2 amaliy mashg’ulot: Urug’larning tiplari. Ishning maqsadi: Urug’larning tiplari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish Urug’larning tiplari



Download 20,03 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi20,03 Kb.
#305913
Bog'liq
2 amaliy RUSTAM


2 amaliy mashg’ulot: Urug’larning tiplari.
Ishning maqsadi: Urug’larning tiplari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish
Urug’larning tiplari. Yetilgan urug’lar morfologik tuzilishi jihatidan turli-tuman bo’ladi. Ikki va bir pallali o’simliklarning urug’laridagi murtaklarida va murtakdan tashqarida joylashgan ozuqa moddalarni to’playdigan to’qimalarning (endosperm, perisperm - nutsellusdan paydo bo’lgan to’qima) urug’ tuzilishida qatnashishiga qarab urug’lar endospermli; endospermli va perispermli; endospermsiz va perispermsiz; endospermsiz perispermli urug’larga bo’linadi.
Ikki pallali o’simliklarning endospermli urug’larining tuzilishi. Bu tipga kiruvchi urug’larning po’sti qalin, etdor murtakning urug’palla barglari keng tomirlari yaxshi rivojlangan. Murtakning asosiy o’qi qisqa mikropilga qaragan gipokotil va ildizning o’sish konusidan iborat. Keng oq rangli endosperm, urug’ning uzunasiga kesimida urug’palla barglarni ikki tomonida yondoshib joylashgan. Urug’lar unganda urug’palla barglar uzunasiga kuchli o’sib endospermning ozuqa moddalarini shimadi, natijada endosperm yupqa bo’lib qoladi (kanakunjut o’simligi).
Ikki pallali o’simliklarning endospermsiz urug’larining tuzilishi. Bu tipdagi urug’larning qalin po’stining tagida yirik ozuqa moddalarga boy urug’pallali yassi murtak joylashgan. Endosperm esa urug’ning rivojlanishi uchun sarf bo’ladi. Urug’palla barglarda boshlang’ich tomirlar paydo bo’la boshlaydi. Murtak o’qi uncha katta bo’lmasdan ildizning uchki tomoni bilan mikropilga qaragan urug’ning shu tanasida yana urug’ kertimi (rubchik) joylashgan. Murtakning kurtagi sust rivojlangan bo’lib o’sish konusida boshlang’ich barglarning do’mbog’lari (primordiy) zo’rg’a ko’rinadi (qovoqguldoshlar, murakkabguldoshlar).
Bu tipdagi urug’larning ba’zilarida (dukkakdoshlar) endospermning qoldig’i saqlanib qoladi. Bunday urug’larni endospermli urug’lar guruhiga kiritish mumkin emas. Chunki endosperm urug’ning rivojlanishi uchun sarf bo’lib, o’zining ozuqa moddalarini to’plash vazifasini to’liq urug’palla barglarga va assimilyatsion barglarga bergan. Dukkakdoshlar oilasiga mansub ko’pchilik o’simliklarning urug’larida murtak o’qining bir tekisda o’smaganligi natijasida murtak urug’ po’stining tagida qayrilgan holatda bo’ladi. Qayrilgan va spiralsimon o’ralgan murtaklar yana ko’pchilik ikki pallali o’simliklar urug’larida, jumladan karamguldoshlar vakillarida uchraydi.
Ikki pallali o’simliklarning perispermli urug’larining tuzilishi. Bu tipdagi urug’larning po’sti tagida endospermdan tashqari ozuqa moddalar to’plovchi nutsellusdan paydo bo’lgan perisperm to’qimasi rivojlanadi. Masalan, qora muruch urug’ining kichkina ikki urug’ pallali murtagi sust rivojlangan endospermning ichida joylashgan bo’lib, endospermning tashqi tomonida esa qalin perisperm to’qimasi joylashgan. Ba’zi o’simliklar urug’larda endosperm mutlaqo so’rilib ketib perisperm kuchli rivojlanadi (lavlagi urug’ida).
Bir pallali o’simliklarning endospermli urug’larining tuzilishi. Bu tipdagi urug’lar asosan bir pallali o’simliklarga xos bo’lib urug’lari qalin po’st bilan o’ralgan. Masalan, gulsapsar o’simligining urug’larining ko’p qismi yog’ va oqsil moddalari saqlaydigan endosperm egallaydi. Endosperm to’qimasi ingichka to’g’ri o’qli murtakni har tomonlama o’rab turadi. Boshlang’ich murtak ildiz uchki tomoni bilan mikropilga qaragan bo’lib, poyaning meristematik apeksi bilan tugallanadigan gipokotil bilan tutashadi. Urug’palla barg naysimon bo’lib, uning asosi kengayib nov shaklida o’sish konusini har tomonlama o’rab turadi.
Bir pallali o’simliklar (Poaceae oilasi vakillari) mevasi bir urug’li bo’lib, boshqa bir pallalilardan murtagining don ichida joylashishi bilan farq qiladi. Ya’ni donning murtagi endospermning bir tomoniga yondoshib joylashadi, lekin uning to’qimasi bilan o’ralib turmaydi. Shuning uchun urug’palla barg endospermga yopishib qalqon shakliga aylangan. Qalqonning tashqi tomonidagi hujayralari endosperm moddalarini shimishga moslashgan. Boshqa bir pallalilarga nisbatan bug’doydoshlarning 2-3 ba’zida ko’proq boshlang’ich bargchalarga ega bo’lgan murtakning kurtagi yaxshi rivojlangan. Kurtakning tashqi tomonidagi bargi – koleoptilь deyiladi. Bug’doydoshlarning gipokotili sust rivojlangan bo’lib, murtak ildiz koleorizo deb nomlangan, ko’p qavatli mahsus to’qima bilan o’ralgan. Urug’ unganda koleorizo bukib tashqi tomonda so’ruvchi tukchalar paydo bo’ladi, ildiz koleorizoni yorib tashqariga chiqib tuproqda o’sa boshlaydi.
Ba’zan qalqonning qarama-qarshi tomonida tangachasimon o’simta -epiblast paydo bo’ladi. Bu o’simtaning taqdiri olimlar o’rtasida tortishuv bo’lib, bir xil olimlar epiblastni ikkinchi urug’palla bargning qoldig’i deb hisoblasa, ikkinchi guruh olimlar birdan – bir urug’palla barg deydilar. Ba’zi olimlar esa murtak o’qini qayilishidan hosil bo’lgan to’qimalarning burmasi deb hisoblaydilar.
Bir pallali o’simliklarning ba’zi birlarida (bananlar oilasi) endospermga hamda perispermga o’xshagan ikki xil ozuqa modda to’playdigan to’qimalar ham uchrashi mumkin.
Bir urug’pallali o’simliklarning endospermsiz urug’ining tuzilishi. Bu tipdagi urug’lar bir qancha bir pallali o’simliklar oilalari vakillari (Alismatidae kenja sinfi) va suvda yashaydigan o’simliklarga xosdir. Bularning mevalari bir urug’li bo’lib, urug’i taqasimon shaklda bukilgan bo’ladi. Bunday urug’larning murtagi yupqa qobiq tagida joylashib barcha ozuqa moddalar urug’ pallalarida to’planadi. Endosperm urug’ rivojlanishida sarf bo’ladi.
Shunday qilib, murtak morfologiyasi faqat urug’ palla barglarining soni bilangina emas, balki murtakning differentsatsiyasiga, murtak organlarining shakllanish xususiyatlariga, murtak qismlarining o’sish qobiliyatiga va urug’ ichidagi murtakning joylashish shakliga bog’liq.
Ochiq urug’li o’simliklarning urug’lari endospermli bo’lib, murtagi ko’p urug’palla bargli bo’ladi.
Urug’larning unib chiqishi va maysalarning tuzilishi. Urug’larning unishi uchun ma’lum sharoit bo’lishi kerak. Bulardan eng asosiysi suv, harorat va kislorod bo’lib, ba’zi mayda urug’larning unishiga yorug’lik ham talab qilinadi (tamaki, salat). Quruq urug’lar faqat 5-20% nam saqlaydi, shuning uchun unish qobiliyatiga ega emasdirlar. Urug’lar modda almashinishi uchun kerak bo’lgan suvni shimmaguncha unish jarayoni kuzatilmaydi. Har bir o’simlik turi urug’ini unishi uchun harorat zarur (o’rtacha +25.. + 350S). Lekin barcha o’simliklarning urug’lari qulay sharoit tug’ilganda unavermaydi. Har xil sabablarga ko’ra ko’p vaqtda urug’larda unish jarayoni to’xtab turishi kuzatiladi va tinim davri deb ataladi. Ulardan 1) urug’larda murtakning yetarlicha rivojlanmaganligidadir (jenьshen urug’i). Bunday urug’larda murtak yetilguncha endosperm hisobida oziqlanib turadi. 2) Urug’larning po’sti suv o’tkazishga qodir emas yoki urug’ po’sti juda qattiq bo’lib unishga mexanik ta’sir ko’rsatadi, unishga yo’l bermaydi (danakli mevalar). 3) Meva to’qimalarida ingibitor moddalar (unishga to’sqinlik qiladigan) sintez qilinib urug’larning unishiga kimyoviy tomondan to’sqinlik qiladi (tropik mintaqalardagi daraxtlar shumtol). 4) Urug’ po’stining ichki qavatidagi to’qimalarida gazlar almashinuvi yetarlicha bo’lmaganligi va boshqa sabablarga ko’ra.
Shunday qilib, urug’larning tinim davri keng tarqalgan jarayon bo’lib, gulli o’simliklarning evolyutsiyasi davomida moslashgan xususiyatlaridan biridir.
Urug’larda tinim davrining bo’lishi ularni bevaqt unib ketishidan saqlaydi. Tinim davri bitgandan keyin urug’ po’sti tabiiy ravishda yemirilib chiriydi ingibitor moddalar yuviladi va urug’larning unish jarayoni boshlanadi.
Barcha urug’larga ham tinim davri xos emas. Ba’zi o’simliklarning urug’i juda tez unadi va unish qobiliyatini ham tez yo’qotadi (majnuntol).
Urug’larning unish xususiyatiga asoslanib bir necha guruhlarga bo’lish mumkin:
1. Urug’lar juda uzoq tinim davriga ega bo’lib ko’p yillar unish qobiliyatini yo’qotmaydi (yovvoyi o’tlar).
2. Urug’lar yetilib yerga tushishi bilan tez vaqt ichida una boshlaydigan va ko’p yillar davomida unish qobiliyatini saqlab qoladigan (madaniy o’simliklar).
3. Urug’lar juda tez unadigan va unish qobiliyatini juda tez yo’qotadigan o’simliklarning urug’lari (oqqoldirmoq, beda).
4. Urug’lar ona organizmidan uzilib tushmasdan una boshlaydigan ya’ni tirik tug’uvchi o’simliklar urug’lari (baland tog’larda, cho’llarda o’sadigan o’simliklar).
Urug’lar ungan vaqtda birinchi navbatda murtak ildiz urug’ po’stini yorib chiqadi va rivojlanayotgan maysani tuproqqa biriktirib undan suv va suvda erigan moddalarni shima boshlaydi. Keyinchalik bu murtak ildiz yon ildizlarni paydo qiladigan asosiy ildizga aylanadi. Ildiz bilan birgalikda gipokotil ham o’sib ildizni tuproqqa itaradi. Shunday qilib o’simliklarning ildiz sistemasi rivojlanadi (32-rasm).
Bir pallali o’simliklarning birinchi tartibli ildizi uzoq yashamaydi. Poyaning pastki bo’g’imlaridan hosil bo’lgan qo’shimcha ildizlar hisobiga ildiz sistemasi rivojlanadi.

Download 20,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish