2- laboratoriya mashg‘uloti. Mavzu: Qobiq dasturlar va arxivatorlar



Download 226,9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.01.2022
Hajmi226,9 Kb.
#381939
Bog'liq
2 labaratoriya qobiq dast va arxivat (1)



2- Laboratoriya mashg‘uloti. 

Mavzu:  Qobiq dasturlar va arxivatorlar 

 

Ishning maqsadi: a) Talabalarda qobiq dasturlar, Norton, Windows va Total Commander 



dasturi  haqida  qisqacha  nazariy  ma’lumotlar  va  Total  Commander  qobiq  dasturida  ishlash 

ko‘nikmalarini hosil qilish. 

Masalaning qo‘yilishi:  

a) bеrilgan topshiriqlarni ketma-ketlik asosida bajarish. 

Topshiriqlar. 

1. Total Commander ni yuklash. 

2. Total Commander da yordam olish. 

3. Faylni qayta nomlash. 

4. Fayl mazmunini ko‘rish. 

5. Faylni tahrir qilish. 

6. Fayldan nusxa ko‘chirish. 

7. Katalog (papka) yaratish. Katalogga kirish va undan chiqish. 

8. Fayl yoki papkani o‘chirish. 

9. O‘ng yoki chap darchaga disklar ro‘yxatini chiqarish. 

10. Diskdan biror faylni qidirib topish. 

11. Papka hajmini (yoki diskdagi bo‘sh joyni) aniqlash. 

12. Fayllar ro‘yxatini qisqa yoki to‘liq ko‘rsatish.  

13. Fayllar ro‘yxatini alifbo (nomi), turi, hajmi, sanasi bo‘yicha tartiblash. 

14. Total Commander da boshqa buyruqlar bilan tanishish. 

15. Total Commander dan chiqish. 

Amaliy topshiriqlar 

1.

 



Total Commanderda papka ochish va uni nomlash. 

2.

 



Papkaga 3 xil fayldan nusxa ko‘chirish. 

3.

 



Ushbu fayllardan birini nomini o‘zgartirish. 

4.

 



Rasm faylni qidirib toping papkaga joylash. 

5.

 



Papka hajmini aniqlash.  

6.

 



Disk hajmini va bo‘sh joyini aniqlash. 

 

Masalaning qo‘yilishi:  



a) bеrilgan 1-topshiriq savollariga javob bering. 

b) bеrilgan 2-topshiriqni har bir talaba alohida va amalda bajarsin. 

1-topshiriqlar: 

1. Arxivlangan fayl – bu …? 

2. Fayllarni arxivlash nima uchun kerak? 

3. Arxiv fayllar yaratish usuli va uni ochish? 

4. Arxivlash natijasida fayl necha foizga ixchamlanadi? 

5. Arxiv sarlavhasida nimalar mavjud?  

6. Arxivatorlar nima? 

7. Qanday arxivator dasturlarini bilasiz? 

8. Arxivlangan fayl kengaytmasi ko‘rinishi. 

 

2-topshiriqlar: 



  

Biror faylni biror ko‘rinishda arxivlang. 

1.

 

Turli arxivatorlar orqali faylni arxivlang. 



2.

 

Papkani virusga tekshirtiring va natijani yozing. 



3.

 

Arxivlangan biror faylni oching. 



 

Total Commander  dasturi 




Ushbu  dastur  foydalanuvchi  uchun  fayl  va  papkalar  bilan  ishlashda  bir  qator  qulayliklar 

yaratadi, ya’ni tezkor tugmalardan foydalanib fayl va papkalar bilan ishlash tezligini oshirishga 

imkon beradi. 

F1  –  Dasturdan  yordam  olish.  Shuningdek,  dastur  yuqori  o’ng  qismi  «справка» 

bo’limida:  «Содержание»  –  yordam  olish;  «Горячие  клавиши»  –  tezkor 

tugmalar ro’yxati mavjud. 

F2  –  Fayl  (papka)ni  qayta  nomlash.  Bunda  kerakli  fayl  tanlanib  (KFT),  F2  bosiladi, 

belgilangan fayl nomi o’chirilib, yangi nom yoziladi va Enter tugmasi bosiladi. 

Shuningdek, fayl menyusidan «переименовать» bandi bosiladi. 

F3  –  Fayl  mazmunini  ko’rish,  ya’ni  fayl  mazmunini  matn  muharririda  (matnli 

redaktorda) ko’rsatish 

F4  –  Faylni tahrirlash. Gipermatnli fayllar kodini tahrirlash. 

F5  –  Fayl  (papka)dan  nusxa  ko’chirish.  Bunda  bir  darchaga  kerakli  joy  tanlanadi, 

ikkinchi darchadan ko’chirilayotgan KFT,  F5 bosiladi. Agar bir nechta fayldan 

nusxa ko’chirmoqchi bo’lsak, Shift + [↑] [↓] orqali; oralatib bo’lsa, Insert orqali 

fayllar belgilanadi, F5 bosiladi va Enter (yoki OK) tugmasi bosiladi. 

F6  –  Fayl (papka)ni joyida qoldirmay ko‘chirish. Bunda ham bir nechta faylni bo‘lsa, 

yuqoridagidek bajariladi. 

F7  –  Katalog  (papka)  yaratish.  Buning  uchun  kerakli  joyda  F7  bosilib  hosil  bo‘lgan 

oynachaga yangi papka nomi yoziladi va Enter. 

F8  –  Fayl  (papka)ni  o‘chirish.  Buning  uchun  KFT,  F8,  Enter  bosiladi.  Shuningdek, 

klaviaturadan Del tugmasi yoki fayl menyusidan «удалить» bandi bosiladi.  

Shift+F8  –  Fayl (papka)ni «Корзина»ga joylamasdan o‘chirish. Shift+Del 

Alt+F1  –  Chap darchaga disklar ro‘yxatini chiqarish 

Alt+F2  –  O‘ng darchaga disklar ro‘yxatini chiqarish 

Alt+F4  –  Total Commander dasturidan chiqish. Boshqa dasturlardan ham. 

Alt+F5  –  Fayl (papka)ni arxivlash – fayl hajmini siqish, ixchamlash. Bunda matnli fayllar 

80-90%  gacha  ixchamlanadi;  rasm,  musiqa,  video  fayllar  ixchamlanmaydi. 

Buning  uchun  KFT,  Alt+F5,  hosil  bo‘lgan  oynadagi  Архиватор  bo‘limidan 

kerakli dastur tanlanib, Enter bosiladi. Arxivator – fayllarni ixchamlovchi dastur. 

Arxivatorlar: ZIP, RAR, WinRAR, 7-Zip, …  

Alt+Shift+F5  Faylni arxivlash (faylning o‘zini o‘chirgan holda). 

Alt+F7  –  Biror diskdan kerakli fayl (papka)ni qidirish. Bunda tugma bosilgach, 1- oynaga 

qidirilayotgan fayl nomi yoziladi, 2-siga joyi ko‘rsatiladi, Enter bosiladi. 

Alt+Enter  –  Fayl  (papka)ning  svoystvasi  (hajmi)ni  ko‘rsatish.  Shuningdek,  sichqoncha 

yordamida  tanlangan  papka  (disk)ning  menyusidan  «свойства»  bandi  orqali 

hajmi (bo‘sh joyi)ni aniqlash mumkin 

Alt-Shift-Enter  Joriy katalog (papka)dagi barcha ichki papkalarni hajmini aniqlash. 

Ctrl+F1  –  Fayllar ro‘yxatini qisqa (faqat nomi) holatda ko‘rsatish. 

Ctrl+F2  –  Fayllar ro‘yxatini kengroq (nomi, turi, o‘lchami, sanasi) holatda ko‘rsatish. 

Ctrl+F3  –  Fayllarni nomi (alifbo) bo‘yicha tartiblash (to‘g‘ri/teskari) 

Ctrl+F4  –   . . .   tip (turi) bo‘yicha tartiblash (to‘g‘ri/teskari tartibda). 

Ctrl+F5  –   . . .   sanasi/vaqti bo‘yicha tartiblash (to‘g‘ri/teskari tartibda). 

Ctrl+F6  –   . . .   o‘lchami (hajmi) bo‘yicha tartiblash (to‘g‘ri/teskari) 




Ctrl+F7  –  Fayllarni tartibsiz holatga keltirish. 

Ctrl+F8  –  Kataloglar daraxti holatida ko‘rsatish. 

Ctrl+F10  –  Darcha panelida barcha fayllarni ko‘rsatish. 

Ctrl+F11  –  Darcha  panelida  faqat  dasturlarni  (sistemali  fayllar  va  papkalarni)  ko‘rsatish, 

boshqa fayllar ko‘rinmaydi. 

Ctrl+A  –  Barcha fayl (papka)larni belgilash. 

Ctrl+H  –  Yashirin  (скрытие,  системные)  fayl  (papka)larni  ko‘rsatish  yoki  bekor  qilish 

(yashirish). 

Ctrl+L  –  Egallangan joyni (hajm; papka va fayllar sonini) aniqlash. 

Ctrl+M  –  Fayllarni guruhlab (birdaniga) nomlash panelini chiqarish. 

Ctrl+Q  –  Tezkor ko‘rish. Tanlangan papka (fayl) ichidagi ma’lumotlarni ikkinchi darchaga 

ko‘rsatish (bekor qilish). 

Ctrl+W  –  Qo‘shimcha ochilgan darcha panelining joriysini yopish. 

Shift+Esc  –   Total Commander dasturini vaqtincha yopish (vazifalar satriga tushirish). 



 

 

Download 226,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish