2. milliy g'oyaning nazariy konseptual asoslari mavzusidan nazorat savollari



Download 14,05 Kb.
Sana25.04.2020
Hajmi14,05 Kb.
#47133
Bog'liq
Миллий 2


2.MILLIY G'OYANING NAZARIY KONSEPTUAL ASOSLARI MAVZUSIDAN NAZORAT SAVOLLARI

1. Milliy g'oya O'zbekiston jamiyati rivojlanishining g'oyaviy konseptual asosi ekanligini isbotlab bering.

2. Milliy g'oya shakllanishida ilmiy, ma'naviy meros nimalardan iborat?

3. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov milliy g'oyaning jamiyat taraqqiyoti uchun zarurligi to'g'risida fikrlarini ayting? 

4. Milliy g'oyaning inson, xalq va millatlarning orzu-umidlari, maqsad va intilishlari, moddiy va nomoddiy merosi, qadriyatlari bilan bog'liqligi asoslab bering.

5. O'zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoev Milliy g'oyani mamlakatning yangi taraqqiyot bosqichidagi ijtimoiy birdamlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilganligi to'g'risidagi fikrlani aniqlang.

Javoblar

1. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining uzluksizligini ta’minlash uchun xalqni bir maqsad yo‘lida birlashtirish muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan sobiq sovetlar tuzumining mafkuraviy aqidalaridan voz kechish lozim edi. Mustaqillik mafkurasining konseptual asoslari esa hali yaratilmagan edi. Buning ustiga xalqimizning milliy mentaliteti mustamlakachilik davrlarida jiddiy ta’qiblarga uchrab, deformatsiyalangandi. Ya’ni xalqimizning ayrim vakillari hatto o‘zining o‘zbekligini ham unitayozgandi. Bunday sharoitda, ya’ni amaldagi mafkuradan voz kechilgan, yangi mafkuraning konseptual tamoyillari hali ishlab chiqilmagan bir sharoitda izchil oilaviy tarbiya ko‘rmagan, o‘zligini anglab olishga ulgurmagan ayrim yoshlarimiz ongida mafkuraviy bo‘shliq (vakuum) hukm surardi. Bunday yoshlarni begona mafkuralar ta’siridan himoyalash ham dolzarb vazifa bo‘lib qoldi.



2. Milliy g’oyamiz shakllanishida ilmiy va ma’naviy merosimizning o’rni va ahamiyati nihoyatda katta. Milliy g'oya har bir jamiyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini ta'minlovchi milliy omil sifatida namoyon bo'ladi. Ajdodlarimiz jamiyatning barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari tafakkuriga ezgulikka va bunyodkorlikka chorlovchi g'oyalarni singdirib kelganlar. Masalan, zardushtiylik dinining «Avesto» kitobidagi g'oyaviy konsepsiya – «Ezgu fikr, ezgu so'z va ezgu amal» tamoyili buning yorqin dalilidir.  O’rta asrlarda vujudga kelgan g'oyalar o'sha davr madaniyatining bir qismi bo'lib, u ulug' bobokalonlarimizning islom diniga, Sharq falsafasi va jahon sivilizasiyasiga katta ta'sir ko'rsatgan ta'limotlarida ifodalangan. Ma'lumki, islomiy g'oyalar Qur'oni Karim va hadislardagi ta'limotning asosi sifatida shakllanib, ular islom qonun-qoidalari, iymon-e'tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me'yorlarda o'z ifodasini topgan. Bunday g'oyalarni anglashda Imom Buxoriyning Qur'oni karimdan keyingi asosiy kitoblardan biri sifatida tan olinadigan “Sahihi Buxoriy” asari katta ahamiyat kasb etadi. Unda islom ta'limotining asosiy g'oyalari sharhi o'z ifodasini topgan.

3. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning eng katta xizmatlaridan biri odamlarning tafakkurini o'zgartirish, ularning ongida yangi milliy g'oya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash ishiga rahnamolik qilgani bo'ldi. Ma'lumki, akademik Islom Abdug'anievich Karimov o'zidan bebaho ilmiy, ijtimoiy-siyosiy meros qoldirdi. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992 yil 2 iyulda so‘zlagan nutqida shunday degan edi: “Dinga, diniy tashkilotlarga keng yo‘l ochib berildi. Buyuk hajga ilgari nari borsa besh-olti kishi borardi. Endi har yili minglab odamlar muqaddas joylarga emin-erkin ziyoratga borishyapti. Din odamzodni hech qachon yomon yo‘lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o‘tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini hushyor bo‘lishga, harom yo‘llardan uzoq yurishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi. Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yaratib beramiz. Diniy rasm-rusumlarga, bayramlarga, diniy tarbiya va ta’limga doimo jiddiy e’tibor beriladi”.

4. Milliy g’oyamiz shakllanishida ilmiy va ma’naviy merosimizning o’rni va ahamiyati nihoyatda katta. Milliy g'oya har bir jamiyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini ta'minlovchi milliy omil sifatida namoyon bo'ladi. Har bir xalqning tarixi shu xalqdan etishib chiqqan buyuk siymolar, mard qahramonlar va fidoyi insonlar hayoti hamda faoliyati asosida bitiladi. Xalqimizning Shiroq va To'maris, Spetamen, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug'bek, Navoiy va Bobur Mirzo kabi atoqli farzandlari bunyodkor g'oyalar sohiblaridir. Amir Temur va temuriylar davridagi ana shunday yuksak g'oyalar xalqimizning milliy dahosini eng yuksak cho'qqiga ko'tardi. Amir Temurning “Kuch - adolatda” g'oyasi mamlakatdaga salbiy illatlarni yo'qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat va adolat o'rnatishda, insonparvarlik g'oyalarini tarqatishda asosiy o'rin egalladi.

5. Ma’lumki, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqish, ijtimoiy birdamlik,  xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun juda ko’plab normativ-me’yoriy hujjarlar qabul qilmoqda va amaliy o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Prezident tomonidan qabul qilinayotgan barcha qaror va farmonlar qanchalik darajada o’z vaqtida ijro etilsa, erksevar, mehnatkash xalqimiz jamiyat hayotining barcha sohalarida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritadi va shunchalik darajada strategik jihatdan o’zining jahon hamjamiyati oldida g’oyaviy-mafkuraviy daxlsizligini ta’minlashga qodir bo’ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “yanada ogoh va sergak bo’lish, eng asosiy boyligimiz bo’lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko’p millatli xalqimizning birdamligi va jipsligini ko’z qorachig’idek asrash hamda yanada mustahkamlash O’zbekistonni o’z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir”.  Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda milliy mafkuramiz g‘oyalarini muvaffaqiyatli tarzda amaliyotga tadbiq etmoqda. Jumladan, ma’naviy tarbiyani yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan qarorlarida, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termizda Imom Termiziy xalqaro markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi va Qarshida Nasafiylar markazini bunyod qilish bo‘yicha olib borayotgan say’i harakatlari ham I.Karimovning milliy mafkura konsepsiyasini amalga oshirish yo‘lidagi amaliy faoliyatining uzluksiz davomidir.
Download 14,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish