2021-yildagi pisa tadqiqotida matematik savodxonlik darajasini tekshirish ustuvorlik kasb etadi



Download 110,28 Kb.
Sana05.09.2022
Hajmi110,28 Kb.
#848182
Bog'liq
PISA haqida.doc

PISA ta‟lim turi bu o„quvchilarning o„qish, matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo„lib, uning natijalari asosida dunyo mamlakatlari o„quv dasturlarida mavjud talablar doirasida o„quvchilarning bilim va ko„nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo„llash, fikrlash va


2021-yildagi PISA tadqiqotida matematik savodxonlik darajasini tekshirish ustuvorlik kasb etadi. Maʼlumot uchun, PISA tadqiqotiga tayyorgarlik koʻrish uchun matematik savodxonlik yoʻnalishi boʻyicha smartfondan foydalanish, daraja xossalarining goʻzalligi, xarid qilish qarori, navigatsiya kabi topshiriqlarni bajarib, shugʻullanish kerak boʻladi. Bu borada jahon tajribasida e‟tibor qaratsak, PISA tahlillari: Estoniya eng yuqori reytingga erishgan mamlakatlardan biri bo‟lib, Estoniya PISA-2015 tadqiqotida matematika, oʻqish va tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha eng yuqori reytingga ega boʻlgan oʻnta mamlakatning biri edi. Bu muvaffaqiyat uchun kichkina Boltiqboʻyi davlati “Yangi Finlyandiya” deya atala boshlandi. Chunonchi, 2015-yilda Estoniya matematika va tabiiy fanlar boʻyicha Finlyandiyadan oʻzib ketdi. Finlyandiyalik ekspertlar 1990-yillardagi taʼlim islohotlari masalalari boʻyicha estoniyalik hamkasblariga maslahatlar berdi.Darhaqiqat, bu mamlakatlar muvaffaqiyatida qandaydir umumiylik bor: har ikki mamlakatda, ongli ravishda qilingan niyat boʻladimi yoki madaniy xususiyatmi, taʼlimdagi tenglik katta qadriyat sifatida tan olinadi. Bu yaxshi taʼminlangan yoki kam taʼminlangan oilalardan chiqqan bolalarning natijalaridagi minimal tafovutlar bilan tasdiqlanadi. Estoniya taʼlim tizimi muvaffaqiyatlari sirishundan iboratki Estoniyada ijtimoiyiqtisodiy omillarning taʼsiri boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past. Bu jihatdan Estoniya oʻquvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi va ularning natijalari orasidagi bogʻliqlik ancha ochiq boʻlgan Avstriya, Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarga qaraganda Kanada, Gonkong va Norvegiyaga yaqinroqdir. PISA-2015 natijalari yuzasidanalohida eʼtiborga molik omil, bu – maksimal darajaga erishgan oʻquvchilar soni emas, 3 muhim yoʻnalishning har birida past koʻrsatkichlarga ega oʻquvchilar sonining kamligi. Majburiy taʼlim 7 yoshdan boshlanadi, 3-4 yoshli bolalarning katta qismi davlat bogʻchalariga boradi. Bitta tarbiyachiga toʻgʻri keladigan tarbiyalanuvchilar sonining nisbati Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti reytingi boʻyicha oʻrtachaning yarmini tashkil etadi. Yosh shkalasining ikkinchi uchida – oʻrta maktabni muvaffaqiyatli tugatgan koʻp sonli oʻquvchilar turadi (sanoati rivojlangan mamlakatlar ichida eng yuqori koʻrsatkichlardan biri), buni ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar har bir oʻquvchiga koʻrsatilayotgan yuqori darajadagi ishonch tasdiqlaydi.
Maktab o’quvchilari uchun PIRLS, TIMSS, PISA. Nima bu? 

📊Ta’lim sifatini baholash uchun xalqaro tadqiqotlar

PIRLS – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot (Progress in International Reading Literacy Study)
Nimani aniqlaydi
O’quvchilarning matnni o’qish va uni tushunish darajasini baholaydi
Kim ishtirok etadi
boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlar
Muddati
Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning oxirgi 2016-yilgi tadqiqotlari natijalariga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda.

PISA- o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur. (Programme for International Student Assessment) 


Nimani aniqlaydi
o‘qish, matematika, tabiiy fanlar hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.
Kim ishtirok etadi
15 yoshli o‘quvchilar
Muddati
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. PISA testlari 5 ta yo’nalish bo’yicha o’tkaziladi: O’qish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik yo’nalishlari. (O’zbekiston 2021 yilda uch yo’nalish: O’qish, matematik savodxonlik va tabiiy-ilmiy fanlar yo’nalishlari bo’yicha testlarda qatnashishni rejalashtirgan). Dastur ko‘magida turli davlatlar ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar aniqlanadi, solishtiriladi, baholab boriladi. 

TIMSS – maktabda matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoring (Trends in Mathematics and Science Study)


Nimani aniqlaydi
o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi.
Kim ishtirok etadi
Ushbu tadqiqot turli davlatlardagi 4- va 8-sinf o’quvchilari.
Muddati
Tadqiqot to‘rt yilda bir marta o’tkaziladi.


🇺🇿Mamlakatimiz 2021-yilda ilk marotaba PISA (15-yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur) va PIRLS (boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish darajasi va sifatini baholash) xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etadi.
Download 110,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish