3- ma`ruza. Turkiston xalqlarining ozodlik va erkinlik uchun olib borgan kurashlari. Reja



Download 52,5 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi52,5 Kb.
#816774
Bog'liq
3 Ma`ruza Turkiston xalqlarining ozodlik va erkinlik uchun olib


3- Ma`ruza. Turkiston xalqlarining ozodlik va erkinlik uchun olib borgan kurashlari.
Reja:

1.O`rta Osiyo temir yo`lining qurilishi, uning asosiy maqsadlari va vazifalari.


2. Xalq hayotining qashshoqlashuvi.
3. XIX asrning 80-yillarida Rossiya bosqiniga qarshi xalq norozilik harakatlari.


Turkiston mustamlakaga aylantirilgach, podsho Rossiyasi o’zining asosiy maqsadi etib eng avvalo halqlarimizda milliy davlatchilik tuyg’ularini yo’q qilish etib belgiladi. Bunda hamma sohada rus millatchilik shovinizmini qaror toptirish ko’zlandi. Rus amaldorlaridan biri tatar A.Divaeva shunday yozgan edi: — «Bu halqlar juda boy madaniyatga ega, bu madaniyatni o’rganish biz uchun juda ham og’ir. Biroq biz bu madaniyatni o’rganishga majburmiz, chunki bundan buyon bu halqlarni biz boshqaramiz».Turkistonda barcha rus amaldorlari, ziyolilari o’lkada buyuk rus davlatchilik g’oyalarini amalga oshirishga kirishdilar. Turkistonda siyosiy, iqtisodiy va milliy ma’naviy zulm nihoyatda kuchaydi.
O’lka aholisining ro’yxatga olingach, erkaklarni harbiy hizmatga olish masalasi yuzaga keldi. Biroq o’lkada mahsus taftish ishlari olib borgan maxfiy maslahatchi Girsning bergan ma’lumotlariga asosan podsho hukumati turkistonliklardan armiyaga olish fikridan qaytdi'' va ularga harbiy soliqlar joriy etdi. Podsho mahalliy halqlarning qo’liga qurol berib, harbiy ishlarga o’rgatish o’zi uchun nihoyatda havfli tadbir ekanligini angladi. Podsho hukumatining Turkistonda olib borgan mustamlakalashtirish siyosati mahalliy halqlarimizda kuchli norozilik keltirib chiqardi va ruslarning bu yerga kirib kelgan dastlabki kunlaridanoq mustamlakachilarga o’zining noroziligini namoyon etib turdi. XIX asrning 70 — 80 yillarida esa mustamlakachilarga qarshi milliy ozoddik harakatlari Turkiston o’lkasining deyarli barcha joylarida kuchayib ketdi. Bu haqda maxfiy maslahatchi Girs ham o’z ma’lumotlarida to’xtalib o’tib, «halqda ruslarga qarshi kurashish befoyda», degan tushuncha paydo bo’lgan, — deya ta’kidlab o’tadi. Biroq biz keyingi yillarda bo’lib bir qancha milliy ozodlik harakatlaridan halqda bunday xulosa paydo bo’lmaganligini ko’ramiz. Milliy ozoddik harakatlarining kuchayishiga yana bir sabab, mustamlakachilar tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy zulm edi. Rossiya Turkistonni bosib olgach, o’zining iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirishga va o’lkani xom - ashyo bazasiga aylantirishga kirishdi. Qishloq xo’jaligidagi amalga oshirilgan siyosat, o’lkada sanoat ishlab chiqarishning shakillantirilishi to’laligicha rus podshosi manfaatlari uchun ishlay boshladi.
Hukmron tuzumga qarshi qo’zg’olonlar asosan qambag’al dexqonlar, kosiblar, hunarmandlar tomonidan amalga oshirildi. Milliy g’ururini yo’qotmagan ayrim yuqori tabaqa vakillari ham bu qo’zg’olonlarda ishtirok etdilar. 1878 yilda Mingtepada Yetimxon boshchiligida ruslarga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi. Biroq rus mustamlakachi hukumati katta harbiy kuchlar yordamida Yetimxon boshchiligidagi qo’zg’olonlarni bostirdi. Biroq, o’lkada rus chorizmiga qarshi qo’zg’olonlar bu bilan boshlandi deb bo’lmaydi. Bu davrda yuz bergan milliy ozodlik harakatlarini mahsus tadqiq qilgan tarixchi X.Bobobekov quyidagi bir qator qo’zg’olonlarni sanab o’tadi:
1. Qozog’iston mintaqasida 1783—1793 yillarda bo’libo’tgan Sirim Botir qo’zg’oloni.
2. 1822 — 23 yillarda bo’lib o’tgan Julomon Tilanchiq o’zg’oloni.
3. 1836—1838 yillarda- bo’lib o’tgan Isatoy Toyman qo’zg’oloni,
4. 1837 — 1846 yillarda bo’lib o’tgan Sulton Kenasari qo’zg’oloni.
5. 1856 yilda bo’lib o’tgan Sirdaryodagi Jonxo’ja Nurmuhammedov boshchiligidagi qo’zg’olon.
6. 1868 yildagi Samarqand mudofaasi va Buxoro shahri SHahrisabz bekliklaridagi qo’zg’olonlar.
7. 1870 yilda Mang’ishloq isshizlarining qo’zg’olonlari.
8. 1871 yilda Sirdaryo viloyatida Eshon EshMuhammad boshchiligidagi qo’zg’olonlar.
9. 1878 yildagi Mingtepadagi Yetimxon qo’zg’oloni va boshqalar.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, Yetimxon qo’zg’oloniga ham rus mustamlakachiligiga qarshi mahalliy halqlar tomonidan ko’plab marta qo’zg’olonlar ko’tarilgan. Ular orasida Sulton Sodiq boshchiligidagi, Botirxon To’ra boshchiligidagi, Po’latxon, Qo’rbonjon dodxohlar boshchiliklaridagi milliy ozodlik harakatlarini alohida ko’rsatib o’tish lozim. SHuningdek, Bobobekov 1887—1897 yillarda Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona viloyatlarida mustamlaka idoralariga qarshi ja’mi 663 marta hujumlar bo’lib o’tkanligi alohida ta’kidlab o’tadi. Yetimxon qo’zg’oloni maglubiyatga uchragach ham, Farg’ona vodiysida mustamlakachilarga qarshi kurashlar pasayib qolmadi. Bundan harakatlar turli sharoitlarda bo’lib turdi. 1880 yilda alohida barcha soliqlar yig’ib olingandan so’ng Xo’jand Uezdining boshlig’i Putintsev O’ratepa va Xo’jand aholisidan qo’shimcha soliq yig’ib olish to’trisida ko’rsatma beradi. Bundan g’azabga to’lgan halq Raxmonqulixoja va Mirkarimboylar boshchiligida uezd mahkamasiga boribnoroziliklarni bildiradilar. Qo’zg’olonchilarga qarshi kuch ishlatiladi va boshliklari hisobga olinadi.SHunday harakatlardan biri 1882 yil noyabrida Namanganda bo’lib o’tadi. Qo’zg’olonchilar tarqatilib, rahbarlari qamoqqa olinadi. 1882 yili O’shda va 1883 yili CHustda ko’tarilgan qo’zg’olonlar ham shu tariqa bostirildi.80 - yillarning ikkinchi yarmi va 90 - yillarning boshlarida Farg’ona vodiysida qo’zg’olonlar yana avj oldi. Qo’zg’olonchilar o’zlariga qarashli bo’lgan va zulm o’tkazgan boylar hamda volost boshliqlarining uylariga o’t qo’yish va hujumlar uyushtirishni kuchaytirdilar. Andijon uezdining Qo’rg’ontepa volostida Darveshxon boshchiligida mustamlakachilarga qarshi ochiqdan—ochiq qurolli kurashga tayyorgarlik ko’rila boshlandi. Hukumat bundan habar topgach, u yerta harbiy kuchlarni yubordi va qo’zg’olonchilarga zarba berildi. Qo’zg’olon rahbarlaridan biri Mo’minboy dorga osildi. 1890 yilda Namanganning Kapa volosti Qumqo’rg’on qishlog’ida ham ma’muriyatga qarshi norozilik bo’lib o’tdi. Bunga ham qarshi harbiylardan foydalanildi. 1893 yil fevralida Qo’qon volostining Qashqar va Niyoz qishloqlarida, 13 fevralda Andijon yaqinidagi Qo’qon qishloqda mustamlakachi ma’muriyatga qarshi kuchli norozilik harakatlari bo’lib o’tdi. Ayniqsa, Qo’qon qishlog’ida halq pristav va uning yordamchilarini kaltaklab, ularni bu yerdan haydab yubordi. Bu qo’zg’olon bilan Farg’ona viloyati )Earbiy gubernatori general leytenant Korol`kov N.I shaxsan o’zi shug’ullandi va qo’zg’olonchilarni jazolash uchun o’z yordamchisi general — mayor Medinskiyni yubordi. Ruslarning ^katta harbiy kuchlari Qo’qon qishloq aholisini qattiq qiynoqlarga soldilar va ularning mol —mulklarini tortib oldilar, Bunday qo’zg’olon va norozilik Andijon uezdining Kengko’l volostida ellikboshilarni saylash vaqtida ham yuz berdi. 1896 yilda Namangan uezdining Oqsuv — SHahrixon volostidagi Naymancha, Ko’xna mozor, Langarbob qishloqlarida ham ellikboshi va mingboshilar saylovlari vaqtida shunday harakatlar bo’lib o’tdi. Bu qo’zg’olonlarda ham halq tsristav va uning amaldorlarini do’pposlash, ularni toshbo’ron qilish bilan cheklandi. 1895—1896 yillarda Kengko’l —Qoraqir, Olmos, Sariqsuv, Oqsuv — SHahrixon volostlarda yana bir necha marta shu kabi qo’zg’olonlar bo’lib turdi. Farg’ona vodiysida tinmasdan ko’tarilib turgan bunday qo’zg’olonlar va milliy ozodlik harakatlari mustamlakachi hukumatni daxshatga soldi. Ma’muriyat qo’zg’olonlarning oldini olish va qo’zrolonchilarga qarshi kurashda shafqatsiz bo’lish bilan birga qo’zg’olonchilarni jazoga tortishda ham keng vakolatlarga ega edi. 1892 yildan boshlab rus mustamlakachi hukumati hukumatga qarshi qilingan har qanday jinoyatni ko’rish uchun harbiy sudiga borishga odatlanishdi. Bunda «jinoyatchilarni» «oliy jazo» ga hukm qilish uchun katta huquqlar berildi va bundan asosiy maqsad halqni doimiy qo’rquv va xavotir, daxshat ostida yashashga majbur qilish edi. 3 —masala: Qo’qon xonligi tugatilib, o’rnida Farg’ona viloyati tashkil etilgach, halqimizning vatanparvar farzandlari o’z erki va ozodligini qo’lga kiritish hamda milliy davlatchiliklarini tiklash uchun kurashni bir dam ham pasaytirmadilar. Po’latxon qo’zg’oloni mag’lubiyatga uchragach, Farg’ona vodiysidagi barcha vatanparvar kuchlar yana bir istiqlol uchun kurashchi — mashhur qirg’iz ayoli Qurbonjon dodxoh qo’shinlari safiga kelib qo’shildilar. Vodiyda yashovchi o’zbek, qirg’iz, tojik halqlari birgalashib umumiy dushmanga qarshi kurashni davom ettirdilar. Qurbonjon dodxoh Yevropadagi urushlarda katta tajriba orttirgan rus generallaridan biri D.Skobelevga qarshi kurashlarda uni mag’lubiyatga uchratadi. 1876 yil yozida bo’lib o’tgan jangdan so’ng, mag’lubiyatga uchragan general Skobelev sulh so’rab, Qurbonjon dodxoh huzuriga mayor Ionovni yubordi. Biroq, mag’rur sarkarda ayol mayor Ionovni qabul qilmadi va mansab pog’onasi jihatidan o’ziga teng bo’lgan sarkarda bilangina muzokara olib borishini bildirdi. Muzokara olib borish amalga oshmagandan so’ng ruslar yana jangnni davom ettirishga , majbur bo’ldi. Qurbonjon dodxohning o’tli Abdulla uz ukalari bilan birgalikda onasini qo’llab quvvatladi va ular bilan birgalikda ruslarga qaqshatqich zarbalar bera boshladilar. Ular rus mustamlakachilarni har qanday kelishuvchilik va bitimlarni hech qachon halol bajarmasliklarini ham ta’kidlab o’tdilar. Uzoq va shiddatli janglardan so’ng 1876 yil 31 iyul kuni qirg’izlarning mung’ish va adigina urutlari ruslarga taslim bo’lganliklarini bildirdilar. Biroq bu bilan ruslar istiqlolchilik harakatlarini Oloyda butunlay bostirishga erisha olmadilar. Ruslar Oloyda hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmagach, Qurbonjon dodxohni «Oloy malikasi» va hukmdori deb tan oldilar. Bu yerlar Rossiya mulki deb e’lon qilingan bo’lsa ham, Qurbonjon dodxoh o’ziga qarashli hududlarda mustaqil siyosat yuritish va boshqarish huquqini saqlab qoldi. Davomli kurashlardan so’ng tarqoq holga kelib qolgan Vatan himoyachilari o’z kuchlarini birlashtirdilar. Abdullabek, Umarbek, Sulaymon udaychi, Taniqul va Valixon to’ralar boshliq o’zbek va qirg’iz vatanparvarlari ruslarga qarshi kurash olib borib, Yangiariq darasini egallab oldilar. SHu vaqtlarda esa Abdukarimbek o’zini xon deb e’lon qildi (1876 y may). Uzoq davom etgan kurashlar vatan himoyachilari uchun juda og’ir kechdi va ular muntazam rus armiyalariga qarshi davomli kurashlar olib borishga ojizlik qildilar. SHunga qaramay rus mustamlakachiligiga qarshi ozodlik kurashlari Turkiston o’lkasining turli joylarida o’zini namoyon qilib turdi. Rus mustamlakachiligiga qarshi eng katta kurashlardan biri XIX asrning 90 yillari boshida Toshkentda bo’lib o’tdi. 1892 yil bahorida Afg’onistonning Qobul va Xirot shaharlarida vabo kasalligi tarqaldi. Bu kasallik bahorning oxirlarida Samarqand viloyati va iyunning boshlarida Toshkent shahriga ham yetib keladi. Bu kasallikning oldini olishdan ojiz bo’lgan rus mustamlakachi ma’muriyati kasallikning keng tarqalib ketishidan havfsirab, ba’zi shoshilinch choralarni amalga oshiradi, shulardan biri sifatida shahardagi mavjud 12 ta qabristonning barchasi yopib qo’yiladi. Vafot etganlarni dafn qilish uchun va’da berilgan bir nechta qabriston o’rniga shaharlardan olisda faqatgina bitta qabriston ochib beriladi. SHuningdek, vabo bilan og’riganlar ruslar tomonidan yo’q qilinadi degan mish —mishlar ham tarqalib ketadi. Bu esa o’z navbatida halqni vaximaga solib qo’yadi. Halq orasida' hukumatdan norozilik kayfiyati kuchayib boradi. Halqning bunday kayfiyatidan havfsirab qolgan ma’muriyat halqparvar va haqiqatgo’y eski shahar oqsoqoli Inog’omxo’ja Umriyoxo’jaevni (1833 - 96) oqsoqollikdan bekor qilib, o’rniga yoqtirmaydigan va ruslarning sadoqatli qullaridan biri Muhammad Yoqubni shahar oqsoqoli etib tayinlaydi. O’z manfaati uchun hech nimadan qaytmaydigan Muhammad Yoqub o’z ajali bilan yoki boshqa kasalliklardan vafot etganlarni ham shahar chekkasidagi mahsus qabristonga ko’mishni buyuradi. Vafot etganlarning qabristonga ko’milishidan ham pora undirish payiga tushganligi uchun halqning Muqammad Yoqubdan noroziligi oshib ketadi. Halq o’zining qadr - qimmati toptalayotganligiga chidab turmaydi va qo’zg’olon ko’taradi. Bunga yana rus ma’muriyatining vabo kasalligini oldini olish borasida yetarli e’tibor bermayotganligi ham asosiy sabablardan biri bo’ladi. 1892 yilning 24 iyunga o’tar kechasi Muhammad Yoqubga vafot etganlarni yashirincha qabristonga ko’milayotganligi haqida habar keladi. U bu xaqda shahar hokimi Putintsevni habardor qiladi. Oqibatda ertasi kuni bir qancha kishilar aybdorlar sifatida qamoqqa olinedi. Halq ochiqdan —ochiq o’ziga qarshi milliy va diniy qadriyatlarining, insoniylik qadr — qimmatining poymol etilayotlanligiga qarshi chidab turmadi va Azizyor, Abdul Qosimxo’jy kabi Toshkentning taniqli ulamolari boshchiligidagi mingga yaqin kishi hokim qarorgohi tomon yurish qiladilar. Putintsev va Muhammad Yoqub boshchiligidagi shaharliklarga qarshi turgan politsiyachilar halq tomonidan toshbo’ron qilinadilar. Hokim va uning mirshablarini do’pposlash bilan birga hokimning mahkamasi ham ostin —ustun qilindi. Toshkentliklarga qarshi harbiy qurolli kuchlar qarshi qo’yildi va halq soldatlar tomonidan ayovsiz o’qqa tutildi. Oqibatda ko’plab tomonidan yo’q qilinadi degan mish —mishlar ham tarqalib ketadi. Bu esa o’z navbatida halqni vaximaga solib qo’yadi. Halq orasida' hukumatdan norozilik kayfiyati kuchayib boradi. Halqning bunday kayfiyatidan havfsirab qolgan ma’muriyat halqparvar va haqiqatgo’y eski shahar oqsoqoli Inog’omxo’ja Umriyoxo’jaevni (1833 - 96) oqsoqollikdan bekor qilib, o’rniga yoqtirmaydigan va ruslarning sadoqatli qullaridan biri Muhammad Yoqubni shahar oqsoqoli etib tayinlaydi. O’z manfaati uchun hech nimadan qaytmaydigan Muhammad Yoqub o’z ajali bilan yoki boshqa kasalliklardan vafot etganlarni ham shahar chekkasidagi mahsus qabristonga ko’mishni buyuradi. Vafot etganlarning qabristonga ko’milishidan ham pora undirish payiga tushganligi uchun halqning Muqammad Yoqubdan noroziligi oshib ketadi. Halq o’zining qadr - qimmati toptalayotganligiga chidab turmaydi va qo’zg’olon ko’taradi.
Bunga yana rus ma’muriyatining vabo kasalligini oldini olish borasida yetarli e’tibor bermayotganligi ham asosiy sabablardan biri bo’ladi. 1892 yilning 24 iyunga o’tar kechasi Muhammad Yoqubga vafot etganlarni yashirincha qabristonga ko’milayotganligi haqida habar keladi. U bu xaqda shahar hokimi Putintsevni habardor qiladi. Oqibatda ertasi kuni bir qancha kishilar aybdorlar sifatida qamoqqa olinedi. Halq ochiqdan —ochiq o’ziga qarshi milliy va diniy qadriyatlarining, insoniylik qadr — qimmatining poymol etilayotlanligiga qarshi chidab turmadi va Azizyor, Abdul Qosimxo’jy kabi Toshkentning taniqli ulamolari boshchiligidagi mingga yaqin kishi hokim qarorgohi tomon yurish qiladilar. Putintsev va Muhammad Yoqub boshchiligidagi shaharliklarga qarshi turgan politsiyachilar halq tomonidan toshbo’ron qilinadilar. Hokim va uning mirshablarini do’pposlash bilan birga hokimning mahkamasi ham ostin —ustun qilindi. Toshkentliklarga qarshi harbiy qurolli kuchlar qarshi qo’yildi va halq soldatlar tomonidan ayovsiz o’qqa tutildi. Oqibatda ko’plab ga yaqin miltiqni o’lja olib, uxlab yotgan soldatlarni o’ldirishadi. Biroq, keyingi xonalarda yotgan kazaklar uyg’onib, qo’zg’olonchilarga qarshi otishmalarni boshlab yuboradilar. Bir necha daqiqa davom etgan otishmalardan so’ng qo’zg’olonchilar chekinadilar. Ko’plab qo’zg’olonchilar o’ldiriladi va yarador qilinadi. Kazaklardan 23 kishi o’ldiriladi. Qo’zg’olondan habar topgan podsho Nikolay II Turkiston general gubernatori biron Vrevskiyni lavozimidan chetlashtirib, o’rniga vaqtincha Sirdaryo harbiy gubernatori N.I.Korolkovni tayinlaydi. Korolkov jazo ekspediiyasi tashkil etib, qo’zg’olon bo’lgan hududdarda ko’plab qirg’inlar va jazolarni amalga oshirdilar. Minterada uch soat davomida to’plardan o’q uzib, uni, yer bilan yakson qildilar. Aholini ko’chirib yubordilar. Ko’plab aholi esa bungacha tog’larga qochib ketishga ulgurgan edi. Andijonda ham ko’plab odamlar qamoqqa olindilar. Qochib ketgan Muhammad Ali Eshon Arslonbob yaqinidagi toshko’prik degan joyda millatfurush qo’qonqishloqlik Qodirqul va Yoqub qo’rboshilar tomonidan ushlab olinib, rus ma’muriyatiga topshirildi. SHunga qaramay qo’zg’olonlar davom etdi va kuz fasligacha cho’zildi.Qo’zg’olon natijasida hibsga olinganlar ko’pchilikni tashkil etgan va rus hukumati tomonidan shafqatsiz jazolangan. Qamoqqa olingan 400 dan ortiqroq tutqunlar umumiy hisobda 4621 yilga qamoq qatorga ishlariga hukm qilinganlar.Muhammad Ali Eshon boshchiligidagi qo’zg’olon rahbarlari esa 1898 yil 25 yyunda Yangi shahar Tuproqqo’rg’on oldida dorga osib o’ldirildi. SHu tariqa 1898 yil may oyida Andijon halqi tomonidan rus mustamlaka siyosati va hukmronligiga qarshi Muhammad Ali Eshon boshchiligida yuz bergan qo’zg’olon mag’lubiyatga uchradi.
Download 52,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish