklab Dildor kirib keldi (Said Ahmad).

Ravishdoshlar quyidagi qo`shimchalar yordamida hosil bo`ladi: -a, -y: bora-bora unitdi, yig`lay- yig`lay charchadi. Bo`lishsizi -ma qo`shimchasi bilan yasaladi: aytmay, bormay. -b, ib: so`rab ko`r, yig`lab yubordi. Bo`lishsizi –may (-mayin) qo`shimchasi bilan yasaladi:so`ramay kirdi, gapiray o`tirdi. Qanotini qush qoqmayin, uyg`onar el polvonlari (Mirtemir). -gach, -kach, -qach: kelgach, kechikkach, chiqqach. U kelmagach men borishga majbur bo`ldim. Nutqda bunday ravishdoshlar o`rnida kelgandan keyin, chiqqandan keyin tipidagi shakllar qo`llaniladi.

-gani, -kani, -qani, -gali. maslahatlashgani keldi, ko’rgali keldi. Ko’chat ekkani bordik. Ko’chaga chiqqani payt poylaredi. Bu qo’shimcha bilan yasalgan ravishdoshlar maqsad ma'nosini ifodalaydi. Gapda uchun ko’makchisiga sinonim bo’ladi. O’qigani keldi – o’qish uchun keldi. Bu qo’shimcha bilan yasalgan ravishdoshning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning bo’lishsiz shaklga ega emasligidir.
-gudek. yetgudek, o’tgudek, yig’lagudek, yiqilgudek. -guncha, -kuncha, -quncha. То xo’rda suzilib kelguncha u bir tomonga qiyshayib uxlab qolgan edi (S.Ahmad). Kun oqquncha ulgurishi lozim. Bu ko’chat meva tukkuncha yana qancha qovun pishadi. Aytganini qildirmaguncha qo’ymaydi.
Ravishdoshlar ma'nosiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
Payt yoki sabab ravishdoshlari. Ular —gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha qo’shimchalari bilan shakllanadi.

Holat ravishdoshlari -b, -ib, -а, -y, -gudek qo’shimchalari bilan yasaladi.


Maqsad ravishdoshlari -gani, -kani, -qani, -gali qo’shimchalari bilan yasaladi.
Ravishdoshlar ham barcha fe'llar kabi bo`lishli-bo`lishsiz, o’timli- o’timsiz, nisbat, zamon ma'nolariga ega.
chizgani – o’timli, uxlagani – o’timsiz; borgach – bo’lishli, kelmagach
Bo’lishsiz. Masala o’rtaga qo’yilgach hammajim blib qoldi. Qo’yilgach
majhul nisbat, o’tgan zamon shakli.
Tuslanish — tuslanmasligiga ko’ra ikki xil: tuslanadigan ravishdoshlar. kelibman, kelibsan, kelibdi.
Tuslanmaydigan ravishdoshlar: -gach, -gina, -gani, -guncha qo’shimchalari bilan yasalib, shaxs-son va zamon qo’shimchalarini olmaydi.

  1. Ҳаракат номи.

Ish-harakat yoki holatning nomini bildiruvchi so’zlar harakat nomi deyiladi. Harakat nomlari otga xosgrammatik ko’rsatkichlarni qabul qiladi va gapda otga xos sintaktik vazifalarni bajaradi. Harakat nomi quyidagi qo’shimchalar bilan yasaladi:

1.Fe'l negiziga —(i)sh qo’shimchasini qo’shish bilan: o’tirish, chalish, yozish, kulish, so’zlashish.


Ba'zan —lik qo’shimchasi bilan qo’llanadi: borishlik, yurishlik.

2.Fe'l negiziga — (u) v qo’shimchasini qo’shish bilan: o’quv, uchrashuv, kelishuv.

Agar fe'l «i» unlisi bilan tugagan bo’lsa, «i» «u»ga, «a» bilan tugagan bo’lsa, «а» «o»ga aylanadi: to’qi-to’quv, sayla-saylov.
3.Fe'l negiziga —moq q’shimchasini qo’shish bilan: kesmoq, o’qimoq, yozmoq, sog’inmoq.
Harakat nomining sanab o’tilgan uchala shakli bo’lishsizlik ko’rsatkichi —mа qo’shimchasini qabul qilmaydi. Harakat nomining bo’lishsiz shakli —maslik qo’shimchasi bilan yasaladi: о'qimaslik, aytmaslik, kulmaslik.


  1. Кўмакчилар.

Ot, va otlashgan so’zlardan keyin kelib, ularni boshqa so’zlarga tobelanish yo’li bilan bog’laydigan yordamchi so’zlar ko’makchi deyiladi: O’z qo’li bilan to’g’riladi. Ko’makchi qaysi so’zdan keyin kelsa, o’sha so’z bilan birgalikda bir so’roqqa javob bo’lib, bir xil gap bo’lagi vazifasini bajaradi.

  1. Кўмакчи шакллари.

Ko’makchilar quyidagi turlarga bo’linadi:

1. Sof ko’makchilar lug’aviy ma'nolarini butunlay yo’qotib, vazifa jihatidan kelishik qo’shimchalariga yaqin turadigan so’zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra , qadar, yanglig’. Bunday ko’makchilar urg’u olmaydi, urg’u ko’makchidan oldingi so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi (22; 61).

2. Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar (vazifadosh ko’makchilar (22; 63) gapda o’rni bilan mustaqil so’z, o’rni bilan ko’makchi bo’lib keladi. Bular quyidagi turkumlardan ko’makchilarga ko’chadi:

1) ot turkumidan: tomon, tashqari, bo’yi, chamasi, holda, yo’sinda;

2) sifatdan: sababli, tufayli, qarshi, chog’li, doir, muvofiq, o’zga, boshqa; 3) fe'ldan: qarab, qaraganda, ko’ra, tortib, degan, deydigan, osha, bo’ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata;

4) ravishdan: avval, so’ng, keyin, burun, ilgari, beri, beri, buyon, asosan, binoan.

3. Ko’makchi-bohlovchilar bog’lovchi vazifasini ham bajaradigan ko’makchilar: bilan, deb, deya. Masalan: daftar bilan qalam; Umrim shirin o’tsin deb(deya), u ko’p mehnat qildi.

4. Ko’makchi otlar o’z lug’aviy ma'nolarini saqlagan holda ko’makchi o’rnida kelib, harakat bilan predmet o’rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so’zlardir. Bu so’zlar o’rin-payt, chiqish kelishigi va egalik qo’shimchalarini qabul qiladi: old, o’rta, yon, orqa, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o’rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so’zlar belgisiz qaratqich kelishigidagi so’zdan keyin kelgandagina ko’makchi ot hisoblanadi: ish ustida, siqig’i ostida. Aks holda, ular o’rin otlari hisoblanadi: stolning ustida (stolning qayerida?), uyning oldida. Ko’makchi otlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1) vertikal yo’nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag.

2) gorizontal yo’nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon;

3) aralash yo’nalishni bildiruvchi: o’rta, ora, bosh.



  1. Боғловчилар.

Gap bo‘laklarini yoki qo‘shma gapning qismlarini bog‘laydigan yordamchi so‘zlar bog‘lovchi deyiladi. Bog‘lovchilar gap bo‘laklari va ayrim sodda gaplarni o‘zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko‘rsatadi. Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi:

YAkka bog‘lovchilar.

YAkka bog‘lovchilar uyushgan bo‘laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo‘llanadi. Bular va, hamda, lekin, biroq, -ki (-kim), chunki, agar, gar, balki, go‘yo, basharti, garchi, go‘yoki, holbuki, vaholanki.

Takroriy bog‘lovchilar.

Takroriy bog‘lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o‘rinda gap bo‘laklari, shuningdek qo‘shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi. Bular dam..., dam, goh..., goh, xoh..., xoh, yo..., yo, yoki..., yoki, ham..., ham, ba’zan..., ba’zan, bir...,bir.

Gap bo'lagi va gaplarni qanday bog'lashlariga ko'ra bog'lovchilar ikki turli bo'ladi:

a) teng bog'lovchilar; b) ergashtiruvchi bog'lovchilar.

O'zaro teng munosabatda bo'lgan gap bo'laklari, gaplarni bog'lash uchun ishlatiladigan bog'lovchilar teng bog'lovchilar hisoblanadi. Teng bog'lovchilarga va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, yoki, yoxud, yo... yo, goh... goh singari bog'lovchilar kiradi.

O'zaro tobe munosabatda bo'lgan gap bo'lagi va gaplarni bog'lash uchun ishlatiladigan bog'lovchilarga ergashtiruvchi bog'lovchilar deyiladi. Bunday bog'lovchilarga chunki, sababli, tufayli, shuning uchun, shu bois (sabab, sababli), ya'ni, -ki singari so'zlar kiradi.

Teng bog'lovchilar ham ergashtiruvchi bog'lovchilar ham o'z ichida bir necha ma'no guruhlariga bo'linadi. Buni quyidagi jadvalda ko'ring:



Bog’lovchi turlari

T/r

Bog’lovchilarning turlari

Vazifasi

Bog’lovchilar

Teng bog’lovchilar

1.

Biriktiruv bog’lovchilari

Uyushiq bo’lak va bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lab, biriktiruv munosabatini ifodalaydi.

va, hamda bog’lovchi vazifasida kelgan bilan ko’makchisi, ham yuklamasi




2.

Zidlov bog’lovchilari

O’zaro zid ma’noli uyushiq bo’laklarni va qo’shma gap qismlarini bog’laydi.

Ammo, lekin, biroq, lek, vale




3.

Ayiruv bog’lovchilari

Uyushiq bo’lak va qo’shma gap qismlarini bog’lab, ayiruv va galma-gallik munosabatini bildiradi.

Yo, yoki, yoxud, yoinki, yo…yo, goh-goh, dam…dam, ba’zan… ba’zan

Ergashtiruvchi bog’lovchilar

1.

Aniqlov bog’lovchilari

Ajratilgan bo’laklarni ajratilmish bo’lakka, ergash gapni bosh gapga bog’lab aniqlov munosabatini bildiradi.

ya’ni, -ki (-kim)




2.

Sabab bog’lovchilari

Sabab ergash gapni bog’lab, ular o’rtasidagi sabab-natija munosabatini ifodalaydi.

Chunki, shuning uchun, shu sabab (dan), shu sababli, shu tufayli




3.

Shart bog’lovchilari

Shart, to’liqsiz hol hamda ergash gaplarni hokim bo’lak yoki bosh gaplarga bog’lab, ular o’rtasidagi shart va to’siqsizlik munosabatini ifodalaydi.

Agar, basharti, mabodo, garchi




4.

Chog’ishtiruv bog’lovchilari

Gap bo’laklari va gaplarni o’zaro bog’lab, ular o’rtasidagi bog’lanishda qiyoslash ma’nosini ifodalaydi.

Go’yo, go’yoki, xuddi

Yuqorida keltirilgan bog'lovchilarning har bir ma'no turiga bir necha bog'lovchilar mansub. Har qaysi guruhga mansub bo'lgan bog'lovchilar bir-biridan uslubiy xoslanishga egaligi bilan farq qiladi.

Biriktiruvchi bog'lovchi sifatida oddiy so'zlashuv uslubida ko'proq bilan (minan) ko'makchisi ishlatiladi. Va, ham, hamda yordamchilari esa yozma nutq uslublari uchun xoslangan.

Zidlov bog'lovchisi sifatida so'zlashuv uslubi uchun ammo, lekin bog'lovchilarining birikkan holida ammo-lekin (ammolek) shakli ko'proq ishlatiladi. Lekin bog'lovchisining lek, vale (valekin) shakllari ham badiiy uslub uchun xoslangan.

Ayiruv bog'lovchilaridan yoxud, yoinki yozma nutq uslubi (publitsistik, badiiy uslub)dagina qo'llaniladi. Aniqlov bog'lovchilari faqat yozma nutq uslubida qo'llaniladi.

Sabab bog'lovchilaridan chunki, shu sabab, shu tufayli ko'proq yozma nutq uslubida qo'llaniladi.

Shart bog'lovchilaridan garchi yozma nutq uslubi uchun xoslangan. Chog'ishtiruv bog'lovchilaridan xuddi uslubiy betaraf, go'yo yozma nutq uchun xoslangan.



  1. Юкламалар.

Yordamchi so'zlar deb yuritiluvchi guruh tarkibida shunday yordamchilar borki, ular so'z va gaplarni bir-biriga bo'lgan sintaktik munosabatini ifodalamaydi. Masalan, faqat o'qishni o'ylaydi jumlasidagi faqat yordamchisi o'qishni so'zini boshqalardan ayirib, bo'rttirib, ta'kidlab kelyapti. Shuning uchun ham bu jumla zamirida boshqa narsani o'ylamaydi degan ma'no ham yashiringandir. Ana shu yashirin ma'noga ishora faqat yordamchisi orqali seziladi. Agar mazkur jumla tarkibidan faqat yordamchisini olib tashlasangiz, yuqoridagi yashirin ma'no ham xiralashadi.

So'z va gaplarga qo'shilib, ularga qo'shimcha ma'no yuklovchi yordamchilarga yuklanialar deyiladi.

Yuklamalarning ko'pchiligi qo'shimcha shaklida, ayrimlari esa so'z shaklida qo'llaniladi. Ana shu belgisiga ko'ra yuklamalar ikki guruhga bo'linadi:

1. So'z yuklamalar: faqat, hatto, nahotki kabi.

2. Qo'shimcha yuklamalar: -mi, -chi, -a (-ya) kabi.

Yuklamalarning qanday ma'no guruhlariga bo'linishini quyidagi jadval orqali ifodalash mumkin.



Yuklama­larning ma'no turlari

So'roq va taajjub

Kuchaytiruv va ta'kid

Ayiruv- chegaralov

Gumon yuklamasi

Inkor yuklamasi

Yuklamalar

-mi, -chi, -a, (-ya)

-ku, -u, (-yu), -da, -oq (-yoq), -ham, hatto

-gina, (-kina- -qina), faqat

-dir

na...na

Yuqorida keltirilgan yuklamalardan -ku, na... na yuklamalari yozma nutq uslubi uchun xoslangan bo'lsa, qolganlari uslubiy betaraf yuklamalar sanaladi.

Ham yuklamasi bog'lovchi vazifasida ham qo'llaniladi. Bunday vaqtda qaysi vazifada (yuklama yoki bog'lovchi vazifasida) kelayotganligini farqlash kerak bo'ladi,

Ikkita o'zaro teng munosabatga kirishgan so'zlarni bog'lab, va bog'lovchisi bilan almashtirish mumkin bo'lsa, ham bog'lovchi vazifasida qo'llangan bo'ladi. Ham yordamchisi qo'llanilgan jumla tarkibiga hatto yordamchisini ham qo'llash mumkin bo'lsa, ham yordamchisi yuklama vazifasida, ya'ni o'z vazifasida qo'llanilgan bo'ladi. Solishtiring: Soli ham Karim keldi. Hatto Karim ham keldi.

Yuklamalardan -mi, -gina (kina, qina), -oq (yoq) o'zi qo'shilayotgan so’zga qo'shib yoziladi. Qolganlari o'zi birikib bir so'zni kelayotgan so'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi.

Ko'p o'rinda bir yuklamaning o'rnida ikkinchi almashtirish mumkin bo'ladi, Masalan, Faqat (yolg'iz) sen kelmading.


  1. Модал сўзлар.

Сўзловчининг айтилаётган фикрга бўлган муносабатини (модал маънони ) ифодаловчи сўзларга модал сўзлар дейилади. Модал сўзларга қуйидагилар киради: афтидан, дарҳақикат, дарвоқе, аттанг, эҳтимол, афсус, шубҳасиз, сўзсиз, табиий, албатта, ҳақиқатдан, ниҳоят, бўпти, демак, айтмоқчи, ўз-ўзидан, бор, йўқ ва ҳоказо. Шу модал сўзлар орқали сўзловчи ўз фикрига аниқлик, ишонч, маъқуллаш, гумон, чама, ноаниқлик, мақсад, талаб, шарт, мавжудлик, инкор, эътироз, якунлаш, эслатиш, ачиниш каби маъно муносабатларини киритади.

Модал сўзлар қуйидаги грамматик хусусиятларга эга: 


1. Модал сўзлар бирор воқеликни атамаси бўла олмайди (предмет, белги, ҳаракат ва шу кабиларни атамайди.)
2. Модал сўзлар гап орқали ифодалаган фикрга қўшимча модал маъно қўшади.
3. Модал сўзлар гапда қуйилаги вазифаларни бажариб келади:
1) гап бўлаклари билан синтактик жиҳатдан боғланмасдан, кириш сўз вазифасини бажариб келади.
2) кесим вазифасини бажаради.
3) составли кесим таркибида кела олади. керак.
4) бутун бир гап вазифасини бажаради.

Модал сўзлар юқорида айтилганидек, фикрга турли хил модал маъноларни қґшади. Шунга кўра модал сўзлар маъно хусусиятларига кўра қуйидаги турларга бўлинади:


1. Фикрнинг аниқлиги, ишонч, маъқуллаш каби модал маъноларни ифодаловчи модал сўзлар: албатта, шубҳасиз, ўз-ўзидан, ҳақиқатдан, табиий, дарҳақиқат каби. 
2. Гумон, чама, ноаниқлик каби модал маъноларни ифодаловчи модал сўзлар: эҳтимол, балки, ҳойнаҳой, чоғи, афтидан, мазмуни, чамаси, шекилли. 
3. Мақсад, талаб, шарт каби модал маъноларни ифодаловчи модал сўзлар: керак, зарур, даркор, лозим каби.
4. Мавжудлик ва тасдиқни ифодаловчи модал сўзлар: бор, майли, хўп.
5. Мавжуд эмаслик, инкор, эътироз: йўқ каби.
6. Маъқуллаш маъносини ифодалайди: дуруст, бўпти.
7. Якунлаш маъносини ифодаловчи модал сўзлар: демак, хуллас, модомики. 
8. Эслатиш маъносини ифодаловчи модал сўзлар: дарвоқе, айтгандай, айтмоқчи.
9. Ачиниш, таассуф маъносини ифодаловчи модал сўзлар: афсус, аттанг, эссиз. 

  1. Ундов сўзлар.

Nutq jarayonida oh, Inn. eha, dod, voydod, pisht singari so'zlarni ko'p eshitasiz.

His-hayajon, buyruq-xitob, haydash-chaqirish ma'nolarini ifodalaydigan so'zlarga undov so'zlar deyiladi.

Undov so'zlar ham xuddi modal so'zlar kabi qo’shimchalar olib o'zgarmaydi. Masalan, hoy so'zi kelishik, egalik qo'shimchalari olmaydi. Unga yasovchi qo'shimchalar qo'shilib yangi so’z yasalmaydi. Ayrim undov so'zlar otlashganda, ya'ni ot vazifasida qo'llanganda, egalik qo'shimchasini olishi mumkin. Masalan, Ohi olamni tutdi. Bu o'rinda ohi nimasi so’rog'iga javob bo'lib, oh deyishning, nola qilishning nomini bildirib kelyapti.

Undovlar ma'no jihatdan ikki turli bo'ladi;

1. His-hayajon undovlari. 2. Buyruq-xitob undovlari.

Undovlar boshqa so'zlar bilan grammatik aloqaga kirishmaydi. Ba'zan kishilarning undov so'zlar orqali ifodalagan his-hayajonini, buyruq-xitobini tasvirlash uchun undov so'zlarga demoq, solmoq, urmoq, tortmoq singari fe'llar qo'shilib keladi va qo'shma fe'llar hosil bo'ladi: voy demoq, dod solmoq, oh urmoq, oh tortmoq, pisht demoq kabi.

Undovlar undov ohangi bilan ajralib turadi, lekin undov ohangi xilma-xildir. Bir undov so'z turli ohang bilan talaffuz qilinib, turli xil ma'nolarni ifodalashi mumkin. Masalan, Hay-hay, qanday mazali (rohatlanish, zavqlanish); Hay-hay, tegma (buyurish); Hay-hay, yigitlar bu yoqqa! (undash, ta'kidlash); Hay-hay, shakkoklik qilmang (fikrdan qaytarish) va boshq.

Nutq jarayonida so'zlovchilarning yoshi, amali nuqtayi nazaridan undovlardan foydalanish ham ma'lum darajada farq qiladi. Xususan, o'zidan katta yoshdagilarga murojaat qilinganda yoki ma'lum lavozimni egallagan shaxslarga uning qo'l ostida ishlayotgan shaxslar hoy deb murojaat etmaydi yoki balli undovi kattalar tomonidan kichiklarning qilgan yoki qilayotgan ishlaridan mamnunligini ifodalash, ular mehnatini baholash maqsadida ishlatiladi, lekin kichiklar tomonidan kattalarning ishlariga nisbatan bunday undov orqali baho berilmaydi.

Shuningdek, undovlar og'zaki so'zlashuv, badiiy, qisman publitsistik uslubda keng qo'llanilib, rasmiy va ilmiy uslubda qo'llanilish doirasi cheklangan. Ba'zan xat janrida, ma'lum voqea-hodisalar bayoni yuzasidan o'zaro maktublarda yoki ishqiy maktublarda, undovlar qo'llanilishi mumkin. Rasmiy doiralarning xatlarida undovlar qo'llanilmaydi. Sababi rasrniy doiralarning xatlari har qanday ehtiroslardan xoli bo'ladi.


  1. Тақлид сўзлар.

Tabiatda insondan tashqari juda ko'plab tirik jonzotlar yashaydi. Ularda ham o'ziga xos nutq apparati mavjud. Mana shu nutq apparati yordamida ular turli-tuman ovoz chiqaradilar. Itlarning vovullashi, mushukning miyovlashi, tovuqning qaqolashi hech birimizga yot emas. Bundan tashqari, tevarak- atrofimizda beadad voqea va hodisalar sodir bo'lib turadi: narsalar bir-biriga tegadi, uriladi. Natijada har xil ovozlar hosil bo'ladi. Inson o'z faoliyati davomida mana shu ovozlarga taqlid qilishga urinadi. Tilshunoslikda bunday ovozlar taqlid so'zlar atamasi bilan yuritiladi.

Taqlid so'zlar ikkiga bo'linadi.

a) tovushga taqlid so'zlar: taraq, gumbur-gumbur, shov- shuv, duv-duv, qars-qars, tap, sharaq, shalop, shitir-shitir va hokazo...

b) obrazga yoki holatga taqlid so'zlar: lip-lip, jimir-jimir, yalt- yult, lapang-lapang, dik-dik kabi

Taqlid so'zlar egalik va kelishik qo'shimchalarini oladi, turlanadi, gapda ot bajargan vazifalarda keladi. Masalan, Shamolda barglarning shitir-shitiri eshitiladi. Daryoning shov-shuvidan quloqlarimiz bitib qolayozdi.

Taqlid so'zlarning barchasidan fe'l yasaladi: shovullamoq, gumburlamoq, dupirlamoq, qarsillamoq, yaltillamoq kabi So'zlashuv jarayonida albatta, shubhasiz, ehtimol singari so'zlarni ko'p eshitasiz, lekin bunday so'zlar borliqdagi narsa-hodisalar, belgi xususiyatlarini nomlamaydi. Shu bilan birgalikda yordamchi so'zlarga o'xshab sof grammatik ma'no ham ifodalamaydi. Bunday so'zlar bildirilayotgan axborotga so'zlovchining tasdiq, ishonch, gumon kabi munosabatlarini bildiradi.

So'zlovchining munosabatini ifodalaydigan so'zlar modal so'zlar sanaladi. Masalan, Mamlakatimiz, albatta, buyuk, gullagan yurtga aylanadi. Yuqoridagi gapdan albatta so'zini tushirib qoldirsangiz ham gapning umumiy mazmuniga putur yetmaydi. Lekin, ishonch, tasdiq ma'nosi bo'rtib turmaydi. Gapga albatta, shubhasiz so'zlarining qo'shilishi bilan esa so'zlovchining gap orqali ifodalanayotgan axborotga ishonch, tasdiq munosabati alohida ta'kidlangan holda bayon qilinadi.

Modal so'zlarning ma'no tasnifini quyidagi jadvalda ifodalash mumkin:



Tasdiqni bildiruvchi so'zlar

Taxmin va gumonni bildiruvchi modal so'zlar

Afsus va ajablanishni bildiruvchi modal so'zlar

Fikrning tartibini bildiruvchi modal so'zlar

Umumlashtiruvchi, yakunlashtiruvchi modal so'zlar

albatta, haqiqatan, darhaqiqat,

so'zsiz, shubhasiz



ehtimol, chamasi, aftidan, shekilli

attang, afsuski, ajabo

avvalo, jumladan, masalan

xullas, demak, umuman



  1. Синтаксис.

Синтаксис (грекча suntaxis сўзидан олинган бўлиб, ѐпиштшрмоқ, бирлаштирмоқ демакдир) тил тизимининг юқори сатҳи бўлган синтактик сатҳ ҳамда шу сатҳ ҳақидаги таълимотдир. Морфология ва синтаксис грамматиканинг ўзаро боғланган икки бўлими саналади. Грамматиканинг бу икки бўлими, аввало, предметларига кўра фарқланади.

Синтаксиснинг ўрганиш объекти сўз бирикмалари ва гапдир.

Сўз бирикмаси

     Икки ёки ундан ортиқ мустақил сўзларнинг маъно ва грамматик жиҳатдан маълум қонун-қоидалар асосида бирикиши сўз бирикмаси дейилади.

     Сўз бирикмаси бир мураккаб тушунчани ифодалайди,  таркибидаги сўзларнинг ҳар бири алоҳида гап бўлаги бўлиб келади.

Сўз бирикмаси таркибидаги сўзларнинг боғланиши икки хилтенг боғланиш, тобе боғланиш. Тенг боғланишли бирикмалар таркибидаги сўзлар тенг боғловчилар ёки оҳанг ёрдамида боғланиб, бир хил гап бўлаги бўлиб келади.

Тобе боғланишли сўз бирикмасида бир сўз бошқасига тобе бўлади. Бундай боғланишларда ҳоким ва тобе сўз бўлади.

Тобе сўз ҳоким сўзнинг маъносини аниқлаб, тўлдириб, изоҳлаб келади. Тобе боғланишли бирикмаларда сўроқ ҳоким сўздан тобе сўзга берилади

Тобе бирикмаларда тобе сўз олдин, ҳоким сўз кейин келади, тобе сўз узуқ тўлқинли ҳоким сўз тире ва нуқта шартли чизиқчалар билан кўрсатилади.

Эга ва кесим боғланиши шаклан сўз бирикмасига ўхшаса-да, у сўз бирикмаси эмас, гап ҳисобланади. Чунки бу ҳолатда фикр ифодаланади. Келишик, эгалик қўшимчалари, кўмакчилар тобе ва ҳоким сўзларни боғлаш вазифасини бажаради.

     Ҳоким сўзнинг қайси сўз туркумига мансублигига кўра сўз бирикмалари икки хил:

1.                Отли бирикма

2.                Феълли бирикма

Тобе бирикмалар тузилишига кўра икки хил: содда бирикмалар, мураккаб бирикмалар.

     Содда бирикмалар таркибидаги сўзлар иккита бўлади: катта бино, яхши бола.

     Мураккаб бирикмалар таркибида иккитадан ортиқ сўз бўлади: қизил гули пиёла, кенг ҳовлили уй. Бундай бирикмалар ўз ичида яна бирикмаларга бўлиниши мумкин: Масалан, кенг ҳовли, ҳовлили уй. Булар сўз бирикмалари занжири ҳисобланади.

     Тобе сўз билан ҳоким сўзнинг боғланиши уч хил:

1.                Бошқарув

2.                Мослашув

3.                Битишув

So'zlar tuzilishiga ko'ra uch turga bo'linadi:

1. Sodda so'zlar. 2. Qo'shma so'zlar. 3. Juft va takroriy so'zlar.

Faqat bir o'zakdan tashkil topgan so'zlar sodda so'zlar hisoblanadi. Masalan, keldi, yondirishdi, yigitlarga, g'allachilik, lalmikor, yeitinchi, o'rikzor kabi.

Ikki va undan ortiq o'zaklardan tashkil topgan so'zlar qo'shma so'zlar sanaladi. Masalan, shirinzabon, muzqaymoq, ishlab chiqarish, kungaboqar kabi


  1. Гап бўлаклари.

Муайян сўроққа жавоб бўлиб, бирор синтактик вазифа бажарувчи сўзлар гап бўлаклари дейилади. Гап бўлаклари бешта: эга, кесим, тўлдирувчи, аниқловчи, ҳол.

 Эга ва кесим гапнинг грамматик асосини ташкил қилади. Шунинг учун улар бош бўлаклар. Тўлдирувчи, аниқловчи, ҳол кесимга эргашиб, уларни тўлдириб, аниқлаб, изоҳлаб келади. Шунинг учун иккинчи даражали бўлаклар дейилади.

     Эга ва унинг ифодаланиши. Эга фикрни кимга, нимага қарашлилигини билдириб, ким, нима, кимлар, нималар, қаер сўроқларидан бирига жавоб бўлади. Болалар гапирди (кимлар), уй тинч (қаер)

     Эга бош келишикдаги сўз билан ифодаланади:

     От билан: Болалар китобни ўқишди.

     Олмош билан: Биз томошага бордик.

     Сифат билан: Яхши қанд едирар.

     Сон билан: Беш-ўннинг ярми

     Ҳаракат номи билан: Ўқиш-муҳим вазифа

     Сифатдош билан: Тиришган тоғдан ошар.

     Тақлид сўз билан: Кимларнингдир шивир-шивири эшитилди.

     Равиш билан: Кўпдан қуён қутилмас

     Бирикма билан: Душманнинг бири ҳам – кўп.

     Кесим ва унинг ифодаланиши. Эга ҳақидаги хабарни билдириб, тасдиқ-инкор, замон, майл, шахс-сон маъноларини ифодаловчи бўлак кесим дейилади.

     Гапни юзага келтириш, фикрни ифодалашда кесимнинг роли катта бўлиб, у  гапнинг асосини ташкил қилади ва бошқа бўлакларни ўзига боғлайди. Кесим турли сўз туркумлари билан ифодаланади. Қайси сўз туркуми билан ифодаланишига кўра кесим икки хил: феъл кесим, от кесим.

Феъл, феълнинг сифатдош, равишдош шакллари билан ифодаланган кесим феъл кесим дейилади. Масалан, Мажлис охирлаб қолди. Болалар завқланиб, ютуқларини айтиб беришди. У шаҳарга бугун етиб борган.

Феъл кесимлар тузилишига кўра содда ва мураккаб бўлади. Бир сўздан иборат бўлган кесим содда кесим: Меҳмонлар тарқалишди. Учрашув тугади. Икки ёки ундан ортиқ сўзлардан иборат бўлган кесим мураккаб кесимдир: Биз оғир кураш йўлини босиб ўтдик. Уруғлар униб чиқди.

Феълдан бошқа сўз туркумлари (от сифат, сон, олмош, равиш, тақлид сўз, модал сўз, ҳаракат номи) билан ифодаланган кесим от кесим дейилади:

От кесим қуйидагича ифодаланади:

От билан:                   Унинг дадаси - ўқитувчи.

Сифат билан:              Бола болдан  -  ширин.

Сон билан:                 Икки ўн беш - бир ўттиз.

Олмош билан:            Ўзим ҳар жойдаман, кўнглим сендадур.

Равиш билан:             Ҳали қиладиган ишлар кўп.

Ҳаракт номи билан:    Ўқимоқ - ўрганмоқ.

Модал сўз билан:                Сен билан менинг нима ишим бор.

От кесим ҳам тузилишига кўра сода ва мураккаб бўлади. Мураккаб от кесим икки ёки ундан ортиқ сўзлардан ёрдамчи ёки кўмакчи феъл бирикишидан ҳосил бўлади. Масалан, Меҳнат билан топилган нон ширин бўлади. Яхшилик қилсанг, яхшилик қолади каби.

От кесим таркибида кесимни шакллантирувчи ва уни эга билан боғлаш вазифасини бажарувчи ёрдамчи, кўмакчи, тўлиқсиз феъллар, керак, лозим, зарур, шарт каби модал сўзлар боғлама дейилади. Масалан, Данагидан мағзи ширин бўлади. У ўша йилларда талаба эди. Энди ишимизни яхшилаш керак.

Эга билан кесим ўзаро шахс ва сонда мослашади: Мен ўқидим, Сен ўқидинг.

III шахсда феъл кесим ҳамма вақт шахс ва сонда мослашавермайди. Масалан, у ўқиди (эга ва кесим III шахс бирликда - мослашган), улар ўқиди (эга кўпликда, кесим бирликда мослашмаган).  Дарахтлар гуллади (эга кўпликда, кесим бирликда).


  1. Эга.

 Эга фикрни кимга, нимага қарашлилигини билдирибким, нима, кимлар, нималар, қаер сўроқларидан бирига жавоб бўлади.

 Эга бош келишикдаги сўз билан ифодаланади:

     От билан: Болалар китобни ўқишди.

     Олмош билан: Биз томошага бордик.

     Сифат билан: Яхши қанд едирар.

     Сон билан: Беш-ўннинг ярми

     Ҳаракат номи билан: Ўқиш-муҳим вазифа

     Сифатдош билан: Тиришган тоғдан ошар.

     Тақлид сўз билан: Кимларнингдир шивир-шивири эшитилди.

     Равиш билан: Кўпдан қуён қутилмас

     Бирикма билан: Душманнинг бири ҳам – кўп.


  1. Кесим.

Эга ҳақидаги хабарни билдириб, тасдиқ-инкор, замон, майл, шахс-сон маъноларини ифодаловчи бўлак кесим дейилади. Гапни юзага келтириш, фикрни ифодалашда кесимнинг роли катта бўлиб, у  гапнинг асосини ташкил қилади ва бошқа бўлакларни ўзига боғлайди. Кесим турли сўз туркумлари билан ифодаланади. Қайси сўз туркуми билан ифодаланишига кўра кесим икки хил: феъл кесим, от кесим.

Феъл, феълнинг сифатдош, равишдош шакллари билан ифодаланган кесим феъл кесим дейилади. Масалан, Мажлис охирлаб қолди. Болалар завқланиб, ютуқларини айтиб беришди. У шаҳарга бугун етиб борган.

Феъл кесимлар тузилишига кўра содда ва мураккаб бўлади. Бир сўздан иборат бўлган кесим содда кесим: Меҳмонлар тарқалишди. Учрашув тугади. Икки ёки ундан ортиқ сўзлардан иборат бўлган кесим мураккаб кесимдир: Биз оғир кураш йўлини босиб ўтдик. Уруғлар униб чиқди.

Феълдан бошқа сўз туркумлари (от сифат, сон, олмош, равиш, тақлид сўз, модал сўз, ҳаракат номи) билан ифодаланган кесим от кесим дейилади:



От кесим қуйидагича ифодаланади:

От билан:                   Унинг дадаси - ўқитувчи.

Сифат билан:              Бола болдан  -  ширин.

Сон билан:                 Икки ўн беш - бир ўттиз.

Олмош билан:            Ўзим ҳар жойдаман, кўнглим сендадур.

Равиш билан:             Ҳали қиладиган ишлар кўп.

Ҳаракт номи билан:    Ўқимоқ - ўрганмоқ.

Модал сўз билан:                Сен билан менинг нима ишим бор.

  1. Эга-кесим мослашуви.

Kesim egaga tobe bo'lak bo'lgani uchun ko'p hollarda shaxs va sonda moslashadi. Masalan: Biz huquqiy demokratik jamiyat qurmoqdamiz. U anchagacha jim o'tirdi . Birinchi gapda kesim egaga tobe muvofiq 1 shaxs birlikda, ikkinchisida esa III shaxs birlikda ishlatilgan. Ammo o'zbek tilida kesimning ega bilan son jihatidan mos bo'lishi III shaxsning ko'pligida shart emas, ega III shaxsning ko'plik shaklida bo'lib, kesim III shaxsning birlik shaklida ham keladi. Ba'zan ega birlik shaklda kesim esa hurmat ma'nosini bildirish uchun ko'plik shaklda bo'lishi ham mumkin. Kesim sifat, son, kabi turkumlar bilan ifodalanganda ega ko'plik shaklda bo'lsa ham, kesim birlik shaklda bo'ladi. 

Agar ega jamlik ma'nosini bildiruvchi so'z bilan ifodalansa. kesim odatda birlik shaklda keladi. Masalan: Jamoa yig'ildi. Studentlar darsga kirdi.

  1. Тўлдирувчи.

To’ldiruvchi ham nutqiy gap qurilishida so’z kengaytiruvchisi sifatida ishtirok etadi va fe‘l bilan ifodalangan har qanday bo’lak yoki bo’lak qismining ma‘noviy valentligini to’ldiradi. To’ldiruvchi qaysi gap bo’lagiga aylanishidan qat‘i nazar, shu bo’lak ifodalanayotgan fe‘lning ma‘nosini muayyanlashtiradi. To’ldiruvchi so’z kengaytiruvchisi bo’lganligi bois u kengaytirayotgan ma‘nosi muayyanlashayotgan so’z gap bo’lagi maqomiga ega bo’lmasligi ham mumkin. Yuqorida aytilganidek, kesim, ega, hol gapning konstruktiv bo’laklari bo’lib, to’ldiruvchi va aniqlovchi bo’lakning bo’laklari sifatida keladi. Bu, ayniqsa, kengaygan ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi gap bo’laklari modeliga ega bo’lganda, yaqqol ko’zga tashlanadi. To’ldiruvchi o’zi bog’lanayotgan fe‘lning ob‘ekt valentligini to’ldiradi va, shunga muvofiq ravishda, uning mazmunidan shaxs/predmetlik ma‘nosi anglashilib turadi.
Ko’pincha to’ldiruvchi va holni farqlash qiyin bo’ladi.  O’rin ma‘nosini ifodalovchi -da kelishik shakli gap propozitsiyasining tayanch bo’lagi bo’lgan makonni ifodalashda alohida mavqega ega. Ma‘lumki, makon va zamon ma‘nosidagi hollar gap kesimini shakillantiruvchi ning o’rin va payt ko’rsatkichlariga mos keladi. To’ldiruvchi o’zi birikayotgan fe‘lning tabiatiga ko’ra vositali va vositasiz turlarga ajraladi.
Vositasiz to’ldiruvchi bilan birikish faqat o’timli fe‘llarga xos. Shu boisdan vositasiz to’ldiruvchi o’timli fe‘lning ob‘ekt valentligini to’ldiruvchi so’z kengaytiruvchisidir. Vositasiz to’ldiruvchi vazifasida bosh yoki tushum kelishigidagi so’z keladi.
1.Bosh kelishikdagi vositasiz to’ldiruvchi:

2.Tushum kelishigidagi vositasiz to’ldiruvchi: Vositasiz to’ldiruvchi vazifasidagi so’z turli-tuman ma‘nolarni ifodalaydi.
Vositasiz to’ldiruvchi o’timli fe‘lga bog’lanadi deyish o’timli fe‘l vositasiz to’ldiruvchini qabul qila olmaydi degani emas. O’timli fe‘llar ham vositali, ham vositasiz to’ldiruvchini o’ziga biriktiradi. O’timsiz fe‘llar esa faqat vositali to’ldiruvchilarnigina o’ziga biriktiradi. Vositasiz to’ldiruvchi bevosita harakatni o’z ustiga olgan predmetni anglatsa, vositali to’ldiruvchi harakat qamrab olgan, lekin harakatga daxldor bo’lmagan predmetni ifodalaydi. Vositali to’ldiruvchi turli grammatik ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi. jo’nalish kelishigi: Senga oldim.
chiqish kelishigi: Sendan oldim.
o’rin-payt kelshigi: Menda qoldi.
ko’makchi: Sen uchun oldim.

To’ldiruvchining tuzilish turlari. Boshqa bo’laklar kabi to’ldiruvchilar hamda sodda yoki murakkab bo’ladi:
1.Sodda to’ldiruvchi bir so’z yoki bir so’zga teng birliklar bilan ifodalanadi:

  1. Аниқловчи

 Aniqlovchi ot bilan ifodalangan, shuningdek, bo’lak yoki bo’lak bo’laklarining, undalma yoki kirish birikmalarining kengaytiruvchisidir. To’ldiruvchi kabi aniqlovchi ham so’z kengaytiruvchisi sifatida gap tarkibida qatnashayotgan otlarning lug’aviy valentligini to’ldiruvchi vosita sifatida namoyon bo’ladi va gap konstruktiv tuzilmasi o’rin egallamaydi. Uning lisoniy satrga aloqadorligi muayyanlashuvchi otning qanday valentligiga muvofiq kelishi va uni sintaktik aloqa bilan voqelantirishidir.
Aniqlovchi so’z kengaytiruvchisi ekan, u istagan gap bo’laklariga tobelanishi mumkin:
1.Kesim aniqlovchisi: Nilufar a‘lochi talaba.
2.Ega aniqlovchisi: Kimning gapi to’g’ri.
3.Hol aniqlovchisi: So’lim va xushhavo vodiyda o’rnashdilar.
4.To’ldiruvchi aniqlovchisi: Bizning yorni ko’rgan bormi(
5.Undalma aniqlovchisi: Xayr endi, yashil vodiy, xushmanzara tog’.
Aniqlovchi mustaqil holda biror bo’lakka bog’lanishi ham, kengaytiruvchilar tarkibida kelishi ham mumkin. Qiyoslang: 
Bir yonda lojuvard Bahri muhit bor
Bir yonda zafaron Sahroyi kabir 
Bir yonda oq sochli tog’lar purviqor
Sening toleinga o’qiydi takbir

Aniqlovchi gapda turlicha ifodalanishga ega. Aniqlashning o’ziga xosligiga ko’ra, aniqlovchining materiali ham, shunga muvofiq, uning kengayuvchi so’z bilan sintaktik aloqasi ham turlicha bo’ladi.

Predmetning qandayligi, tusi, xususiyati, maza-ta‘mi, shakli, tabiati kabilarni muayyanlashtirish lozim bo’lganda aniqlovchi sifat, sifatdosh, ba‘zan ot turkumlaridan bo’lgan so’zlar bilan ifodalanadi. Biror shaxs yoki predmetga qarashlilikni anglatish zaruriyati bo’lganda aniqlovchi ot yoki ot o’rnidagi so’z bilan ifodalanadi. Shunga ko’ra, aniqlovchi ikki xil bo’ladi:
1.Belgini muayyanlashtiruvchi aniqlovchi (sifatlovchi)
2.Qarashlilikni muayyanlashtiruvchi aniqlovchi (qaratuvchi).
Sifatlovchi aniqlovchi quyidagicha ifodalanadi:
1.Sifat bilan: A‘lo mamlakatning a‘lo farzandi, bilib qo’yki, seni vatan kutadi. 
2.Sifatdosh bilan: Oqar daryo oqmasdan qolmas.
3.Ravish bilan: Kechagi noxush manzarani bir umr unutmasa kerak. 
4.Son bilan: O’ninchi yillarning sargardonligi.
5.Belgi aniqlovchisi (sifat vazifasidagi) ot bilan: anor yuz, oltin kuz. 
6.Olmosh bilan: Qaysi yuzim bilan unga qarayman?
Qaratuvchi aniqlovchi quyidagi so’zlar bilan ifodalanadi:
1.Ot yoki ot o’rnidagi so’z: 1.Ona yerning otash qaridan, o’g’lim degan nido keladi.(E.V.)2. Mening ikki onam bor. 
2.Otlashgan so’z bilan: 1.Ko’pning duosi ko’l 2.O’qiganning tili ko’p uzun bo’ldi.

  1. . Мураккабгап бўлаклари.



  1. Содда гаплар.

O’zbek tilida gaplar grammatik asoslarining miqdoriga ko’ra 2 ga bo’linadi: Sodda va qo’shma. Sodda gaplar eganing ishtirok etish etmasligiga ko’ra 2 xil bo’ladi: Egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar. Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi: sodda yig’iq gap (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gap: (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi). O’zbek tilida gapda so’zlar o’zaro grammatik munosabatga kirishib gap bo’laklarini hosil qiladi. Har bir gap bo’ladi boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan grammatik munosabatiga ko’ra belgilanadi, ya’ni har bir gap bo’lagi o’zi munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi

  1. Содда гап турлари.



  1. Қўшма гап синтаксиси.

Qo'shma so'zlar tilning tarixiy taraqqiyoti davomida aslida ikki va undan ortiq so'zlaming birikuvidan tashkil topgan, lekin hozirgi o'zbek tili nuqtayi nazardan bu birikuv o'z kuchini yo'qotib bir so'zga aylanib qolgan bo'ladi. Shuning uchun qo'shma so'z tarkibida alohida so'z bo'lib ko'ringan qismlar (kunga-boqar, beshik-tervatar, nomoz-shom-gul) hozirgi o'zbek tilida so'zlik xususiyatini yo'qotgan, bir so'z tarkibidagi ma'noli qism (morfema)lar sanaladi.

Qo'shma so'zlar bitta so'z bo'lganidan, ularning qismlari orasiga boshqa ma'noli qismni kiritib bo'lmaydi. Masalan, kungaboqar so'zining kunga qismidagi -ga ni boshqa kelishiklar bilan almashtirib bo'lmaydi. Shuningdek, bu qism egalik, ko'plik shakllarini ham olmaydi. Ana shu xususiyati bilan so'z birikmasidan va sodda so'zning ko'makchi fe'lli shaklidan farq qiladi. Solishtiring: uxlab chiqdi - uxlamay chiqdi; kunga qaradi — kun qaradi (so'z birikmasi). Qo'shma so'zlar qismlari birikib bitta so'zning tarkibiga aylangani uchun ular ko'pincha sodda so'zlar bilan sinonimik munosabatda bo'ladi. Masalan, o'sal qilmoq — uyaltirmoq, oq qilmoq — haydamoq, bayon qilmoq — so 'zlamoq; kamchiqim — pishiq, shifobaxsh — dori, hamnafas — va boshqalar.



  1. Эргаш гап турлари.



  1. Қўшма гапларда замонлар мослашуви.



  1. Кўчирма гап.



  1. Феълнинг шахссиз формаси билан ясаладиган синтактик комплекслар

1-бўлим Олий математика бўлими

  1. Математик мантиқ.




  1. Мантиқ функциялари.




  1. Элементар мантиқий функциялар ва уларнинг хоссалари.




  1. Элементар мантиқ функциялари(амаллари).




  1. Айнан ноль амали.




  1. Айнан бир амали.




  1. Конъюкция амали.




  1. Дизъюнкция амали.




  1. Импликация амали.




  1. Шеффер таёқчаси амали.



  1. Формулалар тенг кучли формулалар.




  1. Мулоҳазалар ҳисоби формал назарияси.




  1. Тўпламлар назарияси.




  1. Тўпламлар устида амалллар.




  1. Муносабат ва уларнинг турлари, хоссалари.




  1. Эквивалентлик муносабати.




  1. Функция тушинчаси.




  1. Функциялар суперпозицияси.




  1. Тўпламларни қўшиш, кўпайтириш, айириш, қоидалари.




  1. Сўзлар сони масаласи.




  1. Ўринлаштириш, ўриналмаштириш, гурҳлаш масалалари.




  1. Оддий граф таърифи.




  1. Графларнинг турлари.




  1. Дарахт.




  1. Эҳтимоллар назарияси ва математик статистика.



  1. Эҳтимоллар назарияси фанининг предмети, унинг асосий тушинчалари.




  1. Ҳодиса устида амаллар




  1. Ҳодисанинг эҳтимоли.




  1. Эҳтимолнинг классик таърифи.




  1. Эҳтимолларни қўшиш ва кўпайтириш теоремалари.




  1. Тўла эҳтимоллик.




  1. Байес формуласи.




  1. Боғлиқ ва эркли ҳодисалар.




  1. Тасодифий миқдорлар ва уларнинг турлари.




  1. Дискрет тасодифий миқдорнинг тақсимот қонуни.




  1. Танланманинг турлари.




  1. Танлансманинг статистик тақсимоти.











Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish