2. mht kursining o‘rganish predmeti bo‘lib hisoblanadi



Download 19,8 Kb.
Sana17.05.2021
Hajmi19,8 Kb.
#65000
Bog'liq
hozir


Javoblar

1.Milliy hisobchilik ya’ni milliy hisoblar tizmining asosiy maqsadi-iqtisodiy faoliyat natijalarini makrodarajada qayd etish va tahlil qilish uchun foydalaniladigano’zaro bog’liq ko’rsatkichlar va klassifikatsiyalar tizimini tashkil etishdir.MHT ni asosiy vazifalari esa-iqtisodiy oqimlar va zaxirlarni ro’yxatga olish hisoblanadi. Zaxiralar deilganda-muayyan sanada mavjud bo’lgan iqtisodiy qiymatlar.Odatda zaxiralarni ifodalovchi hisoblar davr va oxiriga tuziladi.Oqimlar –muayyan davr davomida iqtisodiy qiymatlarning yaratilishu,shaklini o’zgartirishi yoki yo’qotilishi aks ettiradi.

2. MHT kursining o‘rganish predmeti bo‘lib hisoblanadi. Bu metodologiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi: schyotlarni tuzish tamoyillari va usullari, ularning mazmuni, MHT ko‘rsatkichlar tizimi, ular o‘rtasidagi bog‘liqliklar va ularni hisoblash usullari; umumiqtisodiy schyotlar tizimi va undagi har bir schyotning iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiyotni, tashqi iqtisodiy faoliyat, hamda tarmoqlararo balansni tahlil etishdagi roli va boshqalarMHT ko’rsatkichlarini hisoblashda quyidagi tamoyillar hisobga olinadi: Ayrim MHT schyotlari ko’rsatkichlarining tahlili; • Schyotlarning ko’rsatkichlari bir-biri bilan bog’langan holda va ularga qo’shimcha hisoblangan ko’rsatkichlar bilan birgalikda tahlili; • Iqtisodiy sektor ko’rsatkichlarini alohida tahlil qilish va iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tutgan o’rnini oydinlashtirish; • Tarmoqlarning ishlab chiqarish salohiyatini tahlil qilish va tarmoqlarning tarkibiy o’zgarishlarini baholash; • MHTda aks etadigan iqtisodiy jarayonlar (daromadning shakllanish, taqsimlash va ulardan foydalanish, jamg’arish) ; • Iqtisodiy o’sish qonuniyatlari va yo’nalishlari, YaIM tarkibi, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarining muvozanatli rivojlanish sur’atlarining bog’liqligi, iste’mol va jamg’arish, investitsiyani ichki talab va takliflar orasidagi munosabatlar, yalpi ishlab chiqarish, oraliq iste’mol va yalpi qo’shilgan qiymat ko’rsatkichlar dinamikasi

3. Millliy hisoblar tizimi konsepsiyasining nazariy asosi A. Marshallni iqtisodiy ishlab chiqarish konsepsiyasi J.B.Sey. A.Marshallni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi Dj.Xiksni daromadlar konsepsiyasi V.Leontevni iqtisodiy aylanish konsepsiyasi .Daromadni yaratish faqatgina nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga tegishli bo‘lmasdan, balki xizmat sohasiga ham tegishlidir. Shu konsepsiyaga asosan iqtisodiy ishlab chiqarish barcha iqtisodiy faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi, ya’ni tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish sohasi shu jumladan nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi MHTni 1993 yildagi nusxasida yashirin iqtisodiyotni ham o‘z ichiga oladi.

Iqtisodiy ishlab chiqarish natijasida yaratilgan daromad, bu barcha ishlab chiqarish omillariga tegishlidir: er, kapital, mehnat va tadbirkorlik. Shu sababli yaratilgan daromad ishlab chiqarish omillarini egalari o‘rtasida taqsimlanadi. MHT-1993 yildagi nusxasida “omillar daromadi” o‘rniga “birlamchi daromadlar”, deb ataladi.

Ishlab chiqaruvchi birlik o‘z kapitalini ma’lum davrda ishlatib va shu davrda kapitalni maksimal qiymatida saqlay olsa, shu davr davomida qilingan xarajatlarga daromad deyiladi, boshqacha qilib aytganda ishlab chiqaruvchi birlik shu davrda kambag‘al bo‘lib qolmasa, ya’ni yaratilgan boyligi kamaymasa va o‘ziga hech qanday moliyaviy majburiyat olmasa shu konsepsiyaga asosan daromadning moliyaviy manbayi faqatgina yalpi qo‘shilgan qiymatdir. Inflyatsiya ta’sirida valuta kurslari va baholarni o‘zgarishi tufayli olingan foyda, asosiy aktivlarni sotishdan va inflyatsiya tufayli aktivlarni qiyma tini o‘zgarishidan olingan mablag‘ daromad, deb hisobga olinmayi.

Bu konsepsiyaga asosan milliy iqtisodiyot katta ko‘p o‘lchamli tizim, deb va uni obyektlari turli tuman iqtisodiy jarayonlardan iborat, deb tushuniladi. Shu tizimni asosi iqtisodiy aylanish bo‘lib, u o‘ziga barcha takror ishlab chiqarish jarayonlarini, ya’ni ishlab chiqarish, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni yakuniy iste’moli va jamg‘arishda foydalanish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Har bir iqtisodiy jarayon maxsus schyotlarda shakllanadi. Hamma schyotlar bir-biri bilan uzviy bog‘lanib, ma’lum jarayonlarni o‘zida ifoda etadi. MHT ning ishlab chiqarish konseptsiyasining asosini insitutsional birliklar va sektorlar(KIM?) operatsiyalar va boshqa oqimlar(NIMA?) aktivlar va majburiyatlar(QANDAY ZAXIRALAR) ishlab chiqaruvchi birliklar va mahsulotlar(KIM? VA NIMA) maqsad (NIMA UCHUN?) tashkil etadi.

4.MHT ishlab chiqarish chegaralari mamlakat iqtisodiy hududida faoliyat yuritayotgan barcha rezidentlar-institsional birliklar faoliyatiga qarab belgilanadi.Buni yana ham aniqlashtiradigan bo’lsak iqtisodiy hudud-rezidentlarning mamlakat geografik hududi va mamlakat tashqarisida iqtisodiy faoliyat koʼrsatish huquqiga ega boʼlgan hududlari majmuasi. Odatda iqtisodiy hududda shaxslar, tovarlar va kapital erkin harakatda boʼladi va bu geografik hudud ushbu mamlakatning boshqaruv idoralari yurisdiktsiyasida boʼladi. Unga quyidagilar kiradi:havo boʼshligʼi, hududiy suvlar, qitʼa shelflari;boshqa davlatlar hududlaridagi hududiy anklavlar (elchixonalar, konsulliklar, harbiy zonalar va boshqa davlat tashkilotlari joylashgan yerlar);zonalardagi korxonalar joylashgan yerlar, offshor faoliyat.

5. Milliy hisoblar tizimida schyotlarning aniq klassifikatsiyasi mavjud, ya’ni schyotlar quyidagicha klassifikatsiyalangan:


  • iqtisodiyot sektorlari;

  • iqtisodiyot tarmoqlari;

  • alohida iqtisodiy operatsiyalar; •

  • yaxlit iqtisodiyot bo‘yicha.

  1. MHT amaliyotida quyidagi baholardan foydalaniladi:

- omillar bahosi;

- asosiy baho;

- ishlab chiqaruvchi bahosi;

- bozor yoki xaridor bahosi.

Omillar bahosi - ishlab chiqarishda sarflangan omillar bahosining yig‘indisidir, bu bahodan tarmoqlararo balans tuzishda foydalaniladi. Asosiy baho - bu baho, ishlab chiqaruvchini bir birlik mahsulot bahosini ifodalaydi. Bunda mahsulot uchun soliq hisobga olinmaydi, lekin mahsulotga berilgan subsidiya qo’shib hisoblanadi (bu bahodan tarmoq va sektorning YaQQni hisoblashda foydalaniladi). Ishlab chiqaruvchining bozor bahosi - bu baho, ishlab chiqaruvchini bir birlik mahsulot bahosi bo’lib, mahsulot uchun sof soliqlar qo’shilgan bo’ladi. (QQS va import solig’i ayrilgan holda). Xaridor yoki bozor bahosi - bu baho, xaridorning bir birlik mahsulot uchun to’lagan bahosi bo’lib, mahsulotning QQS va import ustamasi qo’shib hisobga olinadi.


  1. Milliy hisoblar tizimi schyotlarining ummumiy tarkibini aniqlashdan oldin ularning tarkibi ko’rib chiqish masqadga muvofiq deb hisoblayman.Bular:

Ularning umumiy xusisiyatlari esa kuzatilayotgan davrdagi moliyaviy aktivlar va majburiyatlar-ni va sof xususiy kapitalni o’zgarishlari bilan bog’liq operatsiyalarni ifodalaydi mamlakat bo’yicha ishlab chiqarish va import hisobiga yig’ilgan tovarlar va xizmatlarni hamda ularni qanday maqsadlarga (pirovard, oraliq iste’molga, jamg’arish eksport) ishlatilganli-gini ifodalaydi, rezident va norezident institutsion birliklar o’rtasidagi iqtisodiy jarayonlarini ifodalaydi,aktivlar va passivlarni hisobot davrini boshi va oxiridagi qiymatini, hamda shu qiymatni hisobot davridagi o’zgarishini ifodalaydi, ishlab chiqarish, daromadlarning shakllanish, taqsimlash, qayta taqsimlash jarayonlari va ularning pirovard iste’mol va jamg’arishda qanday foydalanganligi ni ifodalaydi.

3.Moliya schyotida




Download 19,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish