2. Marshantsiyakabilar ajdodchasi. Ajdodchaning muhim qabilasi Marshantsiyanamolar (Marchantiales) hisoblanadi. Bu qabila 10 dan ortiq oilani o`z ichiga oladi. Ulardan biri Marshantsiyadoshlar oilasi



Download 16,73 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi16,73 Kb.
#253138

2. Marshantsiyakabilar ajdodchasi. Ajdodchaning muhim qabilasi Marshantsiyanamolar (Marchantiales) hisoblanadi. Bu qabila 10 dan ortiq oilani o`z ichiga oladi. Ulardan biri Marshantsiyadoshlar oilasi (Marchantiaceae). Oilaning tipik vakili-oddiy marshantsiya (Marchantia polymorpha). Bu o`simlik tarqalishiga ko`ra kosmopolit. U er Yuzining deyarli barcha qit’alarida, o`ta zax joylarda: buloqlarning atroflarida, sharsharalarni quyi qismida, daryo va ko`llarni qirg’oqlarida, o`rmonlarda va shuningdek botqoqliklarda uchraydi. Uning tanasi serbargina dixotomik ravishda shoxlangan tallomdan iborat. SHoxlangan har bir tallomni uchida kichkina o`yiq yoki chuqurchalar bo`lib, shu joyida tallomning o`sish nuqtasi bo`ladi. Tallom shu erdan o`sadi va shoxlanadi . Tallomning ostki tomonida ikki xil oddiy va tilsimon rizoidlar buladi. Ularning vazifasi tallomni tuproqqa biriktirib turish va zarur bo`lgan ozuqa moddalarni o`tkazishdan iborat. Ulardan tashqari tallomning ostki tomonida yana to`q binafsha rangli qorin tangachalar (amfigastriyalar) bir qavat bo`lib joylashgan. Bular boshlang’ich (Embrional) holdagi barg hisoblanadi. Tallom ustki va ostki epidermis bilan qoplangan bo`lib, ustki epidermis tagidan bir qavat joylashgan havo bo`shliqlari, ularni tubidan bir nechta xlorofill donochalariga ega bo`lgan xujayralar mavjud. Har bir havo bo`shliqlarda bittadan ustitsa (og’izcha) o`rin olgan. Ular birgalikda havo bilan tutashgan bo`ladi. Bulardan tashqari, tallomni asosiy qatlamini tashkil etadigan parenxima xujayralari bo`lib, ularda kraxmal yig’iladi. Ostki epidermisdan esa rizoidlar vujudga keladi.

Marshantsiya vegetativ yo`l bilan ko`payganda, tallomni ustki Yuzasida mayda dumaloq savatchalar hosil bo`ladi. Savatchalarni ichki tomonini pastki Yuzasida ko`payish kurtaklari joy olgan. Kurtaklar yomg’ir tomchilarining qattiq ta`sir etish natijasida, savatchalardan ajralib qulay sharoitga tushganda, o`sib yangi tallomlarni hosil qiladi.

Jinsiy yo`l bilan ko`payishi, bahor oylarining oxirlariga to`g’ri keladi. Bu vaqtda tallomda alohida anteridiyli va arxegoniyli tirgovuchlar etiladi. Anteridiyli tirgovichi ikki qismdan ya`ni cheti qisman bo`laklarga ajralgan lappak va banddan iborat. Lappak qismi bir nechta oval bo`shliqlardan iborat bo`lib, bu-anteridial bo`shliklardir.

Ularning har birida bittadan anteridiy bor. Anteridiy elipssimon tuzilishga ega bo`lib, qisqa banddan iborat. Ikki xivchinli spermatozoyidlar ana shu anteriydagi spermagen xujayralardan hosil bo`lib keyinchalik tashqariga chiqadi.

Arxegoniyli tirgovchi shaklan ko`p shu`lali Yulduzga o`xshash tanacha va banddan iborat. Arxigoniylar Yulduzcha shu`lalari orasida joy olgan. Har bir arxegoniyni tuzilishi kolbachaga o`xshagan bo`lib, qavarib turgan pastki qismida ya`ni qorinchasida tuxum xujayra etiladi. Uning ustki qator qismi ingichkalanib bo`yinchani hosil qiladi. Arxigoniylar perixetsiya degan maxsus qoplagich bilan o`ralgan holda to`da-to`da bo`lib joylashib, ularning bo`yin qismi pastga qaragan bo`ladi. Har bir arxegoniy yana alohida periantsiy deb ataluvchi qavat bilan ximoyalangan. Arxegoniy etilgan vaqtda bo`yin qismini uchi ochiladi va undagi kanalcha xujayralari shilimshiq modda ishlab chiqarib, kanalning ichini to`ldiradi. Ayni shu vaqtda anteridiyda etilgan ikki xivchinli spermatozoidlar tashqariga chiqib, suv tomchilari bilan arxegoniylarga kelib tushadi. Kelib tushgan spermatozoidlar kanal orqali, tuxum xujayraga etib kelib ko`shiladi va natijada otalanish sodir bo`ladi. Otalangan tuxum xujayradan jinssiz nasl sporogoniy hosil bo`ladi. Etilgan sporogoniy qisqa band va ko`sakchadan iboratdir. Ko`sakchada gaploid to`plamga ega bo`lgan sporalar bilan elateralar rivojlanadi. Sporalar etilgandan so`ng, ko`sakcha Yuqori tomonidan yoriladi va bir nechta spora va prujinachalar tashqariga sochiladi. Sporalarni tarqalishiga elateralar yordam beradi. Spora qulay sharoitga tushgandan keyin o`sa boshlaydi. Dastlab u protonema ipini, keyinchalik plastinkachaga aylanib, yangi marshantsiya o`simligi tallomini hosil qiladi.

SHunday qilib, marshantsiyaning individual taraqqiyot davri gametofit nasl xukmron bo`lib, u sporalar hosil bo`lgan davrdan jinsiy xujayralar qo`shilib, zigota hosil bo`lgunga qadar bo`lgan davrni egallasa, sporofit nasl esa zigota hosil bo`lishdan spora hosil bo`lgunga qadar qisqa davrni egallaydi va to`lig’icha gametofitga bog’liq ravishda, uning hisobidan oziqlanadi.



1. YUngermaniyakabilar ajdodchasi ham oldingi o`simliklarga yaqin. Ammo ulardan tashqi morfologik tuzilishi jihatlaridan farq qiladi. Bularda anteridiy va arxegoniylar tirgovuchsiz to`g’ridan to`g’ri tallomda hosil bo`ladi.

2. Antotserotsimon yo`sinlar ajdodi. Bu ajdodga (100 tur) kiruvchi o`simliklar bir uyli ba`zan ikki uyli. Bir uylilarda jinsiy a`zolar anteridiy va arxegoniylar bitta o`simlikda hosil bo`ladi. Tallomining har bir xujayrasida pirenoidli yashil plastinka ko`rinishida yirik xromatofar bor, bu xromatofor yashil suv o`tlarini xromatoforiga o`xshaydi. Ajdodning keng tarqalgan vakillaridan biri Anthoceros laevis. Bu o`simlik haydalgan erlarda va ariq bo`ylarida uchraydi. Sporalari sporogonni ikki pallaga ajralishi natijasida tashqariga tarqaladi.
Download 16,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish