2-bob. Turkiya respublikasida turizmning rivojlanishi



Download 50,58 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2022
Hajmi50,58 Kb.
#598074
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 БОБ


2-BOB. TURKIYA RESPUBLIKASIDA TURIZMNING RIVOJLANISHI

2.1. Turkiyada turizm sohasi rivojlanishining omillari va shart-sharoitlari.
Turkiyada turizm rivojlanishi oxirgi 20-25 yil ichida o’ziga xos dinamik tus oldi. Buning bir qancha sabablari bor. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy sabablari alohida tadqiq qilishga munosib bo’lsa, tabiiy-obyyektiv omillar va shart-sharoitlar ham borki, bu omillar davlat turizm siyosatini amalga oshirishga to’g’ridan to’g’ri qulay shart-sharoit bo’lib xizmat qilmoqda.

Turkiyada turizm rivojlanishining tabiiy-obyyektiv omillariga:


• Geografik qulayligi;
• Iqlim qulayligi;
• Turk oshxonasining boyligi va mashhurligi;
• Turkiyada tarixiy joylarning ko’pligi;

Ijtimoiy-iqtisodiy omillarga:


• Iqtisodiy islohotlarning jadallashtirilganligi
• Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan yaqindan savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlantirilayotganligi,
• iqtisodiy o’sish suratlarining keskin pasayib ketishining oldi olinayotganligi
• eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlantirilayotganligi
• migratsionjarayonlarning(ichki va tashqi)
rag’batlantirilayotganligi kabilar kiritiladi.
Turkiya Respublikasi asosan janubiy-g’arbiy va qisman janubiy-sharqiy Osiyoda joylashgan mamlakat sanaladi. Mamlakatning janubdan Suriya va Iroq, sharqdan Eron, shimoliy-sharqdan Armaniston, Gruziya va Azarbayjon bilan, shimoliy-G’arbdan Bolgariya, G’arbdan esa Gretsiya bilan chegaradosh ekanligi uning bir paytning o’zida ham Osiyo, ham Yevropa mamlakatlari bilan aloqalari uchun tabiiy shart-sharoitlarning mavjudligini izohlaydi.
Mamlakatning umumiy hududi – 783562 km kv.ni tashkil qilib, uning hududi Eron va Rossiya Federastiyasidan tashqari o’ziga qo’shni bo’lgan barcha mamlakatlar va barcha yevropa mamlakatlari hududidan kattadir. Mamlakat hududi dunyo mamlakatlari bilan solishtirilganda Texas shtatidan biroz kattaroq sanaladi. Turkiya hududining 97 foizi Osiyo qitasiga, 3 foizi esa yevropa qitasiga to’g’ri keladi. Mamlakatning asosiy qismi Qoradengiz va O’rta yer dengizi oralig’idagi Anatoliya yoki Kichik Osiyo yarim orolida joylashgan. Chunonchi, Turkiyaning Osiyo hududi Anatoliya, yevropa hududi esa Frakiya deb nomlanadi.
Turkiyaning aynan qulay geografik xususiyatlaridan biri ham bu - qadimdanoq Yevropa bilan Osiyoni, Qora dengiz mamlakatlari va xalqlarini, O’rta yer dengizi mamlakatlari va xalqlari bilan bog’lab turuvchi muhim bir chorrahada, nuqtada joylashganligidir. Go’yoki butun dunyo bilan qo’shnichilik qila olish imkoniyatlariga ega bo’lgan bu o’lka tarixda migratsiya va savdo yo’llari markazi bo’lganini, bu omil esa bevosita mamlakatning qulay iqtisodiy geografik hududda joylashganligining yaqqol namunasi ekanini, hozirda esa Turkiya hududida yotqizilgan avto magistral va temir yollar yevropani Osiyoning bir qancha mamlakatlari bilan bog’lash uchun xizmat qilayotganini alohida takidlash joizdir.
Turkiyaning quruq hududlari 2875 km.ni, dengiz hududlari esa 8333 km.ni tashkil qiladi. Turkiya Respublikasi 36 va 42 daraja shimoliy kenglik hamda 26 va 45 daraja sharqiy uzunlik oralig’ida joylashgan bo’lib, mamlakatning sharqiy va g’arbiy qismlari o’rtasidagi tafovut 76 minutni tashkil qiladi.
Mamlakat g’arbdan sharqqa 1600 km, shimoldan janubga esa 600 kmgacha cho’zilgan. Turkiya Respublikasi uch tomondan , yani shimoldan Qora dengiz, g’arbdan Egey dengizi, janubdan esa O’rtayer dengizi bilan Yuvilib turadi. Turkiya Respublikasining yevropa va Osiyo qismini Qora dengizdan Egey dengiziga o’tuvchi, shuningdek o’zida Marmar dengizi, hamda Bosfor va Dardanell bo’g’ozlarini mujassamlashtirgan suv yoli ajratib turadi. Aynan Bosfor va Marmar dengizining janubiy qismida dunyoning eng go’zal va Turkiyaning eng katta shaharlaridan biri-qadimda Konstantinopol hozirda esa Istambul nomi bilan mashxur bo’lgan shahar joylashgan.
Geofizik tuzilishini hisobga olganda Turkiya turli xil ko’rinish va yoshdagi releflarga ega. Turkiya Yuqori tog’li mamlakat sanalib, uning o’rtacha balandligi 1132m.ni tashkil qiladi va u eng Yuqori kontinent hisoblanmish 1010 m.lik Osiyo balandligidan ham Yuqoridir. Mamlakatnng katta hududini Kichik Osiyo va Arman tog’liklari egallagan. Mamlakatning eng Yuqori cho’qqisi bu-5137 metrlik Katta Ararat tog’idir. Turkiya Respublikasining markaziy qismida Anatoliya yassitog’liklari, janubda Tavr tizmalari, shimolda esa Pontiy tog’lari joylashgan.
Mamlakatning tabiiy iqlimiga keladigan bo’lsak, uning geografik joylashuviga ko’ra hududiy o’zgarishlar kuzatiladi. Mamlakatda bir vaqtning o’zida to’rt fasl va turli xil iqlimni kuzatish mumkin. Yozda o’ta quruq iqlimga ega bo’lgan O’rtayer dengizi iqlimi bevosita mamlakatning umumiy iqlimiga tasir etadi. Mamlakat mintaqalari o’rtasidagi iqlimiy farq yani tafovutni ularning qanchalik dengiz hududiga yaqin joylashganligi va tog’ tizmalari qoyalarining mavjudligi bilan izohlanadi.
Turkiyaning O’rta yer dengizi sohillarida iqlim subtropik xususiyatga ega bo’lib, bu yerda yoz faslida quruq issiq, qishda esa yomg’irli illiq ob-havo hukm suradi. Ob-havo asosan dekabrdan fevral oralig’igacha salqin bo’ladi. Bu paytda tungi harorat +6, +8 darajani, kunduzgi harorat esa +14,+16 darajani tashkil qiladi. Issiq iYun oyidan to sentabr oyiga qadar davom etadi. Bu davrda havo harorati kechasi +19, +22, darajaga, kunduzi esa +30, +34 darajaga yetadi. Dekabr va yanvar oylarida juda ko’p yomg’ir yog’adi va butun oy davomida 12-14 kun yomg’irli kunlardan iborat bo’ladi.
Turkiyaning shimoliy sohillaridagi iqlim yumshoq hisoblanadi. Bu hududda eng sovuq kunlar yanvar-mart oralig’iga to’g’ri kelib, bu davrda tungi harorat +3,+5 darajani, kuduzgisi esa+10, +12 darajani tashkil qiladi. Bu hududda eng iliq davri iyun-avgust oralig’iga to’g’ri kelib, bu davrda tungi harorat +15 darajadan pasaymaydi, kunduzi +23+27 darajaga yetadi. Yomg’irli kunlar asosan oktabr –dekabr oralig’iga to’g’ri kelib, oyning 12-13 kunini nam havo tashkil qiladi.
Mamlakatning markaziy qismlarida iqlim kontitinental xususiyatga ega bo’lib, bu yerlarga quruq va issiq yoz fasli, hamda sovuq qish fasli xosdir. +ishda havo harorati 0-4 darajani, kunduzi esa +1+6 darajani tashkil qiladi. Yilning issiq davri iYun-sentabr oralig’iga, eng ko’p yomg’irli kunlar aprel-may oralig’iga to’g’ri keladi.
Mamlakatning sharqiy qismlariga keladigan bo’lsak, bu yerlarga keskin kontinental iqlim xos bo’lib, qish fasli noyabrdan to may oyiga qadar davom etib, eng sovuq kunlar esa yanvar va fevral oylariga to’g’ri keladi. Bu davrda kechasi havo harorati -11,-12 darajani kunduzi esa -2,-4 darajani tashkil qiladi. Eng issiq kunlar iyul va avgust oylariga to’g’ri kelib, kechalari havo harorati +11+12 darajani, kunduzi esa +26+27darajani ko’rsatadi. Eng ko’p yomg’irli kunlar esa may oyiga to’g’ri kelib, oyning yarmidan ko’prog’ini namgarchilik yuqori bo’lgan kunlar tashkil qiladi.
Mana shunday qulay iqlim sharoitlari, ayniqsa, mamlakatning turli burchaklarida bir paytning o’zida to’rtta faslning ham hukm surishi Turkiyada turizmning rivojlanishi uchun juda qulay shart-sharoitlar yaratgan.
Iqlim qulayliklaridan tashqari turizm rivojlanishining yana bir asosiy sabablaridan biri bu turk oshxonasidir. Mehmonxona mutaxasislarining malumotlarga ko’ra dunyoning eng boy oshxonalari turk, fransuz va xitoy oshxonalaridir. Ovqat va ichimliklar manbalarining ko’pligi va turli-tumanliligi, mamlakat turizmining ajralmas qismi bo’lgan turk oshxonasining boyligining asosiy sabablaridan biridir. Shu bilan birga uzoq yillardan beri turli millatlar bilan birgalikda yashab kelganliklari va ovqat va ichimlik turlarining bir birlari bilan almashib, boyitib borganliklari ham turk oshxonasi boyishining bir sabablaridan biridir. Ayniqsa, Saljuqiylar va Usmoniylar saroylari turk oshxonasining boyishida muhim ro’l o’ynagan. Turkiyaning turli hududlarida yuzdan ortiq ovqat turlari tayyorlanadi va bular hudud va illarga (viloyat) ko’ra pishirish usullari va turlariga ko’ra bir-biridan tubdan farq qiladi.
Mintaqalarga ko’ra muhim turistik markazlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari:

Download 50,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish