1.«Nutq madaniyati» tushunchasi haqida



Download 21,04 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi21,04 Kb.
#833373
Bog'liq
Hujjat


27-variant
1.«Nutq madaniyati» tushunchasi haqida.
Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshu-nosligida umumiy maʼnoda “til madaniyati” termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi “Nutq madaniyati” tushunchasi adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi:Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvo-fiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. 2. O‘zbek tilida tinish belgilari haqida. Tinish belgilari – muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran boʻlaklari)ning oʻzaro mantiqiygrammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va Tinish belgilari) mansub boʻlib, u qoʻshimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilari ning yozuvda qoʻllanishi oʻziga xos tizimga ega. Bu tizim — Tinish belgilari miqdori, qoʻyilish tartibi va qoʻllanish prinsiplari yigʻindisi — punktuatsiyani vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til birliklari (soʻzlar, morfemalar) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilari ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam b 3. Aksentologik me’yor haqida.Aksentologik me‟yor. Aksentologik me‘yor urguni togri qollash bilan bogliq me‘yordir. Adabiy tilning aksentologik me‘yorida har bir sozda urguningq ollanish orni qat‘iy tarzda belgilab beriladi.Ma‘lumki, sozdagi urgu ma‘no farqlash xususiyatiga ega. Urgu yordamida yozuvda farqlanmaydigan sozlar ozaro farqlanadi. Buni quyidagi sozlar misolida ham kuzatish mumkin: atlas-atlas, fizik-fizik, bosma-bosma, hozir-hozir.Anglashiladiki, urguning ozgarishi soz ma‘nosining ozgarishiga olibKeladi. Shu sababli har bir sozdagi urguni oz ornida qollash maqsadga muvofiq 4. So`zlashuv uslubi nima?So‘zlаshuv uslubidаgi nutq hаm hаmmа uchun umumiy vа til vоsitаlаrini sаylаb ishlаtishdа erkindir. Bu uslub nutqi g‘аyri rаsmiyligi, eksprеssivligi, bаyonning erkinligi vа аsоsаn, diаlоgik xаrаktеrdаligi bilаn izоhlаnаdi. So‘zlаshuv uslubdа mеtоfоrik so‘zlаr, diаlеktizm, vulgаrizm vа frаzеоlоgik ibоrаlаr ko‘prоq qo‘llаnаdi. Turli ekstrаlingvistik fаktоrlаr (qo‘l, bоsh, bаdаn hаrаkаtlаri, mimikаlаr) so‘zlаshuv nutqi uslubgа xоsdir. So‘zlаshuv uslubidаn аdаbiy аsаrdа pеrsоnаjlаrning nutqiy tаvsifini bеrish mаqsаdidа fоydаlаnilаdi: – Mеn sizgа inаk sоg‘ishniyam, – dеdi Rаyhоnbibi Оliyagа, – o‘t o‘rishniyam, pоlizgа qаndаy ishlаshniyam o‘rgаtаmаn. Qishlоqqа ish bilmаgаn оdаm dаr qоlаdi. (О.Muxtоrоv.)Subyеktiv bаhо shаklli оtlаr, sifаtlаrning оzаytirmа vа kuchаytirmа shаkllаrining(tоychоq, kеlinchаk, qizchа, оqqinа, qizgish) ko‘p ishlаtilishi bu uslubning mоrfоlоgik xususiyatidir. Shuningdеk, turli diаlеktаl shаkllаrni ishlаtish (-dа o‘rnidа -gа; -ning o‘rnidа -ni, -lаr o‘rnidа -lа) yoki аffikslаrni nutqiy tеjаm qilish (mаktаbdа o‘kiydi o‘rnidа mаktаb o‘qiydi) hаm bu uslubning xаrаktеrli bеlgisidir.Sintаktik jihаtdаn so‘zlаshuv nutqining аsоsini to‘liqsiz gаplаr (– Аytаmаn. -Kimgа?-Оting nimа? – Yodgоr) tаshkil qilаdi.Shuningdеk, so‘z-gаplаr (-Hа.-Yo‘q.-Nаhоt.), emоtsiоnаl gаplаr (Hа, bаrаkаllа! Yashа, аzаmаt! Vоy, rаhmаt!), ritоrik so‘rоq gаplаr hаmdа bоg‘lоvchisiz qo‘shmа gаplаrning ko‘p ishlаtilishi hаm so‘zlаshuv uslubi uchun xаrаktеrli xususiyatdir.So‘z tаrtibi nisbаtаn erkin, so‘zlоvchi uchun muhim sаnаlgаn so‘z gаp bоshidа bеrilаdi. 5. Guvohnoma haqida ma’lumot bering. GUVOHNOMA — 1) yuridik faktlarni (mas, bola tugʻilganini, nikohdan oʻtilganini, nikoh bekor qilinganini) tasdiqlaydigan hujjat. G., albatta, tasdiqlanishi shart boʻlgan yuridik faktlarni nazarda tutadi, bu shart qonun yoki boshqa huquqiy hujjatlarda koʻrsatiladi. Guvohnoma shaqli va belgilari tegishli huquqiy hujjatda qayd etilib, ularga rioya qilmaslik Guvohnoma haqiqiy deb topilmasligiga sabab boʻlishi, mazmuni boʻyicha faqat sud orqali bahslanishi mumkin. Guvohnoma maxsus nom bilan ataladi (mas, oliy oʻquv yurtini bitirganlik toʻgʻrisida yoki prof. Ilmiy unvonini berish toʻgʻrisida Guvohnoma va h. K.); 2) muayyan sohada ishlayotgan yoki tahsil olayotgan shaxslarga (mas, Prezident devoni, Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, sud, militsiya, Adliya vazirligi xodimlariga, advokatlarga, oliy oʻquv yurti talabalari, oʻqituvchilari va h. K. Ga) topshiriladigan, egallab turgan lavozimlari yuzasidan guvohlik beradigan hujjat; 3) maʼlum bir shaxsning xizmat va b. Holatlarini, shuningdek, biror ishga (mas, taftish oʻtkazishga) vakolatini tasdiklovchi hujjat. Shaxsga muayyan malaka berilganligi haqidagi Guvohnoma va shu turdagi boshqa Guvohnoma larda uning muddati koʻrsatilmaydi, malaka komissiyasi raisi va aʼzolari imzosi boʻladi. Biror shaxsga muayyan imtiyoz berilganligi haqidagi Guvohnoma matnida tegishli qonun yoki hukumat qaroriga havola yoziladi. 28-variant

  1. Annotatsiya haqida malumot Annotatsiya (lotincha: annotatio – qayd) – qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qoʻlyozma mundarijasini, gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. Annotatsiyani, masalan, kitobning oʻzida, bi-bliografik koʻrsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi oʻquvchilarda muayyan kitob, maqola, qoʻlyozma toʻgʻrisida umumiy ta-savvur tugʻdirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam koʻrsatishdir. 2. Punktuatsion me’yor nima?Punktuatsiya (lot. Punctum — nuqta; kichkina dogʻ) — 1) alifbodan tashqari boʻlgan grafik belgilar (tinish belgilari) tizimi boʻlib, grafika va orfografiya (imlo) bilan birgalikda yozma tilning asosiy vositalarini tashkil etadi. P.ning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajra-tish, grafik jihatdan shakllantirishdir; 2) yozma matnni punktuatsion rasmiylashtirishni tartibga soluvchi, har bir til uchun tarixan shakllangan qoidalar, meʼyorlar; 3) P. Tizimi qonuniyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qoʻllanish meʼyorlarini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi.P. tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini taʼminlashda muhim vositadir. Oʻz navbatida, muayyan tiddagi P. Anʼanalarining mustahkamlanishi va takomillashuvida tanikli yozuvchilarning ijo-di hamda tinish belgilarining qoʻllanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. 3. Tilning pаydо bо‘lishi haqida ma’lumot bering.Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Xalq qardosh qabilalar ittifoqi sifatida shakllangan murakkab tarixiy uyushmadir. Xalqning asosiy belgilari: umumiy til , umumiy hudud, madaniyat va ma’naviyat muhitining umumiyligidir. Xalqning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan milliy til o‘zaro farglanuvchi, yetakchi, iqtisodiy va madaniy markaz tili sifatida namoyon bo‘ladi.Tilning paydo bo‘lishi masalasi insoniyatni qadimdanoq qiziqtirib keladi. Tilning paydo bo‘lishi juda murakkabdir. Bu masala faqat tilshunoslikning emas, boshqa ko‘p fanlarning: antropologiya, psixologiya va etnografiya kabi fanlarning ham o‘rganish obyektidir. Tilning paydo bo‘lishi masalasi – til qachon va qayerda paydo bo‘lgan, dastlab nechta til bo‘lgan, u yoki bu tillar qanday tuzilishda bo‘lgan va shu kabi savollarga hali ilmiy asoslangan mukammal javob topilgan emas. Ba’zi olimlarning fikricha, til taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bo‘lgan.Ma’lumki, til boshqa narsa va hodisalar singari o‘zgaruvchandir. Shunday ekan, besh yuz ming yil ichida tillarda qanday o‘zgarish sodir bo‘lganini tasavvur qilish, uni ilmiy, ham amaliy, ham nazariy nuqtayi nazardan o‘rganish mumkin emas. Til taraqqiyotining yozuv paydo bo‘lishidan avvalgi holati biz uchun qorong‘idir . Biz faqat yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrda ro‘y bergan til taraqqiyoti to‘g‘risida yozma yodgorliklardan foydalanib fikr yuritishimiz mumkin. Lekin yozuv tilni o‘rganish, tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi muammoni yoritishga to‘liq imkon bermaydi. Shunday bo‘lsa ham, ba’zi olimlar bu masalaga o‘z munosabatlarini, fikrlarini bildirib o‘tishgan.Qadimgi Yunonistonda faylasuflar tilning qay tarzda kelib chiqqanligi ustida uzoq davr qizg‘in bahs olib borganlar. Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, bu masalada grek faylasuflari bir - biriga zid ikki xil farazni o‘rtaga tashlashgan. Demokrit va boshgalar tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech qanday bog‘lanish yo‘q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan, demak, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikrni ilgari surishgan. Bu guruh olimlari anomalistiar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh olimlari “narsa bilan uning nomi orasida muayyan bog‘lanish bor. Bu bog‘lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va bu bog‘lanish ilohiy kuch tomonidan o‘rnatilgan” degan fikrni ilgari surishgan. Tarixda bu oqim anologistiar deb nom olgan. 4. Sohaviy taqdimot nutqi

Download 21,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish