2-§. E ftalitlar davri madaniyati



Download 25,92 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi25,92 Kb.
#668900
Bog'liq
eftalilar


2-§. E ftalitlar davri madaniyati
Kushonlar saltanati inqirozga uchragach, hayot sahnasida yangi bir sulolalar
davlatchiligi — eftalitlar davlati paydo bo‘ldi. Eftalitlar qadimgi Orolbo‘yi
ko'chm anchi massagetlar avlodlaridan bo‘lib, o ‘z davrida o ‘ta jangariligi va
hujumkorligi bilan ajralib turganlar. Shu sababli qisqa vaqt ichida Sharqiy
T urkistondan Kaspiy b o ‘ylarigacha b o ‘lgan k atta h u d u d la m i o ‘zlariga
bo‘ysundirganlar. H atto, sosoniylardan b o lgan podshoh Pernzni ham (459-
484) mag‘lubiyatga uchratib, eroniylam i o ‘lpon to ‘lashga m ajbur qilganlar.
Eflalitlaming qisqa muddat ichida kuchli davlat barpo etishida, birinchidan,
barcha qabila-urug‘lam ing azaliy an ’analariga qat’iy bo‘ysunishi, ikkinchidan,
umumqabila uchun qabul qilingan huquq va axloq m e’yorlarini buzganlarga
ko‘riladigan jazoning qat’iy qilib q o ‘yilganligi, uchinchidan, ko‘chm anchi va
yarimko‘chm anchi hayot kechiruvchi qabilalaming jangarilik xarakteri m uhim
rol o ‘ynagan.
Eftalitlarda ko‘p erlilik (poliandriya) an'anasi, ya’ni aka-ukalam ing bir
ayolni xotinlikka olishi hamda zodagonlam ing ko‘p xotin olish a n ’anasi, yuqori
tabaqa vakilining 20 va undan ortiq do‘stlarga ega b o ‘lishi va vafot etganda
o ‘zining sevimli oti va do‘stlari birgalikda dafn etilishi kabi a n ’analar qonun
darajasida bo‘lgan. Qabul qilingan huquq m e’yorlari barcha uchun qat’iy qonun
tusiga ega bo‘lgan. Masalan, o‘g‘rilik uchun kim bo'lishidan qat'yi nazar, eng
aw alo, o ‘g‘irlangan m ol o ‘n baravar qilib undirib olingan, so'ngra o‘lim
jazosiga m ahkum etilgan.
Eftalitlaming kuchli davlatga ega bo‘la borishi ulam ing o ‘troqlashuviga olib
kelgan, sun’iy sug‘orish shoxobchalari kengayib, dehqonchilik madaniyati
yuksala borgan. Qalin m udofaa devorlari bilan o ‘ralgan istehkom li qal’alar,
qo‘rg‘onlar soni tezlik bilan ko‘paygan.
Bu davrda Amudaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo, Z arafshon va Chirchiq
daryolari bo‘ylarida dehqonchilik rivojlanadi. M azkur daryolardan suv ichuvchi
shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy etadi. Ayniqsa, kulolchilik, chilangarlik,
shisha ishlab chiqarish, bo‘zchilik va sarrojlik, zargarlik va qurolsozlik yuksaladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Chorvachilik va dehqonchilik rivojlanib, sun’iy sug'orish tizimlari qurilishi avj
oladi.
Eftalitlarda hokim iyatni boshqarish maxsus kengash zimmasida bo'lgan.
Hokimiyat tepasida kengash m a’qullagan kishi turgan. U taxtni kengash
tasdiqlagan q o nun asosida boshqargan.
Eftalitlar davrida Xorazm, So‘g‘diyona, Baqtriya va Shosh viloyatlarida
mustahkam va hasham atli qo‘rg‘onlar vujudga kelgan. Savdo-sotiqning gurkirab
rivojlanishi eftalitlar davlatchiligi iqtisodiyotining yanada rivojlanishiga olib
keladi, h a rb iy q u d ra tin i yana oshiradi. T ashqi sa v d o g aip ak , b o kyoq
mahsuloîlari, rangli shishalar, qim m atbaho tosh, arg'um oq otlar, m atolar,
qurol-yarog‘lar chiqariladi.
Albatta, m am lakatning iqtisodiy taraqqiyoti nafaqat mamlakatning madaniy
hayotiga, balki unga chegaradosh b o lg an boshqa davlatlar va m intaqalar bilan
bo‘ladigan m adaniy aloqalariga h am sam arali ta’sir ko‘rsatadi. Eftalitlar
mamlakat ichkarisidagi katta-kichik shaharlarda hashamatli binolar qurdiradi.
Eftalitlar davri arxitekturasida ikki qavatli qilib qasrlar qurish odat tusiga
kiigan. Qasrlar shaharning markazida, tuproq bilan baland qilib ko‘tarilgan
joyda (eng baland qismi yoki tuproq bilan sun’iy ravishda ko'tarilgan balandlik
tepasiga) qurilgan. Masalan, hozirgi Buxoro viloyati hududida joylashgan qadimgi
Varaxsha, Poykand shaharlari, Xorazmdagi Tuproqqal’a shahri, Qashqadaryo
viloyatidagi qadim gi Zahoki M oron qasrlari ana shunday sun'iy tepalik ustiga
qurilgan bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan nihoyatda mahobatli bo‘lib ko‘ringan.
Eftalitlar davri arxitekturasida, eng aw alo, ibodatxona yoki qasrning tashqi
mahobatliligiga va uning ichki bezaklariga alohida e’tibor berilgan. Ichki devorlar
rangli suratlar, naqshlar va haykallar bilan bezatilgan. M asalan, hozirgi
Surxondaryo viloyati hududida joylashgan qadimgi Bolaliktepa shahrida qurilgan
qasr devorlarida saqlanib qolgan devoriy suratlar o ‘zining nafaqat tabiiyligi,
rangdorligi, balki m aishiy hayotning bir bo‘Iagini badiiy tasvirlashi bilan
ham ajralib turadi.
Haykaltaroshlikda ko‘proq terrakota va koroplastika haykaltaroshligidan
foydalanilgan. Bu davr haykaltaroshligida hudud va unda yashovchi kishilarning
kiyim-kechaklari, taqinchoqlari va o ‘xshash tomonlari ko‘zga tashlanib turgan.
Ma’bud yoki m a’budalar haykallari (albatta yirik va ulkan haykallar yasalmagan)da
uni yaratuvchi haykaltaroshning diniy dunyoqarashi o ‘z ifodasini topgan.
Arxeologlaming ma'lumotlariga ko‘ra, binolar bir necha qavat qilib qurilgan.
U y devorlari turli naqshlar va suratlar bilan bezatilgan. Ayniqsa, ibodatxonalarga
katta e’tibor berilgan. Ulaming ichki tom onini bezashda qimmatbaho toshlardan
va oltindan foydalanganlar.
Eftalitlar davrida Poykent shahri, Tuproqqal’a (hozirgi Xorazm hududida),
qadimgi Chochdagi Oqtepa qal’asi, qadimgi Varaxsha qo'rg'onlari shaharsozlikning
namunalari hisoblangan. Misol tariqasida Varaxsha qo‘ig‘onini olib qarasak, eftalitlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
davrida me'morchilik san ati qanchalik rivojlanganligining guvohi bo'lamiz. Varaxsha
qo‘rg‘oni ulkan kvadrat shaklida mustahkam tepa ustiga qurilgan. Binoning devoriari
ganch bilan suvalgan va devoriy surallar bilan bezatilgan.
Abu Bakr M uhammad ibn J a ’far an-N arshaxiy o 'zin in g «Buxoro tarixi»
asarida Varaxsha haqida shunday deb yozadi: «... Varaxsha ... katta qishloqlar
jum lasidan bo‘lib, Buxoro singan edi. U podshohlar turadigan joy bo‘lib,
mustahkam hisorga ega bo'lgan, chunki podshohlar (u hisom i) bir necha
m arta mustahkamlaganlar. linin g Buxoro shahrining devoriari singari devori
ham bo'lgan. Bu qishloq Buxoro devoriningichkarisidajoylashgan. Unda shunday
bir obod qasr bo‘lganki, go'zaliikda uni nam una qilib k o ‘rsatar edilar».
E ftalitlar davrida saroylar, ibodatxona va b o y -b ad av lat kishilarning
turaijoylari ichki bezagida sujetli tasviriy san'at asarlari va turli xil naqshlardan
foydalanish odatiy tusda bo‘lgan. M asalan, B olaliktepa qasri devorlariga
tushirilgan ziyofat marosimi nihoyatda yorqin bo'yoqlar bilan chizilgan bo‘lib,
unda gilamchalar ustida juft-juft b o ‘lib tiz cho‘kib o 'tirgan erkak va ayollar
tasvirlangan.
Erkaklaming egnida uchburchak shaklida keng qaytarm a yoqali va hoshiyali
uzun kamzul, oyog‘ida mahsi, belidagi ingichka kam arga qayirm a uchli xanjar
osilgan. Birida vaza, ikkincliisida tug‘ro tutgan qo‘llarining jim jilog‘iga bittadan
ikkita yirik ko'zli uzuk taqilgan. 0*ng qo‘lida qadah, so ‘lida ko‘zgu tutgan
ayollam ing kiyim-kechaklari nihoyatda bashang. Ichki libos ustidan hoshiyali
qaytarm a yoqali ham da uqali uzun va keng guldor yopinchiq - qabo yelkaga
tashlangan. Quloqlarida Buxoroning yakkadur ziragi, jim jiloqlarida esa yoqut
ko‘zli uzuk taqilgan. Xullas, Bolaliktepa qasri devorlarida tasvirlangan ayollaming
tashqi qiyofasi VI asrda eftalitlar hukm dori huzurida b o ‘lgan budda kohinini
hayratga solgan saroy zodagoni ayollarini eslatadi. K ohinning ta ’riflashicha,
o ‘sha vaqtlarda eftalit malikalari juda qimmalbaho m atodan tiqilgan, orqa etagi
uch quloch va undan ham uzunroq b o lgan serbezak ko‘ylak kiyar, uning
etagini maxsus joriyalar ko'tarib yurganlar.1
Eftalitlar davrida diniy e’tiqodlar xiima-xilligi - zardushtiylik, Anaxita va
Mitraga, buddaviylik, iuadizm va nasroniylik mavjud bo'lgan. Buxoro vohasida
esa ko'proq Siyovushga e’tiqod qilish rivojlangan. Narshaxiyning «Buxoro tarixi»
asarida ko'rsatilishicha, «podshoh Afrosiyob o ‘z kuyovi Siyovushni o'ldiradi.
«Buxoro aholisi Siyovushning o ‘ldirilishi haqida ajoyib ashulalar to'qiganlar,
kuychilar bu qo‘shiqlarni «Kini Siyovush» — «Siyovush jangi» deb ataydilar».
Siyovushga e’tiqod qiluvchilar Navro‘z kuni uning qabri atrofida katta bayram
o'tkazganlar. Bu bayram «Navro‘zi kishavarzon» — «D ehqonlar navro‘zi»
deb atalgan. Buxoro otashparstlari Siyovush dafn etilgan joyni aziz tutganlar
va unga atab har yili har bir erkak N avro'z kuni Q uyosh chiqm asdan o ‘sha
' Muhammadjonov A. O'zbekiston tarixi. - T.: «O'qituvchi», 1994, 14-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
joyda bittadan x o ‘roz so‘yad¡. Buxoro aholisining Siyovushning o ‘ldirilishiga
bag‘ishlab aytgan marsiyalari bo‘lib, u barcha viioyatlarida m ashhur bo‘lgan.
Kuychilar unga m oslab kuy tuzganlar va qo‘shiq qilib aytgan. Q o‘shiqchilar
uni «otashparastlar yig'isi» deb ataganlar.
Shuningdek, Eftalitlar davrida 0 ‘rta Osiyo va Sharqiy Turkistonda M onizm
keng tarqala boshlaydi. M onizm tasviriy san’atni diniy marosimlarga olib kiradi.
T u p ro q q a l’a (X o ra z m ), V araxsha (B uxoro) va P anjikent (T ojikiston
Respublikasi) dagi ibodatxonalar bezaklari bu fikrimizning dalili bo‘la oladi.
Masalan, Panjikentdagi motam marosimining suratda tasvirlanishi bunga misol
bo‘la oladi.
E ftalitlar o ‘z urf-odatlari, ayniqsa, dafn m arosim lariga ko‘ra kuchli
tabaqalanishga ega bolganlar. Oddiy eftalitlar murdasi tuproqqa qo’yilgan. Boybadavlat kishilar vafot etganda esa, ularning jasadi maxsus tayyorlangan tosh
dahmaga qo‘yilgan. U rug‘ boshlig‘i vafot etganda, juda katta tantana bilan dafn
m arosim i o ‘tkazilgan. Odatga ko‘ra urug‘ning eng boy-badavlat kishilari 20 va
undan ham k o ‘proq sodiq do‘stlarga ega b o ‘lgan.
IV asrda yashagan tarixchi A m m ian M arselinning yozishiga ko‘ra, Xionit
shahzodasi vafot etganda, uning m urdasi kuydirilib, uning atrofiga sodiq
do‘stiarining terrakota haykalchalari o ‘tkazib qo‘yilgan.
Xulosa qilib aytganda, eflalitlarning 100 yildan oshiqroq hukmronligi davri
M arkaziy O siyodagi xalqlarning jipslashuvi, turli qabilalarning qo‘shilishi,
iqtisodiy va m adaniy hayotning yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan.


Download 25,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish