10-Ma’ruza. Ish vаqti sаrfini turkumlanishi



Download 40,54 Kb.
Sana02.04.2022
Hajmi40,54 Kb.
#524138
Bog'liq
Ma'ruza-10 (1)


10-Ma’ruza. Ish vаqti sаrfini turkumlanishi (klassifikasiyasi)
Reja

  1. Ish vaqti to’g’risida tushuncha, va uning turkumlanishi (klassifikasiyasi)

  2. Me’yorlashtirilgan ishlash vaqti va uning tarkibi

  3. Xodimning ish vaqti sarflari turlari va o’ziga xos xususiyatlari

  4. Xizmat ko’rsatish vaqti va uning turlari

Ish vaqti – bu davlat tomonidan qonun bilan belgilangan vaqt bo’lib, bu vaqt davomida ishchi va xodimlar o’zlari uchun belgilangan vazifalarni bajaradilar.


Ish o’rinlarida ish vaqti ko’p yo’nalishlarda sarflanadi. Bu sarflarning ba’zilari foydali, ba’zilari esa befoyda bo’ladi. Foydali, maqsadga muvofiq sarflar murakkab tuzilmaga ega bo’lib, ular ishlab chiqarishda mehnatning samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Ish vaqtining zoye ketishiga ham sabablar har xil bo’ladi, ularni bartaraf qilishga ham alohida yondoshish kerak. Shu sababli, ish vaqtidan foydalanish, uning zoye ketishini har tomonlama tahlil qilish, undan tejamli foydalanish yo’llarini belgilash mehnatni texnik me’yorlashning asosiy vazifalaridan biri bo’lib, uni o’rganish uchun ish vaqtining tarkibini o’rganib chiqamiz (2.1-rasm).
Ko’rinib turibdiki, ijrochining ish vaqti ikki qismdan: ishlash va tanaffus vaqtlaridan tashkil topadi, lekin ovqatlanish tanaffuslari ish vaqtining tarkibiga kirmaydi.
Ishlash vaqti – bu mehnat jarayonining elementlari – operatsiyalar, topshiriqlar, majburiyatlarning bajarilishi uchun sarflanadigan vaqtdir.
Ishlash vaqtining o’zi: unumli – ishlab chiqarish topshirig’idagi ishlarni bajarishga va unumsiz – ishlab chiqarish topshirig’ida ko’rsatilmagan ishlarni bajarishga sarflangan vaqtlardan tashkil topadi.
Unumli ishlash vaqtining tarkibiga tayyorgarlik ko’rish va yakunlovchi ishlarni bajarishga sarflanadigan vaqt, operativ vaqt, ish o’rniga xizmat ko’rsatish vaqti kiradi.
Tayyorlov-yakunlovchi vaqt – bu topshiriqni bajarish uchun ijrochining tayyorgarlik ko’rib olishi, ish o’rnini tayyorlashi hamda topshiriq bajarilgandan keyin uni yakunlash bilan bog’liq bo’lgan hamma harakatlarga sarflanadigan vaqtdir.
Ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlov-yakunlovchi vaqt asosan yakka tartibda bajariladigan topshiriqlar tez-tez o’zgarib turadigan ishlar uchun belgilanadi. Unga material, asbob-uskuna, moslama, ish vazifalari, texnik hujjatlarni olish, ular bilan tanishish, jihozlar va moslamalarni sozlash, topshiriq bajarilgandan keyin ishni, asboblarni, moslamalarni topshirishga sarflanadigan vaqtlar kiradi.
Operativ vaqt – bu bevosita texnologik operatsiyani bajarishga sarflanadigan vaqtdir. Operativ vaqtning o’ziga xosligi shundaki, uning elementlari har bir operatsiya bajarilayotganda takrorlanib turadi va o’z navbatida asosiy va yordamchi vaqtlarga bo’linadi.

Ish o’rniga xizmat ko’rsatish vaqti – bu ish o’rnini normal holda saqlashga – ishni qabul qilish, ish o’rnini tozalash, ishga tayyorlash, jihozlarni saqlash, moylash kabi ishlarni bajarishga sarflanadigan vaqtdir. Ish o’rniga xizmat ko’rsatish o’z navbatida joriy va smenalik vaqtlarga ajratiladi.


Smenalik ish o’rniga xizmat ko’rsatish smenaning boshi va oxirida bajariladigan: ish o’rnini tayyorlash, asboblarni hozirlash, yig’ishtirish, ishni topshirish kabi vaqtlardan iborat bo’lib, u smena davomida faqat bir marta amalga oshiriladi va har bir texnologik operatsiya uchun belgilanadigan vaqt me’yorining tarkibiga proporsional ravishda kiritiladi. Tayyorlov-yakunlovchi vaqtdan farqli o’laroq, u ishlab chiqarishning hamma turlarida, hamma operatsiyalar uchun belgilanadi.
Ish o’rniga joriy xizmat ko’rsatish – bu smena davomida ish o’rnini ish holatida saqlashga sarflanadigan vaqtdir. U o’z navbatida ish o’rniga tashkiliy va texnikaviy xizmat ko’rsatish vaqtlariga bo’linadi.
Ish o’rniga texnikaviy xizmat ko’rsatishga texnologik jihoz va mashinalarni sozlash, kesuvchi asbobni boshqasiga almashtirish, ipning uzilishini, qayish va ignalarni o’zgartirish kabi ishlarga sarflanadigan vaqtlar kirsa, jihozlarni ko’zdan kechirish, yurgizib sinab ko’rish, moylash, tozalash, asbob va moslamalarni hozirlab qo’yish kabi ishlarga sarflangan vaqtlar esa ish o’rniga tashkiliy xizmat ko’rsatishga misol bo’ladi.
Ishlash vaqtining tarkibiga ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishga sarflanmaydigan vaqt ham kiradi, u o’z navbatida tasodifiy ishlarni va unumsiz ishlarni bajarish vaqtlariga ajratiladi.
Tasodifiy ish vaqti - bu ishlab chiqarish topshirig’ida ko’zda tutilmagan, biroq topshiriqni bajarish uchun ehtiyoj tug’ilishdan paydo bo’lgan harakatlarni bajarishga sarflanadigan vaqtdir.
Unumsiz ish vaqti - bu mahsulot tayyorlashga ketgan qo’shimcha vaqt bo’lib, uning natijasida mahsulot miqdori ko’paymaydi, sifati ham yaxshilanmaydi. Unumsiz ish vaqti sarfiga mahsulot ishlab chiqarishda yo’l qo’yilgan nuqsonlarni tuzatish, detallarni tekislab qirqish, belgilar qo’yish va boshqalarga sarflangan me’yordan ortiqcha sarflangan vaqtlar kiradi.
Ijrochining ish vaqti tanaffuslardan ham tashkil topadi, u esa o’z navbatida reglamentga solingan va reglamentga solinmagan tanaffuslarga bo’linadi.
Reglamentga solingan tanaffus - bu ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan texnologiya va ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish xususiyatlariga bog’liq holda, ishchilarning qisqa muddatli dam olishi va shaxsiy ehtiyojlari tufayli paydo bo’ladigan tanaffuslardir. Reglamentga solingan tanaffuslar mehnatni me’yorlashning asosini tashkil qiladi, u vaqt me’yorining tarkibiga dam olish vaqti deb kiritiladi. Qisqa muddatli tanaffuslar va shaxsiy ehtiyojlarga ajratilgan vaqt ishchining smena davomida ish qobiliyatini saqlab turish uchun qo’llaniladi.
Reglamentga solinmagan tanaffus vaqti - bu tashkiliy-texnikaviy sabablar tufayli yoki ishchining ishlab chiqarish intizomini buzishi tufayli sodir bo’ladigan tanaffusdir. Bu vaqt ichida ishlovchi va jihozlar bekor turib qoladi. Reglamentga solinmagan tanaffuslarga jihozlarni ta’mirlash, mexanizmlarning sinib qolishi, xom ashyo va materiallarni o’z vaqtida ish o’rinlariga etib kelmasligi, ishchilarning ishga o’z vaqtida kelmasligi, barvaqt ketib qolishdan, ruxsatsiz ish o’rnini tashlab chiqib ketishlari kabilar misol bo’la oladi.
Ish vaqti sarfi tasnifini ko’rib chiqish asosida ishchilarning ish vaqtidan qanday foydalanishni tahlil qilish bilan bir qatorda bu vaqtlarni me’yorlashtirilgan va me’yorlashtirilmagan guruhlarga ajratiladi.
Me’yorlashtirilgan ish vaqtining tarkibiga mehnat me’yorini tashkil etadigan tayyorlov-yakunlovchi vaqt, operativ vaqt, ish o’rniga xizmat ko’rsatish vaqti, dam olish va shaxsiy ehtiyojlarga ajratilgan vaqtlar, ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish bilan bog’liq tanaffuslar kiritilgan.
Me’yorlashtirilmagan ish vaqtining tarkibiga esa ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishga sarflanmaydigan vaqt, ishchiga bog’liq va bog’liq bo’lmagan bekor turib qolishlar kiritilgan bo’lib, ular o’z navbatida ish vaqtini yo’qotilishini tashkil etadi. Bunday tanaffuslarni cheklab qo’yish ishchining mehnat unumdorligini oshirishga, jihozlardan samarali foydalanishga yordam beradi.


Download 40,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish