16-mavzu. Qo’shilgan qiymat solig’Ining joriy etilishi va iqtisodiy mohiyati



Download 221,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi221,62 Kb.
#935261
  1   2   3   4
Bog'liq
16-mavzu. Qo shilgan qiymat solig Ining joriy etilishi va iqtiso



16-MAVZU. QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I. 
 
1.Qo’shilgan qiymat solig’ining joriy etilishi va iqtisodiy mohiyati. 
2.Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilar va soliq solish ob’ekti. 
3.Qo’shilgan qiymat solig’iga tortiladigan oborotni belgilash.
4.Soliq solinadigan baza va qo’shilgan qiymat solig’idan imtiyozlar. 
5.Soliq stavkalari va nolь darajali stavka bo’yicha soliq solinadigan oborot. 
6.Soliqni hisobga olish va soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni 
to’lash tartibi. 
7.O’zbekiston Respublikasiga keltirilayotgan import tovarlarga (ishlar, xizmatlar) qo’shilgan qiymat 
solig’ini qo’llash tartibi.
 
Qo’shilgan qiymat solig’i 
– har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida 
undiriladigan ko’p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo’jalik faoliyatida mahsulot 
yetkazib beruvchilardan tovar va xom-ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar 
ishlab chiqaradi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo’shilgan qiymat 
yaratiladi.
Qo’shilgan qiymat o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra,
sotilgan mahsulotlar, bajarilgan 
ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan 
tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o’rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab-
chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma’lum bir tovar bozorga olib 
chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o’tadi, bu 
bosqichlarning har birida qo’shilgan qiymat yaratiladi.
Qo’shilgan qiymat solig’ini davlat byudjetining daromad qismiga jalb qilish g’oyasi dastlab 
XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta Germaniya byudjet amaliyotida 
joriy etishni 1919 yilda Vilьgelьm fon Simens ilgari surdi. 
Qo’shilgan qiymat solig’ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi birinchi marta 
frantsuz moliyachisi M.Lore tomonidan ishlab chiqildi. Ammo qo’shilgan qiymat solig’i 
M.Lorening taklifidan so’ng o’tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan 
shaklda qo’llanildi. Frantsiyada qo’shilgan qiymat solig’i haqiqatda 1968 yildan boshlab joriy 
etildi. 
XX asrning 70-yillarida qo’shilgan qiymat solig’i G’arbiy Yevropaning qator 
mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiy asosi bo’lib, 
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a’zo mamlakatlarda qo’shilgan qiymat 
solig’ini undirishni tartibga solishning huquqiy me’yorlarini umumlashtirish to’g’risidagi maxsus 
Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va unda egri 
soliqlarning asosiy turi sifatida qo’shilgan qiymat solig’i e’tirof etildi.
Qo’shilgan qiymat solig’iga xos bo’lgan muhim xususiyatlardan biri shundaki, soliqqa 
tortishning ob’ekti bo’lib, nafaqat ichki bozordagi tovaroborot, balki mamlakat korxonalarining 
tashqi bozorlaridagi tovaroboroti ham hisoblanadi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda, ko’pchilik hollarda, qo’shilgan qiymat solig’ini «Evropacha» soliq 
deb ham atashadi. Buning asosiy sabablari shundaki, birinchidan,
qo’shilgan qiymat solig’i 
dunyoda birinchi marta Yevropa davlati bo’lgan Frantsiyada joriy etildi; 

Download 221,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish