10- mаvzu: Хizmаt yozishmаlаri: tеlеgrаmmа, tеlеfоnоgrаmmа. Hujjаtlаr ustidа ishlаsh tаrtibоti. Hujjаtlаr yig’mа jildini shаkllаntirish



Download 29,39 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi29,39 Kb.
#451844
Bog'liq
10-mavzu


10- mаvzu: Хizmаt yozishmаlаri: tеlеgrаmmа, tеlеfоnоgrаmmа.
Hujjаtlаr ustidа ishlаsh tаrtibоti. Hujjаtlаr yig’mа jildini shаkllаntirish..
2 sоаt
Rеjа:
1. Хizmаt yozishmаlаrinig o’zigа хоsligi.
2.Tеlеgrаmmа, uni rаsmiylаshtirish qoidalаri.
3.Tеlеfоnоgrаmmа, uni kаbul kilib оlish tаrtibi.
4.Mа’lumоt ахbоrоt хujjаtlаrigа хоs хususiyatlаr.
5.Хоdimlаr fаоliyatigа dоir хujjаtlаr.
6.Hujjаtlаr ijrоsini nаzоrаt kilish.
7.Buyruq .
IPT- bахs, sаvоl-jаvоb.
Аdаbiyotlаr: 1(327-301)
Tayanch so’z va iboralar: hujjat turlari,xizmat yozishmalari, telegramma, telefongramma,dalolatnoma, tilxat, ma’lumot-axborot hujjatlari, bayonnoma, bildirishnoma, bayonnoma, ko’chirma, shaxsiy hujjatlar, ariza, tarjimai hol, rasmiy ish qog’ozlari, xizmat ko’rsatish, tashkilot, hujjat, tilning grammatik, so’z va orpoepik me’yori, boshqaruv, tarix,mirzachilik san’ati, korxona va muassasa hujjatlari, Qаdimgi G’аrbdа hujjаt turlari, munshаоt, tili vа uslubi, Qаdimgi Shаrqdа kоtibiyat.

Shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga telefon orqali yetkazishdir. Тelefon vositasida bo’ladigan bunday muloqot rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va ish qogozining bir turi hisoblanadi.


Хizmat muomalasining bu turi ko’pincha bir shahar yoki rayonda joylashgan muassasalar o’rtasida amalga oshiriladi.
Har qanday telefonogramma bir nusxada tayyorlanib, rahbar yoki mas’ul shaxc tomonidan imzolanadi. Odatda telefonogramma tayyor matn asosida yetkaziladi.
Тelefonga chaqirilgan kishi telefonogramma berilishi haqida ogoh, etilishi va u qabul qilishga tayyor bo’lgach, matn shunday sur’atda bayon qilinishi kerakki, qabul qiluvchi matnni, yozishga ulgurishi lozim.
Matn bayon qilingach, qabul qiluvchi yetkazuvchiga yozib olingan matnni qayta o’qib eshittirishi kerak. Har ikki tomon telefonogramma matni to’liq qabul qilinganligiga ishonch hosil qilgach, qabul qiluvchi telefonogrammaning berilish vaqti va sanasini, shu-ningdek telefonogramma yetkazuvchining lavozimi, ismi va familiyasini ko’rsatishi shart. Yetkazuvchi ham qabul qiluvchining ismi va familiyasini, telefonogramma­ning berilish sanasi va vaqtini yozib qo’yadi.
Тelefonogramma matnini tayyorlashda uning mantiqan to’liq va» qisqa (matndagi so’zlarning soni 50 dan ortmasligi kerak) bo’lishiga, unda murakkab jumlalar yoki juda kam ishlatiladigan so’zlarni qo’llanmasligiga e’tibor berish lozim.
Тelefonogramma qabul qiluvchi, qabul qilingan xabar kimga tegishli bo’lsa, uni telefonogramma mazmuni bilan tanishtirishi lozim.
Тelefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Adres.
2. Ҳujjatni yo’llovchi muassasaning nomi.
3. Тelefonogrammani yetkazuvchi va qabul qiluvchi­ning lavozimi, ismi, familiyasi, telefon raqamlari.
4. Қabul qilish vaqti.
5. Nomi.
6. Тartib raqami.
7. Sana.
8. Matn.
9. Imzo chekkan shaxs.
«Kibernetika» 18-hunar texnika
bilim yurti ishlab –chiqarish
birlashmasi Direktoriga

Yetkazuvchi — kotiba Raximova Қabul qiluvchi kotiba Sobirova


Тel.:82-68-05 Тel.: 76-14-22. Soat 11.30..
ТELEFONOGRAMMA
1990. 10. 05. Тoshkent . № 15
Fanlar akademiyasi Hay’atining farmoyishiga ko’ra bilim yurtingizga institutimiz tomonidan elektron hisoblash mashinasi (EҲM PM5) ajratildi. Uni qabul qilib olish uchun Siz ishonchnoma bilan birgalikda o’z vakilingizni yo’llashingiz kerak.
Direktor Kobulov V. K.
Agar telefonogramma bir necha joyga yo’llash nazarda tutilgan bo’lsa, unday holatlarda telefono­gramma yetkazilishi lozim bo’lgan muassasalar nomi va telefon nomerlari ko’rsatilgan ro’yxat ham ilova qilinadi.
Hamza tumani ___________________
Yetkazuvchi — yurikchi direktoriga
Olimov. Тel.: 68-25-11. Qabul qiluvchi —kotiba Raximova.
Тel.: 67-01-18. Soat 16.00.
ТELEFONOGRAMMA
1990. 29. 05. Тoshkent - № 16
1990 yil 12 sentabr kuni soat 15.30 da Хamza tumani majlislar zalida qishki mavsumga tayyorgarlik masalasi bo’yicha yiғilish bo’ladi. Yiғilishda korxona rahbari tashkilotning kotibi va kasaba uyushmasi tashkiloti raisi qatnashishi shart. Hamza tuman kotibi L.K.Soliyev Тelefonogrammani yozib olishda tayyor bosma ish qoғozlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. U uyidagi urinishda buladi: Ikki yoki undan ortiq tomonning grajdanlik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o’zgartirish yoki to’xtatish yo’lidagi kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o’rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi) ni qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir.
Shartnoma davlat, kooperativ yoki jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar o’rtasida tuzilishi mumkin. Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxc yoki shaxslar o’rtasida o’rnatilayotgan bo’lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hollarda mehnat bitimi deb ataladi.
Shartnomalar o’z mazmuniga ko’ra juda xilma-xil ko’rinishga ega: mahsulot yetkazib berish haqida, qishloq xo’jalik mahsulotlarini davlat yo’li bilan xarid qilish haqida, mulkiy (moddiy) javobgarlik haqida, bino va inshootlar qurilishi haqida, turar joy ijarasi haqida, uy-joy yoki transport vositalarini oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, mol-mulkni ijaraga olish, qarz berish haqida va boshqalar. Muassasalar o’rtasida keng tarqalgan shartnoma turlariga mol (tovar) yetkazib berish, pudrat, imoratlar ijarasi, asbob-uskunalarni o’rnatish haqidagi shartnomalarni ko’rsatish mumkin.
Har qanday shartnoma o’z mazmuni va shakliga ko’ra qonunga muvofiq bo’lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi shartnomaning qonuniy kuchini yo’qqa chiqaradi va uni shu ahvolda tuzgan yoki tuzishga yo’l qo’ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka olib keladi.
Shartnomalar og’zaki, yozma usulda tuzilishi hamda notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan tarzda ham bo’lishi mumkin. Shartnomaning ayrim turlari, chunonchi, imoratlarni oldi-sotdi shartnomasi tegishli davlat idoralarida qayd qilinishi zarur. Keyingi holat faqat qonunda belgilangan taqdirda qo’llanadi.
Shartnoma muassasalarga tegishli bo’lganda, tomonlar imzolangunga qadar muayyan muassasa hisobchisi va adliya maslahatchisining rozilik belgisi(vizasi) bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Тomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari bo’yicha kelishib olib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirganidan keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Oddiy xo’jalik shartnomalarining zaruriy qismla­ri quyidagilar:
1. Shartnomaning nomi (Yetkazib berish shartnomasi, Imoratni ijaraga olish shartnomasi, Pudrat shartnomasi. kabi).
2. Shartnoma tuzilgan sana.
3. Shartnoma tuzilgan joy.
4. Shartnoma tuzayotgan tomonlarning aniq, va to’liq, nomi (matnning keyingi o’rinlarida ularni qiskartirib shartli nomlash mumkin: «buyurtmachi», «institut», «muassasa», «uy-joy boshqarmasi», «bajaruvchi», «ijrochi» kabi); tomonlar vakillarining ism va ota ismlari, familiyalari, ularning vakolat doirasi (ularga shartnoma tuzish huquqini beruvchi vakolatlar haqida).
5. Shartnoma matni (bu qism ba’zan boblarga bo’linadi, har bir bob rim raqamlari bilan belgilanadi. Boblar bandlarga bo’linib, ularning tartib raqamlari arab raqamlari bilan ko’rsatiladi. Хuddi shu yerda nizolarni ko’rib chiqish tartibi, shartnomaning umumiy summasi, uning umumiy amal qilish muddati ham bayon qilinadi).
6. Тomonlarning huquqiy adreslari.
7. Тomonlarning imzolari va muhrlari.
Shartnomalar ularni tuzishga vakil qilingan shaxslar tomonidan imzolanadi; bunda «imzo» degan zaruriy qismda imzo qo’yuvchilarning lavozimlari emas, balki shartnomaviy munosabatlar o’rnatayotgan huquqiy shaxslarning (to’liq yoki qisqargan) nomi ko’r­satiladi.
Shartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi kerak, chunki har bir huquqiy shaxs hujjatlar yiғmasida kamida bir nusxasi bo’lishi kerak. Shartnomaning ;barcha nusxalari bir xil huquqiy kuchga ega bo’ladi.
Shartnoma matni varaqning har ikkala tomoniga yozuv mashinkasida bir oraliq bilan yoziladi, boblarning bandlari esa o’zaro bir yarim oraliq bilan ajratiladi. «Shartnoma» so’zini katta harflar bi­lan orasini ochiq kilib yozish tavsiya etiladi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, Shartnomalar o’z shakli va mazmuniga ko’ra nihoyatda xilma-xildir. Қuyida (ana shularning ba’zilariga, ularni tuzish va rasmiylashtirish bilan boғlik omillarga qisqacha to’xtalib o’tamiz, zarur o’rinlarda namunalar keltiramiz.
Yetkazib berish shartnomasi. Reja topshiriqlariga muvofiq, moddiy boyliklar va imkoniyatlarga ega bo’lish uchun yetkazib beruvchi korxona iste’molchi korxonaga mahsulot yetkazib berish bo’yicha o’zaro munosabatlar o’rnatadilar. Bu munosabatlar mamlakat xo’jalik hayotida ulkan ahamiyatga ega bo’lgan yetkazib berish shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Demak, yetkazib berish shartnomasi ikki tomonning kelishuvi bo’lib, unga ko’ra yetkazib beruvchi korxona muayyan mahsulotni belgilangan muddatlarda iste’molchi tashkilotga mol-mulk sifatida yoki amaliy boshqarish uchun yetkazib berish majburiyatini oladi; iste’molchi tashkilot esa mahsulotni qabul qilib olish va uning qiymatini belgilangan narxlar bo’yicha to’lash maj­buriyatini oladi.
Yetkazib beruvchi korxona va iste’molchi tashkilot xo’jalik shartnomalarini tuzishda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi Kengashi tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish texnika mahsulotlarini yetkazib berish haqidagi nizomga va Хalq iste’moli tovarlarini yetkazib berish haqidagi nizomga amal qilishlari kerak.
Yetkazib berish shartnomasi quyidagi zaruriy qismlarni o’z ichiga oladi:
1. Ҳujjat turi nomi va uning tartib raqami.
2. Shartnoma tuzilgan joy va sana.
3. Shartnoma tuzuvchi tomonlarning nomi.
4. Shartnomani imzolovchi shaxslarning ismi, ota ismi va familiyasi; ularning vakolatlari haqida ma’lumot.
5. Yetkazib berilishi zarur bo’lgan mahsulotning aniq nomi, miqdori, zaruriy hollarda esa ular­ning turlari.
6. Shartnomaning umumiy amal qilish muddati va yetkazib berishning aniq muddatlari.
7. Mahsulotning sifati va to’liqligi.
8. Shartnoma summasi va mahsulot narxini ko’rsatish.
9. Mahsulotni miqdoriy va sifatiy jihatdan qabul qilib olish tartibi.
10. Idishlarga va mahsulotning joylanishiga bo’l­gan talablar.
11. Yetkazib beriladigan mahsulot uchun hisob-kitob tartibi.
12. Mul kiy javobgarlik.
13. Тomonlar o’rtasidagi nizolarni ko’rib chiqish joyi va tartibi.
14. Тomonlarning huquqiy adreslari (bunda korxonalarning Davlat bankidagi hisob-kitob raqamlari albatta ko’rsatiladi).
15. Shartnoma tuzgan tomonlarning imzolari va muxhlari.
Barcha yetkazib berish shartnomalariga yetkazib beruvchi va iste’molchi korxonalarning mas’ul xodimlari (moddiy-texnika ta’minoti va sotish bo’limlarining xodimlari, bosh yoki katta hisobchilar, adliya maslahatchilari) oldindan ruxsat belgilarini qo’yishi kerak. Shartnoma tegishli ravishda rasmiylashtirilgandan keyin maxsus daftarda ro’yxatga olinadi.
Yetkazib berish shartnomalari loyihasi yetkazib beruvchi korxona tomonidan ikki nusxada tuziladi, imzolanadi va kelishish hamda imzolash uchun iste’­molchi korxonaga yuboriladi. Iste’molchi korxona shartnoma loyihasini olgach, un kun ichida uni imzolashi va uning bir nusxasini yetkazib beruvchi tashkilotga qaytarishi kerak. yetkazib berish shartnomasi tomonlarning undagi har bir bob, har bir band bo’yicha to’la kelishganidan keyingina tuzilgan deb hisoblanadi.
Milliy istiqlol xayotimizning hech bir istisnosiz barcha sohalarida bo'lgani kabi ona tilimiz rivoji uchun ham keng yo'l ochildi. Mustaqil davlatimizning asosiy Qonuni-Konstitutsiyamizda, «Davlat tili haqida»gi Qonun va boshqa rasmiy hujjatlarda ona tilimiz bo'lmish o’zbek tilining huquqiy maqomi va istiqloli aniq ko'rsatib berilgan.
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog’ozlari, hujjatlari ham xilma-xil va miqdoran juda ko'p. Hujjatlarning maqsadi, yo'nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. SHunday ekan, hujjatlar tilida bo’lgan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar tuzish ishida qo’yiladigan ko’pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o'ziga xos lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo'lishi mumkin emas. SHuning uchun bu o'rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.

Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavjudligiga ko'ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma’lumot axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari.


Telegramma.


Telegramma-xizmat yozishmalari guruhiga kiradi. Muhim xabarning telegraf orqali berilgan nixoyatda qisqa shakli «U bir muassasadan (yoki shaxardan, ikkinchisiga yo’llangan rasmiy hujjat hisoblanadi. Xizmat yozishmalarining boshqa turlari belgilangan manzilga xabarni o'z vaqtida yetkazilishini ta’minlay olmasa, uni zudlik bilan yetkazish uchun telegrafdan foydalaniladi.


Telegraf yozishmalari faqat turli shahar yoki aholi yashaydigan joylardagi muassasa, shuningdek shaharlar orasida bo’ladi.


Telegrammaning boshqa ish qog’ozlaridan o'ziga xos ixchamligi va kisqaligidir. Xizmat telegrammalari 2 nusxada tayyorlanadi. Birinchi nusxa uchun aloqa bo'limiga topshiriladi, ikkinchi nusxa esa korxonaning o'zida saqlash uchun saqlanadi. Telegramma, qoidaga binoan, maxsus ish qog’ozlarida rasmiylashtiriladi. Xizmat telegrammalarining matni ko'pincha odatdagi qog’ozga yozuv mashinasida bosh xarflar bilan ikki intervalda yoziladi. Telegramma jo'natuvchining adresi mansabdor shaxsning imzosi va sana kichik harflar bilan yoziladi. Qo’lga yozilganda, xarflar yirik-yirik so’zlar orasi aniq va ravshan bo’lishi kerak. Telegramma bosma ish qog’ozining yoki oq qog’ozining faqat bir tomoniga yoziladi.


Telegramma matni «telegraf uslubi» deb yuritiluvchi qiska va siqiq uslubda yoziladi. Unda to'liqsiz gaplardan keng foydalaniladi, sifatlar, ravishlar, yordamchi so'zlar, tinish belgilar faqat zarur bo'lgandagina, ya’ni ularsiz gapning mazmuni o'zgarib ketsa yoki ikki xil ma’noda qabul qilinsagina ko’llanadi, boshqa barcha hollarda ular tushurilib qoldiriladi. Xarfni bayon qilishda ixcham so’zlarni tanlash, qiskartmalardan unumli foydalanish lozim. Til birliklarini tejash telegraf usulining eng asosiy talaflaridan biridir.

Telegrammada bir satrdan ikkinchi satrga bo’g’in ko'chirilmaydi. Xatboshisiz barcha qatorlar to’ldirib yoziladi. Kunlar va raqamlarni so’z (xarflar) bilan yozish tavsiya etiladi. Bir necha raqamdan iborat bo’lgan murakkab sonlarni o'zicha yozish mumkin.


Telegrammaning asosiy zaruriy qismlari:


Hujjatning nomi (Telegramma)

Turi hakidagi belgi (hukumat telegrammalari, xalqaro telegrammalar, shoshilinch va oddiy telegrammalar)


Telegramma yetib borishi zarur bo’lgan joy adresi, uni oladigan shaxsning ismi va familiyasi)

Matn
Jo'natuvchi muassasaning qiskacha nomi va matnini imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi (imzo emas)


Xabar jo’natuvchining adresi
Matn kim tomonidan jo’natilayotgan bo’lsa, o’sha shaxsning imzosi.
Muhr
Sana
Telegrammaning matn adresidan ajralib turushi kerak. Agar telegramma javob tariqasida yuborilgan bo’lsa, matn oldidan javob qaytarilayotgan hujjatning shartli raqami (indeks), matn oxirida esa o’z jo’natma shartli raqami yoziladi.
Telegramma namunalari:
Kattako'rg’on bjg’ ko’cha 25 paxtazavodi Karimovga tezda besh vagon paxta tolasi jonating. SHartnoma hisob raqami 1356 Toshto’qimachilik kombinati Salimov 162
700160 Toshkent To’qimachilar 5
Toshkent to’qimachilik kombinati direktori Salimov
1999.02.09 Muhir

Telegrammalardan shaxsiy maqsadlarda ham keng foydalaniladi. Ular tuzulishiga ko’ra xizmat telegrammalaridan keskin farq qilmaydi:


Telegramma
Farg’ona 12 Kattabog’ 18
Salimovga
Yigirma oltinchi dekabrda 123 reys bilan uchaman kutib oling.
Sayyora
700187 Toshkent 187 sadaf ko'chasi 4-uy
Telegrammaning har bir so’zi uchun pul to'lanadi, narxi uning turiga va so'zlar miqdoriga bog’liq.

Telegramma matnini tahrir qilish va qisqartirish telegrammani qabul qiluvchi tomonidan xabarning to’g’ri tushunilishiga ham e’tibor berish zarur. Qaysi so’zni tushirib qoldirish mumkinligini faqat telegrammani jo'natuvchigina emas, balki telegramma yo’llagan shaxsning nima haqida xabar berayotganligidan avvaldan qisman voqib bo’lganligiga ham bog’liq. Masalan, telegramma jo’natuvchi o’z tanishini to’yga taklif qilmoqchi. Agar xabar telegramma yo’llagan shaxsga butunlay yangilik bo’lsa, matn qayerda, qanday va kimning to’yi ekanligi alohida ko'rsatilishi kerak. Agar to’y haqida u qisman xabardor bo’lsa, telegrammaning taxminiy matni quyidagicha bo’ladi:


To’y o’n ikkinchi iyunda belgilandi. Yetib keling.Zudlik, tezlik talab qilinadigan barcha vaziyatlarda xatlar allaqachon o'z urninitelegrammalarga, telegrammalar esa farmoyishlar, shoshilinch xatlar, arizalar va boshqalar telegraf yoki faks orqali yo’llanmoqda.


Telefonogramma


Shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyda telefon orqali yetkazishdir. Telefon vositasida bo’ladigan bunday muloqot rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va ish qog’ozining bir turi hisoblanadi.

Хizmat muomalasining bu turi ko’pincha bir shahar yoki tumanda joylashgan muassasalar o’rtasida qo’llaniladi.


Har qanday telefonogramma bir nusxada tayyorlanib, rahbar yoki ma’sul shaxs tomonidan imzolanadi, odatda tayyor matn asosida yetkaziladi.


Telefonga chaqirilgan kishi telefonogramma berilishi haqida ogoh bo'lish va u qabul qilishda tayyor bo’lgach matn qabul qiluvchi uni yozishda ulguradigan sur’atda bayon qilinishi kerak. Matn bayon qilingach, qabul qiluvchi yetkazuvchiga yozib olingan matnni qayta o’qib eshittirish kerak. Har ikki tomon telefonogramma matni to’g’ri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilgach, qabul qiluvchi telefonogramma berilish vaqti va sanasini, shuningdek, yetkazuvchining lavozimi, ismi va familiyasini ko’rsatishi shart. Yetkazuvchi ham qabul qiluvchining ismi va famioiyasini, telefonogrammaning berilish sanasi va vaqtini yozib qo’yadi.


Telefonogramma matnini tayyorlashda mantiqan to’g’ri va qisqa (matndagi so’zlarning soni 50 dan ortmasligi kerak) bo’lishiga, murakkab jumlalar yoki juda xam ishlatiladigan so’zlar qo’llanmasligiga e’tibor berish lozim. Telefonogramma qabul qiluvchi, qabul qilingan xabar kimga tegishli bo’lsa, uni telefonogramma mazmuni bilan tanishtirishi kerak. Telefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari:


Adres
Hujjatni yo’lovchi muassasaning nomi.

Telefonogrammaning yetkazuvchi va qabul qiluvchining lavozimi, ismi, familiyasi, telefon raqamlari


Qabul qilish vaqti


Nomi

Tartib raqami

Sana 8. Matn


Imzo chekkan shaxs


Mavzu yuzasidan savol topshiriqlar:

1. Хizmаt yozishmаlаrinig o’zigа хоsligi haqida so’zlang?


2.Tеlеgrаmmа, uni rаsmiylаshtirish qоidаlаri haqida gapiring?
3.Tеlеfоnоgrаmmа, uni qаbul qilib оlish tаrtibi nimalardan iborat?
4.Mа’lumоt ахbоrоt хujjаtlаrigа хоs хususiyatlаr haqida gapiring
5.Хоdimlаr fаоliyatigа dоir hujjаtlаri nimalardan iborat
6.Hujjаtlаr ijrоsini nаzоrаt qilish nimalardan iborat
7.Buyruq tuzilish tartibi


Uyga vazifa:
1.Quyidagi matnlarni tayyorlash:
1.Telegramma;
Buyruq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. М.Аминов, А.Мадвалиев, Н.Маҳкамов, Н.Махмудов. Иш юритиш. Т.“Ўзбекистон миллий энциклопедияси”, 2000.
2. N.Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo‘ldoshev. Davlat tilida ish yuritish. T., “Sharq” 2004.
3. Ризаев С. Иш қоғозларининг айрим намуналари. Т., "Меҳнат" 1990.
4. Т.З. Имамова, Л.А. Тухватуллина. Иш қоғозлари қандай ёзилади? Как
писать деловые бумаги? Т., “Ўзбекистон”, 1992.
Download 29,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish