18-вариант 1-топшириқ



Download 25,17 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2022
Hajmi25,17 Kb.
#352355
  1   2   3
Bog'liq
bank ishi 2


18-вариант

1-топшириқ

Банк инқирозини белгиловчи мезонлар ва уларга изоҳ беринг.



Har qanday inqiroz shuningdek, bank inqirozi ham iqtisodiy jarayonlarning buzilishi natijasida yuzaga keladi. U milliy daromadlarni yo‘qotilishi natijasida iqtisodiy va moliyaviy mexanizm funksiyalarini samarali amal qilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bank tizimi istalgan iqtisodiyotning pul, moliya, kredit tizimlarining bir qismi hisoblanib, unda inqirozlar ichki va tashqi omillar yoki boshqa tizimlar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin. Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari bir qator olimlar tomonidan uzoq yillar mobaynida turilicha muhokama qilinib kelingan. Bu xususida ilk qarashlar asosan omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlari tomonidan vahima (panika) qilish natijasida pul mablag‘lari (omonatlari)ni banklardan yoppasiga olish orqali banklarning likvidlilik darajasiga asossiz ravishda ta’sir etishi bilan bog‘liqdir. Omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlarning bunday harakati banklar likvidlilik holatiga salbiy ta’sir etadi. Natijada banklarga jiddiy moliyaviy bosim oqibatida banklar aktivlarni sotishga majbur bo‘ladi. Agarda mavjud siyosatni o‘zgartirish orqali bank inqirozlarining oldi olinmasa, ular tizimli hamda tashqi omillar ta’siri ostiga ham tushib qolishi ehtimoldan holi emas. Bank inqirozlari xususidagi keyingi qarashlar banklarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmaslik holatini keltirib chiqaruvchi balans aktiv qismidagi yo‘qotishlarga asoslanadi. Banklar aktivlari sifatida uzoq muddat davomida yo‘qotishlarning mavjud bo‘lishi, odatda noho‘sh makroiqtisodiy jarayonlar, bozor tangligi, hukumat siyosati (yoki aralashuvi) va firibgarliklar bilan bog‘liqdir. Shuningdek, mazkur qarashlarning aksariyati iqtisodiyot tamoyillaridagi o‘zgarishlar hamda biznes sikllarining tabiiy mahsuli ekanligiga asoslanadi. Bank inqirozlarining makroiqtisodiy nuqtai-nazardan kelib chiqishi nobarqaror makroiqtisodiy siyosat, global moliyaviy shartsharoitlar va valyuta kurslari ayriboshlash mexanizmiga oid muammolarga bog‘liq. Haddan ortiq pul-kredit ekspansionistik siyosati va fiksal siyosat kredit inqirozini, qarzlarni haddan ortiq ko‘p jalb qilish va real aktivlarga investitsiyalarni safarbar qilish bank aktivlari sifatining pasayishiga olib keladi.

Bank inqirozlari kelib chiqish sabablarini bir qancha omillar orqali yaqqolroq yoritib o‘tishga harakat qilamiz. Haddan ortiq kredit ekspansiyasi. Mazkur omil natijasida kredit portfeli sifati yomonlashadi, kreditlar ta’minoti bo‘yicha ortiqcha qiymat yuzaga keladi va kredit riski ortadi. Kredit portfeli tarkibida kreditlar miqdorining ortishi natijasida ularning monitoringini yuritish bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bunga misol sifatida, Yaponiya, 80-yillardagi Lotin Amerika va 90-yillardagi Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan bank inqirozlarini keltirishimiz mumkin. Inflyatsiya foiz stavkalari orqali bank tizimiga bir qator yo‘nalishlar doirasida ta’sir etishi mumkin. Bularga milliy kapitalning chetga oqib ketishi, jamg‘arishga bo‘lgan moyillikning pasayishi, aktiv va passiv operatsiyalar tuzilishidagi o‘zgarishlarni keltirish mumkin. Shuningdek, bunday holatda bank passivlariga nisbatan (monand bo‘lmagan) uzoq muddatli aktivlarga ega bo‘lgan bir qator moliyaviy institutlar qiyin ahvolga tushib qoladilar. Mamlakatda o‘rtacha narxlar darajasi oshib borayotgan bir sharoitda banklar depozit bazasi mustahkamligini ta’minlash maqsadida depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirishga majbur bo‘ladilar. Agarda aktiv operatsiyalar bo‘yicha daromadlilik darajasini oshirish cheklangan bo‘lsa, u holda bank foydasining keskin tushib ketishi kuzatiladi. Aksariyat mamlakatlar tajribasida o‘rtacha narxlar darajasining yuqori o‘sish sur’atlari mavjud sharoitda banklar kredit shartnomalari muddatlarini qisqartirishga intiladilar. Banklarning fundamental funksiyalaridan biri bu joriy jamg‘armalarni uzoq muddatli investitsiyalarga aylantirishdan iborat. Kredit shartnomalari bo‘yicha muddatlarning qisqarishi iqtisodiy kon’yunkturadagi tebranishlarda banklarni himoyasiz qilib, bank barqarorligini zaiflashtiradi. Tovar, moliyaviy aktivlar narxlari va foiz stavkalarining keskin tebranishi. Bunday holatda banklar kredit va bozor risklarini aniqlashda, omonatchilar va nazorat organlari bank moliyaviy holatini baholashda noaniqliklarga duch keladi. 1980 yillarda Shvetsiyada kredit bozorini liberalizatsiya qilish natijasida kredit spekulyatsiyasi va moliyaviy bozorda narxlarning asossiz oshishi jiddiy bank inqiroziga olib kelgan. Bank tizimida inqirozlar vujudga kelishining tashqi iqtisodiy omillariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, 1980 yillar boshlarida rivojlanayotgan mamlakatlarda bank inqirozlari neft va boshqa asosiy eksport tovarlari narxining tushib ketishi bilan bog‘liqdir. Shuningdek, bank inqirozlarini keltirib chiqarishda Ronald Reygan ma’muriyatining qat’iy inflyatsiyaga qarshi siyosati sharoitida G‘arb mamlakatlari tomonidan tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz stavkalarining keskin oshishi ham muhim rol o‘ynadi. Foiz stavkalarining keskin oshishi va milliy valyutalarning keskin devalvatsiyasi banklar to‘lovga layoqatsizligining kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Savdo qoidalarining buzilishi. Mazkur holat bank inqirozlarini boshidan kechirgan deyarli barcha mamlakatlarda kuzatildi. Eksport tarkibida asosiy o‘rin egallovchi moddalar bo‘yicha narxlarning keskin tushishi eksport qiluvchi korxonalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklar faoliyatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda moliviy bozorlarni liberalizatsiyalash. Mazkur holatning barcha ijobiy tomonlarini hisobga olgan holda yana shuni ta’kidlash mumkinki, Lotin Amerikasi (80-90 yillarning birinchi yarmi) va Janubiy-Sharqiy Osiyo (1997-1998 yy.) mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qisqa muddatli spekulyativ pullar va portfel investitsiyalar moliyaviy tizimning foiz stavkalari va valyuta kurslari tebranishlariga bo‘lgan ta’sirchanligini oshiradi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarning chiqib ketishi iqtisodiyotni tang ahvolga keltirib qo‘yadi. Belgilangan valyuta kursi. Bunday sharoitda mamlakatda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida valyuta kursini sun’iy ravishda ushlab turilishi Markaziy bank valyuta zahiralari kamayishiga sabab bo‘ladi. Tashqi qarzlar bilan bog‘liq hisob-kitoblarda muammolar kuchayib, parallel valyuta bozori vujudga keladi. Bu esa, o‘z navbatida foiz stavkalarining oshishi va qarzdorlar to‘lovga layoqatliligining yomonlashuviga olib keladi. Yuqorida qayd etib o‘tilganlardan kelib chiqib, bank tizimida inqirozni vujudga keltiruvchi turli omillarning ta’sir darajasini quyidagi jadval ma’lumotlari orqali yoritib o‘tamiz.


Download 25,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish