3- mavzu. BUGʻ BILAN ISHLOV BERILADIGAN OGʻIR BETON TARKIBINI XISOBLASH Bug‘ bilan ishlov berib qotiriladigan betonlarning tarkibini xisoblash Bug‘ bilan ishlov berib qotiriladigan beton tarkibini xisoblashni ko‘priklar qurish uchun foydalaniladigan P18 K-7 plitalari ishlab chiqarish uchun beton tarkibini xisoblash misolida ko‘rib chiqamiz.
P18 K-7 plitalari markasi 400, bikrligi texnik viskozimetr bo‘yicha 80 sek bo‘lgan og‘ir betondan foydalanib ishlab chiqariladi. Ko‘prik konstruksiyalarida foydalaniladigan betonlarning sovuqqa chidamliligi 200 sikldan kam bo‘lmasligi kerak.
Ko‘prik prolyot qurilmalari plitalarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan beton qorishmasini tayyorlash uchun GOST 10178 talablariga javob beruvchi plastiklangan, gidrofob yoki yo‘lbop portlandsementdan foydalaniladi. Shlakli portlansement, pussolan porlandsement yoki giltuproqli portlandsementdan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Beton qorishmasini tayyorlash uchun foydalaniladigan syementning markasi 500 va undan yuqori bo‘lishi kerak. Foydalaniladigan syementning sarfi 1 m3 uchun 450 kg dan oshib ketmasligi zarur.
Og‘ir beton tayyorlash uchun foydalaniladigan yirik to‘ldirgich sifatida mustahkamligi 100 MPadan kam bo‘lmagan tog‘ jinslaridan tayyorlangan sovuqqa chidamli chaqiqtoshdan foydalanish tavsiya etiladi. Foydalaniladigan chaqiqtoshning fraksiyasi 10 mmgacha bo‘lishi tavsiya etiladi. Eng yirik donalar o‘lchami 20 mm ni tashkil etishi zarur. Chaqiqtosh tarkibidagi chang va giltuproq qo‘shimchalarining miqdori massasi bo‘yicha 1,0% dan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Mayda to‘ldirgich sifatida yiriklik moduli Mk=2,1 dan past bo‘lmagan qumlardan foydalaniladi. Qum tarkibidagi chang va giltuproq qo‘shimchalarining miqdori massasi bo‘yicha 3,0% dan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Yangi yotqizilgan beton kovak hosil qiluvchilarni sug‘urib olish davrida yuzaga keladigan statik va dinamik yuklar oqibatida buzulib ketmay, butunligini yo‘qotmasligi zarur. Shuning uchun qum/chaqiqtosh nisbati 0,3 qilib qabul qilish tavsiya etiladi. Beton qorishmasini tashkil etuvchilarini o‘lchash aniqligi syement uchun ±1 % , to‘ldirgichlar uchun esa ± 2 %dan ko‘p bo‘lmasligi zarur.
Beton qorishmasini aralashtirish vaqti 3 minutdan kam bo‘lmasligi zarur.
Beton qorishmasi tarkibini xisoblash uchun quyidagi boshlang‘ich ma’lumotlarni qabul qilamiz:
Beton klassi – V35 - Rb=400
Beton qorishmasini harakatchanligi, bikrligi texnik viskozimetr bo‘yicha 80 sek
Bog‘lovchi material – plastiklangan portlandsement.
Qum zarralarining zichligi – ρq = 2,6 g/sm3 Qumning to‘kma zichligi – ρq0 = 1,4 g/sm3 Qumning yiriklik moduli – Mkr =2,2
Yirik to‘ldiruvchi – chaqiq tosh
Chaqiq toshning donalar o‘lchami – 20 mm
Chaqiq tosh donalarining zichligi – ρy = 2,6 g/sm3 Chaqiq toshning to‘kma zichligi – ρy0 = 1,4 g/sm3 Chaqiq tosh donalari orasidagi bo‘shliq – Vy = 0,46, ya’ni 46 %
1 m3 beton qorishmasi tarkibini xisoblashni quyidagicha amalga oshiramiz:
Syementning aktivligidan kelib chiqqan xolda, plita betonning mustahkamligini olish sharti asosida S/S nisbati aniqlaymiz:
A1 – koeffisiyent to‘ldiruvchilar sifatiga bog‘liq bo‘lib, yuqori sifatli to‘ldiruvchilar uchun – 0,43 ga teng.
1 m3 beton qorishmasini tayyorlash uchun suv miqdorini -jadvaldan aniqlaymiz: S=140 l/m3
Betonning dastlabki nominal tarkibidagi, mahsulotni korxonadan berish vaqtidagi mustahkamligini o‘rtacha darajasini ta’minlovchi syement-suv nisbati (S/S)1 quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda: - betonning issiqlik ishlovi berilganidan keyingi mustahkamligi, MPa;
– syementning bug‘ bilan ishlov berilgandagi mustahkamligi, MPa.
Yuqoridagi formulada keltirilgan betonning mustahkamligi standart rejim (2+3+6+2) bo‘yicha 850S haroratda issiq-nam ishlovi berib bo‘linganidan 4 soatdan vaqt o‘tganidan so‘ng sinalgandagi mustahkamligini bildiradi. Syementning faolligini GOST310.4 bo‘yicha aniqlanadi yoki ishlab chiqaruvchi zavod ma’lumotlari asosida qabul qilinadi.
Bug‘ bilan ishlov berilgan betonning loyiha vaqtidagi mustahkamligidarajasini ta’minlovchi (S/S)2 ni aniqlanadi.
bu yerda: (S/S)2 - bug‘ bilan ishlov berilgan betonning loyiha vaqtidagi mustahkamligini ta’minlovchi syement-suv nisbati.
– bug‘ bilan ishlov berilgan betonning 28 sutkadan keyingi mustahkamligi, MPa;
- syementning bug‘ bilan ishlov berilgandan keyin 28 sutkadan keyingi faolligi, MPa;
Bu yerda: (S/S)2 – betonning loyihaviy vaqtdagi mustahkamligini ta’minlash syement-suv nisbati;
Rb28 – betonga issiqlik ishlovi berilganidan keyin 28 sutkadan keyingi mustahkamligi, MPa;
Rspr- issiqlik ishlovi berilganidan keyin 28 sutkadan keyingi syementning aktivligi, MPa;
syementning issiqlik ishlovidan keyingi aktivligini GOST310.4 bo‘yicha va 28 sutkalik namunalarda o‘tkazilgan tajribalar natijasida aniqlanadi yoki syementning kafolatlangan markasiga teng qabul qilinadi.
Aniqlangan S/S nisbati va suv miqdoriga asosan beton qorishmasini tayyorlash uchun syement miqdori aniqlanadi (kg):
1 m3 beton qorishmasi uchun yirik to‘ldiruvchi (chaqiqtosh) sarfi aniqlanadi:
– yirik to‘ldiruvchilar donalarini oralig‘ini belgilovchi koeffisiyent 1.5 – jadvaldan aniqlanadi,
1 m3 beton qorishmasini tayyorlash uchun mayda to‘ldiruvchi (qum) sarfi aniqlanadi: