11. Mavzu: Qur to’qish san’atining tarixi va rivojlanishi. Gilamchilik san’atining tarixi va rivojlanishi. Kiygiz bosish va chiy to’qish san’ati tarixi va rivojlanish bosqichlari. Reja



Download 21,22 Kb.
Sana28.01.2022
Hajmi21,22 Kb.
#414634

11.Mavzu: Qur to’qish san’atining tarixi va rivojlanishi. Gilamchilik san’atining tarixi va rivojlanishi.
Kiygiz bosish va chiy to’qish san’ati tarixi va rivojlanish bosqichlari.
Reja:

  1. Qur to’qish hunari

  2. Gilamdozlik hunari


Adabiyotlar.

  1. O. kinazbaev “ shig’is xalq hunarmanchiligi” ( metodik qo’llanma) nukus 2009.

  2. G. Kamalova “go’zal o’lka” qoraqalpog’iston” bosmasi.

Naqshli qurlarning barchasi o’tovni bezash uchun ishlanadi. Shu sababli uning uzuni, eni, naqsh berish texnikasi, rangi, ishlanadigan naqshlari ma’lum bir na’munaga ega. Asosan qurlar ikki turga bo’linadi. Birinchisi tulki naqsh bilan to’qiladiganlari. Bunga aqbasqur, belbog’, belip, yon bog’, eginbog’, suvoqar, shiyongir, kergi (ayrimlari) kiradi. Ikkinchi turi tuksiz palas usulida naqshlanib to’qilgan qurlar. Bular qizil bosh qur, qizil qur, oq qur, turman qur, izma, tizma va b . bularning barchasi qora uyning( o’tovning) bo’laklarining biriktirilib mustahkamlash uchun qo’llaniladi.


Oqbosh qur- bularning ichidagi eng sanlisi va kattasi. Uning eni 40- 45 sm oraliqda bo;lib keladi. Uni o’tovning oilasi ko’tarilib, uviqlarining barchasi qadalib bo’lganidan keyin uviqning tashqi tomonidan bukilgan joyining to’g’risidan naqshini ichga qaratib, tortib bog’laydi. Tugunlangan ip bo’lib bitgan uchlari uyning yonlariga bog’lanadi. Yirik qilib ishlangan qizil,ko’kimtir rangli naqshli uviqlarning orasidan ko’rinib turadi. Oqboshqurning naqshlar o’rtadan boshlab ikki uchiga qarab takrorlanaveradi. Bunday qilib ishlangani, uyda o’tirgan odam qayerdan qarasa ham naqshning katta bir bo’/lagini bo’lagini ko’rishga bo’ladi. Bu qadim zamondan beri moslashgan ko’kam usul belbog’, beliplarda ham qo’llaniladi. Belip oqboshqur naqshi ichga qaratilib, biriktirilgan yerganaklarni mustahkam qilib tortib turadi. Hamda beldew bo’lsa yerganakning tashqarisidan chiy qoplangandan keyin xuddi belipning to’g’risidan tortiladi. U tashqarida bo’lgandan keyin, naqshi ham tashqariga qarab turadi. Bularning uzuni, eni, naqshlari, rangi bir biriga oxshash. Bir farqi beldew, belipning ko’pgina mayda naqshlari palas usulida ishlanadi.
Tulki naqsh ko’p qo’llaniladigan yana bir qur yonbog’ va eginbog’lar, bular o’tovning old tarafini(eshik tomonini) sanlew uchun shuning bilan birga erganak bilan karaganing ulangan joyini mustahkam tutib turisdh uchun qo’llaniladi. Yonbog’ uviqning ustiga yopiladigan kiygiz uzukning pastini eshikka yopib turadi. Yonbog’ning, eginbog’ning pastki jiyagi har xil rangli jun iplari bilan bezalgan bo’ladi. Ichki yonbog’ bo’sag’aning ustida uviqning sirtidan naqshi ichga qarab yopilgan 120x90 sm chamasidagi eshikqosh deb ataladigan naqshi gilamchaning ikki uci=hini pastga tortib ustunga mahkamlab qo’yishda foydalaniladi. U ustunning ichidan to’g’ri tortiladi. Shu sabab uning naqshlari to’liq korinib turadi. Bularning barchasida ham oq boshqur naqshlarining kichraytirilgan va oddiylashtirilgan turlari qo’llaniladi. Katta ikki bo’lakdan iborat asoslarni biriktirib, mustahkamlash uchun qollaniladigan uncha enli bolmagan bosh qurlarda ozaytirib naqshlanadi. Ular 3 yo’l bo’lib, o’ngdan chapga va chapdan ongga kesishib o’tib o’tovning oldingi yoqasiga bezak berib turadi.
O’tovning kiradigan eshigini bezash uchun qo’llaniladigan suv oqar, shiyongir deb nomlanadigan dekorativ buyumlar ham tulki naqshlari bilan bezaladi . Suvoqar erganakning tashqarisini yopib turadigan chiydan ishlanadi(qadimda naqshli jez chiydan) eshikning etak tomoniga bekitilib qo’yilgan. Shiyo’ngir bo’lsa eshikka kiradigan joining ikki yoqasiga tik joylashgan bo’ladi. Shiyo’ngir qizil, och sariq, ko’kimtir rangli jun iplar bilan tukli qilib naqshlanadi. Faqat ularning uchi tomonida, ayrimlarida bo’lsa boshdan oyoq naqsh palas texnikasida qo’shilib to’qilib yuborilgan.
Barchasi palas texnikasida to’qiladigan qizil boshqur, qizil qur, turkman qur va uy buyumlari sifatida ishlatiladigan boqjama, dasturxaon, alashalar jun ipdan ishlanadigan bo’lgan. Ular ko’pincha ikki- uch ranga bo’yalgan. Uchinchi rang kam qo’llanilgan. Masalan, qizil boshqur to’qqizilga qora rangli qilib berilgan bo’g’irsoq gul naqshlaridan iborat.
Tukli gilam to’qish hunari qadim qoraqalpoqlarda keng tarqalgan. Ammo katta gilamlar bizning zamonimizgacha juda kam yetib kelgan. Ilmiy e4kspeditsiyalar vaqtida Shimboy, Kegeyli tumanining ovullarida o’zlari yosh paytida 4-5 bo’lib qator o’tirib katta gilam to’qigan ko’p ayollarni uchratdik. Shulardan bizning davrimizgacha saqlanib kelgan gilamlar 5-6 dona bo’lgan. Samarqand, Farg’ona qoraqalpoqlari orasida XIX asrda katta gilam to’qib sotish urf bo’lgan. Bu haqida bir qancha yozma ma’lumotlar mavjud. Turkiston o’lkasidan Rossiya bozorlariga, hatto chet ellardan olib kelinadigan gilamlar orasida qoraqalpoq gilami alohida ajralib turgan. XX asr boshlarida chiqqan katta ilmiy ish S.M. Dudinning “ковровые изделия Средный Азий” (L 1928) nomli kitobida yuqori qoraqalpoqlarning gilamlari alohida bir bo’limida aytib o’tiladi. Kitobda keltirilgan naqsh na’munalari Xorazm qoraqalpoqlari gilamiga t’liq o’xshash bo’lib ketadi. Shuning bilan birga bu yerda uchramaydigan naqsh na’munalari ham mavjud. Bu yozuvchining fikricha qoraqalpoq gilamlarining asosiy farqi ana shulardan iborat: naqsh na’munalarining kamligi va kompazitsiyasining oddiyliginingrang dog’larining qiya joylashuvi, fonning aylanib ketishi mayda bo’lib ketgan, naqsh bo’laklari bir to’pi bilan rangba- rang almashib kelishi, bir- necha ranglardan iborat naqsh guruhi ola kula bo’lib ko’zga tashlanmay, bir xil rangga ko’pincha qizil yoki ko’k rangga moslanib turadi. Gilamda keng tarqalgan usul sakkiz qirli naqshning ichiga o’rnatilgan hayvonlarga o’xshash suratlarni S.M. Dudin qo’yning rasmideb bilgan. Qo’y, osiyodagi qadimgi ko’chmanchi qavmlar uchun tirikchilikning asosi bo’lgan. Buning dalili sifatida professor L. I. Rempel qoraqalpoqcha yog’ochga o’yilgan naqshlarni ko’rsatadi (I. V. Sovetskiyning “rezba po derevu”, T, 1965. Kitobida yozgan so’z boshida). Kegeyli tumanidan topilgan Sovetskiy nomidagi muzeyda ikki tomoni eni 10 sm bir qator romb naqshi bilan jiyaklangan. Bo’g’irsoq gul qizil va qora ranglardan to’rlangan. Uning atroflar sariq va oq iplardan iborat zinali uchburchaklar bilan bezalgan. Gilamning ikki uchida shu jiyak naqsh ensizroq qilib berilgan. Gilamning naqshi eshikqoshga hos bo’lgan o’rtasi ham sariq muyez naqshlari bilan bezalgan uzunchoq tortburchakdan iborat. Bunda turkman gilamiga xos o’rtani alib turadigan bosh naqsh yo’q. o’rtasi ikki qosh muyez bilan berilgan naqsh gilamining eniga 4 marta uzuniga 10.5 marta takrorlangan.
Degde otni tiklab qo’yganda yerning ustiga yopadigan gilam. Hajmi naqsh , na’munalari bo’yicha katta gilamga juda oxshaydi. Ikki uchi aylanib keladi, eshilgan sachoqlari bo’ladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi ko’rkam hunar muzeyida ikki degde bor. Birinchisi Moynaq tumani Qozoqdaryo ovulidan baxshi Qorajon Qabulovning uyidan 1961- yili olindi, avtori noma’lum. Uning naqshi mayda tortburchaklardan iborat. Ko’kimtir va ochiq ranglardan ranglardan ishlangan naqshlar fon singari bo’lib tursa, to’rt- to’rtdan toplanib kelgan qoramtir qizil, qora ko’kishdan ishlanib sirti oqchil ip bilan o’ralgan qiya ketgan naqshlar tashkil qiladi. Ular tik holicha gohi ikkita, gohida uchta bo’lib tovlanuvchi ranglar ritmini hosil qiladi. To’rttadan o’ralgan naqshlar o’ngga va chapga qiya kompozitsiya hosil qiladi. Bu degdening ikki cheti jiyagi bir necha yo’l qilib qo’yilgan qoraga ishlangan sariq rangli eshilgan naqsh degdening barcha qismlarini birlashtirib turadi. Ikki cheti “qoy tishi” qilib ishlangan uchburchaklarning aralashmasi, undan sirtda och sariq, oq va qoramtir ko’k (qora) ranglar bilan ishlangan tusaqa naqsh (ikki tilli sanchqi singari) keladi. Degdening ikki uchidagi shoxlari o’rama eshilgan iplar bilan ishlangan. Ozgina joyi qizil, sariq va qora qo’ng’ir (qora ko’k ) iplar bilan o’ralgan. O’rta belidan bir tuyilgan uchi yana tuyilib mayda eshilgan iplar bilan chachoqlangan. Shu usulda kergilarning yon bog’, eginbog’lari, chachogi ham ishlanadi. Naqsh kompozitsiyasini qurgan bo’laklari ularning ranglarining ustalik bilan topilishi, muhim bajarilishi bu degde qoraqalpoq xalq hunarining eng qadimgi ixtirolaridan hisoblanadi.
Download 21,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish