27 – Mavzu: (Ifoda-shart) operatorida old shart bn sikldan foydalanib amaliy muammolarni yechish; Oldindan shartli sikl yordamida amaliy muammolarni hal qilish
24 – Mavzu. Ichma - ich sikllarni qo‘llash bilan masala-larni hal qilish. Aralash tuzilmali masa-lalarni yechish.
Reja:
Ichma-ich joylashgan sikllar
Ma’lumotlarning o’zgaruvchi turlari
Ichma-ich joylashgan sikllar. Hisoblash jarayonlarida bir- biri ichiga joylashgan sikllardan foydalaniladi. Agar sikl tanasi ham yana sikldan iborat bo’lsa, u holda bunday sikllar ichma- ich joylashgan yoki murakkab sikllar deb ataladi. Ichida boshqa sikl joylashgan sikl tashqi sikl deyiladi. Boshqa sikl ichida joylashgan sikl esa ichki sikl deyiladi.
Paskal tilida ichki va tashqi sikllar sifatida: parametrli sikl, sharti oldin qo’yilgan sikl va sharti keyin qo’yilgan sikl operatorlaridan ixtiyoriy bittasi qo’llaninilishi mumkin. Tashqi va ichkisikllarnitashkiletish qoidasioddiy sikllarnikiga o’xshab ketadi. Faqat ichma- ich sikllarni tuzishda qo’yidagi qo’shimcha shartga rioya qilish kerak: ichki siklning hamma operatorlari to’liq tashqi sikl tanasi ichida joylashgan bo’lishi kerak.
Murakkab sikllar shartli ravishda ichma- ichlik darajasiga bo’linadi, ya’ni eng tashqi sikl 1- darajali, keyingi sikl 2- darajali va hakozalar kabi bo’ladi. Har xil darajali sikllarning parametrlari bir vaqtda o’zgarmaydi.
Murakkab siklda avval hamma sikl parametrlari o’zlarining boshlang’ich qiymatiga ega bo’ladi. So’ngra eng ichki sikl to’liq bajariladi. Shundan keyin bunga nisbatan tashqi sikl o’z qiymatini bittaga o’zgartiradi, so’ngra ichki sikl esa yana to’liq bajariladi va hokazo bu jarayon hamma darajadagi sikllar talab etilgan barcha qiymatlarini qabul qilib bo’lguncha davom etadi. Ichma- ich joylashgan sikllar tanasining takrorlanishlarining umumiy soni, barcha sikl parametrlarining qabul qiladigan oxirgi qiymatlarining ko’paytmasiga teng: N=N1*N2*...Nk.
2- misol.
15
1
10
1
)
!
!
(
k
n
j
i
S
ifodani hisoblash dasturini tuzing.
program summa;
var i,j : integer; xo,h,xn,x,So,P,P1:real;
begin P:=1;
begin S:=0; p1:=1;
for i:=1 to 5 do
for j:=1 to 10 do
begin p:=p*i; p1:=p1*j; end;
S:=S +(p + p1); end;
writeln('S=',s);
end.
Ma’lumotlarning o’zgaruvchi turlari.
1. Sanab o’tiladigan turlar.
2. Chegaralangan turlar.
Bu turni tashkil qilgan skalyar o’zgarmaslar tartiblangan chekli ketma ketlikni hosil qiladi. Har bir o’zgarmasning qiymati o’z nomi bilan bir biridan vergul bilan ajratiladi. Berilgan skalyar turni tashkil qilgan komponentalar to’plami qavs ichiga olinadi.
Sanab o’tiladigan turni tashkil qilgan qiymatlar to’plami dastur tuzuvchi tomonidan biror bir belgilari bilan mos keladigan bitta yagona guruhga birlashtiriladi, ya’ni foydalanuvchi o’ziga kerakli turni aniqlaydi va dasturga kiritadi.
Sanab o’tiladigan turlar type xizmatchi so’zi bilan boshlanadigan turlarni aniqlash bo’limida yoki to’g’ridan to’g’ri o’zgaruvchilar bo’limida tavsif-lanishi mumkin.
Masalan:
type
yilfasli=(bahor, yoz, kuz, qish);
hafta=(dush, sesh, chor, pay, juma, shan, yaksh);
meva=(olma, nok, olcha, o'rik, olxo'ri);
var
fasl:yil fasli;
kun: hafta;
dd: meva;
Bu degan so’z, fasl o’zgaruvchisi jilfasli ga tegishli bahor, yoz, kuz, qish qiymatlarini, kun esa hafta ga tegishli qiymatlarni, dd esa meva ga tegishli qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
var
fasl: (bahor, yoz, kuz, qish);
kun: (dush, sesh, chor, pay, juma, shan, yaksh);
dd: (olma, nok, olcha, o'rik, olxo'ri);
Bu holda turning nomi qatnashmaydi, o’zgaruvchilar esa berilgan turni tashkil etuvchi qiymatlar to’plami bilan aniqlanadi.
Sanab o’tiladigan turni tashkil qilgan qiymatlarning tartiblangan ketma- ketligi noldan boshlab avtomatik ravishda nomerlanadi va ular orasida esa munosabat o’rnatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |