2, 13- 15 savollarda tushunarsizliklar bor.ustozdan so’rash.
1-kazus
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18 bobi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi” deb nomlanib, Konstitutsiya qabul qilingan kun, 1992 yil 8 dekabrdan boshlab kuchga kirdi.
Konstitutsiyaning 76-moddasida, “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi” deb mustahkamlab qo‘yilishiga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi o‘z faoliyatini davom ettirdi va vakillig organi sifatida qonunlar qabul qilishda davom etdi.
1993 yil 6 mart kuni bir guruh fuqarolar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasiga murojaat qilib, ushbu holat Konstitutsiya normalariga zid ekanligini, qonunlar qabul qilish huquqiga, “Oliy Kengash” emas, balki “Oliy Majlis” vakolatli ekanligi, “Oliy Kengash” tomonidan qabul qilingan qonunlarni bekor qilishni so‘rashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |