24-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2020-2021-o’quv yili davomida asosiy yil vazifalarini bajarish maqsadida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish, sog’lomlashtirish pedagoglarning bola tarbiyasidagi bilimlarini kengaytirish maqsadida keng ishlar olib borildi. Quyidagi yil davomida olib borilgan ishlar yuzasidan tahliliy hisobot keltirilgan. Salomatlik va sog’lom turmush tarzini ta’minlash MTT ga 2020-2021-o’quv yili davomida 5 ta guruh faoliyat ko’rsatib kelmoqda. MTT umumiy sanitary xolati yaxshi sanpi meyori va talablariga javob beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti hududi obodonlashtirilgan. Bolalar kun davomida toza havoda salqin va ko’kalamzor maydonchalarida yayrab o’qishlari uchun barcha shart-sharoitlari mavjud, o’yin maydonchalari tashkillangan, o’quv yili davomida tadbirlar davra suhbatlari sport musobaqalari o’tkaziladi. Xar oy yakunida DMTT hamshirasi tomonidan bolalarni DMTT da qatnov hamda kasallanish sabablarini aniqlash, ularni ogohlantirish tibbiy profilaktik ishlarini yo’lga qo’yish maqsadida tashkiliy ishlar amalgam oshiriladi. Barcha yil boshlarimavsumida sayillarni kun tartibi asosida tashkillangan. Ertalabki badantarbiya jismoniy tarbiya faoliyatlari tashkillangan.
2020-yil 16 martdan 1-noyabrgacha pandemiya tufayli ishlar “Onlayn” tartibda olib borildi. Noyabr oyidan boshlab sanpin me’yorlariga asoslanib ish faoliyatimiz boshlandi.
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 ta guruh bo’lib, 150 ta tarbiyalanuvchi tarbiyalanmoqda. Tashkilotda 15 ta pedagok xodim, 19 nafat tex xodimlari faoliyat olib bormoqda. Tashkilotimizda belgilangan reja asosida ish tashkillandi.
2021-yil yanvar oyida bolalarni tibbiy ko’rikka tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. Shu jumdaladan xodimlar ham majburiy tibbiy ko’rikdan o’z vaqtida o’tkazish rejasini ham tuzib chiqdik. Bolalar 4 ta kvartal asosida “Antropometriya ” qilindi.
Ertalabki filtr jarayonida hamshira, psixolog va tarbiyachilar bilan birgalikda ertalabki qabulni o’z vaqtida olib bormoqdamiz. Ertalabki filtr jarayonida ota-onalar bilan doimiy suhbatlashib, bolalarini o’z vaqtida olib ketish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilingan holda olib kelishlari nazorati to’g’risida suhbatlar o’tkazildi. Tashkilotimizda ota-onalar tomonidan keltirilgan maxsulotlar (to’rtlar, salqin ichimliklar, turli mevalar) qabul qilish ta’qiqlandi.
Tashkilotimizga keltirilgan oziq-ovqat maxsulotlarini sifatiga alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, birakiraj a’zolari tomindan nazorat qilinadi.
Guruh xonalarini tozaligini, issiqligini kunlik nazorat daftariga belgilab beriladi.
2020-2021 o’quv yilida pandemiya tufayli tashkilotimizda ham ushbu kasallikni oldini olish chora-tadbirlari belgilandi. Tashkilotdagi ishchi xodimlar va tarbiyalanuvchilar ham maxsus niqobda, rejim asosida ishga kelib ketish, kun tartibiga qat’iy rioya qilib ishga kelishdi. Barcha guruhlarda bolalar uchun antiseptik vositalari gradusniklar yetarli darajada antiseptik va dori-darmonlar bilan tuman bo’limi tashkilotimizni ta’minlab turibdi.
2021-yil aprel oyida bolajonlarimizni gijja kasalligini oldini olish maqsadida “Albendazol” dori poliklinika QVP tomonidan berildi. Tarbiyachilar yordamida hamshira tomindan ichirildi.
Aprel, may, iyun oylarida xodimlarimiz covid-19 ni oldini olish uchun 3 bosqichda vaksina olishdi. Bundan tashqari xodimlar uchun davlat tomonidan bepul gripga qarshi aprel va sentyabr oylarida vaksina qilindi.
Noyabr oyida bolajonlarimiz uchun gripga qarshi vaksina qilindi. Poliklinika xodimlari tomindan xar bir bola nazoratdan o’tkazilib, shifokor tekshiruvi va va ota-onalarning roziligi asosida vaksina qilindi. Vaksina nomi – “Grippol”.
Dekabr oyida bolalar uchun gijja kasalligining oldini olish maqsadida “Albendazol” dorining 2 dozasi berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |