20 Arterial bosim va pul’sni aniqlash.
Qon tomirlar faoliyati va qon aylanishi.
1-ish: Korotkov usulii bilan qon bosimini aniqlash.
Nazariy tushuncha. Korotkovning ayskultatsiya usuli bilan nafaqat sistolik balki diastolik bosim ham aniqlanadi.
Bu usul manjetkadagi bosim sistolik bosimdan past, lekin diastolik bosimdan yuqori bo`lgandagina arteriyaning qisilgan joyidan pastroqda eshitiladigan tovushlarning paydo bolishiga asoslangan. Sistola vaqtida arteriya ichidagiyuqori bosim manjetka ichidagi bosimdan katta Mbo`lib, manjetkadagi bosimni enga oladi va arteriya teshigi ochiladi va qonni o`zidan o`tkaza boshlaydi. Diastola vaqtida tomirdagi bosim pasayganda, manjetkadagi bosim arterial bosimdan yuqori bolib, arteriya qisiladi va qon oqimi to`xtaydi. Sistola davrida qon bosimi manjetkadagi bosimdan yuqori bo`lib, katta tezlik bilan avvalgi qisilgan uchastkalar bo`ylab oqa boshlaydi va manjetkadan pastroqda arteriya devorchasiga urilib, tovushlar paydo bo`lishini chaqiradi.
Ishning maqsadi: Arterial qon bosimini auskul’tativ usuli bilan aniqlashni o`rganish
Ishni olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar: Sfigmomonometr, fonendoskop.
Ishni bajarish tartibi; Tekshiriluvchini ish stoliga o`tqizing, o`ng yoki chap qo`lni stolga qo`ying. MTekshiruvchining engini shimarib, elka qismiga chiqariladi va tirsak chuqurchasidan yuqoriroqda manjetka bilan elkadan o`raladi. Bilakning tirsak bo`g`imidan o`tadigan arteriyani topib, fenondoskopning membranasini yoki stotoskopini qo`ying. Bir qo`lingiz bilan fonendoskopni ushlang, ikkinchisi bilan manjetkaga havo haydang. Manjetkaga rezina nasos orqali bilak arteriyasidagi pul’s yo’qolguncha havo yuboriladi. Manjetkadagi havoning bosimini sekinlik bilan kamaytiring. SHu bilan birga monemetrning ko`rsatkichini kuzating va arterial qon tomiridagi tovushni eshiting. Tovushning kelib chiqish vaqti sistolik bosimga to`g`ri keladi (maksimal bosim). Manjetkadagi havo bosimini kamaytirishni davom ettiring va Korotkov tonlarining kuchayishini, sekin pasayishini va butunlay yo’qolishini kuzating. Tonning yo’qolish payti diastolik bosimga to`g`ri keladi (minimal bosim). Uch marta shu tariqa o`lchang va eng kichik darajali Mqon bosimini yozing. Tekshiriluvchiga uncha og`ir bo`lmagan jismoniy ishni bajarish (20 marta o`tirib turish) taklif etiladi va tezlik bilan arterial bosim o`lchanadi va farqi aniqlanaaadi.
9- jadval
Qon bosimini o`lchash Qon bosimi, mm s.u.
Sistolik bosim Diastolik bosim Pul`s bosimi
Tinch holatda 110 70 40
Jismoniy ish tugashi bilan
5 min dam olgandan keyin
Topshiriq: Tekshirishda aniqlangan ko`rsatkichlarni daftaringizga yozib va savollarga javob bering.
1. Odamda arterial qon bosimi qanday o`lchanadi ?
2. Tomirlar sistemasidagi qon bosimini qanday onillar yuzaga keltiradi?
3. Sistolik va diastolik bosim deb nimaga aytiladi?
4. Pul’s bosimi deb nimaga aytiladi?