3. 1-boshlovchi: Ayrilgim kelmaydi mo`nis maktabdan



Download 47,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi47,5 Kb.
#228773
Bog'liq
25-mayga


1.1-BOSHLOVCHI: Assalom ona yurt ,ey ona vatan, Assalom ey samo charag`on osmon. Bosh egaman ta’zim qilib ey ona xalqim Assalom nurga to`lgan xur O`zbekiston.

1. 2-BOSHLOVCHI: Assalomu- alaykum aziz mehmonlar ,mehri daryo qalbi otash ustozlar, hamda o`quvchilar! Mana bugun biz maktabni tamomlab so`nggi qo`ng`iroq kechasini nishonlayotgan ekanmiz kechamizga xush kelibsiz.

2. 1-BOSHLOVCHI: Umr deb atalmish cheksiz ummonda bir zot yashaydi ,ul zot sham yanglig` butun olamga ziyo taratadi, kamtarin ,xokisor bu zotlar- ustozlardir.

2. 2-BOSHLOVCHI: Mana 9 yildirki ,shu maktabimizda ona bag`rida yashayotgandek his qilib yashadik. Qo`limizga qalam ushlashni ham o`qishni ham yozishni ham ,hatto o`z ismimizni to`g`ri talaffuz qilishni ham bilmay shu dargoh ostonasiga qadam qo`yganimizda bizlarni ona kabi o`z quchog`ingizga oldingiz aziz ustozlar.

3. 1-BOSHLOVCHI: Ayrilgim kelmaydi mo`nis maktabdan ,

Ko`nglimga yoqdiku abadiy chiroq.

Ko`zimni ochgum yo`q o`shal oftobdan

Chalinmay tura qol so`nggi qo`ng`iroq.

3. 2-BOSHLOVCHI: Zor yig`lar qizlar sinfdoshlarim,

Partaga bosh qo`yib ko`z yoshi munchoq.

Yashirgim kelmaydi men ham yoshlarim,

Chalinmay tura qol so`ngi qo`ng`irog.

4. 1-BOSHLOVCHI: Mehribon ustozlar sizlarga tasonnolar aygim keladi, qalbingiz mehru –muhabbatga ,ilmu – marifatga to`la .Bu ne’matlardan bizlar bahramand bo`lgusi hurmatli ustozlar. 9 yil bizning injiqliklarimizga,

4. 2- BOSHLOVCHI: sho`xliklarimizga sabr –toqat bilan chidaganlaring ,bizlarni ilmu- ma’rifat nuridan bahramand etganlaring uchun sinfimiz o`quvchilari o`z minnatdorchiliklarini bildirishadi. Marhamat qabul eting.

5. 1-BOSHLOVCHI: maktabimiz direktori_________ ustoz

5. 2-BOSHLOVCHI: Ilmiy ishlar bo`yicha diretor o`rinbosari __ ____________ustoz

6. 1-BOSHLOVCHI: Tashkiliy ishlar bo`yicha direktor o`ribosari_________ ustozlarga 6. 2-BOSHLOVCHI: va ma’naviy ishlar bo`yicha diretor o`rinbosari _________ustoz hamda sinfdoshlarga dil so`zlarini aytish uchun davraga

7. 1-BOSHLOVCHI: Do`stlarimizni taklif etamiz

7. 2-BOSHLOVCHI: ____________ ____ijrosidagi raqs ustozlar va sinfdoshlar uchun tabrik sifatida yo`llanadi.

8. 1-BOSHLOVCHI: Dilda muhabbatning parvarishiga

Farhodu-Majnundan oldimku saboq

Gul topdim shu yerda ko`ngil qulfiga

Chalinmay tura qol so`nggi qo`ng`iroq

8. 2-BOSHLOVCHI: Axir partalarda qo`sh nomimiz bor

O`yib yozdim uni men o`yiqaroq

Yonma –yon urayotgan qo`sh jonimiz bor

Chalinmay tura qol so`nggi qo`ng`iroq

9. 1-BOSHLOVCHI: Buyukdir u lek buyukligin

O`zi sezmay yashagan inson

Qalbida nur balqir hidoyat

Ruhda yonar e’tiqod imon

9. 2-BOSHLOVCHI: Men shogirtlar nomidan so`zlab

Olqish aytay sizga ustozlar.

Tariflashga so`z topa olmay

Boshim egib etaman ta’zim.

10. 1-BOSHLOVCHI: Ona tili fani o`qituvchisi ______________ ustozga,

10. 2-BOSHLOVCHI: Maktabimizni rus tili fani o`qituvchisi _______ ustoz

11. 1-BOSHLOVCHI: va ingliz tili fani o`qituvchisi ____________ ustozlarga hamda sinfdoshlarga dil so`zlarini ishor qilish uchun davraga

11. 2-BOSHLOVCHI:___________ ____________larni taklif etamiz.

12. 1-BOSHLOVCHI: Ushbu tayyorlagan nomerimizni sinfdoshlar va ustozlarga tabrik sifatida yo`llaymiz.Davraga _________ ___taklif etamiz.(ustozlar haqida qo`shiq)

12. 2-BOSHLOVCHI: Ilk bora bir shirin hislar tutqini

Bo`ldimku ketgum yo`q ko`ngil hafaroq

Yo`qotib qo`yishdan qo`rqaman uni

Chalinmay tura qol so`nggi qo`ng`iroq

13. 1-BOSHLOVCHI: Nelar kutmoqda bizlarni hali

Muhabbat, sevinchmi ,baxtmi yo firoq

Nahot tark etmoqlik yetdi mahali

Chalinmay turaqol so`nggi qo`ng`iroq

13. 2-BOSHLOVCHI: Partalar oralab o`tadi umr

O`chirib qoralab o`tadi umr

Bag`rini poralab o`tadi umr

Ajib hayoti bor o`qituvchining

14. 1-BOSHLOVCHI: Uzatsa qo`llari osmonga yetar

Yo`llari yulduzlar oralab ketar

Ko`ngilni kamolot mulkiga eltar

Ajib hayoti bor o`qituvchining

14. 2-BOSHLOVCHI: Navbat matematika fani o`qituvchisi _ _____________ustoz

15. 1-BOSHLOVCHI: Informatika fani o`qituvchisi_ __________ ustoz

15. 2-BOSHLOVCHI: hamda fizika fani o`qituvchisi _______ ___ustozlarga va sinfdoshlarga dil so`zlarini aytish uchun davraga

16 . 1-BOSHLOVCHI:___________ __________larni taklif etamiz

16. 2-BOSHLOVCHI:__________ lar ijrosidagi raqsni ustozlar va sinfdoshlarga tabrik sifatida yo`llaymiz.

17. 1-BOSHLOVCHI: Oyning qarshisida o`nlab yulduzlar

Dars tinglar edik biz ayriliq yiroq

Buncha tez o`tdiya kecha kunduzlar

Chalinmay tura qol so`nggi qo`ng`iroq

17. 2-BOSHLOVCHI: Xayr maktab ,xayr ustozlar

Endi sizdan ketamiz yiroq

Orzularga etib parvozlar

Chalinmoqda so`nggi qo`ng`iroq

18. 1-BOSHLOVCHI: Hazrat Navoiyu,Muhammad Bobur

Hattoki hoqonlar qilganlar ta’zim

Bu foniy dunyoda yashovchi har bir

Inson farzandiga ustoz mualllim

18. 2-BOSHLOVCHI: Sizni gullar bilan kutgali keldim

Ulug`bek yo`lini tutgali keldim

Ulug` ayyom bugun aziz muallim

Bayramda xushnud etgali keldim

19. 1-BOSHLOVCHI: tarix fani o`qituvchisi ____________ ustoz

19. 2-BOSHLOVCHI: Huquq fani o`qituvchisi ____________ ustoz

20. 1-BOSHLOVCHI:Iqtisodiy bilim fani o`qituvchisi _______ _______ustozlarga hamda sinfdoshlarga dil so`zlarini yo`llash uchun davraga

20. 2-BOSHLOVCHI: Sinfdoshlarimizni taklif etamiz

21. 1-BOSHLOVCHI: __________ ___ ijrosidagi raqsni ustoz va sinfdoshlarga tabrik sifatida yo`llaymiz.

21. 2-BOSHLOVCHI: Sog`inch ekib murg`ak dillarga

Sog`inchlari tengdir yillarga

Chorlar bizni turli yo`llarga

Chalinmoqda so`nggi qo`ng`iroq

22. 1-BOSHLOVCHI: Sadolari yurakda yangrar

Yangrashidan yuraklar anglar

Uzun-uzun mahzun jaranglar

Chalinmoqda so`nggi qo`ng`iroq

22. 2-BOSHLOVCHI: Yubordi o`glin maktabga podsho

Qilib qo`yniga taxtacha jo

Kumush ul taxtaga zardan bitib yod

Ota mehridan afzal jabru ustoz

23. 1-BOSHLOVCHI: Shunday edi doim bilim tavozu

Ustoz ta’limidan yashnadi orzu

Bir kishi dediki bunda ne sir bor

Otadan ustozga taziming bisyor

23. 2-BOSHLOVCHI: Boshlang`ich xarbiy ta’lim fani o`qituvchisi ________________ __ustoz

24. 1-BOSHLOVCHI: Jismoniy tarbiya o`qituvchilari ________ ______ ustozlar

24. 2-BOSHLOVCHI: Ximiya, biologiya fani o`qituvchisi ___ ______________ustozlarga hamda sinfdoshlarga dil ishorlarini aytish uchun davraga

25. 1-BOSHLOVCHI: ___________ __________larni taklif etamiz

25. 2-BOSHLOVCHI:_______ va _ ______ijrosidagi ushbu nomerimiz ustozlar va sinfdoshlar uchun tabrik sifatida yo`llanadi.(raqs)

26. 1-BOSHLOVCHI: Bolalikni erkalab suyub

Sarmast bo`lib hidiga to`yib

Yoshligimga nuqtalar qo`yib

Chalinmoqda so`nggi qo’g’iroq

26. 2-BOSHLOVCHI: Ayriliqni mazzasin tortib

O`rtanadi qo`ng`iroq shu choq

Kimlarnidir zor-zor yig`latib

Chalinmoqda so`nggi qo`ng`iroq

27. 1-BOSHLOVCHI: Qalbim g`ururi sarvari ustoz

Ko`zimning nuri gavhari ustoz

So`zingizdan tanlab sara gullarni

Yozdim yuragimda borlarin ustoz

27. 2-BOSHLOVCHI: Geografiya fani o`qituvchisi ____________ ____ ustoz

28. 1-BOSHLOVCHI: Chizmachilik fani o`qituvchisi _____________ustoz,

28. 2-BOSHLOVCHI: mehnat fani o`qituvchisi ___ ustozlarga va sinfdoshlarga dil so`zlari yo`llash uchun davraga

29. 1-BOSHLOVCHI:___________ ____larni taklif etamis.

29. 2-BOSHLOVCHI: Boshlang`ich sinf o`quvchilari ijrosidadi nomerimiz siz azizlarga bag`ishlanadi.

30. 1-BOSHLOVCHI: Jondan aziz sinfdoshlarni

Yuraklani g`ashlab ketarkan

Ajralishga olib kelarkan

Chalinganda so`nggi qo`ng`iroq

30. 2-BOSHLOVCHI: Labimda kulgu-yu lek ko`zda yoshim

Sizni tabriklaydi dildagi so`zim

So`z ila so`zlasamda yurak yig`laydi

Sababin so`rasam, ayriliq deydi

31. 1-BOSHLOVCHI: Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila Aylamak bo`lmas ado oning haqqin yuz ganj ila.

31. 2-BOSHLOVCHI: Ona kabi mehribon shirin so`z muallimalarimiz -birinchi o`qituvchilarimizga, hamda sinfdoshlarimizga dil so`zlarini ishor qilish uchun davraga

32.1-BOSHLOVCHI:____________ ________larni taklif etamiz.

32. 2-BOSHLOVCHI: Mana bugun qo`ng`iroq Chalinmoqda so`nggi bor Hayajondan entikar Qalblarimiz tobora

33. 1-BOSHLOVCHI: Ko`zingizni namlamang siz mo`nisginam

Quvonchlarga to`lib yuring chekmayin g`am

Eslab yuring mendayin bir shogirtni ham

Muallimim tanhodirsiz bu dunyoda

33. 2-BOSHLOVCHI: Vaqti kelgay yuzlaringiz yorug` etib

Chekilgan ul zahmatlardan forig` etib

Shogirdingiz turar sizga gullar tutib

Muallimim tanhodirsiz bu dunyoda

34. 1-BOSHLOVCHI: sinf rahbarimiz - mehribon ustozimizga dil so`zlarini ishor qilish uchun davraga ___ni taklif etamiz

34. 2-BOSHLOVCHI: Bir-bir sinflarga bosh suqaman jim

O`tirgim keladi shu ko`yi uzoq

Lek vaqtni to`xtatib qololmas hech kim



Chalinib ketdiku so`nggi qo`ng`iroq.

35. 1 va . 2-BOSHLOVCHILAR: Chalinib ketdiku so`nggi qo`ng`iroq (Songgi qo`ng`iroqni chaluvchi.) Aka-yu opa uchun Qiziqarli davramiz Bo`lsin deymiz sho`x, quvnoq Chalinar so`nggi qo`ng`iroq.
Download 47,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish